THE IMPORTANCE OF INTRODUCING PRESCHOOL CHILDREN TO NATURE

HAC
Google Scholar
To share
Abdullayev, S. A. . (2023). THE IMPORTANCE OF INTRODUCING PRESCHOOL CHILDREN TO NATURE. Modern Science and Research, 2(10), 1135–1137. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24905
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article describes the importance of introducing preschool children to nature, the essence of the content, the methods used in activities.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1135

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISHNING

AHAMIYATI

S. A. Abdullayev

Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim fakulteti Maktabgacha ta’lim nazariya

kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10070836

Annotatsiya.

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishning

ahamiyati, mazmun mohiyati, faoliyatlarda qo‘llaniladigan usullar haqida bayon etilgan.

Kalit so‘zlar:

tabiat, muhit, pedagogik-psixologik, mexanizmlar, bilimlar, malakalar,

tajriba, kognitiv.

THE IMPORTANCE OF INTRODUCING PRESCHOOL CHILDREN TO NATURE

Abstract.

The article describes the importance of introducing preschool children to nature,

the essence of the content, the methods used in activities.

Keywords:

Nature, Environment, pedagogical-psychological, mechanisms, knowledge,

qualifications, experience, cognitive.

ВАЖНОСТЬ ПРИВЕДЕНИЯ ДОШКОЛЬНИКОВ К ПРИРОДЕ

Аннотация.

В статье описывается важность знакомства дошкольников с

природой, сущность содержания, используемые в деятельности методы.

Ключевые слова:

природа, среда, педагогико-психологические, механизмы, знания,

умения, опыт, познавательные.

Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida inson qalbini kichiklikdan boshlab yaxshilik,

olijanob, insonparvarlik, odamgarchilik, poklik, so‘zamollik, xushso‘zlik, ilmli bo‘lish kabi oliy
janob hislatlar bilan boyitish inson kamolotining me’yori bo‘lib kelgan, chunki komil insonning
ma’naviyati yuksak bo‘ladi, yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan kishi esa, o‘z xalqining o‘tmish
tarixi, urf-odati, qadriyati va an’analari, madaniyatini chuqroq biladi, unga rioya qiladi

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni ma'naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib

voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi,
maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida
tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik ta'lim tarbiyani
amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda bolalarning yosh xususiyatlari,
fizioiogik tuzilishlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shu bilan birga turli yosh
guruhlarda ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, ehtiyojlari, xarakter hislatlari, iste'dodlari hisobga
olinadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalash turli omillar

asosida amalga oshiriladi. Buning eng samaralisi maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan
tanishtirishdir. Sababi inson go‘dakligidanoq tabiat qoynida o‘sadi, ulg’ayadi kamol topadi. Bolani
go‘dakligidan boshlab tabiatdan zavq olishga. tabiatga nisbatan to‘g’ri munosabatda bo‘lishga
o‘rgatib borishimiz zarur.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni tabiat bilan tanishtirishning mazmuni va uni

tanlash tamoyillariga alohida e’tibor beriladi. Ekologik ta‘lim-tarbiya tizimi asoslariga tabiat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1136

yaxlitligi hamda atrof muhitning inson tomonidan o‘zgartirilishi haqidagi tasavvurlar qo‘yilgan.
Bunda tabiatni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ta‘lim jarayoni oliy o‘quv yurtlarida hozirgi
zamon ommaviy axborot vositalaridagi uzluksiz jarayon sifatida qaraladi. Bolalarni tabiat bilan
tanishtirishning jarayoni har tomonlama rivojlangan shaxs ma‘naviy qiyofasini kamol topish
jarayonining muhim va tarkibiy qismidir. U Bolalarda milliy va umuminsoniy qadriyat sifatida
tabiatga ongli munosabat, tabiat zaxiralarini saqlash va ko‘paytirishga oid mas‘uliyat tuyg‘usi,
ekologik muammolarni amaliy hal qilishdagi ko‘nikmalarning rivojlantirilishini o‘zida qamrab
oladi.

Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o‘simlik va hayvonlarga

g'amxo‘rlikni tarbiyalash va shular orqali tabiatga qiziqish, vatanparavarlik, mehnatsevarlik,
tabiatni saqlovchi va uning boyliklarini ko‘paytiruvchi, kattalarning mehnatiga hurmatni
tarbiyalash kabi vazifalarni amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati kattadir.

Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki, uni bolalar har kuni ko‘radilar.

Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni sistemali ravishda
kuzatib va parvarish qilib boradilar, natijada o‘simlik va hayvonot dunyosining rang-barangligi,
ularning o‘sishi va rivojlanishi, ular uchun qanday shart-sharoitlar kerakligi to‘g'risidagi tasavvur
va tushunchalarni egallab boradilar.

Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘simliklarning chiroyli gullashiga, barglarining shakli va

tusiga, akvariumdagi baliqlarning chiroyli ko‘rinishiga va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada
bolalar bu go‘zallikdan quvonishga o‘rganadilar hamda ularning estetik didi o‘sadi.

Bolalar tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni tarbiyachi rahbarligida sistemali

ravishda kuzatib, parvarish qilib borishlari natijasida ma’lum malaka va ko‘nikmalarni ham
egallab boradilar, ularga nisbatan barqaror qiziqish va g'amxo‘rlik hissi uyg'onadi. Bolalarning
tabiatga mehr-muhabbatini o‘simliklar va hayvonlarni parvarish qilish, ularni asrab-avaylash
bo‘yicha mehnat faoliyatlarini tashkil etish bilan birga qo‘shib olib borish kerak. Tarbiyachi
bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishini ularning yosh xususiyatlari, pedagogik, fiziologik
imkoniyatlarini e'tiborga olgan holda tashkil etadi.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish faoliyatlari bolalarning imkoniyatlari xamda ularni o‘rab

turgan tabiatning xussiyatlarini nazarda tutgan xolda izchil shakllantirish imkonini bеradi.
Tarbiyachi raxbarligida olib boriladigan faoliyatlarda guruhning barcha bolalarida dastur
talablariga muvofik elеmеntar bilimlar shakllanadi. Asosiy bilim jarayonlari va bolalarning
qobiliyatlari ma`lum sistеma xamda izchillikda o‘stiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin,
mеhnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yigilib boriladi.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirish faoliyatlarining ta’limiy maqsadi bu bolalarga

faoliyatlarda bеrilish yoki aniqlanishi xamda konkrеtlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim xajmidir.
Bunga yana bolalarning tabiatni bilishga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirishni kiritish mumkin.
Faoliyatga tayyorlanish hamda uni o‘tkazishda faoliyatning tuzilishi mеtodini to‘g’ri aniqlash
muhimdir. Mеtodni tanlash ta`limiy vazifalar xaraktеri, tabiiy ob`еktning xususiyatlari, xamda
bolalarning yoshiga bog’liqdir. Faoliyat davomida topshiriqni bajarishga barcha bolalarni jalb
qilish muhimdir.

Maktabgacha talim tashkilotida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida xilma-xil

mеtodlar: ko‘rgazmali (kuzatish, rasmlarni ko‘rish, diafilm va kinofilmlarni namoyish qilish),


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1137

amaliy (o‘yin mеtodi, mеhnat, oddiy tajribalar), ogzaki (tarbiyachining xikoyasi, badiiy asarlarni
o‘qish, suhbat) mеtodlaridan va xilma-xil formalardan: mashgulotlardan ekskursiyalardan
kundalik hayotga mеhnatdan kuzatishlardan uchastka va tabiat burchagidan o‘yinlardan
foydalaniladi. Natijada bolalarda bilimlarni egallash malaka va ko‘nikmalarni xosil qilish
qobiliyatlarini o‘stirish ilmiy dunyoqarashlarni axloqiy sifatlarini xulq atvorlarini shakllantirishga
erishiladi.

REFERENCES

1.

X Nuritdinova

“MAKTABGACHA

TAYYORLOV

YOSHDAGI

BOLALARNI

MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK
ASOSLARI” Евразийский журнал академических исследований 2022/3/17 https://in-
academy.uz/index.php/ejar/article/view/1492

2.

X Nuritdinova “SHAXSNING

KOMMUNIKATIV

KOMPETENTLIGINI

SHAKLLANTIRISHNING AMALIY VAZIFALARI” Zamonaviy dunyoda pedagogika va
psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar 2022/12/15 https://zenodo.org/record/7445514

3.

Nuritdinova X. N. KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNING MOHIYATI VA UNING
MUTAXASSISNI KASBIY SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI //Theoretical aspects in the
formation of pedagogical sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 158-160.

4.

S.A. Abdullayev TABIAT OB’EKLARINI ADEKVAT MODELLASHTIRISH ASOSIDA
O‘QUVCHILARNING EKODIDAKTIK BILIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH.
Educational Research in Universal Sciences.

References

X Nuritdinova “MAKTABGACHA TAYYORLOV YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI” Евразийский журнал академических исследований 2022/3/17 https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/1492

X Nuritdinova “SHAXSNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY VAZIFALARI” Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar 2022/12/15 https://zenodo.org/record/7445514

Nuritdinova X. N. KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNING MOHIYATI VA UNING MUTAXASSISNI KASBIY SHAKLLANISHIDAGI O‘RNI //Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences. – 2022. – Т. 1. – №. 7. – С. 158-160.

S.A. Abdullayev TABIAT OB’EKLARINI ADEKVAT MODELLASHTIRISH ASOSIDA O‘QUVCHILARNING EKODIDAKTIK BILIMLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Educational Research in Universal Sciences.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов