PSYCHOLOGICAL VIEWS ON THE CHOICE OF PROFESSION.

HAC
Google Scholar
To share
Narziyeva, S. (2023). PSYCHOLOGICAL VIEWS ON THE CHOICE OF PROFESSION. Modern Science and Research, 2(10), 333–336. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24358
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the psychological views of a number of scientists are described, and the formation of young people's interest in choosing a profession and their orientation to the profession based on their interests are discussed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

333

KASB TANLASHGA OID PSIXOLOGIK QARASHLAR.

Narziyeva Shaxnoza Rustamjon qizi

Osiyo xalqaro universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8428779

Annotatsiya.

Ushbu maqoladabir qator olimlarning psixologik qarashlari bayon etilgan

bo’lib, yoshlarning kasb tanlashga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish va ularni qiziqishlarga
asosan kasbga yo’naltirish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

kasb, kasb psixologiyasi, qobiliyat, mehnat faoliyati, aqliy imkoniyat,

qiziqish.

PSYCHOLOGICAL VIEWS ON THE CHOICE OF PROFESSION.

Abstract.

In this article, the psychological views of a number of scientists are described,

and the formation of young people's interest in choosing a profession and their orientation to the
profession based on their interests are discussed.

Key words:

profession, professional psychology, ability, labor activity, mental capacity,

interest.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ВЗГЛЯДЫ НА ВЫБОР ПРОФЕССИИ.

Аннотация.

В данной статье изложены психологические взгляды ряда ученых, а

также обсуждается формирование интереса молодых людей к выбору профессии и их
ориентация на профессию на основе своих интересов.

Ключевые слова:

профессия, профессиональная психология, способности, трудовая

деятельность, умственные способности, интерес.

KIRISH

Kasb - inson ish faoliyatining ma’lum tajriba, tayyorgarlik talab etadigan faoliyat turi,

sohasi, hunardir. Kasbga umumiy yoki maxsus ma’lumot hamda amaliy tajriba yo‘li bilan
erishiladi. Kasb ichida mehnat faoliyatining eng tor xarakteri bilan ajralib turuvchi ixtisoslari bor.
Ba’zi kasblarda bir qancha ixtisoslar masalan: chilangar kasbida - remontchi chilangar, asbobsoz
chilangar, yig‘uvchi chilangar kabi yo‘nalishlar mavjud. Demak, har bir kasbga xos bo‘lgan
yo‘nalishlar mavjud bo‘ladi. Bu esa inson faoliyatini kengayib borayotganligini, har bir sohani
o‘ziga xos tor jabhalari borligini tasdiqlaydi.

Izlanuvchi yoshlar kasb - hunar va uni egallash, hayotlarini, kelajaklarini hal qiluvchi omil

ekanligini bilib boradilar. Shulardan kelib chiqib kasb - bu inson hayoti uchun zarur bo‘lgan,
jamiyatdagi huquqiy normalarga javob beradigan, insonni kelajagini belgilab beradigan o‘ziga xos
murakkab bo‘lgan jarayon deb belgilashimiz mumkin. Kasb - bu insonni ma’lum bir ehtiyojlarini
va manfaatlarini o‘zi tanlagan kasb faoliyatidagi bilimlari, layoqati, malakalariga xos xususiyatlari
orqali namoyon bo‘lishidir. Kasbga xos bo‘lganjarayonlar, ulami egallash, tanlash inson
psixologiyasi bilan bog‘liq. Kasb psixologiyasi aynan shunday murakkab jarayonlami o‘rganish
orqali yoshlami o‘zlari qiziqqan kasbga yo‘nalish bemvchi murakkab fan hisoblanadi. Har bir
kasbning o‘ziga xos bo‘lgan tomonlari, insonlami o‘ziga jalb qila oladigan qirralari mavjud bo‘lib,
inson bu jarayonlami kuzatib borib shu kasbni egallashga intiladi. Bu jarayonlarda inson o‘zini
ruhiyati bilan shu kasbga xos bo‘lgan psixologik tomonlami ham shakllantirib boradi.

Shaxs sifatida bolada shu sohani bilishga ehtiyojlar rivojlanadi. Tanlagan mutaxassisligi

bo‘yicha bilimlar to‘plab boradi. Bu maktabda, oliygohda, atrofdagilarning avtib berishlari va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

334

o‘zining mustaqil o‘rganishlari bilan shakllanib boradi. Maktabda bolalarga kasb bilan bog‘liq
bo‘lgan tanishtirish darslarini ham tashkil etish zamr bo‘ladi. Bunda bolalar ko‘pchilik kasblar
haqida bilib oladilar va kasb tanlashlari uchun imkoniyatlar kengayadi. Ularni yuqori sinfga o‘tib
borishlari bilan birga keyingi bosqichlarda qaysi kollejga va litseyga kirishlari ham aniq bo‘lib
boradi. Ular o‘zlari qiziqqan kasbni egallashga mustaqil qaror qabul qilgan holda intiladilar.

О‘sib kelayotgan yoshlar kasb tanlab borishga, o‘zlarining kelajaklari haqida o‘ylashga

maktab yoshidan tayyorgarlikko‘ribboradilar. Ular atrofdagilarni kuzatar ekan o‘zlari uchun
qiziqish uyg‘otgan kasb haqida o‘ylay boshlaydilar. Yoshlaming kasb tanlashlari maktabdan
boshlanadi. Bunga ulami tayyorlab borish zarur bo‘ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov
o‘zining “Kasb qanday tanlanadi” kitobida shunday ko‘rsatib beradi.













Kasb haqida ko‘plab olimlarning qarashlari mavjud. Kasbni tushuntirishda va uni

psixologiya fani bilan bog‘liqligini taniqli rus psixologi K.M. Gurevich ham o‘zicha ta’riflab
bergan. Kasblar doimiy emas, ular paydo boiadi va yo‘qolib ketadi. Ayrimlari fan - texnikaning
rivojlanishi va takomillashib ketganligi sababli faqat nomigina saqlanib qolgan bo‘lsada, o‘zlari
tubdan o‘zgarib ketgandir. Bunga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, tikuvchilik kasbi -
bu kasb texnikani o‘sganligi sababli hozirda tikuvchilar avtomatlashtirilgan ko‘plab tikuv
stanoklarini boshqaradilar. Bu yerda matolami to‘qish nazarda tutilmoqda. Shuni aytish kerakki,
hozirgi to‘quvchining ishini ilgarigi formatsiyadagi tikuvchining ishi bilan taqqoslab bo'lmaydi
deb ko‘rsatadi psixolog olim.

K.M. Gurevich kasblarningi paydo bo’lishini va shakllanishini quyidagicha ko‘rsatadi. 1)

Mehnat taqsimotini yuzaga kelishi bilan; 2) Fan - texnikani paydo bo‘lishi va taraqqiyoti bilan; 3)
Formatsiyalarni o‘zgarib borishi bilan. Bizning fikrimizcha bunga yana asos qilib insonni o‘zini
hayotiy ehtiyojlarini va manfaatlarini ham ko‘rsatsa bo‘ladi. Bular asosida yuqoridagi ko‘rsatilgan
jarayonlar sodir bo‘ladi. Insonda ehtiyoj bo‘lmas ekan faoliyatga ham, mehnat qilishga ham, bu
mehnatni fan va texnika asosida rivojlantirishga ham ehtiyoj bo‘lmaydi. Kasblarning paydo
bo‘lishi eng avvalo insondagi ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lib, so‘ngra esa unga ta’sir etuvchi
omillar, ya’ni mehnat taqsimoti, mehnatni yaxshilashga qaratilgan fan va texnikani va inson
yashayotgan sharoit yangi kasblarning paydo bo'lishiga olib keladi.

Inson faoliyatini ko‘rinishi sifatida kasbning o‘zi nima? degan savol berilar ekan, K.M.

Gurevich unga shunday javob berishgan.

1-bosqich

Kasb tanlashga

o’quvchini aqlan va

ruhan tayyorlash.

2-bosqich

Kasbning ta’rifi va
tabiat haqida bilim

berish.

3-bosqich

Qiziqish

tushunchasini ochib

berish.

4-bosqich

Qobiliyat

tushunchasini ochib

berish.

5-bosqich

Kasb tanlovini

amalga oshirish.

6-bosqich

Ilovalar asosida

kasb tanlovini

tajriba assida

tanlash.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

335

Gurevich K.M. ko‘rsatib o‘tganidek, olib borilayotgan kasbiy faoliyatni amalga

oshirayotgan ishiga qarab, uning jamiyatga qo‘shayotgan ulushiga qarab haq to‘lanishi, bu
kasbdagi ijodiy sharoitga, mehnat unumdorligiga qarab farqlanib borishini ko‘rish mumkin
bo‘ladi. Kasblarni paydo bo‘lishi va insonni unga bo‘lgan ehtiyojini borligi - bu insoniyatni va
jamiyatni yashashining, hayot kechirish jarayonlarining ko‘rinishi va kelajagi hisoblanadi.

Kasb tanlash bo’yicha E.A.Kalimov ham o’z qarashlarini bayon qilgan. E.A. Klimov

bo‘yicha beshta guruhni ko‘rsatish mumkin bo‘ladi, Bular: 1) Inson - texnika; 2) Inson - inson; 3)
-Inson - tabiat; 4) Inson - belgili tizim; 5) Inson - badiiy obraz. Bu esa insonning qiziqishlaridan
kelib chiqqan holda kasblami shu beshta yo‘nalishga ajratishga olib keladi. Kasb tanlayotgan
insonlar tanlov aynan shu beshta yo‘nalish bo‘yicha sodir bo‘ladi. O’sib kelayotgan yosh avlod
o‘zining qiziqishlari bilan bir - birlaridan ajralib turadi. Ba’zi bir yoshlar texnikaga, ayrimlar
insonni o‘ziga va yana boshqalar tabiatga qiziqadilar. Ularning qizqishlari shu sohalarga tegishli
bo‘lgan kasblarning tanlashiga olib keladi. Bu esa ularning qiziqishlari xilma - xilligini ko‘rsatadi.

Bundan tashqari bir qator chet olimlarning kasb tanlashdagi psixlogik qarashlarini keltirib

o’tish joiz.K.S. Abdulxanova - Slavskiy, B.G.Ananev, A.G. Asmolova, B.F. Lomov va
boshqalarning shaxs va faoliyat sohasidagi ilmiy - tadqiqot ishlari, shuningdek bu konsepsiyani
dasturlashda katta ta’sir etgan A.A. Bodalev, Yu.M. Zobrodin, E.A. Klimov, T.V. Kudravsev,
A.K. Markova, N.S. Prejnikovlaming ishlari ko‘zga tashlanadi.

Shaxsni kasbiy rivojlanib borishini psixologik tahlilini nazariy tomonlarini o‘rganishda

chet el olimlari A. Maslou, Dj.Sper, Dj. Xollandlaming ishlari ahamiyatlidir. Yuqoridagi psixolog
olimlarning ishlarini o‘rganish orqali quyidagi konseptual holatlarni ko‘rsatish mumkin: - Shaxsni
kasbni egallashining o‘ziga xos tarixi va ijtimoiy madaniyati borligi; - Shaxsni kasbni
egallashining asosi boiib uni kasbga o‘qishi, kasbni egallashi va kasbiy faoliyatini amalga oshirish
hisoblanadi; - Shaxsni kasbni egallash jarayoni o‘ziga xos individual va alohidaligi bilan ajralib
turishidan tashqari undagi xususiyatlar va qonuniyatlami mavjudligi bilan ko‘zga tashlanadi;
Kasbiy hayot o‘z imkoniyatlarini ko‘rsata olishga, o‘z faolligini ko‘rsatish uchun imkoniyatlar
yaratadi; - Insonning kasbiy hayotining individual tomonlari me’yori va me’yori bo‘lmagan
hodisalar bilan tasodifiy sharoitlar bilan, shuningdek insonning aqliy imkoniyatlari bilan bog‘liq
bo‘ladi.Kasbiy taraqqiyotning psixologik xususiyatlarini bilish insonga o‘z kasbini ongli ravishda
qurushni, o‘z tarixini yaratishni, kasbiy biografiyasini shakllantirishni beradi.

Kasb tanlashning psixologik asoslari haqida gap ketganda Sharq mutafakkirlarining ham

o’z qarashlari mavjud. Dastavvalqadimgi ta’limot bo‘lgan Zardushtiylikka tegishli bo’lgan
yozuvlar va ulardagi kasb bilan bog‘liq fikrlar nazarda tutiladi. Muqaddas “Avesto” da inson
hayotining barcha sohalariga tegishli bo‘lgan fikrlar mavjud. Shular qatorida kasb va unga bo‘lgan
e’tibor ham o‘z aksini topgandir. Bu haqida “Avesto”da shunday deyiladi: “Har bir nekbin odam
biron kasb bilan shug‘ullanishi, band boiishi, «aql ishlatib» «ikki qo‘llab yergaishlov berib»
«chorva parvarishlab» «biron dasgohni yurgazib» «biron oloti kor» yoki «oloti harba yasab» kun
kechirmog’i,beg’araz rizq-u ro ‘z topib yemog‘i, birovlarga muhtoj bo‘lib, «qo‘l uzatib, tilanchilik
qilmoqdan» asramog‘i darkor ”.

Kaykovsning “Qobusnoma”sida aynan kasb haqida uning inson uchun foydasi va zarurligi

haqida fikrlar bildirilgan. “Ey farzand, ogoh boiki, hunarsiz kishi hamisha foydasiz bo‘lur va hech
kishiga naf’ yetkurmas.”.Inson ma’lum bir kasbni egallab uni yaxshi o‘zlashtirgan bo‘lishi va shu
kasbda o‘z nomini ko‘rsata olgan bo‘lishi kerakligi aytilgan, ya’ni egallagan kasbning ustasi bo‘lib


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

336

yetishishi zarurligi bildirilgan. Yaxshi kasb egasi muloyim bo‘lishi va o‘zini kasbini boshqalarga
o‘rgatishi kerakligi ko‘rsatilgan. Bu kasb egasidan boshqalarga ham foyda yetishi bildirilgan.

Jumladan, o’zbek olimlari ham kasb tanlashda o’zlarining psixologik qarashlarini bayon

etishgan. Bu psixologlar E.G‘.G‘oziyev va K.Q.Mamedovlar tomonidan yozilgan “Kasb
psixologiyasi”, Karimova V.M. tomonidan yozilgan “Kasb psixologiyasi” va psixolog olim Anvar
Jalolovtomonidan yozilgan “Kasb qanday tanlanadi” kabi kitoblarda o’z aksini topgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, kasb tanlashga oida psixologik qarashlar bir qator chet olimlari va o’zbek
olimlari talqinida bayon etilgan bo’lib, bu qarashlar ma’no va mazmun jihatdan deyarli bir-birini
tasdiqlaydi va uyg’unlikka ega hisoblanadi.Qisqa qilib aytganda,kasb tanlashning asosiy
xususiyatlari davrlarga va yosh avlodning qiziqishlarga qarab o’zgarib bormoqda.

REFERENCES

1.A.Jalolov “Kasb qanday tanlanadi”Kasb psixologiyasi. [Matn]:/-Т.: “Barkamol fayz media”
2.F.R.Abduxraxmonova, Z.E.Abduraxmonova “Kasb psixologiyasi”
3.E.G‘.G‘oziyev va K.Q.Mamedov “Kasb psixologiyasi”T.: O'zMU, 2003. 156-b.

References

A.Jalolov “Kasb qanday tanlanadi”Kasb psixologiyasi. [Matn]:/-Т.: “Barkamol fayz media”

F.R.Abduxraxmonova, Z.E.Abduraxmonova “Kasb psixologiyasi”

E.G‘.G‘oziyev va K.Q.Mamedov “Kasb psixologiyasi”T.: O'zMU, 2003. 156-b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов