ORGANIZATION OF LESSONS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH IN PRIMARY EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Ikromova, O. (2023). ORGANIZATION OF LESSONS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH IN PRIMARY EDUCATION. Modern Science and Research, 2(10), 1138–1141. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24906
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the state of organizing classes based on an integrative approach for elementary school students, the level of learning, opinions about the research work conducted by scientists are presented, scientifically based, conclusions and recommendations are presented.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1138

BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA DARSLARNI

TASHKIL ETISH

Ikromova Ominaxon Elmurod qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi

ominaxonikromova03@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10070841

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida integativ yondashuv

asosida darslarni tashkil etishning ahvoli, o’rganilganlik darajasi, olimlar tomonidan olib
borilgan tadqiqoqt ishlari haqida fikr-mulohazalar keltirilgan, ilmiy jihatdan asoslanib, xulosa va
tavsiyalar bayon etilgan.

Kalit soʻzlar:

Ta’lim, tarbiya, integratsiya, fanlararo aloqadorlik, integrativ yondashuv,

tasavvur, bilim, ko’nikma, malaka, dunyoqarash, texnologiya, ijod, tafakkur, I. Kololojvari, L.
Sechenikova.

ORGANIZATION OF LESSONS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH IN

PRIMARY EDUCATION

Abstract.

In this article, the state of organizing classes based on an integrative approach

for elementary school students, the level of learning, opinions about the research work conducted
by scientists are presented, scientifically based, conclusions and recommendations are presented.

Key words:

Education, education, integration, interdisciplinarity, integrative approach,

imagination, knowledge, skill, competence, outlook, technology, creativity, thinking, I.
Kololojvary, L. Sechennikova.

ОРГАНИЗАЦИЯ УРОКОВ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА В

НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

В данной статье представлено состояние организации уроков на

основе интегративного подхода для учащихся младших классов, уровень обучения, мнения
о научно-исследовательской работе, проводимой учеными, научно обоснованы,
представлены выводы и рекомендации.

Ключевые слова:

Образование, образование, интеграция, междисциплинарность,

интегративный подход, воображение, знание, умение, компетентность, мировоззрение,
технология, креативность, мышление, И. Кололойвары, Л. Сеченникова.

Mamlakatimizda

amalga

oshirilayotgan

islohotlar,

jumladan,

prezidentimiz

Sh.M.Mirziyoyevning “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmonlarida “Hayotga kirib kelayotgan yo’sh avlodni
barkamol insonlar qilib tarbiyalash, ularning ta’lim–tarbiyasini barpo etayotgan yangi O’zbekiston
talablariga mos holda sifat jihatdan yuqori pag’onaga ko’tarish”, ayniqsa yosh avlodimizning
integrativ yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tasavvurlarini
shakllantirish, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallab, xalqaro
maydonda raqobatga kirisha oladigan barkamol shaxslar etib tarbiyalash ularning bandligini
ta’minlash, hayotga o’z o’rnini topishi, jamiyatning munosib a’zolariga aylanishi, mehnat va
turmush sharoitlarini yaxshilash vazifasi dolzarb ekanligi ta’kidlangan. Mazkur muammoni hal


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1139

etishda uzluksiz ta’lim turlari ayniqsa, o’rta ta’lim maktablari (boshlang’ich sinflari) da darslarni
fanlararo tashkil etish salmoqlidir.

Integrativ yondashuvlar asosida darslarni tashkil etish muammolari yuzasidan R.Safarova,

A.Musurmonov, P.Musayev, A.Ch.Choriyev, A.A.Salomov, B.Abdullayeva kabi o‘zbek olimlari
ham ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar. Bu va boshqa tadqiqot ishlarida fanlararo
aloqadorlikning turli yo‘nalishlari va tamoyillari, ularning o‘quv jarayonida muayyan fanlarni
o‘zlashtirishda qo‘llanilishi, o‘quv fanlararo aloqadorlik asosida tanlangan ta’lim mazmuniga
qo‘yiladigan talablar ilmiy-amaliy jihatdan hal etilgan. Jumladan, V.N.Fedorova o‘z tadqiqotlarida
fanlararo aloqadorlikning o‘quv jarayoni samaradorligini oshirishning didaktik imkoniyatlarini
ko‘rsatib, o‘quv fanlariaro aloqadorlik tabiiy fanlar bilan atrof-muhit hodisalarini o‘zaro
aloqadorlikda va izchillikda ifodalashning didaktik sharti sifatida namoyon bo‘lishi asoslarini
tarkib toptirishning pedagogik, psixologik, metodik jihatlari tadqiq qilingan. Hozirgi kunda
integratsiyaning bir necha usullari qo‘llaniladi. Ulardan biri bir nechta fanlarni bir fanga
birlashtirish g‘oyasidir. Bugungi kunda mazkur masalada ko‘plab xorijiy mamlakatlar olimlari
boshlang‘ich maktablarining o‘ziga xos xususiyatini integratsiyalash muammolarini tadqiq
etmayotganliklarida ko‘rish mumkin.

Bugungi kunda biror bir lug‘atda integratsiyaning metodik jihatdan mazmuni haqida

bironta so‘zni uchratish mumkin emas. Lekin integratsiya so‘zining ma'nosi hammamiz uchun
yaxshi tanish. I. Kololojvari, L. Sechenikova lar integratsiyani metodik xarakterini «Integrativ
darslarni qanday tashkil etish mumkin?» nomli maqolalarida quyidagicha tasniflaydilar:
«...integratsiyalashgan darslarning imkoniyatlarini to‘rt yil o‘rganish natijasida bu metodikaning
kelajagi katta ekanligiga ishonch hosil qildik. Unga ko‘ra o‘quvchilar ongida bizni o‘rab turgan
dunyo haqida yanada to‘liq va atroflicha keng tasavvur hosil qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar
o‘z bilimlarini amaliyotda yanada faol qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladilar, chunki bunda
bilimlarning tub mohiyati yanada keng ochib berish imkoniyati, olamni bir butunlikda tasavvur
qilish imkoniyati mavjud. O‘qituvchi fanga oid bilimni berishda uni boshqa fanlar ma'lumotlari
bilan solishtirish asosida uni yanada boyitadi, to‘ldiradi”.

Maktabda o‘qitiladigan barcha fanlarda integratsiyalashning ma'lum bir imkoniyatlari

mavjud bo‘lib, uni integratsiyalashgan holda tashkil etish bir qator shartlarga bog‘liqdir. Shuning
uchun pedagoglar va metodistlar yangi dasturni yaratishdan avval, ana shu holatlarni barchasini
e'tiborga olishlari lozim. Buning uchun eng avvalo o‘qituvchi sinfning tayyorgarlik darajasini,
o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini, qiziqishlarini hisobga olishi lozim. O‘quv
faoliyatidagi qiyinchiliklarning sabablaridan biri integratsiya metodidan foydalanish ham bo‘lishi
mumkin. O‘quvchilarning bir fanni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlarining sababi, boshqa bir fandan
yaxshi bilimga ega bo‘lishlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Misol uchun katta hajmdagi
matnni savodli ko‘chirib olish uchun uni tez va to‘g‘ri o‘qiy olish malakasi talab qilinadi. Agar
bunday imkoniyat haqida gapirmasdan turib, o‘qituvchi o‘rgatiladigan har bir fanni boshqasi bilan
solishtirmasdan, taqqoslamasdan, uning ma'lumotlaridan foydalanmasdan o‘rgatishi anchayin
qiyin va zararli bo‘lishi mumkinligini his qilishi zarur.

Axir biz dunyo yagona bir butun ekanligini his qilib borayapmiz, sababi bir mavzuni

yoritish uchun boshqa bir sohalarga murojaat qilmasdan iloji yo‘qligi kunday ravshan bo‘lib


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1140

bormoqda. Bunday hollarda taqqoslash, qarama-qarshi qo‘yishdan foydalaniladiki, bu esa
integratsiya hisoblanadi.

Dasturdagi ko‘plab fanlarda «to‘qnashish» mavjud: bunda ma'lum bir ob'ektni o‘rganishda

mavzular, muammolar, savollar bir xilligiga ro‘para bo‘linadi. Bularning barchasi esa hech
bo‘lmaganda bitta mavzuga doir integratsiyaga bo‘lgan «talab»ni ifodalaydi. Boshlang‘ich
ta'limdagi o‘qish darslarini ona tili, odobnoma, shuningdek, rasm, tabiatshunoslik, mehnat fanlari
bilan bog‘lab o‘qitish uchun modulli dars texnologiyalariga amal qilmoq joiz. Chunki bunday
darslar o‘quvchilarni ijod qilishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.

Integrativ yondashuv asosida bo’shlang’ich sinf o’quvchilarda matematik tassavurlarni

shakllantirishda quyidagi ahamiyatga molik vazifalar turibdi:
1. Integrativ yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tasavvurlarini
shakllantirish metodikasi mavzining dolzarbligini aniqlash o’rganish zaruriyatini asoslash;
2. Integrativ yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tasavvurlarini
shakllantirish metodikasi mavzida chop etilgan darsliklar, qo’llanmalar, monografiyalar, turli
ilmiy darajalarni olish uchun yo’zilgan dissertasiyalarni o’rganish va qiyosiy tahlil qilish;
3. Integrativ yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tasavvurlarini
shakllantirish borasida faoliyat olib borgan olimlar, fan doktorlari va nomzodlari faoliyatini
o’rganish va o’rganilmagan jihatlarini aniqlash;

Boshlang‘ich maktabda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini o‘qituvchining

o‘zi amalga oshiradi. U bolalarga matematika, o‘qish, tabiat haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni
va yana ko‘pgina narsalarni o‘rgatadi. O‘qituvchi o‘zining kuch va imkoniyatlari darajasida bu
ishni amalga oshiradi. Didaktik tizimda predmetlararo asosda integratsiyalash o‘qituvchi (ta’lim
berish ) va o‘quvchi (ta’lim olish )harakatlarining mos kelishini ko‘zda tutadi. Ikkala faoliyat ham
umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Dars jarayonida
fanlararo aloqadorlikni ta’minlash asosida o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyati, sabab-oqibatli
bog‘liqliklarini tushuntirishga qaratilgan bo‘lishi, masalan, o‘qish darslarida qish fasliga doir she’r
yoki matnni o‘qishdan oldin o‘qituvchi mavzuni tabiatshunoslik bilan bog‘liqligi haqida
“tabiatshunoslik darsida biz qish faslida bo‘ladigan tabiat hodisalarini, undagi o‘zgarishlarni
o‘rganadilar. Ushbu she’r (matn)da ham xuddi shu holat tasvirlangan” degan fikr bilangina
cheklansa, unda o‘quv fanlari o‘rtasidagi bunday aloqadorlik faqat tashqi xususiyatga ega bo‘ladi,
tasavvurlar va reproduktiv harakatlar darajasida qoladi. Boshlang‘ich ta'limdagi o‘qish darslarini
ona tili, odobnoma, shuningdek, rasm, tabiatshunoslik, mehnat fanlari bilan bog‘lab
o’quvchilarning tassavurlarini boyitish joiz. Chunki bunday darslar o‘quvchilarni ijod qilishga,
mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Xulosa qilib aytganda, o‘quv fanlariaro aloqadorlik hodisasi
murakkab va serqirra didaktik jarayondir. Fanlararo aloqadorlikning falsafiy asosi, fanlar va ilmiy
tushunchalarning o‘zaro bog‘langan holda rivojlanishi har zamonda ta’limning asosini tashkil
etadi va ta’limning taraqqiy etishiga xizmat qiladi.





background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1141

REFERENCES

1.

R.A. Mavlonova va boshq. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi. T.,
TDPU, 2007.

2.

Murodova M. M. Boshlangʻich sinflarda matematika fanini tabiatshunoslik fani bilan
integrativ yondashuv asosida tashkil etish. //Pedagogs jurnali.

3.

Murodova M. M. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻquvchilari faoliyatida pedagogik
deontalogiya kompetentlik.

4.

Ortiqov O. R. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar jarayonida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish
texnologiyalari (Oliy taʼlim muassasalari misolida)

5.

Ortiqov O. R. Oʻqituvchi faoliyatida pedagogik deontalogiya va kompetentlikning roli va
ahamiyati.





References

R.A. Mavlonova va boshq. Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi. T., TDPU, 2007.

Murodova M. M. Boshlangʻich sinflarda matematika fanini tabiatshunoslik fani bilan integrativ yondashuv asosida tashkil etish. //Pedagogs jurnali.

Murodova M. M. Boʻlajak boshlangʻich sinf oʻquvchilari faoliyatida pedagogik deontalogiya kompetentlik.

Ortiqov O. R. Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar jarayonida mafkuraviy immunitetni rivojlantirish texnologiyalari (Oliy taʼlim muassasalari misolida)

Ortiqov O. R. Oʻqituvchi faoliyatida pedagogik deontalogiya va kompetentlikning roli va ahamiyati.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов