LONELINESS, FEAR, LITERATURE. (FRANZ KAFKA'S "PROCESS" AND NAZAR ESHANQUL'S "GOROGLI" COMMONALITIES IN THEIR NOVELS)

HAC
Google Scholar
To share
Yusupova, M. (2023). LONELINESS, FEAR, LITERATURE. (FRANZ KAFKA’S "PROCESS" AND NAZAR ESHANQUL’S "GOROGLI" COMMONALITIES IN THEIR NOVELS). Modern Science and Research, 2(10), 311–315. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24353
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Modernism is one of the leading trends in the literature of the 20th century. Modernist works express the fears, loneliness, and alienation that society has instilled in the human heart. This article discusses the images, symbols and author's style in Franz Kafka's "Process" and Nazar Eshanqul's "Gorogli".

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

311

YOLG‘IZLIK, QO‘RQUV, ADABIYOT.

(FRANS KAFKANING ‘‘JARAYON’’ VA NAZAR ESHONQULNING

“GO‘RO‘G‘LI” ROMANLARIDAGI MUSHTARAK JIHATLAR)

Malika Yusupova Baxtiyor qizi

+998917759353

myusupova01@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8428560

Annotatsiya

. XX asr adabiyotida yetakchi oqimlaridan biri modernizmdir. Modernistik

asarlarda jamiyatning inson qalbiga solgan qo‘rquvlari, yolg‘izliklari, begonaliklari o‘z ifodasini
topadi. Mazkur maqolada Frans Kafkaning ‘‘Jarayon’’ va Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li”
romanlaridagi obrazlar, ramzlar va muallif uslubi xususida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

modernizm, uslub, ramz, qahramon, absurd, mantiqiylik.

LONELINESS, FEAR, LITERATURE.

(FRANZ KAFKA'S "PROCESS" AND NAZAR ESHANQUL'S "GOROGLI"

COMMONALITIES IN THEIR NOVELS)

Abstract.

Modernism is one of the leading trends in the literature of the 20th century.

Modernist works express the fears, loneliness, and alienation that society has instilled in the
human heart. This article discusses the images, symbols and author's style in Franz Kafka's
"Process" and Nazar Eshanqul's "Gorogli".

Key words:

modernism, style, symbol, character, absurdity, rationality.

ОДИНОЧИЕ, СТРАХ, ЛИТЕРАТУРА.

(«ПРОЦЕСС» ФРАНЦА КАФКИ И «ГЁРОГЛЫ» НАЗАРА ЭШАНГУЛА).

ОБЩИЕ ЧЕРТЫ В ИХ РОМАНАХ)

Аннотация.

Модернизм — одно из ведущих направлений в литературе ХХ века.

Модернистские произведения выражают страхи, одиночество и отчуждение, которые
общество вселило в человеческое сердце. В данной статье рассматриваются образы,
символы и авторский стиль в произведениях Франца Кафки «Процесс» и «Гороглы» Назара
Эшангула.

Ключевые слова:

модернизм, стиль, символ, герой, абсурд, рациональность.

G‘arb modernizmning ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Frans Kafka jahon adabiyotining

eng ko‘p tortishilgan va bahslarga sabab bo‘lgan yozuvchisidir. Uning ham shaxsiyati, ham
asarlari yuzasidan juda ko‘p o‘rganishlar, tadqiqotlar olib borilgan.

Kafkaning kechinmalari, jamiyatning inson qalbiga solgan qo‘rquvlari, yolg‘izliklari,

begonaliklari o‘z ifodasini topgan asari “Jarayon” romanidir. “Jarayon” romani “qo‘rquv asri”
deya atalgan XX asrda insoniyatning qismatiga aylangan, qochib qutilish imkonsiz bo‘lgan hibs
kabi hayoti haqida hikoya qiladi.

1.

“Jarayon” romanining bosh qahramoni Yozef K. dir. Xo‘sh, Yozef K. kim?

Yozef K. jarayonning umidsiz chirog‘i, nomsiz shaharning yagona aholisi, davlatning

rahm-shafqatiga mahkum etilgan mahbus. Yozef K. roman davomida nima sababdan ayblanganini
bilmagan, huquq tizimi tanlagan qurbonlardan biridir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

312

Yozef K. Kafkaning aybsiz insonlarni jazolash, qiynash, yo‘q qilishga uringan bir tuzumga

qarshi qo‘ygan qahramonidir. Yozef K. o‘zini zulmkor tuzum ostida ezilishdan, yo‘q bo‘lishdan
qutqarishga urinadi.

O‘z xonasida nonushtasini kutar ekan Yozef K. kutilmaganda xonaga kirgan ikki

qo‘riqchidan o‘zining hibsga olingani xabarini oladi. Hayotining oddiy kunini yashash umidi bilan
uyg‘ongan Yozef K. kunni boshlar ekan, hayoti bir kun avvalgidek davom etadi deb o‘ylaydi,
ammo barchasi qorishib ketadi va u endi odatiy hayotini yashay olmasligini, o‘z hayotiga egalik
qila olmasligini anglaydi.

Kafka “Jarayon” romanida qahramonning adolat yo‘lidagi urinishlarini anglatarkan, roman

endi adabiy asar chegarasidan chiqib, huquqiy tartibga rioya etmasdan, o‘z istagiga ko‘ra harakat
etgan tuzum yaratgan qo‘rqinchli dunyoning ko‘zgusi bo‘lib qarshimizga chiqadi. [4:22]

Yozef K. butun asar davomida noma’lum jinoyati sabab o‘zini doim aybdor his etishga

majbur qilinadi. Tuzum uni o‘ziga o‘zi hukm chiqarish va o‘zini o‘limga mahkum etishga
majburlaydi, shaxs ustidan g‘alaba qilishga urinadi. Ammo tuzum shu darajada jirkanch va
pastkash ediki, bunday

“mahkama na aybi isbotlangan, na aybdorligiga ishontirilgan

ayblanuvchini qurbon qilibgina, g‘alaba qozonishi mumkin, xolos”.

[1:224]

Jamiyatda hech kimga zarar bermasdan, hech kimni rohatsiz qilmasdan, e’tibor tortmasdan

yashashga uringan K. dastlab o‘zining aybsizligiga, oqlanishiga katta ishonch bildiradi,
aybsizligini isbotlashga urinadi. Ammo u yashayotgan tuzum tuman ortida qolgan tog‘ga
o‘xshardi, tuman tarqalguncha tog‘ning butun haybati namoyon bo‘lganidek, vaqt o‘tgan sari
tuzumning asl yuzi ko‘rina boshlaydi. Tuzumning asl kuchini anglagani sari o‘zining naqadar
ojizligini his etib boradi. K. ning qalbidagi ulkan ishonch o‘rnini ulkan bo‘shliq egallaydi va o‘zini
tuzumga butunlay taslim bo‘ladi va o‘limni sovuqqonlik bilan qarshilaydi. [6:13]

“Yolg‘onga asoslangan dunyo tartibiga qarshi aybnoma” bo‘lgan “Jarayon” romanida

Kafka byurokratiya sabab kelib chiqadigan barcha kamchiliklar, muammolar va chigalliklarni
ochib berishga harakat qildi. [4:23] Kafka bu chigalliklar ichida o‘zini topishga, ozodlikka intilgan
insonning ojizona kurashi va oxir-oqibat hayot jarayonidagi mag‘lubiyatini qahramoni Yozef K.
misolida ko‘rsatadi.

Mustaqillik davri adabiyotini kuzatganimizda, Frans Kafka, Alber Kamyu singari XX asr

jahon adabiyotining buyuk yozuvchilari ijodidan ta’sirlanish, ayrim hollarda ularga taqlid
natijasida o‘zbek nasrida yangicha uslubdagi asarlar yaratilganini ko‘rish mumkin. Shunday
yangicha asarlarni yozuvchi Nazar Eshonqul ijodida ko‘rish mumkin.

Nazar Eshonqul ijodini kuzatganimizda uning asarlarida G‘arb va Sharq ifoda usullarining

qorishiq holda aks etishini ko‘rish mumkin. Asarlarida ifoda shakliga ko‘ra, G‘arbning ilg‘or
uslubiy izlanishlari, mazmuniy xususiyatiga ko‘ra esa o‘zbek adabiyotining an’anaviy uslubi
o‘zini namoyon qiladi.

Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li yoxud hayot suvi” romani o‘z mavzusi va kompozitsion

o‘ziga xosligi bilan adabiyotimizda yangilik bo‘ldi. Ushbu asar inson shaxsini tan olmagan, uning
ozodligini cheklagan, g‘ururini toptagan mustabid tuzum va uning kirdikorlarini fosh etadi.

“Go‘ro‘g‘li” romanida anglashilmovchilik sabab murakkab vaziyatga tushib qolgan inson

qismati qalamga olinadi. Romanda jamiyatdagi ma’naviy tanazzul sababi, jamiyatning inson
shaxsiga munosabati, tuzumni yemirayotgan va jarlikka tomon yetaklayotgan muammolar hayotiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

313

misollar vositasida yoritiladi. Roman syujetini bosh qahramon N. obrazi atrofida sodir bo‘lgan
voqeliklar shakllantiradi. Romanda qahramonning bir maromda, sokin kechayotgan hayoti
kutilmagan hukm tufayli (N. ning o‘limi haqidagi yanglish xabar) butunlay o‘zgarib ketadi.
Qo‘rqinchli tushdan cho‘chib uyg‘ongan kishi kabi N. ham tushdek kechayotgandek bir
maromdagi hayotidan birdan uyg‘onadi va endi avvalgidek yashay olmasligini anglab yetadi.

Romanda qahramon shaxsi mukammal holatda namoyon bo‘lmaydi, biz N. ni ideal obraz

sifatida ko‘rmaymiz. Romanda qahramon fikrlamaydi, balki mavjud vaziyatni tahlil qilishga
urinadi. Faqat ba’zi o‘rinlarda muallif N. ning tilidan shunday fikrlarni keltiradiki, bu fikrlar inson
ibtidosi va intihosi tahlili, o‘zlikni anglash yo‘lidagi urinishlar natijasi o‘laroq qarshimizga
chiqadi.

N. obrazi muhit qurboni sifatida qarshimizga chiqadi. U dastlab sokin, nofaol obraz sifatida

ko‘rinadi, jamiyatdagi bosim va zug‘um uni faollikka yo‘naltiradi. Biroq bu faollik qahramonni
o‘zligini to‘la anglab yetish darajasiga chiqarmaydi. N. ni bir tomondan, hayotiy ehtiyoj,
yashashga bo‘lgan umid harakatga keltirsa, ikkinchi tomondan, uni qo‘rquv talvasaga solidi, shu
sabab N. ruhiyatida ichki parokandalik yuz beradi.

N. ham xuddi K. kabi tuzumning kirdikorlarini, butkul yolg‘onlar asosiga qurilgan

jamiyatning asl yuzini, jamiyatdagi insonlarning achinarli ahvolini ko‘rgach o‘zini bu jamiyatdan,
jamiyatdagi fikrsiz, “men”siz insonlar qatoriga tushib qolishdan qutqarishga urinadi. Shu sabab
jamiyatga qarshi kurashishga, tuzum va uning qoidalari ustidan g‘olib chiqishga intiladi, ammo
oxir-oqibat yengiladi, dunyoga taslim bo‘ladi, Janubiy temiryo‘l vokzalida o‘ziga yozilgan hukmni
ijro etdi.

Ushbu ikki romanni tahlil qilish jarayonida ikki asar o’rtasidagi bir qancha

o’xshashliklarga duch kelish mumkin. “Go‘ro‘g‘li ” romani qahramoni N. va “Jarayon” asari
qahramoni K. ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tadi. Har ikki obraz ham qaysi aybi uchun sud
qilinayotganini bilmaydi. Ikkala qahramon ham o‘zining mutlaqo aybsiz ekaniga ishonadi.

Romanda sud mahkamasi xodimlari N.ni qonunga nisbatan hurmatsizlik, kalondimog‘lik,

o‘ziga bino qo‘yishda ayblaydi. “Jarayon” romanida esa Ruhoniy Yozef K. ni qonunlarni
yetarlicha hurmat qilmaslikda ayblaydi.

Romanda N. ning o‘limi haqidagi xabarni yozgan “baqaloq” N. ni muntazam gazeta

o‘qimaslikda ayblaydi. Baqaloq tilidan aytilgan “

O‘zingiz muntazam o‘qimaysiz, yana tirikman

deb da’vo qilayapsiz”

jumlasi bizga “Jarayon” romanidagi

“U qonunni bilmasligini tan oldi. Yana

o‘zicha aybsizligini isbotlamoqchi ham bo‘ladi”

jumlalarini eslatadi.

“Jarayon” romanida qonunni bilmaslik aybdor bo‘lish uchun yetarli sabab bo‘lgani kabi

“Go‘ro‘g‘li” da gazeta o‘qimaslik o‘liklar safiga qo‘shilish uchun yetarli sabab sifatida
ko‘rsatiladi.

“Jarayon” romanida sudning joylashgan o‘rni tasvirlanadi, ammo jarayonni boshqarishi va

hukm chiqarishi kerak bo‘lgan muhim shaxs sudyaning qiyofasi tasvirlanmaydi. Sudyaning
qiyofasi bilan faqat portret orqali tanishamiz.

Xuddi shunday, “Go‘ro‘g‘li” romanida ham garchi tergovchiga muhim shaxs deb

qaralsada, butun roman davomida tergovchi obrazi umuman yuz ko‘rsatmaydi. Biz tergovchi
haqida faqat devorga osilgan portret va sud xodimlarining tergovchi haqidagi so‘zlaridan bilib
olamiz.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

314

“Go‘ro‘g‘li” romanida soqchi va N. o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat qonunlarning xalq

manfaatiga zid ekanligini oshkor qiladi. Bu suhbat “Jarayon” romanidagi “Qonun darvozasi haqida
rivoyat” ni eslatadi. “Jarayon” romanida arzgo‘y Qonun darvozasidan kirish uchun butun umrini
kutish bilan o‘tkazsa, “Go‘ro‘g‘li” romanida bir emas yuzlab arzgo‘ylar tergovchi huzuriga kirish,
o‘z muammolari haqida tergovchiga shikoyat qilish uchun butun umrlarini hech qachon
kelmaydigan tergovchini kutish bilan o‘tkazib yuboradi.

Asarda qahramonlar boshqa obrazlar vositasida qonunning asl kuchini his qiladi, anglab

yetadi. E’tiborni tortadigan jihat shundaki, qonunning kuchi va uning nimalarga qodirligini
“Jarayon” romanida Yozef K. ga Ruhoniy anglatsa, “Go‘ro‘g‘li” romanida bu vazifa teatrning ikki
qorovuli va go‘rkov zimmasiga tushadi, qorovullar hatto sudya sifatida sud majlisini ham olib
boradi. Bu orqali Qonunning kuni qonunshunoslarga emas, qoruvullarga qolgan jamiyatga katta
umid bog‘lamaslik kerakligiga urg‘u beriladi.

N. ustidan olib borilgan sud jarayoni teatr sahnasida tashkil qilinadi. Bu sud jarayonimi

yoki bir teatr namoyishimi anglash qiyin bo‘ladi. Sud jarayonining teatr sahnasida o‘tkazilishiga
ramziy ma’no yuklanadi. Muallif mustabid tuzumdagi hukmron kuchlarni teatr sahnasidagi
sudyalarga, jamiyatdagi insonlarni esa sahnadan pastda o‘tirgan tomoshabinlarga qiyoslaydi. Bu
holatda mavjud tuzum, jamiyat teatr sahnasiga aylangan, hatto davlatning muhim bo‘g‘inlaridan
biri bo‘lgan sud tizimi ham odamlar tomonidan teatrga aylantirib yuborilgan, bu jamiyatda asosiy
rollarni sudyaga o‘xshagan insonlar o‘ynaydi, jamiyatdagi insonlar esa sudyalar(tuzumni
boshqaruvchi kuchlar) nimani ko‘rsatsa, faqatgina shuni ko‘radi va teatr tomoshabini kabi ularni
olqishlaydi. Tomoshabin sahna ortida bo‘ladigan holatlarni ko‘ra olmaganidek, jamiyatdagi
insonlar ham tuzumning asl yuzini, asl vaziyatni ko‘ra olmaydilar.

“Jarayon” romanida esa Yozef K. ning sudi bo‘lib o‘tgan sud devonxonasi qashshoq

kishilar yashaydigan uyning chordog‘ida joylashgan bo‘lib, sud bo‘ladigan kunlari u yer ijaraga
olinar edi. Asarda sud mahkamasi joylashgan yerning rutubatli va odamni bo‘g‘uvchi havosi
borligiga e’tibor qaratiladi. Kafka bunday muhitda ayblanuvchini hukm qilish adolatdan
emasligini ko‘rsatish bilan birga sudning davlat uchun muhim hokimiyat emasligini anglatishga
harakat qiladi. Sud devonxonasi tasviri sudning davlat hokimiyatidagi o‘rni va ahamiyatini
ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Ma’naviy kasalliklar ichida eng tahlikalisi bu umitsizlikdir. Chunki umitsizlik insonni

Allohdan uzoqlashtiradi, insonlardan uzoqlashtiradi, dunyodan uzoqlashtiradi. Inson o‘z qobig‘iga
o‘raladi, suyanadigan kishisi bo‘lmagani uchun yolg‘iz o‘ziga suyanadi, yolg‘iz o‘ziga tayanadi
va shu tariqa sekin-asta butun dunyoga begonalashadi. Biz yuqorida tahlil qilgan ikki romanda
ham umidsizlik qahramonlar ruhiyatida asosiy o‘ringa chiqadi va ularni ruhan tanazzulga va
yo‘qlikka yetaklaydi.

Insonni hech kim o‘zidek sud qila olmaydi. Insonga tashqi kuchlar tarafidan beriladigan

jazo rasmiyatchilik, xolos. Insonga eng oliy jazoni faqatgina uning vijdoni, qalbi bera oladi. Har
ikki roman qahramonlari Yozef K. ham, N. ham jamiyatdagi ahvolga, o‘z “gunoh”iga ortiq toqat
qilolmaydi va o‘z o‘zini eng oliy jazo – o‘limga hukm qiladi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu asarlarda inson ijtimoiy munosabatlarning mahsuli

sifatidagina emas, balki shaxsiyatidagi, ruhiyatidagi murakkabliklar va oʻziga xosliklar bilan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

315

hamohang tarzda tasvirlanadi. Romanda ijtimoiy-ruhiy inqiroz inson va jamiyat orasidagi
munosabatlar sabab kelib chiqishiga e’tibor qaratiladi.

Har ikki asarda zamon evrilishlarining inson taqdiriga ta’siri hayotiy ziddiyatlar va

psixologik tasvirlar qorishiqligida tasvirlanadi. Inson fojiasining tub ildizi fikrsizlikka, o‘zini
anglamaslikka borib taqaladi. O‘zini, o‘zligini anglamagan inson dunyoni ham, davlatni ham
anglashga qodir bo‘la olmasligi ikkala asarda ham turli ramziy timsollar orqali ko‘rsatiladi.

Ushbu ikki romanni insonning erkini, istak va xohishlarini bo‘g‘adigan, oxir-oqibat

halokatga yetaklaydigan jamiyatning mantiqsiz qonunlariga qarshi isyon deyish mumkin.

REFERENCES

1.

Frans Kafka. (2016) Jarayon. Toshkent.“ Yаngi asr avlodi”,– 448 b

2.

Frans Kafka. (2017) Yalnızlık Bir Uçurumdur: Aforizmalar. Gözde Karalök
(çev.), Aylak Adam Yayınları, İstanbul.

3.

Esra Eser. (2017) Kafkaesk nedir?

4.

Leyla Coşan. (2016) Hukukun Kırılma Noktaları. Istanbul .

5.

Michael Löwy. (2017). Kafka: Boyun Eğmeyen Hayalperest.

6.

Meral Oraliş. “Bedende Açan Çiçekler: Franz Kafka’nın Yara İmgesi”, İstanbul
Üniversitesi Alman Dili ve Edebiyatı Dergisi.

7.

Nazar Eshonqul,. (2018) Go‘ro‘g‘li. Toshkent.“G‘afur G‘ulom”, – 304 b

8.

Wagenbach Klaus. Franz Kafka Yaşam Öyküsü. Çev. Kamuran Şipal. Cem

References

Frans Kafka. (2016) Jarayon. Toshkent.“ Yаngi asr avlodi”,– 448 b

Frans Kafka. (2017) Yalnızlık Bir Uçurumdur: Aforizmalar. Gözde Karalök (çev.), Aylak Adam Yayınları, İstanbul.

Esra Eser. (2017) Kafkaesk nedir?

Leyla Coşan. (2016) Hukukun Kırılma Noktaları. Istanbul .

Michael Löwy. (2017). Kafka: Boyun Eğmeyen Hayalperest.

Meral Oraliş. “Bedende Açan Çiçekler: Franz Kafka’nın Yara İmgesi”, İstanbul Üniversitesi Alman Dili ve Edebiyatı Dergisi.

Nazar Eshonqul,. (2018) Go‘ro‘g‘li. Toshkent.“G‘afur G‘ulom”, – 304 b

Wagenbach Klaus. Franz Kafka Yaşam Öyküsü. Çev. Kamuran Şipal. Cem

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов