LINGUISTIC ANALYSIS OF THEONYMS AND THEOTOPONYMS IN THE WORKS OF TOHIR MALIK

HAC
Google Scholar
To share
To‘xtayeva , S., & Ergasheva, D. (2023). LINGUISTIC ANALYSIS OF THEONYMS AND THEOTOPONYMS IN THE WORKS OF TOHIR MALIK. Modern Science and Research, 2(10), 622–624. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24538
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, linguistic analysis of theonyms and theotoponyms is drawn into analysis based on the works of Tohir Malik. Words such as God, happiness, reward, resurrection in artistic texts are analyzed on the basis of the Explanatory Dictionary of the spiritual semasi Uzbek language. Conclusions of linguistic analysis are explained.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

622

TOHIR MALIK ASARLARIDA TEONIM VA TEOTOPONIMLARNING

LINGVISTIK TAHLILI

To‘xtayeva Sarvinoz

TerDU talabasi.

D.Ergasheva

Ilmiy rahbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10023757

Annotatsiya.

Ushbu maqolada teonimlar va teotoponimlarning lingvistik tahlili Tohir Malik

asarlari asosida tahlilga tortilgan. Badiiy matnlardagi Alloh, saodat, ajr, qiyomat kabi so‘zlar
ma’noviy semasi o‘zbek tilidagi izohli lug‘ati asosida tahlil etilgan. Lingvistik tahlil xulosalari
izohlangan.

Kalit so‘zlar.

Teonim, teotoponim, turdosh ot, atoqli ot, linvistik tahlil, saodat, Alloh, ajr,

qiyomat, leksema semasi.

LINGUISTIC ANALYSIS OF THEONYMS AND THEOTOPONYMS IN THE

WORKS OF TOHIR MALIK

Abstract.

In this article, linguistic analysis of theonyms and theotoponyms is drawn into

analysis based on the works of Tohir Malik. Words such as God, happiness, reward, resurrection
in artistic texts are analyzed on the basis of the Explanatory Dictionary of the spiritual semasi
Uzbek language. Conclusions of linguistic analysis are explained.

Key words:

Theonym, teotoponym, related horse, forked horse, linguistic analysis, Bliss,

God, reward, resurrection, leksema semasi.

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ТЕОНИМОВ И ТЕОТОПОНИМОВ В

РАБОТАХ ТАХИРА МАЛИКА

Аннотация.

В этой статье лингвистический анализ теонимов и теотопонимов был

подвергнут анализу на основе работ Тахира Малика. Такие слова, как Аллах, Садат, аджр,
апокалипсис в художественных текстах, были проанализированы на основе толкового
словаря узбекского языка духовной семаси. Интерпретируются выводы лингвистического
анализа.

Ключевые слова:

Теоним, теотопоним, родственное существительное, именитая

лошадь, лингвистический анализ, блаженство, Аллах, аджр, апокалипсис, лексема Сема.


Ma’lumki, nazariy yondashuvda leksemaning atash (denotativ) semasi deganda borliqdagi

harakat-holat, narsa-predmet, miqdor, belgi – xususiyatini atovchi, nomlovchi sema tushuniladi.
Bu semaning har birini mustaqil so‘z turkumi – fe’l «harakat-holatni atash» semasi, ot «narsa-
predmetni atash», son «miqdorni atash», sifat va ravish «belgini atash» semasi sifatida bevosita
xususiylashtiradi. Atash semasi obyektiv borliq parchasiga muvofiq kelgani bois leksema
sememasi tarkibidagi boshqa semalar (vazifa, ifoda)dan muhimroq ahamiyatga ega. Atrof-
muhitda asosan biz ko'ra oladigan narsa-buyum hamda joy nomlari ot so‘z turkumi doirasida
o‘rganiladi.

«Borliq yoki uning parchasini predmet sifatida atash» — ot turkumining umumiy grammatik

ma’nosi. Bunda predmet tushunchasi mantiqiy emas, balki grammatik mohiyatga ega. Mantiqan
jonsiz va bevosita sezgi a’zosiga ta’sir etuvchi narsa predmet deyiladi. Grammatikada esa u keng


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

623

ma’noda tushuniladi, «mavjudlik» mohiyatiga ega deb qaraladi. Ot borliqdagi bir turdagi
predmetdan birining yoki shu turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirishiga ko'ra atoqli va
turdosh otga bo'linadi.

Atoqli ot bir xil predmet yoki hodisaning birini ajratib ko‘rsatishga xizmat qiladigan

ikkilamchi nom. Masalan, bola bir turdagi predmet (shaxs)ning umumiy va birlamchi nomi.
Sherzod ana shu bir xil predmet (shaxs)dan birini ajratib ko'rsatish uchun xizmat qiladigan va bola
atamasidan keyin qo‘yilgan ikkilamchi nom. Atoqli ot matndan, nutq vaziyatidan uzilgan holda
atash ma’nosiga ega bo‘lmaydi, faqat kontekstda reallashadi. Masalan, (Sanam) so‘zining atoqli
yoki turdosh ekanligi shu so ‘zni qurshab turgan so'z yordamida anglashiladi.

Bu jihatdan atoqli ot olmoshga o'xshab ketadi. Bir jinsdagi predmetlarning umumiy nomini

bildiruvchi ot turdosh ot deyiladi. Turdosh ot ot turkumiga kirgan so‘zning asosiy qismini tashkil
etadi(tog‘, qishloq, mashina, sevgi, muhabbat) Turdosh otda predmetlik va belgilik xususiyati
yaxlitlashgan holda mavjud bo'ladi. Chunki har qanday narsa belgi-xususiyat majmui hisoblanadi.
Atoqli va turdosh ot nafaqat lug‘aviy semantikasi, balki grammatik xususiyati bilan ham
farqlanadi. Masalan, atoqli ot, asosan, birlik sonda qoʻllanadi. Ko‘plik son shaklida butunlay
boshqa ma’no bo‘yog‘iga ega bo‘ladi: Farhodlar keldi kanal qazmoqqa (S.Ahmad "Ufq") [1.223]

Teonim hamda teotoponimlarni ham shu tasniflar asosida atoqli ot, teonim esa turdosh otlar

guruhiga kiritish mumkin. Teonim (yunoncha — "teog" - xudo , "onoma" – atoqli ot) – Ollohning
nomi va atributlarining atoqli oti degan ma’noni bildiradi. Teonimlar tildagi juda qadimiy lug‘aviy
birliklar bo‘lib, ularning paydo bo‘lish davrlari insoniyatning o‘ta ko‘hna dunyodagi diniy
qarashlari, animizm, totemizm, tabu, evfemizm singari tasavvurlari bilan bog‘liqdir.
Teotoponimlar ham xuddi teonimlar kabi yunonchadan olingan bo‘lib "teog" - xudo, Alloh,
"topos" - joy, "onoma"- ism,nom degan ma'nolarni bildiradi.

Umumiy qilib aytganda ilohiy joy nomlarini anglatuvchi termin hisoblanadi.

Saodat esa

Allohning rahmatiga, marhamatiga yetishmoqlikdir. Saodatga pul topib olgan kabi yetishilmaydi

.

[Tohir Malik, ”Iblis devori”, 3-b] Mazkur gapdagi "

saodat"

va "

Alloh

" so'zlari otning UGMga

koʻra turdosh otning teonimlar guruhiga kiradi. Bu so‘zlar tub so‘z bo‘lib, ”saodat” baxt, iqbol
ma’nosidagi denotativ so‘z hisoblanadi. Emotsionalligiga ko‘ra betaraf so‘z hisoblanadi. "Alloh
(االلهَ) so‘zi yaratuvchi zot ma'nosini beradi.

Kimki o'z qalbini marazlardan saqlashga e'tiborsiz

ekan, uning bilgan bilmagan dardlari yanada ko'payadi. Zero solih amallarning ajri ham qalbga
bog‘liqdir

.[ Tohir Malik, ”Iblis devori”, 12-b] Ushbu gapda "

solih

" hamda "

ajr

" so‘zlari otning

UGMga koʻra turdosh otning teonimlar guruhiga mansub tub so‘zlar siradiga kiradi. Shu bilan bir
qatorda bu so‘zlar islomiy tushuncha hisoblanadi. Bunda "solih" so‘zi asli arabcha so'z bo‘lib
"salohiyatli" ,"ahamiyatli" degan ma'nolarni bildiradi. "Ajr" (اَااللهج) so‘zi ham arabcha so‘z bo‘lib
"to‘lanadigan haq","mukofot" ma'nolarini beradi. Muqaddas "Qurʼon"ga koʻra, odamlar bu
dunyodagi yaxshi ishlari uchun oxiratda ajrini topadi, yaʼni nasib etgan moʻmin-musulmonlarga
savobli ishlarievaziga turli maqom va martabalar, nozu neʼmatlar beriladi. Ajr so‘zi shu ma'nodagi
sema hisoblanadi.

Shayton alayhila'na to Qiyomatga qadar odamzodga dushmanlik qilar ekan, to

Qiyomatga qadar unga qarshi jang – ruhiy jang davom ertajakdir

[Tohir Malik, ”Iblis devori”,

14-b]

Ushbu gapda ishtirok etgan "

shayton", “qiyomat

” so‘zi otning UGMga ko'ra turdosh otning

teonimlar guruhiga kiradi. Bu so‘zlarning har ikkalasi tub so‘z hisoblanadi. "Shayton" so‘zi islom,
xristianlik va boshqa dinlarning taʼlimotlariga koʻra, yovuz ruh yoki yovuz ruhlarning boshligʻi,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

624

dunyodagi yovuzliklarning aybdori, odamlarni gunohga yetaklovchi kuch ma'nolarini bildiradi.
Qurʼonda „shayton“ soʻzining sinonimi sifatida „iblis“ iborasiham qoʻllanilgan. Shayton soʻzi
firibgar, ayyor odamlarga nisbatan ham ishlatiladi. "Qiyomat" so'zi – diniy eʼtiqodlarga koʻra,
goʻyo bu dunyo tugagach, u dunyoda hamma tirilib, soʻroqqa toʻplanadigan kun, oxirat, mahshar
ma'nolarini bildiradi.

Marvon ibn Hakam Madinadan bir joyga safarga ketganlarida o'z o'rniga

Abu Hirayrani qoldirib ketardilar.

[Tohir Malik, ”Iblis devori”, 46-b]. Ushbu gapdagi "Madina"

so'zi otning UGMga koʻra atoqli otning teotoponimlar guruhiga kiradi. Ushbu joy nomi tub so‘z
bo'lib, qizlarga qo‘yiladigan ismlardan biri hisoblanadi. Madina Ismning kelib chiqishida koʻplab
tarixiy manbaalar mavjud. Arabcha talqinda Saudiya Arabistonidagi muqaddas shahar, ziyoratgoh
- Madinai Munavvara nomidan olingan. U "muqaddas shahar" "oltin shahar" deb tarjima qilinadi.
Madina yunoncha Madlina nomidan olingan boʻlib, "kuch berish" degan ma'noni anglatadi.
Shuningdek, Maddalena (Magdalina) ismining shakldoshi. (ingliz tilida) Madina — Maden
(Madeni, Madenn) erkaklar isming qizlar va ayyollarga ishlatiladigan shakli, Breton tilidan tarjima
qilinganda “baxtli, omadli” degan maʼnoni anglatadi.

Keyin kalta soqolini silab "astag'firulloh" deb qo'ydi-da, irimga amal qilib o'ng tarafga

qarab "tuf-tuf" deb qo'ydi

[Tohir Malik, ”Iblis devori”, 9-b] Ushbu gapdaqatnashgan asli

arabchadan olingan, islomiy tushuncha hisoblanadigan "astag'firulloh" so‘zi ham otning UGMga
koʻra turdosh otning teonimlar guruhiga kiradi. Ushbu so‘z Allohdan afv so’rash, qilgan
gunohlarida o'tish uchun tavba qilish ma'nolarini beradi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ijodkor asari diniy leksemalar, shu jumladan teonim va

teotoponimlarga juda boy. Jumladan tahlilga olingan namunalar misolida ham ko'rishimiz
mumkinki, har bir ilohiy joy nomi , ilohiy termin, barchasi mohirona asar mazmuniga singdirilgan.
Bu esa muallifning tildan foydalanish moahoratini ko’rsatadi.


REFERENCES

1.

R. Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva va boshqalar "Hozirgio‘zbek adabiy tili" –
Toshkent. 2009.

2.

Abuzalova M.Q. Hozirgi o‘zbek tili. Morfologiya, 1-qism. Mustaqil so‘z turkumlari.
(Ma‘ruza matnlari). – Buxoro. 2003.

3.

Bahriddinova B.M. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan mashqlar to‘plami. II qism (Morfemika.
Derivatsiya. Morfologiya), Qarshi, Nasaf n. 2005.

4.

Mengliyev B.R. Hozirgi o‘zbek tili. Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya. II qism. Qarshi
– 2005.

5.

Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh. va boshqalar. O‘zbek tilining nazariy
grammatikasi. Morfologiya.-T.: Yangi asr avlodi. 2001.- 182 b.

6.

O‘zbek tili grammatikasi. I tom. Morfologiya. Max.muh. G‘.A.Abdurahmonov va boshq.
T.: Fan, 1972.-610 b.

7.

Sayfullayeva va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: Yangi asr avlodi. 2009.

8.

Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya. 1-jild. –T.: Mumtoz so‘z. 2008.

9.

Tohir Malik"Odamiylik mulki"ga doir suhbatlar" Toshkent. – 2010.

10.

Tohir Malik "Iblis devori" (Qissa va hikoyalar toʻplami), Toshkent –"O'qituvchi"
nashriyoti. – 2018.

References

R. Sayfullayeva, B.Mengliyev, G.Boqiyeva va boshqalar "Hozirgio‘zbek adabiy tili" – Toshkent. 2009.

Abuzalova M.Q. Hozirgi o‘zbek tili. Morfologiya, 1-qism. Mustaqil so‘z turkumlari. (Ma‘ruza matnlari). – Buxoro. 2003.

Bahriddinova B.M. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidan mashqlar to‘plami. II qism (Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya), Qarshi, Nasaf n. 2005.

Mengliyev B.R. Hozirgi o‘zbek tili. Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya. II qism. Qarshi – 2005.

Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh. va boshqalar. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya.-T.: Yangi asr avlodi. 2001.- 182 b.

O‘zbek tili grammatikasi. I tom. Morfologiya. Max.muh. G‘.A.Abdurahmonov va boshq. T.: Fan, 1972.-610 b.

Sayfullayeva va boshq. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –T.: Yangi asr avlodi. 2009.

Zamonaviy o‘zbek tili. Morfologiya. 1-jild. –T.: Mumtoz so‘z. 2008.

Tohir Malik"Odamiylik mulki"ga doir suhbatlar" Toshkent. – 2010.

Tohir Malik "Iblis devori" (Qissa va hikoyalar toʻplami), Toshkent –"O'qituvchi" nashriyoti. – 2018.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов