EXPRESSION OF CLOTHING NAMES IN UZBEK

HAC
Google Scholar
To share
Boymurodova, L., Boymurodova, L., & Ergasheva, D. (2023). EXPRESSION OF CLOTHING NAMES IN UZBEK. Modern Science and Research, 2(10), 814–817. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24745
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the expression of clothing names in Uzbek is taken into linguistic analysis. The naming of the lexicon of clothing within the dictionary of the Uzbek language has also been established. Dress names have been researched lexically-semantically and etymologically.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

814

O’ZBEK TILIDA KIYIM NOMLARINING IFODALANISHI

Boymurodova Lobar Raxim qizi

TerDU talabasi.

D. Ergasheva

Ilmiy rahbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10044905

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o’zbek tilida kiyim nomlarining ifodalanishi lingvistik

tahlilga olingan. O‘zbek tili lug’at tarkibidagi kiyimlar leksikasining nomlanishi ham tashkil
etilgan. Kiyim nomlari leksik-semantik va etimologik jihatdan tadqiq qilingan.

Kalit so‘zlar:

kiyim nomlari, o’zbek milliy kiyimlari, chakmon, mahsi, salla, do’ppi, yaktak,

lurta.

EXPRESSION OF CLOTHING NAMES IN UZBEK

Abstract.

In this article, the expression of clothing names in Uzbek is taken into linguistic

analysis. The naming of the lexicon of clothing within the dictionary of the Uzbek language has
also been established. Dress names have been researched lexically-semantically and
etymologically.

Key words:

clothing names, Uzbek national clothing, chakmon, mahsi, salla, Doppi,

yaktak, lurta.

ВЫРАЖЕНИЕ НАЗВАНИЙ ОДЕЖДЫ НА УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКЕ

Аннотация.

В данной статье проведен лингвистический анализ выражения

названий одежды на узбекском языке. Организовано и наименование лексики одежды в
словаре узбекского языка. Названия одежды исследовались лексико-семантически и
этимологически.

Ключевые слова:

названия одежды, узбекская национальная одежда, чакмон, махси,

тюрбан, тюбетейка, яктак, лурта.

So’z va uning ma’nolari haqida o’zbek tilshunosligi tarixida juda uzoq davrlardan buyon

fikr yuritilib kelingan. O’zbek tili leksikologiyasi bo’yicha erishilgan yutuqlar sifatida “O’zbek tili
leksikologiyasi” kitobi (1991) maydonga keldi.

1970-1980-yillardan boshlab o’zbek tilishunosligiga sistemaviy-struktur tilshunoslik qo’ga

kiritgan yutuqlar, uning taqiq qilish metodlari kirib keldi. O’zbek tilshunosligida ham uzviy ta’lim
metodlari qo’llanila boshladi. Bu birinchi navbatda leksikologiyada namoyon bo’ldi.

Natijada o’zbek tili tavsifiy bosqichdan yangi bosqichga- nazariy bosqichga, leksikani

ma’lum leksik-semantik guruhlardan (LSG) tashkil topgan butunlik, leksik birliklarni muayyan
ma’no elementlarining munosabatidan tashkil topgan tizim sifatida o’rganish bosqichiga kotarila
bordi. Bu bilan o’zbek tavsifiy leksikologiyasidan sistemaviy (nazariy) leksikologiyaga o’tila
boshlandi.

Ana shu jarayonni prof. Sh. U. Raxmatullaev va uninng shogirdi I. Qo’chqortoevlar

boshlab berdilar. Xususan, U, Tursunov, J, Muxtorov, Sh, Rahmatullaev tomonidan yozilgan
“Hozirgi o’zbbek adabiy tili” kitobining leksikologiya qismi o’zbek tavsifiy leksikologiyasidan
sistemaviy leksikologiyaga o’tish davri, leksikologiyaning bu ikki yo’nalishi o’rtasida ko’prik
sanaladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

815

Chunki unda tavsifiy leksikologiya an’analari davom ettirilgan va takomillashtirilgan

bo’lishi bilan birga, sistemaviy leksikologiyaning asosiy belgilaridan bo’lgan uzviy tahlil uslubi
joriy etildi. Birgina "kiyim" so'zi tarixiy jihatdan Alisher Navoiy davrida ham qo'llangan bo'lib, u
shu davrda ham bir qancha ma'nodoshlariga ega bo'lgan. Arab tilidan o'zlashgan bir qancha kiyim
nomlariga ham duch kelishimiz mumkin. Arabchadan o’zlashgan kiyim-kechak nomlari quforda,
amoma, taylason, toqiya, tuloh soingari so’zlarni ko’rsatish mumkin.

Bugungi kunda tilimizda faol qo’llaniladigan va barcha uchun tushunarli “libos” so’zi

arabchadan o’zlashgan bo’lib, umuman kiyim ma’nosini bildiradi:

Sanamlar jilvagar mehri samovash,
Ayog’din- bosh

libosi kahrabovash.

Ya’ni, samo quyoshidek jilvagar sanamlar boshdan oyoq qahraborang libos kiyib olganlar.
Alisher Navoiy asarlarida libos, kiyim-bosh so’zlarining ma’nodoshi sifatida

kisvat

so’zi

ham ishlatilgan:

Bir qo’y terisin chiqardi filhol,
Majnung’a dediki “Egninga sol”.
Qo’ydek bu terini xil’at ayla,
Boshdin ayog’inga

kisvat

ayla.

Lihof

so’zi ham arabcha bo’lib, bir necha xil ma’noga ega: 1. Kiyim. 2.Yopinchiq. 3.

Ko’rpa. Alisher Navoiy asarlarida esa asosan, kiyim ma’nosida keladi: gul gun lihof- qizil kiyim.
Masalan:

Sabuhiy vaqti gul ochilg’onin naylayki, ul yopmish
Og’zini g’uncha yanglig’ chirmabon gulgun

lihofinida.

(V. V.)

Xil’at

Alisher Navoiy asarlarida bir qadar kop yilga olingan kiyim nomidir. Arabchadan

o’zlashgan bu so’zning lug’aviy ma’nosi “Alisher Navoiy asarlari lug’ati” da shunday
ko’rsatilgan: 1. Hashamatli kiyim; sarpo, umuman, kiyim; zarbaft xil’at-kimxob to’n.

O'zbek milliy kiyimlarining nomlanishi bugungi kunda o'rganilayotgan til mavzularidan

biridir. Oʻzbek xalqining milliy oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qadimgi davrlarda
yaratilgan va hozirgi kunlarda foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan
kiyimlar. Har bir mintaqa uchun oʻziga xos farq va xususiyatlar mavjud.

O’zbek milliy libosiga ayollar uchun zar chopon, do'ppi va atlas, erkaklar uchun do’ppi,

chopon, salla, belbog’ va yaxtak kiradi. O’zbek milliy libosi jahonda o’z o’rniga ega. Masalan,
dunyoning turli joylaridan kelgan mehmonlar O’zbekistoni milliy libosi va madaniyatiga katta
baho berishyapti. O’zbek milliy libosi va madaniyati o’zgacha jozibadordir. Mustaqillikdan so’ng
libosimizga e’tibor kuchaydi va yuksaldi.

Hozirda o’zbek tikuvchilari chet mamlakatlarga borib ularga o’zbek libosini o’ziga xos

jihatlarini namoyon qilishmoqda. O’zbekistonga mehmon bo’lib kelgan sayohatchilar vatanimizni
tarixiy obidalarini, me'morchilik san’atini, milliy urf-odatlarimizni va katta qiziqish bilan e’tibor
beradilar. Ular mustaqillik bayramini, navro’zni, hosil bayramini va o’zbekona to’ylarni guvohi
bo’ladilar. Estalik sifatida atlas, do’ppi, belbog’, chopon va boshqa me'morchilik uslubida
yasalgan estalik sovg’alarini olib ketadilar.

Do’ppi

O’zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do’ppi asosan baxmal,ipak,zar

bilan tikiladi. O’zbekiston Chust, Toshkent, Samarqad, Buxoro, Boysun, Shahrisabz do’ppilari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

816

mashxur.Ayniqsa, Chust do’ppilari keng tarqalgan bo’lib, O’zbekistoning deyarli hamma
viloyatlarida tayyorlanadi. Chust do’ppisining tepasi kvadrat shakilda bo’rtib chiqadi,
boshqalarning tepasi yarim shar shaklida bo’ladi. Do’ppi tikuvchi chevar «do’ppido’z», do’ppi
tikish kasbi esa «do'ppido’zlik»deb ataladi.

"Do'ppi" so'zi ko'pgina yozuvchilarning asarlarida uchraydi Jumladan, O'tkir

Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasida ham uchraydi: Yozda bo'lsa dumaloq, qozonnusxa
do'ppisini bostirib oladi. (O'. Hoshimov, "Dunyoning ishlari", 112-b)

Mahsi

(massi) — mayin, pishiq qoʻy yoki echki terisidan tayyorlanadigan poshnasiz,

baland qoʻnjli poyabzal. Mahsi musulmon xalqlari orasida qadimdan keng tarqalgan. Oyoqni
sovuqdan asraydi, boldirni issiq tutadi. Mahsiga oʻxshash oyoq kiyimlari tasvirini Afrosiyob
devoriy rasmlarida (V—VIII asrlarga oid) koʻrish mumkin. "Mahsi" atamasi bugungi kunda ham
ishlatiladi, lekin u yoshi kattalar tomonidan ko'proq ishlatiladi. "Mahsi" atamasini yana yuqoridagi
asarda uchratishimiz mumkin: Qishda kuya yegan telpak, mushdekkina gavdasiga yarashmagan
uzun kamzul, oyog'iga kalish- mahsi kiyib yuradi. (O'.Hoshimov, "Dunyoning ishlari" 112-b).

Salla (

fors. — tugun) — musulmon erkaklarning bosh kiyimi. Salla kiyib o'qilgan namoz

sallasiz o'qilgan namozdan 70 baravar savobliroq ekani aytilgan. Shuning uchun ham salla
o'rashlik musulmon ahliga Payg'ambarimiz Muhammad (sav) dan sunnat bolib qolgan Sallani
doʻppi, kuloh, telpak ustidan, ayrim joylarda (Hindiston, Pokiston va boshqalarda) bosh kiyimsiz
yalang boshga oʻraladi. "Salla" bosh kiyimi nomini quyidagi gapda ham uchratishimiz mumkin:
Har bir katta sallalik domla bemorga zahar berayotgandek edi. (Cho'lpon, "Kecha va kunduz").

Yaktak

— yozgi, yengil kiyim; erkaklar koʻylagi. Oldi ochiq, uzun, yengli hamda tik

yoqali bo'ladi. 12—13-asrlardan yozma manbalarda yaktak haqida maʼlumotlar bor, 5—6-asrlarga
oid devoriy rasmlar hamda miniatyuralarda yaktak tasviri uchraydi. "Yaktak" so'zi qo'llangan
gapga misol: Oq yaktak kiygan bobom xuddi uchib ketishga tayyrodek tuyulardi menga.

O'zbek milliy kiyimlaridan yana biri bu atlas hisoblanadi.

Atlas

(arab. tekis, silliq) – tanda

ipi ham, arqon ipi ham tabiiy ipakdan toʻqiladigan bir yuzlama silliq mato. Oʻzbek atlaslari rang-
barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uygʻunlashib, matoda yaxlit goʻzal bir naqshni
hosil qiladi. Atlas so'zi ayollar kiyimiga ishora qilganini quyidagi gapdan ham payqash mumkin:
Atlas ko'ylak ustidan odmi xon atlas guppi kiygan, boshig'a oq dakanaki xom tashlang'an o'ttiz
besh yoshlar chamaliq go'zal, xushbichim bir xotin edi. (A. Qodiriy, "O'tkan kunlar"). Qadimgi
davrda turkiy tillarda ro’mol burunchuq deb yuritilgan. Mahmud Koshg’ariyning “Devonu lug’oti-
t-turk” asarida burunchuqq ikki ma’noda qo’llangan: a) peshonabog’ ro’mol; b) boshga
o’raladigan, yopinadigan yopinchiq.

Xulosa, kiyim nomlari bizga turli adiblar, yozuvchilar, tarixchilar asarlari orqali yetib

keladi. Ushbu kiyim nomlarini etimologik jihatdan tahlil qilish ham mumkin. Bugungi kunda
o’zbek tilida kiyim nomlarining ifodalanishi o’zlashgan qatlamga ham bog’liq.


REFERENCES

1.

R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Bogiyeva va bosshqalar “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. –
Toshkent. 2009.

2.

Nurmonov “O’zbek tilshunosligi tarixi”. – Toshkent. 2002.

3.

O’zME. Birinchi jild. – Toshkent. 2000.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

817

4.

B. Bafoev “Devonu lug’atit turk”.

5.

O. A. Suxareva “Костюм народов средней Азии”. – Moskva. 1982.

6.

O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”. – Toshkent. 2005.

7.

Cho’lpon “Kecha va kunduz”. – Toshkent. 2000.

A.

Qodiriy “O’tkan kunlar”. – Toshkent. 2004.

8.

X. Muxxamadiev “A. Navoiy asarlarida o’zlashgan kiyim-kechak leksemalari” (maqola).

9.

www.ariens.uz


References

R. Sayfullayeva, B. Mengliyev, G. Bogiyeva va bosshqalar “Hozirgi o’zbek adabiy tili”. – Toshkent. 2009.

Nurmonov “O’zbek tilshunosligi tarixi”. – Toshkent. 2002.

O’zME. Birinchi jild. – Toshkent. 2000.

B. Bafoev “Devonu lug’atit turk”.

O. A. Suxareva “Костюм народов средней Азии”. – Moskva. 1982.

O’. Hoshimov “Dunyoning ishlari”. – Toshkent. 2005.

Cho’lpon “Kecha va kunduz”. – Toshkent. 2000.

A. Qodiriy “O’tkan kunlar”. – Toshkent. 2004.

X. Muxxamadiev “A. Navoiy asarlarida o’zlashgan kiyim-kechak leksemalari” (maqola).

www.ariens.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов