EFFECTIVENESS OF AGROTECHNICAL AND CHEMICAL WEED CONTROL MEASURES IN COTTON FIELDS ON COTTON PRODUCTIVITY

HAC
Google Scholar
To share
Mukambar, M., Bovaqulova, O., & Ma’ripova, M. (2023). EFFECTIVENESS OF AGROTECHNICAL AND CHEMICAL WEED CONTROL MEASURES IN COTTON FIELDS ON COTTON PRODUCTIVITY. Modern Science and Research, 2(10), 695–698. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24665
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

According to the results of the study, the combined effect of agro-technical and chemical control measures on the effective control of weeds in cotton fields is high. This article provides information on the possibility of growing cotton with an average yield of 34.8-37.2 quintals per hectare, losing 90.7% and creating favorable conditions for the effective growth and development of cotton. listed.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

695

UDK: 631.4+635.

PAXTA MAYDONLARIDGI BEGONA O‘TLARGA AGROTEXNIKAVIY VA

KIMYOVIY KURASHISH CHORA TADBIRLARINI G‘O‘ZA XOSILDORLIGIGA

SAMARADORLIGI

Musurmonova Mukambar Pazitdinovna

Toshkent davlat agrar universiteti assistenti

Bovaqulova Odina Bahrom qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Ma'ripova Mehriniso Murodjon qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10031895

Annotatsiya.

Bugungi kunda g‘o‘za maydonlarida tarqalgan begona o‘tlarni samarali

yo‘qotishda agrotexnikaviy va kimyoviy kurashish tadbirlari birgalikda qo‘llanilganda natija
samarasi yuqori bo‘lib, bir, ikki va ko‘p yillik begona o‘tlarni 80,5-90,7% ni yo‘qotib, g‘o‘zani
samarali o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib, gektaridan o‘rtacha 34,8-37,2
sentner paxta hosili yetishtirish imkoniyatlari mavjudligi to‘g‘risidagi malumotlar ushbu
maqolada keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Agrotexnikaviy

shudgorlash, usullari, gerbitsidlarni turlari, miqdori, begona

o‘tlar, g‘o‘za, o‘sishi, rivojlanishi, paxta hosili.

EFFECTIVENESS OF AGROTECHNICAL AND CHEMICAL WEED

CONTROL MEASURES IN COTTON FIELDS ON COTTON PRODUCTIVITY

Abstract.

According to the results of the study, the combined effect of agro-technical and

chemical control measures on the effective control of weeds in cotton fields is high. This article
provides information on the possibility of growing cotton with an average yield of 34.8-37.2
quintals per hectare, losing 90.7% and creating favorable conditions for the effective growth and
development of cotton. listed.

Key words:

Agrotechnical plowing, methods, types and amounts of herbicides, weeds,

cotton, growth, development, cotton yield.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ АГРОТЕХНИЧЕСКИХ И ХИМИЧЕСКИХ

МЕРОПРИЯТИЙ БОРЬБЫ С СОРНЯМИ НА ХЛОПКОВЫХ ПОЛЯХ НА

ПРОДУКТИВНОСТЬ ХЛОПКА

Аннотация.

По результатам исследования комплексное влияние агротехнических

и химических мер борьбы на эффективную борьбу с сорняками на хлопковых полях
высокое.В данной статье приведены сведения о возможности выращивания хлопчатника
со средней урожайностью 34,8-37,2 ц. с гектара, потеряв 90,7% и создав благоприятные
условия для эффективного роста и развития хлопчатника.

Ключевые слова:

Агротехническая вспашка, приемы, виды и количества

гербицидов, сорняки, хлопчатник, рост, развитие, урожайность хлопчатника.

Kirish

Hozirgi paytda dunyo paxtachiligiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan begona o‘tlarning 2000

dan ortiq turi, O‘zbekistonda esa 74 oilaga mansub 841 ta turi aniqlangan va ularning 519 turi bir


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

696

yillik, 322 turi esa ko‘p yillik bo‘lib, ularning 70-110 turi yoki bu hududlarda kuchli zarar
keltiradi. Har bir dalaning o‘zida ham o‘ta xafli begona o‘tlarning 10-15 ta turini uchrgatish
mumkin va ularga qarshi agrotexnologik, kimyoviy kurashish tadbirlarni uyg‘unlashgan holda
qo‘shib olib borish natijasida ular muvaffiqiyatli

bartaraf etilmoqda.

Respublikamizning paxta yetishtiriladigan maydonlarni fitosanitar holatini birgina

agrotexnik tadbirlar amalga oshirish bilan yaxshilashga hamma vaqt erishib bo‘lmaydi. Buning
uchun ham, gerbitsidlarni qo‘llash bu borada asosiy o‘rinni egalaydi va uni zaminida boshqa
tadbirlar bilan birgalikda qo‘shib olib borish tufayli agrofitotsinozda qulay sharoit yaratish va
paxta hosilini oshirishda samarali imkoniyati yaratiladi.

Shu nuqtai nazarda, Samarqand viloyati sharoitida tuproqa asosiy ishlov berish usullari va

gerbitsidlarni qo‘llash masalasi agroekotizimda juda dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu
muammolarning axamiyati keyingi paytda ekologik, energetik va iqtisodiy masalalar qiyinlashgan
sharoitda yanada ortadi.

Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini kamayishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri,

bu paxtazorlarni begona o‘tlar bilan ifloslanishi bo‘lib, bunday maydonlar hajmi tashkiliy-xo‘jalik
ishlarini to‘g‘ri tashkil etilmaganligi, har yili bir xil chuqurlikda sifatsiz shudgorlash, mahalliy
o‘g‘itlarni noto‘g‘ri saqlash va qo‘llash, ekin maydonlari chetlaridagi hamda ariq-zovurlar
atrofidagi begona o‘tlarga qarshi kurashish tadbirlarning o‘tkazilmasligi natijasida yildan-yilga
ortib bormoqda.

Ular suv, yorug‘lik, oziq moddalardan va boshqa tashqi muxit omillaridan samarali

foydalanib, qo‘llanilgan mineral va mahalliy o‘g‘itlar tarkibidan oziq elementlarni o‘zlashtirish
koeffitsientini 35-45 foizga, paxta hosilini 25-35 foizgacha kamaytirib, tolaning sifatini
yomonlashishga olib keladi, paxta dalalarida turli xil kasallik, va zararkunandalarni tarqalishiga
sababchi bo‘ladi va ko‘p yillik begona o‘tlar qator oralariga ishlov berish texnikalarni ishlash
darajasini pasaytirib, hosilni pishishi va yetilishini kechiktirib yuboradi.

Shu bois, Samarqand viloyati paxtazorlarida tarqalgan begona o‘tlarga qarshi kurashishda

shudgorlash usulari va gerbitsidlarni turi va normalarini samaradorligini aniqlash dolzarb masala
va paxta yetishtirishni ko‘paytirishdagi zarurat hisoblanadi.

Tadqiqot uslubiyati.

Yuqoridagi ma’lumotlarga qaraganda muammolarni hal etish

maqsadida bizlar 2018-2019 yillar mobaynida Samarqand viloyatida joylashgan Paxta seleksiyasi,
urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining (PSUEAITI) tajriba
stansiyalarining o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida dala tajribalari o‘tkazildi. Tadqiqotlarimizda
shudgorlash usulari (oddiy va ikki yarusli) hamda xar xil gerbitsidlarni paxta hosiliga ta’siri
o‘rganildi.

Dala tajribalari 4 takrorlashda o‘tkazilib, variantlar sistematik ravishda ketma-ket bir

yarusda joylashtirildi. Har bir paykalchaning umumiy maydoni (uzunligi-100 m, eni 8 qator 4,8
m) 480 m

2

, shundan hisobga olingani 240 m

2

. Tajriba dalasi tuproqlarning haydalma (0-30 sm)

qatlamidagi gumus miqdori viloyat tuproqlariga muvofiq holda 0,96-1,08 %, yalpi azot 0,10-0,12
%; fosfor 0,15-0,18 % va kaliy 2,27-2,54 %, ularning harakatchan shakllari tegishlicha 15,2-16,4;
19,4- 21,7 va 280-300 mg/kg tuproqda mavjudligi aniqlandi.

Tajriba dalasidagi begona o‘tlar ikki usulda:
1. Ko‘z bilan chamalash


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

697

2. Aniq hisobga olish usullarida hisobga olindi.
Tajriba dalasida olib borilgan tuproqlarning agrokimyoviy tahlillari (Metodы

agroximchiskix analizov pochv Sredney Azii. T.,1973), G‘o‘zadagi barcha fenologik kuzatuvlar
va biometrik o‘lchashlar (Dala tajribalari o‘tkazish uslublari. T., 2008) uslublari bo‘yicha,
hosildorlik ko‘rsatkichlari B.A. Dospexovning (Metodika polevoga opыta.-M.,1985) usulda
dispersion tahlil qilindi.

Tadqiqot natijalar va ularning tahlili.

Tadqiqotlarimiz natijalarimizning ko‘rsatishicha,

yer oddiy plugda 0-30 sm chuqurlikda shudgorlanganda, chigit ekishdan oldin ikki qatlamda 0-20
va 20-40 sm da tuproqning zichligi 1,34-1,41g/sm

3

, solishtirma massasi 2,64-2,68 g/sm

3

va

g‘ovakligi 48,2-46,4% ni tashkil etgan bo‘lsa, tajriba dalasi ikki yarusli plugda 30 sm chuqurlikda
shudgorlangan yerlarda, tuproqning zichligi 1,31-1,35 g/sm

3

, solishtirma massasi 2.49-2,58 g/sm

3

va g‘ovakligi 52,4-49,6% ni tashkil etdi.

Tajriba dalasida bir yillik begona o‘tlardan olabo‘ta, ituzum, kurmak, yovvoyi

gultojixo‘roz, g‘o‘zatikan, semizo‘t, ko‘p yilliklardan esa asosan, ajriq, g‘umay, qo‘ypechak
kabilar ko‘plab uchrashi hisobga olindi. Tadqiqotlarimizning natijalariga ko‘ra, oddiy plugda
shudgorlangan yerlarda birinchi sug‘orishdan keyin, nazorat (gerbitsidsiz) variantida bir yillik
begona o‘tlar soni o‘rtacha uch yillik ma’lumotlar bo‘yicha 30,2 dona/m

2

ni tashkil etgan bo‘lsa,

gerbitsidlar qo‘llanilgan variantlarda ularning soni nazorat (gerbitsidsiz) variantga nisbatan 4,08-
19,39 dona/m

2

ga yoki 31,3-91,5% ga kamayganligi kuzatildi. Tajriba dalasida Samuray-33% e.k.

gerbitsidi 1,0;1,5 va 2,0 l/ga me’yorlarida qo‘llanilganda begona o‘tlarni mos ravishda 81,6 va
86,2 foizga kamaytirdi.

Tadqiqotlarimizda yerni ikki yarusli plugda shudgorlangan, gerbitsidsiz (nazorat )

variantida bir yillik begona o‘tlar, oddiy plugda shudgorlangan nazorat (gerbitsidsiz) variantga
nisbatan 28,9 % ga, ko‘p yillik begona o‘tlarni esa 19,5 % kamaygan bo‘lsa, gerbitsid qo‘llanilgan
variantlarda nazorat (gerbitsidsiz) variantga nisbatan bir yillik begona o‘tlar 43,6-91,4 % ga, ko‘p
yillik begona o‘tlar esa 30,6-92,4 % ga kam bo‘lganligi anqlandi. Begona o‘tlarning kamayishida
eng yaxshi biologik samaradorlik Samuray 33 % e.k. (1,5 l/ga) gerbitsidi alohida qo‘llanilganda,
bir yilik begona o‘tlar 84,6 % ga, ko‘p yillik begona o‘tlar 18,3 % ga kamayganligi hisobga olindi.

Demak, oddiy plugda shudgorlangan yerlarga nisbatan ikki yarusli pluglarda

shudgorlangan yerlarda hamda gerbitsidlarni begona o‘tlarga qarshi ketma-ket qo‘llash natijasida
begona o‘tlar soni keskin kamayib, g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi va
paxta hosiliga samarali ta’sir ko‘rsatdi.

Dehqonchilikda barcha agrotexnologik tadbirlar ekinlarni o‘sish va rivojlanishi uchun

qulay sharoit yaratishga qaratilgan. Ana shu tadbirlar ichida begona o‘tlarni o‘z vaqtida yo‘qotish
muhim o‘rin tutadi. Bunday sharoitda, g‘o‘za dalalarini vegetatsiya boshidan begona o‘tlardan
tozalashda sifatli agrotexnika va gerbitsidlar yordamida erishish mumkin.

2016-2018 yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlarimizda oddiy plugda shudgorlangan yerlarda

g‘o‘za hosildorligi nazorat (gerbitsidsiz) variantida uch yiilik o‘rtacha 25,8 s/ga paxta hosili
olingan bo‘lsa, Stomp 33% e.k.(1,0; 1,5 va 2,0 l/ga) gerbitsidi qo‘llanilganda paxta hosili
tegishlicha 27,8; 28,6 va 28,7 s/ga ni tashkil etdi.

Tajriba dalasining ikki yarusli plugda shdgorlangan paykalchalarida g‘o‘za hosildorligi

gerbitsid ishlatilmagan nazorat variantida paxtadan 27,9 s/ga hosil olingan bo‘lsa, Stomp 33% e.k.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

698

gerbitsidi (2,0l/ga) qo‘llanilgan variantda paxta hosili 28,6 s/ga, Samuray 33% e.k.gerbitsidi (1,5
l/ga) qo‘llanilganda paxta hosili o‘rtacha 29,7 s/ga teng bo‘lganligi hisobga olindi. Ushbu sharoitda
ikki yarusli plugda shudgorlangan yerlarda gerbitsidlarni qo‘llashning samardorligi, oddiy plugda
shudgorlangan yerlarda gerbitsidlarni qo‘llashga nisbatan paxta hosili sezilarli yuqori
bo‘lganligini kuzatish mumkin.

Tadqiqotlarimizda yerni oddiy va ikki yarusli pluglarda shudgorlaganda va begona

o‘tlarga qarshi gerbitsidlarni navbatlab va ketma-ket qo‘llashda g‘o‘zaning S-6524 navi tola
sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi kuzatildi.

Masalan, oddiy plugda shudgorlangan yerlarda yetishtirilgan paxtadan tola chiqimi

gerbitsidsiz (nazorat) variantida 32,5%, Stomp 33% e.k. gerbitsidi 2,0 l/ga qo‘llanilganda bu
ko‘rsatkich 33,2 %, Samuray 33% e.k. gerbitsidi (1,0;1,5 va 2,0 l/ga) qo‘llanilgan variantlarda tola
chiqishi tegishlicha 33,5; 34,2 va 33,6% ni tashkil etgan bo‘lsa, ikki yarusli plugda shudgorlangan
yerlarda tola chiqishi nazorat (gerbitsidsiz) variantga nisbatan 0,4-2,3% ga bo‘lgan bo‘lsa, 1000
dona chigit massasi esa nazoratga nisbatan 1,8-10,8 gramm ko‘proq bo‘lganligi qayd etildi.

Xulosalar

Tadqiqot natijalari asosida Samarqand viloyati g‘o‘za maydonlaridagi begona o‘tlarni

samarali yo‘qotishda agrotexnologik va kimyoviy kurashish tadbirlari birgalikda qo‘llanilganda
samaradorligi yuqori bo‘lib, bir va ko‘p yillik begona o‘tlarni 89,5-93,7% ni yo‘qotib, g‘o‘zaning
o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratib, gektaridan o‘rtacha 32,7-35,1 sentner sifatli
paxta hosili yetishtirishni ta’minlaydi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 – yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini 2017- 2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF – 4947 son farmoni.

2.

Isaev A.P. Sposobы obrabotki pochvы i zasorennost posevov // Zemledelie. – M., 2006
.- N 6.-S.9-11.

3.

Dala tajribalarini o‘kazish usulari. T., 2007.-145 b

4.

Dospexov B.A. Metodika polevogo opыta .- M., 1985. -345b.

5.

Metodы agroximicheskix analizov pochvы Sredney Azii.-T.,1973.-47b.


References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 – yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini 2017- 2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF – 4947 son farmoni.

Isaev A.P. Sposobы obrabotki pochvы i zasorennost posevov // Zemledelie. – M., 2006 .- N 6.-S.9-11.

Dala tajribalarini o‘kazish usulari. T., 2007.-145 b

Dospexov B.A. Metodika polevogo opыta .- M., 1985. -345b.

Metodы agroximicheskix analizov pochvы Sredney Azii.-T.,1973.-47b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов