IMPORTANT ASPECTS OF ASSESSMENT IN VOCATIONAL EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Boltayev, Z., & Alibekov, Z. (2023). IMPORTANT ASPECTS OF ASSESSMENT IN VOCATIONAL EDUCATION. Modern Science and Research, 2(9), 374–376. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24201
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article covers important aspects of assessing the knowledge of students in the education of vocational schools.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

374

KASB-HUNAR TA’LIMIDA BAHOLASHNING MUHIM JIHATLARI

Boltayev Zafar Asrorovich

Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabi direktori

Alibekov Zafar Abdusamatovich

bo’lim boshlig’i

https://doi.org/10.5281/zenodo.8384475

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kasb-hunar maktablari ta'limida o‘quvchilar bilimini

baholashning muhim jixatlariga to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

professional

ta'lim, baholash, bilim, ko‘nikma, malaka, kasbiy kompetensiya,

malakali kadr, dual ta'lim.

IMPORTANT ASPECTS OF ASSESSMENT IN VOCATIONAL EDUCATION

This article covers important aspects of assessing the knowledge of students in the education of
vocational schools.

Keywords:

professional education, assessment, knowledge, skills, qualifications,

professional competence, qualified cadre, dual education.

ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ОЦЕНКИ В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

В этой статье рассматриваются важные аспекты оценки знаний

учащихся в профессионально-техническом образовании.

Ключевые слова:

профессиональное образование, оценка, знания, навыки,

квалификация, профессиональная компетентность, квалифицированный персонал, двойное
образование.

Kasb-hunarni o’rgatish keng qamrovli jarayon bo’lib, o’z ichiga maqsadni aniqlab olish,

zarur shart-sharoitlarni tayyorlash, o’quv hajmini va vaqtini belgilash hamda uni yo’lga qo’yish
bilan birgalikda nazorat yuritish orqali natijaga erishish kabilarni qamrab oladi. Bunda o’quv
natijalarini baholash tushunchasi eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Sababi, biz kasb
o’rgatishda tanlagan kasbimizning qancha hajmini qancha vaqt davomida o’qitishimizni
mo’ljallab olishimiz kerak bo’ladi. Shuningdek, kasb-hunar ta’limi o’qitish jarayoni davom
etayorgan vaqtda ko’zlangan natijaga qay darajada erishilayotganligini baholab borish ham zarur.
Chunki, baholash yordamida o’quvchining qaysi biri kasbni lozim darajada yetarli
o’rganayotganligini, ta’lim jarayonida yo’l qo’yilayotgan xato va kamchiliklarni o’z vaqtida
aniqlab olish hamda bularni o’z vaqtida bartaraf etish uchun imkon bor bo’ladi.

O’zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limida amalga oshirilayotgan islohotlar

o’zining ijobiy natijalarini ko’rsatib bormoqda. Xususan, kasblarning murakkablik darajasidan
kelib chiqib, professional ta’limning boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus bosqichlari joriy etildi.
Professional ta’limning bu bosqichlari kasb o’rganishda qator qulayliklarni yaratganligi bilan
birgalikda, professional ta’lim dasturlarining YUNESKO tashkiloti tomonidan qabul qilingan
Ta’limning xalqaro standarti tasniflagichi (MSKO) darajalari bilan uyg’unlashuviga asos bo’ldi.

Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabida olib borilayotgan kasb-hunar ta’limi davomida

qo’llanilayotgan baholashning muhim jihatlariga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Kasb-hunar
maktablarida baholash avvalo, o’qitilayotgan kasblarning malaka talablari hamda o’quv
dasturlariga asoslangan holda tashkil etiladi. O’quv davrida ichki nazorat orqali boshlang’ich,
oraliq hamda yakuniy nazoratlarda o’quvchilarni kasbni o’rganish darajasi baholashdan
o’tkaziladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

375

Kasb-hunar ta’limida baholash jarayonida quyidagi uchta muhim tushunchalarga e’tibor

qaratish lozim:

1. Bilim

- muayyan kasb doirasida o’quvchilar o’rganishi, tushunishi lozim bo’lgan nazariy

tushunchalar, iboralar, qoida va algoritmlar yig’indisi.

2. Ko’nikma -

muayyan vazifani bajarish uchun egallangan qobiliyat. Ushbu qobilyat

kasb-hunar ta’limida o’quvchilarning umumkasbiy va maxsus fanlardagi nazariy bilimlarni o’quv
amaliyotlarida ishlab chiqarish ta’limi ustasi boshchiligida amaliyotda bajarib o’rganishi natijasida
hosil bo’ladi. Ko’nikma hamisha bilimlarga asoslanadi. Shu bilan birgalikda, kasb-hunar ta’limida
ko’nikmalar hosil qilish amaliy ko’nikmalar hisoblanib, u mehnat faoliyatini amalga oshirish,
ya’ni biror kasbiy xizmat ko’rsatish yoki biror mahsulot yaratishga qaratiladi.

3. Malaka

– muayyan kasbni yaxshi o’rganish natijasida orttirilgan mahorat. O’quvchilar

nazariy mashg’ulotlarda o’rgangan bilimlari asosida o’quv amaliyotlarida ma’lum bir kasb
doirasida xizmat ko’rsatish yoki mahsulot ishlab chiqarish ko’nikmalariga ega bo’lishadi. Shu
bilan ular kasbni o’rganishadi. Lekin kasb egasi bo’lish o’rganuvchida malaka hosil bo’lgandagina
to’laqonli bo’ladi. Malaka – o’quvchilar kasb o’rganishida biror ish jarayonida anglanilgan yoki
anglanilmagan tarzda amalga oshiriladi. Harakatni bajarishda ongning borgan sari kamroq ishtirok
etishi tufayli ish g’ayriixtiyoriy ravishda ijro etila boradi, ayrim mayda qismlarga e’tibor
kamayadi. Faoliyatning ayrim bosqichlari avtomatik ravishda bajarilib ketilaveradi. Bunda diqqat
hamma jarayonlarni idrok etishdan holi bo’ladi va faoliyat asosan natijaga qaratiladi. Buning
natijasida topshiriq ravon va ortiqcha kuch sarflanmay tez va sifatli bajarila boradi hamda ijrochini

“malakali kadr”

deyish mumkin bo’ladi. Masalan, tajribali tikuvchi kiyim tikish jarayonida orada

tikuv mashinasiga qaramasdan ham tezlik bilan tikaveradi. Natijada o’quvchi malakali kadrga
aylanadi. Ammo baholashda o’quvchining malakasi ma’lum bir kasbiy topshiriqni ma’lum bir vaqt
birligida sifatli va tez bajarishiga qarab baholanadi.

O’quvchilarni baholash ko’rgazmali yoki musobaqa shaklida o’tkazilsa ham juda foydali

bo’ladi. Chunki musobaqadagi yutuq va unga intilish o’quvchilarga qo’shimcha motivatsiya
beradi. Bu esa malakalarining oshishiga yordam beradi. Musobaqani baholashda albatta yuqori
natija ko’rsatganlarni rag’batlantirish lozim. Shundagina u o’z samarasini beradi.

Kasb-hunar ta’limida yana bir tushuncha borki, uni baholash jarayonida xisobga olish

kerak. Bu -

kasbiy kompetensiyadir.

Kasbiy kompetensiya -

bilim, ko’nikma va amaliy tajriba asosida kasbiy faoliyatga

tegishli vazifalarni bajarishda faoliyat yuritish qobiliyatidir. Rivojlangan davlatlarda mutaxasis
ishchining kasbiy malakasi uning kasbiy kompetensiyasi bilan o’lchanadi. Kasbiy kompetensiyasi
yuqori bo’lgan ishchi korxonada muammolarni hal etishda o’zining shaxsiy tajribasidan o’tkazgan
ayni shu vaziyatga mos keluvchi metodlarni qo’llashni yaxshi bilishi, vaziyatga tanqidiy ko’z bilan
qarashni bilishi lozim. Kasbiy kompetensiyaga doimiy ega bo’lib turish uchun esa soha bo’yicha
o’z bilimlarini doimiy oshirib borishni taqazo etadi.

Kasb-hunar ta’limida Dual ta’lim shaklida o’qitish ham ko’p samarali hisoblanadi. Bunda

eng asosiy yutuqli jihat shundaki, nazariy ta’lim qisqa vatq ichida korxonada amaliyotda amaliy
bajarish orqali mustahkamlanadi. Baholashda esa ta’limning natijasi tezkorlik bilan qayta
takrorlanishlarsiz tuzatilib, zamon bilan hamohang davom ettiriladi. Ya’ni o’quvchi ta’lim olish
bilan birgalikda korxonada real ish sharoitlariga mos ravishda tayyor kadrga aylanib boradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

376

Bizning Zomin tuman 2-son kasb-hunar maktabimiz ham

“igiruv ishlab chiqarish”

kasbi

bo’yicha tumandagi

“OSTEX JIZZAKH”

korxonasi bilan hamkorlikda dual ta’lim shaklida

o’qishni yo’lga qo’yganmiz. O’quvchilar maktabimizda o’qish bilan birgalikda haftaning
belgilangan kunlarida korxonada amaliy ta’lim olmoqda hamda olingan bilimlar korxona
xodimlari tomonidan bevosita ish jarayonida baholab borilmoqda.

Umuman olganda, Kasb-hunar ta’limida baholash asosiy muhim zarurat hisoblanib, ta’lim

muassasalari hamda o’qituvchilar faoliyatda unga jiddiy e’tibor qaratishlari lozim.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi "Professional ta'lim
tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" gi PF-5812-
son Farmoni.

2.

O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni. 2020-yil 23-sentyabr. 637-son

3.

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.T. 2020-yil

4.

hppts://lex.uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" gi PF-5812-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonuni. 2020-yil 23-sentyabr. 637-son

O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.T. 2020-yil

hppts://lex.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов