THE NOVEL “JINOYAT VA JAZO” AS AN EPIC DEPICTION OF INNER CLEANSING

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Baxtiyorov , M. (2023). THE NOVEL “JINOYAT VA JAZO” AS AN EPIC DEPICTION OF INNER CLEANSING. Modern Science and Research, 2(4), 301–307. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19250
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the analysis of the novel "Crime and Punishment" and the psychological nature of the plot of the novel. Reasonable opinions and considerations within the scope of the topic are mentioned in the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

301

“JINOYAT VA JAZO” ROMANI ICHKI POKLANISH EPIK TASVIR ETILGAN

ROMAN SIFATIDA

Baxtiyorov Mirjalol Alisherovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti,

Adabiyotshunoslik(o‘zbek adabiyoti) fakulteti 2-kurs magistri

Mirjalol00101@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7833145

Annotatsiya.

Mazkur maqolada “Jinoyat va jazo” romani tahlili va roman syujetining

psixologik tabiati haqida so’z boradi. Maqolada mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar
keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

roman syujetining psixologik tabiati,

o‘g‘rilar va qotillar, g‘azablangan

kambag‘allar.

РОМАН «ЖИНОЯТ ВА ЖАЗО» КАК ЭПИЧЕСКОЕ ИЗОБРАЖЕНИЕ

ВНУТРЕННЕГО ОЧИЩЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье рассматривается анализ романа «Преступление и

наказание» и психологическая природа сюжета романа. В статье приведены
обоснованные мнения и соображения в рамках темы.

Ключевые слова:

психологическая природа сюжета романа, воры и убийцы, злобные

бедняки.

THE NOVEL “JINOYAT VA JAZO” AS AN EPIC DEPICTION OF INNER

CLEANSING

Abstract.

This article discusses the analysis of the novel "Crime and Punishment" and the

psychological nature of the plot of the novel. Reasonable opinions and considerations within the
scope of the topic are mentioned in the article.

Key words:

psychological nature of the plot of the novel, thieves and murderers, angry

poor.


Ma’lumki, Fyodor Dostoevskiy bir muddat surgunda og‘ir mehnat bilan o‘tkazgan. Qamoqda

kechirgan hayoti u uchun juda ko‘p narsalarni tahlil qilish, tushinish imkonini berdi deyish
mumkin. Sibirdagi og‘ir hayoti Dostoyevskiyning “O‘lik uydan maktublar” deb nomlangan pishiq
asar yaratishiga fundament vazifani o‘tagan. Bu haqda Jovli Xushboq “Yostiqdoshga yolchimagan
adib yoxyd Fyodor Dostoyevskiy hayotidan ayrim lavhalar” deb nomlangan maqolasida “Ehtimol,
Sibr surgunidagi jabu jafolardan yelkasi yag‘ir bo‘lmaganida “O‘lik uydan maktublar” dek
hayotiy, badiiy jihatdan xiyla pishiq asar dunyoga kelmasmidi? Sibir, qamoqxonasidagi chirkin
hayot tasviri bunchalik tabiiy chiqmagan bo‘lardi, balki…” Yozuvchi u yerda bo‘lganida, turli xil
odamlarga duch keladi va odatda og‘ir mehnatda xizmat qiladiganlar - siyosiy mahbuslar,
jinoyatchilar, o‘g‘rilar va qotillar bilan birga yashashga va suhbat qilishga to‘g‘ri keladi. "Jinoyat
va jazo" romanini tahlil qilish haqida gapirganda, bu haqiqatni hisobga olish juda muhimdir,
chunki u yerda, og‘ir mehnatda vatandan uzoqda, Dostoevskiy bu odamlarning taqdirini
sinchkovlik bilan o‘rgangan va tahlil qilgan. Fyodor Dostoevskiy uchun nafaqat ularning hayotiy
voqealari , balki u yoki bu odamni jinoyat sodir etishga undagan sabablar ham qiziq bo‘lgan,
albatta.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

302

Dostoyevskiy bulardan o‘zi uchun muhim xulosalar chiqardi. Bu xulosalar bizga “Jinoyat va

jazo” romanini tahlil qilishda, Raskolnikov obrazini ochishda katta yordam beradi. Ma’lum
bo‘lishicha, o‘sha paytda jinoyatchilar ko‘pincha Rossiyadagi odamlarning ijtimoiy ahvolidan
norozilik bilan harakat qilishgan. Darhaqiqat, tenglik haqida gapirishning iloji yo‘q edi, dehqonlar
uchun krepostnoylik bekor qilindi va ularning ko‘plari, agar ko‘pchilik bo‘lmasa, qashshoqlik
chegarasidan pastroq bo‘lishdi. Bunday g‘azablangan kambag‘allar nima qilishlari mumkin edi?
Aftidan, xulosa o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi – dehqonlar ichib, haddan oshdi va shaharda yashash
uchun jinoyatlar, o‘g‘irliklar qilishdi. Mamlakatdagi og‘ir hayot, hukumatning chirib ketgan
siyosati odiiy odamlarni jinoyat va faxsh ishlar qilishga va shu yo‘l bilan o‘zlarini va oilalarini
boqishga harakat qilishdi. Iqdisodiy muommolar adibning real hayotida ham o‘z aksini topgan.
Dostoyevskiy ham pul bilan bog‘liq muommolardan yiroq bo‘lmagan. Shuning uchun ham
adibning dastlabki asari bekorga “Bechora odamlar” deb nomlanmagan.

Dostoyevskiyning "Jinoyat va jazo" romani ham oddiy oddamlar hayotida kechadigan

voqealar asosida yoritilgan. Asarni tahlil qilib, Fyodor Dostoevskiy ushbu global muammoni
Rossiyada qanday hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini taklif qilgan va buni asar davomida
singdirgan. Misol uchun asar qahramonlaridan biri Razumixin tomonidan aytilgan; “ jinoyat
ijtimoiy tuzumning adolatli emasligidan norozilik tarzida ro‘yobga chiqadi – vassalom, boshqa
hech gap-so‘z yoq, hech qanday sabablar tan olinmaydi – hech nima!..

1

Asarning bosh qahramoni

Lujin nutqi bilan aytganda: “- Rodion Romonovich Raskolnikov, janob talab yoki sobiq talaba?”.
Raskolnikovning psixalogik tabiati o‘ta murakkab. Raskolnikov faqatgina pulsizlik, kambag‘llik
va qashshoqlik bilangina xarakterlanmaydi, balki miyyaga chuqur o‘rnashib olgan, bir qaraganda
ezgu va gumanistik, boshqa tomondan qarasa, g‘oyat xavfli hamda yuqumli g‘oyalar, xayollar
girdabidagi talvasali vaziyatda. Bunday murakkab psixalogik vaziyat kitobxonni ham chuqur fikir
yuritishga majbur qiladi. Kimdir biz inqilobiy harakat va avtokratiyani ag‘darish haqida
gapiryapmiz, deb o‘ylaydi, lekin yozuvchi boshqacha rivojlanishni ko‘rdi - bu nasroniy axloqini
ommaga joriy qilish orqali xalqning ma’naviy hayotini yaxshilash kerak degan g‘oyani ilgari
surmoqchi bo‘ladi bizningcha. Darhaqiqat, insonning yuragiga ta’sir qiladigan va uning ongini va
ruhini qayta tiklashi mumkin bo‘lgan xristian tamoyillari tushunchasi mavjud. Biroq,
jinoyatchilikning o‘sishiga nafaqat odamlarning dahshatli moliyaviy ahvoli sabab bo‘ldi, balki
yangi falsafalar ham bu o‘sishning muhim tarkibiy qismiga aylandi. Roskalnikov o‘zini Napalion
bo‘laman deb o‘yaldi. U bir jinoayat katta fojea emas deb hisobladi. Bu jinoyat orqali
boshqalarning ahvolini yaxshilash mumkin deb ishonadi. Raskolnikovning “Jinoyat haqida…”
deb nomlangan maqolasida: “Yodimda, men jinoyatchining jinoyat qilish jarayonidagi ruhiy
holatu haqida yozgan edim”

2

deydi. Maqolada “…barcha odamlar “odmi” va “favqulotda”

kishilar deb ajratiladi. Odmi odamlar mumin-qobil bo‘lib yashashlari kerak, qonunlarni
buzmasliklari lozim, negaki, ular oddiy odamlar-da. Favqulodda odamlar bo‘lsa, istagncha jinoyat
qilishlari va istagancha qonunlarni buzushlari mumkin ekan, ular bunga haqli ekanlar, nega
desangiz, ular boshalarga o‘xshamaydigan favqulotda odamlar ekan-da…”

3

Bunday fikirlar asarda obrazlar tilidaan aytilsada, aslida ular Dostoyevskiyning qalbidagi

gapalar edi. Buyuk shaxslarning ko‘pchiligi ham aslida qotil bo‘lgan deya Likurg - qadimgi Sparta

1

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 329 bet

2

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 333 bet

3

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 333 bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

303

davlatining asoschisi, Salon – Qadimgi Yunonistonda islohotlar o‘tkazgan davlat arbobi va
Napalion kabi tarixda o‘zlaridan abadiy nom qoldirgan shaxslarni keltirib o‘tadi. Asarning bosh
obrazi Roskalnikov o‘zining g‘oyasi boshqalar uchun foydali bo‘ladi degan fikirda sudxo‘r
kampirni o‘ldirib jinoyat qilishga va o‘zidagi fikirning to‘laqonli haq ekanligiga ishonar edi.
Raskolnokov tomonida aytilga yana bir jumlaga e’tibor qaratmoqchiman. “Mening odamlarni
odmi va favqulodda shaxslarga bo‘lishimga kelganda, extimol, bu unchalar asoslanmagandir,
roziman, lekin men bunda to‘la aniqlik ham talab qilayotganim yoq. Men faqat o‘zimning asosiy
g‘oyamga ishonaman. Gap shundaki, tabiat qonunlariga ko‘ra, odamlar umuman ikki toifaga
bo‘linadilar: past toifa (odmi odamlar), o‘ziga o‘xshganlarni uchratishdan boshqa narsaga
yaramaydilar, ular urchish naterialidirlar va ikkinchi – odam deb sanasa arziydigan va hayotda ,
o‘z muhitida yangilik, yangi so‘z barpo qilish iqdidoriga, qudratiga ega bo‘lganlar…”

4

Raskolnokov ham Napalion bo‘lishim mumkin deb o‘yladi, hamma narsaning yechimini

sudxo‘r kampirni o‘ldirish deb o‘yladi. Uning ruhiyatida ikki turdagi qarama-qarshilik kurashardi
ayni damda. Birinchisi, kampirni o‘ldirish kerak desa, ikkinchisi, bu jinoyotku degan fikirlar
“opozotsiaysi”. Uni jinoyat qilishga undagan kuch nimada edi? Bunga javob topish uchun
Raskolnikovning maqolasidan yuqoridagi jumlalarni yana davom etirishni maqul topdik.
“…birinchi toifadagi , ya’ni material bo‘luvchilar o‘z tabiatlariga ko‘ra, yangilikka qarshi bo‘lgan,
batartib, chegaradan chiqmaydigan, tobe bo‘lib yashaydigan va tobe bo‘lishni yaxshi ko‘radigan
odamlardir umuman olganda. Menimcha, ular yaralishdan mute bo‘lish uchun yaratilganlar,
ularning peshonasiga yozilgani shu va bunda ularning shanini yerga uradigan hech qanday yomon
narsa yoq. Ikkinchi toifadagi odamlarning bari qonunga xilof ish tutadilar, ular buzg‘unchilardir
yoki qobiliyatlariga ko‘ra, shunga moyildirlar

Rodion Raskolnikovning "Jinoyat va jazo" romanidagi tahlilini Rodion Raskolnikov “Jinoyat

va jazo” romanining bosh obrazi bo‘lganligi sababli, u haqida gapirishni maqul deb bilamiz.
“Jinoyat va jazo” asarini qisqacha tahlil qilar ekanmiz, ushbu personaj, ya’ni Raskolnikov obrazini
muhokama qilmasdan turib asar mohiyatini ochib berish imkonsiz bo‘lar edi. Filalogiya fanlari
doktari Zulfiya Pardayeva “Hozirgi o‘zbek romanchiligi taraqqiyot tamoyillari” nomli ilmiy
ishining “Polifonik roman poetikasining badiiy – estetik qirralari” nomli bo‘limoda “ “Jinoyat va
jazo” romani qahramoni Raskolnikov ongida yovuzlik g‘oyasining boshqa ongga berilishi,
tergovchi anglab yetgan mantiq mohiyatining Raskolnikov ongida qayta sintez qilinishi va bu
sintez natijasida g‘oya tergovchi ongida qayta muloqatga kirishishi qahramon ongida jaza
muqarrarligiga ishontirish kabi murakkab polifonik tizim F.Dostoyevskiy romanlarida badiiy
talqin sifatida kashf etildi.”

5

Shunday qilib, Rodion Raskolnikov haqiqatan ham kambag‘al edi, lekin u eski sudxo‘rni

nafaqat qashshoqlik, balki asosan mafkuraviy fikrlar tufayli o‘ldirishga qaror qildi. “Faust”da
aytilgan “Nazariya quruq og‘ochdir, / lekin yashnar hayot daraxti!” degan o‘jar haqiqat yana yuz
ko‘rsatdi: Raskolnikov oltmishlarga borgan sudxo‘r kampir Alyona Ivanovnanigina emas, uning
o‘ttiz besh yoshlardagi, birovga zarari tegmaydigan o‘gay singlisi Lizaveta Ivanovnani ham “naq
qansharidan chopib, miyasini qoq ikkiga bo‘lib yuborish”ga majbur bo‘ldi. Mana shu mudhish
manzara moziyda necha minglab marotaba yuz bergan, bugungi dunyoda ham to‘xtovsiz ro‘y

4

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 bet 336

5

Zulfiya Pardayeva “Hozirgi o‘zbek romanchiligi taraqqiyot tamoyillari” Toshkent 2003 255 bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

304

berayotgan va nadomatlar bo‘lsinki, kelajakda ham sodir etilajak xunrezliklarning barchasini aks
ettiruvchi timsol bo‘la oladi. Qotillikka qadar va uni sodir etganidan keyin Raskolnikov ahvol-
ruhiyasida kechgan to‘lg‘anishlarni xuddi zarrabin ostidagidek tiniq va jonli tasvirlagan yozuvchi
bir joyda “Ruh tug‘yonga kelgan, lekin tug‘yon ichra dahshatli ojizlik ko‘zga tashlanib qolgan
edi”, deydi. Bizningcha, qahramonning o‘sha lahzadagi holati, ichidan kechayotgan alamli hislari
ifodasi bo‘lmish bu ta’rifdagi “ojizlik”, aslida, Raskolnikov ruhiyatidagi eng katta qudrat – uning
chinakam INSON bolasi ekanidan yaqqol dalolat hisoblanadi. Zero, ana shu “ojizlik” uni cheksiz
vijdoniy azobga giriftor qiladi, o‘zi yo‘l qo‘ygan, tuzatib bo‘lmas xatolikni butun dahshati bilan
idrok qilishga majburlaydi. Oxir-oqibatda esa tavba-tazarru ila poklanmoq yo‘lini tanlashiga sabab
bo‘ladi. Uning nazariyasiga ko‘ra, har bir inson ikki toifadan biriga tegishli - "oddiy odamlar" va
"g‘ayrioddiy odamlar". Raskolnikovning fikricha, birinchi toifa, ya’ni oddiy odamlar, ijtimoiy
tamoyillar bilan uyg‘un yashaydigan, qonunga bo‘ysunadigan, qoidalarni buzmaydigan va hech
narsani o‘zgartirishni xohlamaydiganlar. Ammo ikkinchi toifadagi odamlar haqiqatan ham
g‘ayrioddiy - ular qonunni buzadilar, tarix yo‘nalishini o‘zgartirishga harakat qiladilar va hatto
boshqa odamlarning hayotini tasarruf etishadi. Agar birinchilar oddiy odamlar bo‘lsa, unda
g‘ayrioddiy odamlar bilan hamma narsa boshqacha, chunki bunday odam kuchli, jasur va oqim
bilan bormaydi, ehtimol yorug‘lik bunday odamlarga tayanadi. Bu haqda yuqorida asarning
o‘zidan batafsil ma’lumotlarni keltib o‘tdik.

Shuni ta’kidlash kerakki, Rodion Raskolnikov obrazi, ayniqsa, u o‘zining qaysi guruhga

mansubligini ko‘rishga qaror qilgan va shuning uchun kampirni o‘ldiradigan paytda yorqin
namoyon bo‘ladi. Raskolnikov, shubhasiz, juda iste’dodli, aqlli va shu bilan birga mag‘rur, lekin
uning orzulari va yaxshiroq hayotga intilishlari faqat uning boshida qoladi - qashshoqlik uning
orsularini amalga oshirishga to‘sqinlik qiladi.

Qashshoqlik Raskolnikovni hamma joyda ta’qib qiladi - singlisi qashshoqlik tufayli noto‘g‘ri

odamga turmushga chiqadi, ishdan bo‘shatilgan harbiy maslahatchi Sonechkaning otasi
(Marmeladov) ichkilikboz bo‘lib, nihoyat cho‘kib ketadi, Sonechka Marmeladovaning o‘zi esa
fohisha bo‘lishga majbur bo‘ladi. Kambag‘allik nafaqat Raskolnikovmi, balki, butun jamiyatga
katta salbiy tasir ko‘rsatishi mumkinligini ko‘rsatib bergan deyish mumkin. Kambag‘allikdan
adibning o‘zi ham qanchalik qiynalganligi bizga sir emas. “ Dostoyevskiy bir bosma taboq
qo‘lyozmasiga 150 rubl olar edi. Taqqos uchun: shu hajmdagi qo‘lyozmalariga Tolstoyga 500 rubl
to‘lashardi. Hisob-kitob masalalarida Dostoyevkiy juda no‘noq bo‘lgan: kirim-chiqim daftari
yuritmagan, pul jamg‘arishni bilmagan. Har doim qarz bilan yashagan. To‘liq ishonch bilan aytish
mumkinki, agar ikkinchi xotini Anna “iqdisodiy siyosat”ni yo‘lga qo‘ymaganda (erining o‘zi shuni
so‘ragan), Dostoyevskiy qashshoqlarcha hayot kechirgan, xatto to‘lamagan qarzlari uchun
turmaga tashlangan bo‘larmidi…”

6

Asar qahramonlaridan biri Marmeledovning Raskolnikovga

kambag‘allik haqidagi aytgan gaplari adib tomonidan aytilgandek jaranglaydi. “Kambag‘allik ayb
emas, biroq yo‘qchilik bu – illat. Siz kambag‘alchilikda hali o‘zingizning to‘g‘ma oliyjanob
fazilatlaringizni saqlab qolgan bo‘lasiz, yoqchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab
qola bilmaydi”. “Jinoyat va jazo” romanida Raskolnikov va boshqa obrazlar ana shunday
sharoitlarda shakllangan. Asar mazmuniga chuqurroq kirib borishimiz uchun tahlilimizni syujetlar
asosida davom ettiramiz. 1860-yillar Sank-Petrburgning kambag‘allar yashaydigan qismi. Yoz

6

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi 2023-y, 7-aprel


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

305

oqshmi. Sudxo‘r kampir Alyona Ivanovnani o‘ldirishi rejalashtirgan sobiq talaba Rodion
Romanovich Raskolnikov kampirga ohirgi kimmatbaho narsasini garovga topshirib kelayotganda
arzon qovoqxonalardan biriga kiradi va u yerda tasodifan ishdsan haydalgan amaldor Marmeladov
bilan uchrashib qoladi. U kasalligi, qashshoqligi va piyanistaligi uchun qizi Soniyani pul topish
uchun ishratxonga yuborganligini aytadi. Ertasi kuni ertalab esa Raskolnikov qishloqdagi onasidan
xat oladi. Xatda singlisi Dunyoning pomeshchik Svidragalovning uyida qanday azob chekkanligi
tasvirlangan edi. Xatdan u singlisining nikohi munosabati bilan onasi va singlisi Dunyoning
yaqinda Sank-Peterburgga kelishini bilib oladi. Bo‘lg‘usi kuyov tadbirkor Lujin bo‘lib, u nokohni
sevgiga emas, qizning qashshoqligi va qaramligiga qarab qurmoqchi edi. Onasi bo‘lsa Lujin o‘g‘li
Raskolnikovning unversitetni tugatishiga moliyaviy yordam beradi deb umid qilar edi. Soniya va
Dunyoning yaqinlari uchun qilgan qurbonliklari Raskolnikovni o‘ylashga majbur etadi va bu
narslar sudxo‘r kampirni o‘ldirish niyatini kuchaytirmasdan qolmaydi. Darhaqiqat, uning puli
tufayli yuzlab, minglab yoshlar azob-uqubatdan xalos bo‘lishi mumkin. Ammo qahramonning
qonli zo‘ravonlikka nisbatan nafrati bolaligini eslatgan tushidan keyin yana ko‘tariladi: o‘shanda
bolaning yuragi o‘limga mahkum qilingan qirchang‘i otga achinib ketgan edi...
Shunga qaramay, Raskolnikov nafaqat kampirni, balki kutilmaganda uning xonadonga qaytib
kelgan mehribon, muloyim singlisi Lizavetani ham bolta bilan chopib o‘ldiradi. Ko‘p o‘tmay
Raskolnikov dahshat bilan o‘zi va boshqa odamlar orasida begonalashuvni his qiladi. U
universitetidagi o‘rtog‘i Razumixin bilan bo‘lgan suhbatda kampirni o‘ldirganlikda gumon qilinib,
oddiy qishloq yigiti bo‘lgan rassom Mikolka hibsga olinganini aniqlaydi. Jinoyat haqidagi
suhbatlarga og‘riqli munosabatda bo‘lib, uning o‘zi ham boshqalarda shubha uyg‘ota boshlaydi.
Raskolnikovning Lujin bilan uchrashgandagi holati ham uning ruhiyati qay darajada salbiy holatda
ekanligini ko‘rsatadi. Raskolnikovnikiga tashrif buyurgan Lujin qahramonning yashash joyini
ko‘rib hayratlanadi. Ularning suhbati janjalga aylanib, aloqalarni uzilishi bilan tugaydi.
Raskolnikov ayniqsa Lujinning “oqilona egoizm” nazariyasi va o‘zining “odamlarni chopish
mumkin...” degan “nazariyasi” o‘rtasidagi amaliy xulosalar yaqinligidan xafa bo‘ladi. Peterburg
atrofida daydib yurar ekan o‘zini dunyodan ajtalib qolayotgandek his etadi va bundan juda
azaoblanadi. Ko‘chada arava bosib ketgan Marmeladovni ko‘rib qoladi. Shu holatda u jinoyatini
tan olishga ham tayyor edi. Rahmi kelganidan Raskolnikov oxirgi pulini o‘layotgan odamga
sarflaydi: uni uyga olib borishadi, doktor chaqirishadi. Raskolnikov Marmeladovning xotini
Katerina Ivanovna va qizi Sonya bilan tanishadi. Sonya otasi bilan fohishalarga xos bo‘lgan yorqin
libosda xayrlashadi. Bu qilgan yaxshi ishi tufayli Raskolnikov jamiyatga, qisqa muddat bo‘lsa-da,
qo‘shila oladi. Biroq xonadonida onasi va singlisini uchratib, to‘satdan ularning sevgisi uchun
“o‘lik” ekanini anglab yetadi va ularni uyidan haydab chiqaradi. U yana yolg‘iz, ammo unga
o‘xshab “chegara chizig‘i”ni xatlab o‘tgan Sonya bilan yaqinlashishga umidi bor edi va asar
so‘ngida shunday ham bo‘ladi. O‘zini yolg‘iz sezayotgan Raskolnikov yana Soniyaning oldiga
keladi ( O‘zi bazida shuday bo‘ladi, insoning atrofida ko‘plab yaqinlari bo‘lsa ham, o‘zini yolg‘z
his qiladi. Barcha gaplarini ochiq ayta oladigan bir mehriboni bo‘lishni xohlaydi. Balkim bu
fikirlarizmizda g‘alizlik bordir, chunki yolg‘izlik Allohga xos. “Quron”ning “Ixlos” surasida Ayt:
“U Alloh yagonadir” deyiladi.). Injildagi “zino qilma” amrini buzgan bu ayolni chidab bo‘lmas
yolg‘izlikdan qutulish uchun najot deb biladi. Ammo Sonya yolg‘izlik alamini bilmas edi. U,
suhbatdoshidan farqli o‘laroq, boshqalarni o‘zi uchun emas, o‘zini boshqalar (uydagi och opa-
singillari) uchun qurbon qilgan edi. Yaqinlariga bo‘lgan sevgi va hamdardlik, Xudoning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

306

marhamatiga ishonish uni hech qachon tark etmadi. U hayotida ham mo‘jiza sodir bo‘lishiga umid
qilib, Rodionga Iso tomonidan Lazar tiriltirilishi haqidagi Injil oyatlarini o‘qib beradi. Rodion esa
“butun chumoli uyasi” ustidan hokimiyat o‘rnatish haqidagi “napoleoncha” g‘oyasi bilan qizni
o‘ziga jalb qila olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, ollohning kalomi oldida insonning har qanday
buzg‘unchi g‘oyasi amalda noto‘g‘riligini ko‘rsatadi. Asardagi Soniya obrazi qiyin holatlarni
boshidan kechirgan, yaqinlari uchun o‘z nomusini qurbon qilganligini yuqorida takidladik.
Lujindek obrasi bu asardagi salbiy obrazdir. Paskash desak ham bo‘laveradi. Marmeladovlarning
xonasida xotirlash marosimi o‘tkazilayotgan vaqtda Katerina Ivanovna uy egasini haqorat qiladi.
U bolalari bilan darhol chiqib ketishini aytadi. To‘satdan o‘sha uyda yashaydigan Lujin kelib
qoladi va Sonyani yuz rubl pul o‘g‘irlashda ayblaydi. Qizning “aybi” isbotlanadi: pul
peshbandining cho‘ntagidan topiladi. Sonya atrofidagi odamlar nazarida fohishadan tashqari endi
o‘g‘ri ham bo‘lib ko‘rinadi. Ammo to‘satdan Lujinning o‘zi pulni Sonyaning cho‘ntagiga jimgina
solib qo‘yganini ko‘rgan guvoh topiladi. Tuhmatchi sharmanda bo‘ladi va Raskolnikov Lujinning
qilmishi sabablarini tinglovchilarga tushuntiradi: u Dunya oldida akasi va Sonyani kamsitib,
Dunyoni o‘ziga qaytarishga umid qilmoqda edi. Shundan so‘ng Rodion va Sonya uyga boradi, u
yerda yigit qizga kampir va Lizavetani o‘ldirganini aytib beradi. Qiz Rodionga aybni ixtiyoriy
ravishda tan olish va mashaqqatli mehnat evaziga gunohlarini yuvishni taklif etadi. Biroq
Raskolnikov vijdon va inson sevgisiga muhtoj bo‘lgan “qaltiroq jonzot”ga aylanganidan
afsuslanadi. “Men hali kurashaman” deb, Sonyaning taklifiga ko‘nmaydi. “Asardagi Soniya obrazi
qaysidir ma’noda “Telba” romanidagi ayrim jihatdan Mishkinga o‘xshab ketadi. “Telba”dagi
Mishkin iso Masihning protatipi sifatida poklik tomsoli bo‘lsa, “Jinoyat va jazo” asari qahramoni
ham Raskolnikovning polanish yo‘lidagi yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lboshchi bo‘ldi, albatta” ( Bu
bizning shaxsiy fikirimiz).

Roman tahlilining boshqa tafsilotlari Raskolnikovning ta’kidlashicha, kuchli shaxs tomonidan

o‘ldirilgan bir kimsa, hech kimga foydali bo‘lmagan, ammo bu boshqalarga baxtli bo‘lishga
yordam beradi deb o‘ylagan. Raskolnikov sudxo‘r kampirni o‘ldirgan bo‘lsada, o‘zining jinoiy
harakatini gunoh deb hisoblamadi. Keksa sudxo‘rni o‘ldirish orqali Raskolnikov boshqalarga
yordam berish uchun uning pulini olmoqchi edi. Axir, kampir o‘zgalarning dardidan naf ko‘radi-
yu, shunday nopok yo‘l bilan qo‘lga kiritganini olib, muhtoj kambag‘allarga bermaysanmi?
Kitobxon, “Jinoyat va jazo” romanini tahlil qilar ekan, odam beixtiyor shu muammolar haqida
o‘ylaydi.

Ammo roman qahramoni jinoyat sodir etganidan so‘ng dahshatli narsalarni anglab yetganida

– qotilga aylangani, qo‘lidagi qon hatto yaqinlarini quchoqlashga ham xalaqit berayotgani, vijdoni
uni kemirayotganida Raskolnikov obrazi yanada chuqurroq ochiladi. Bu yerda Raskolnikov Sonya
Marmeladovaning ahvoli unikidan yaxshi emasligini tushunadi, lekin u yuragi qotib qolishga va
odamlardan g‘azablanishiga yo‘l qo‘ymadi, lekin u Xudoga bo‘lgan ishonchini saqlab qoldi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, Raskolnikov o‘z jinoyati haqida birinchi bo‘lib hamdardlik va yordam
kutgan Sonya edi.

Jinoyat va jazo tahlili - xulosalar Rodion Raskolnikov Sonyadan eshitishni xohlagan narsani

eshitdimi? Sonya unga tavba qilishni va odamlarga qalbini ochishni maslahat berdi, lekin
Raskolnikov buni boshqacha qildi: u huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga jinoyatni tan
oldi va oxir-oqibat jazoni og‘ir mehnatda o‘tash uchun surgun qilindi. Dostoevskiyning ikkala


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

307

qahramoni - Raskolnikov va Sonya Marmeladova ularning qalblarini vayron qilishdi, lekin faqat
Sonechka chuqur axloqiy e’tiqodga ega edi va Rodion aynan shu e‘tiqodga qildi amal qildi.

Ammo Raskolnikov jazoni o‘tayotganda ruhiy olamida chuqur o‘zgarishlar yuz berdi. Sonya

uning ruhiy qayta tug‘ilishiga va uning axloqiy tamoyillarining o‘zgarishiga hissa qo‘shadi. “Alloh
insonlar qalbiga muhabbat orqali kirib boradi” (bizdan). Mich Elbomning “Morining seshanba
darslari” nomli kitobda shunday jumlalar bor: “Muhabbat biz o‘lganimizdan keyin ham abadiy
qolish vositasidir”. Raskolnikov hamda Soniyalar misolida biz aynan shularni ko‘rishimiz
mumkin.
Fyodor Dostoyevskiy o‘z romanida inson hayotida baxtga erishish, agar inson nasroniylik
tamoyillariga amal qilsa, Xudoga ishonsa va yaxshilik qilsagina bu amallar ulug‘likka olib
borishini ochib beradi. Bu kuch va yurak qattiqligi uchun kurash emas, balki hayotni ma’no bilan
to‘ldiradi. Biz "Jinoyat va jazo" romanini qisqacha tahlil qilishga harakat qildik.

REFERENCES

1.

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 329 bet

2.

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 333 bet

3.

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 333 bet

4.

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 bet 336

5.

Zulfiya Pardayeva “Hozirgi o‘zbek romanchiligi taraqqiyot tamoyillari” Toshkent 2003
255 bet

6.

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi 2023-y

References

.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 329 bet

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 333 bet

M.F.Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” Toshkent 2021 bet 336

Zulfiya Pardayeva “Hozirgi o‘zbek romanchiligi taraqqiyot tamoyillari” Toshkent 2003 255 bet

“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi 2023-y

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов