IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ON THE DEVELOPMENT OF SOCIETY

HAC
Google Scholar
To share
Abdusaitova, M., & Hasanova, Q. (2023). IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ON THE DEVELOPMENT OF SOCIETY. Modern Science and Research, 2(10), 216–220. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25073
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes in detail the importance of artificial intelligence in the development of society, its positive and negative aspects, and the implementation of AI in the process of development.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

216

JAMIYAT TARAQQIYOTIGA SUN’IY INTELLEKTNI TA‘SIRI

Abdusaitova Munisa Sunnat qizi

Hasanova Qunduzoy Baxtiyor qizi

Samarqand Davlat Universiteti Kattaqo'qorg'on filiali

"Aniq va tabiy fanlar" fakulteti

"Ijtimoiy ish" yonalishi talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10085047

Annotatsiya.

Ushbu maqolada sun’iy intellektning jamiyatning rivojlanishidagi ahamiyati,

uning ijobiy va salbiy jihatlari hamda rivojlanish jarayonida SI ning tatbiq etilishi haqida batafsil
yoritib o`tilgan.

Kalit so`zlar:

sun’iy intellekt, yoshlar, ijtimoiy siyosat, sun'iy intellekt ma'lumotlar bazasi,

inklyuziv ta’lim, (“Ijtimoiy reyestr” – “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”),
“Harambee” loyihasi.

IMPACT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ON THE DEVELOPMENT OF

SOCIETY

Abstract.

This article describes in detail the importance of artificial intelligence in the

development of society, its positive and negative aspects, and the implementation of AI in the
process of development.

Key words:

artificial intelligence, youth, social policy, artificial intelligence database,

inclusive education ("Social register" - "Iron register", "Women's register" and "Youth register") ,
"Harambee" project.

ВЛИЯНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА НА РАЗВИТИЕ

ОБЩЕСТВА

Аннотация.

В данной статье подробно описано значение искусственного

интеллекта в развитии общества, его положительные и отрицательные стороны, а
также внедрение ИИ в процесс развития.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, молодежь, социальная политика, база

данных искусственного интеллекта, инклюзивное образование («Социальный регистр» -
«Железный регистр», «Женский регистр» и «Молодежный регистр»), проект «Харамби».


KIRISH

Jamiyat taraqqiyoti qonunlari insoniyat tarixi davomida shakllanib kelmoqda. Shu narsa

ayonki, har bir davrda inson o‘z turmushi, faoliyati uchun qulayliklar izlaydi, ularni kashf etadi va
yaratadi. Yangilanishlar, innovatsiyalar faqat texnika va texnologiyalardagina emas, ijtimoiy
munosabatlarda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.

Inson tomonidan yaratilgan yangiliklar ba’zan zulm-istibdodga ba’zan esa inson hayotini

tubdan ijobiy tomonga o‘zgartirishga xizmat qilgan. Bu borada inson o‘z oldiga qanday maqsadlar
qo‘yganligi katta ahamiyatga ega.

XX asrning so‘ngida yaratililgan sun’iy intellekt ham inson tomonidan yaratilgan ko‘plab

vositalardan biri bo‘lib, undan qanday foydalanish, qanday maqsadlarda qo‘llash har bir jamiyat
ijtimoiy-ma’naviy tafakkuriga bog‘liqdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

217

Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan

bugungi sharoitda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida davlat va jamiyat boshqaruvi,
iqtisodiyot, sanoat, ijtimoiy himoya, ta'lim, tibbiyot, bandlik, qishloq xo'jaligi, mudofaa,
xavfsizlik, turizm va boshqa sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalari va sun'iy intellekt
imkoniyatlaridan keng foydalanish urfga kirmoqda. O'zbekistonda ham axborotlashtirish va
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030 yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan yetakchi
davlatlar qatoridan o'rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Xususan, O'zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari to'g'risida”gi hamda “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-
taomillarini avtomatlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorlari va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizda raqamlashtirishni jadallashtirish va ijtimoiy-
iqtisodiy sohalarga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishga qaratilgan. Sun'iy intellektga
asoslangan loyihalarni O'zbekiston sharoitida mavjud dasturlar va davlat idoralaridagi ma'lumotlar
bazasini integratsiyalashtirish va kengaytirish orqali bir qator istiqbolli loyihalarni ko'rib chiqish
mumkin. Masalan, mavjud ijtimoiy himoya dasturlarida (“Ijtimoiy reyestr” – “Temir daftar”,
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”) bir martalik yoki muddatli moddiy yordam olish bo'yicha
“onlayn ariza” berish tizimini yaratish. Bunda ariza beruvchi o'ziga tegishli ma'lumotlarni tizimga
kiritib, mezonlarga moslikni tezkorlik bilan aniqlashi mumkin. Birinchi bosqichda tegishli xodim-
mutaxassis tomonidan mezonlar baholanishi yo'lga qo'yilsa, tizim rivojlanishi bilan bu jarayon
keyingi bosqichda avtomatik tarzda amalga oshirilib, inson omiliga o'rin qolmaydi. Shunga
o'xshash “onlayn ariza” berish tajribasi imtiyozli ipoteka kreditlari va to'lovlari bo'yicha amalga
oshirilayotgan davlat subsidiyalarini ajratishda qo'llanilmoqda.

Ta'kidlash lozimki, sun'iy intellekt asosini ma'lumotlar bazasi tashkil etib, ularning

manbasi turlicha bo'lishi mumkin. Ma'lumotlar bazasini esa muntazam to'ldirish va kengaytirish
sun'iy intellekt tahliliy imkoniyatlarini va samaradorligini oshiradi. Hoziri kunda “Temir daftar”
ma'lumotlari elektron bazaga tegishli hokimliklar tomonidan kiritilmoqda. Bu jarayonga sun'iy
intellekt texnologiyasining joriy qilinishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj talabgorlarni turli mezonlar
va talablar kesimida baholab, inson omilini keskin kamaytiradi hamda davriy ravishda muhtoj oila
yoki fuqaroning ijtimoiy holati haqidagi ma'lumotlar avtonom yangilanib boriladi. Ehtiyojmand
oilalarning “Temir daftar”ga kiritilishi va chiqarilishini sun'iy intellekt nazoratga olishi bilan,
dasturning samaradorligi va shaffofligi ta'minlanadi.

O'zbekistonda hozirda mavjud ma'lumotlar manbalaridan sun'iy intellekt ma'lumotlar

bazasini shakllantirish va ulardan samarali foydalanish mumkin. Jumladan:

• Identifikatsiyalash yagona tizimi – (id.gov.uz);
• O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali – (data.gov.uz);
• Elektron hukumat tizimi ma'lumotlar bazasi – (my.gov.uz);
• Davlat xizmatlari agentligi ma'lumotlar bazasi – (davxizmat.uz);
• Turli vazirlik va idoralarning ma'lumotlar bazasi.

Shuningdek, jahon tajribasida ijtimoiy sohaga yo'naltirilgan dasturlarda sun'iy intellekt

ma'lumotlar bazasini shakllantirishda milliy ID tizimlari ma'lumotlari, aholini ro'yxatga olish va
soliq to'lovchilar bazasi, tibbiyot, bank, sug'urta kompaniyalari, do'kon va bozorlar xaridorlari,
mobil aloqa operatorlari ma'lumotlari hamda aholining kommunal to'lovlar va qarzdorlik, kredit


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

218

tarixi, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi kabi manbalardan qonun doirasida foydalaniladi. Siyosiy
jarayonlarda ham sun’iy intellikt o`z ahamiyatini kasb etmasdan qolmaydi. Xususan turli xil
ijtimoiy himoya dasturlarida qo'llash imkoniyatlari va zarurati mavjud bo'lib, tegishli dasturlash
yo'nalishlaridagi yetakchi mahalliy mutaxassislar va xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda
sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish va qo'llash maqsadiga erishib kelmoqda. Ijtimoiy
siyosat degan terminga toxtalib o`tamiz:

Ijtimoiy siyosat – davlat faoliyatidagi muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanib, maqsadi

aholi salomatligi, daromadlarining barqarorligi, muayyan murakkab hayotiy vaziyatlarda ijtimoiy
zaif toifalarni qoʻllab-quvvatlash, umuman olganda jamiyatda ijobiy ijtimoiy muhitni yaratishdir.

1

Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy sohada, xususan, sog'liqni saqlash, ta'lim, bandlik,

ijtimoiy himoya va boshqa yo'nalishlarda sun'iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari
imkoniyatlaridan foydalanish keng tus olmoqda. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohalarida
rivojlanayotgan davlatlarda amalga oshirilgan muvaffaqiyatli xorijiy tajribalardan quyidagi
loyihalarini ko'rib chiqish mumkin. Masalan, Janubiy Afrika Respublikasida amalga oshirilgan
“Harambee” loyihasi ijtimoiy yoshlar bandligini ta'minlashga ko'maklashishga yo'naltirilgan
bo'lib, ushbu dastur sun'iy intellekt yordamida kasbiy-malakaviy moslikni aniqlab, ish izlovchilar
bazasini shakllantiradi va ularga turli me'yorlarga asosan tegishli mos bo'sh ish o'rnini taklif qiladi.
Aholining asosiy qismi hozirda yoshlar tashkil qiladigan bir davrda yoshlarga nisbatan olib
borilayotgan davlat siyosati ham barqarordir. Davlatda aholisining ish bilan qamrab olingan
qismining ko`pini ham yoshlar tashkil etada. Ko`plab yoshlarni sun’iy intellekt orqali ham ish
bilan ta’minlashning yo`llari o`ylab topilmoqda.

Yoshlar – aholi yoshining katta ijtimoiy guruhini tashkil etadigan, ijtimoiy rivojlanish va

shaxs sifatida shakllanishi jarayonida, ijtimoiy hayotda ma’lum bir chegaralanmagan xarakatlarga
va imtiyozlarga ega bo’lgan qatlamdir. Yoshlar inson mamlakat rivojiga o’z hissasini qo`shadigan
va uning rivojlanishiga ta’sir etadigan ijtimoiy hayotning to’laqonli subyekti hisoblanadi.

2

XXI asr texno asr degan nom ostida ham jamiyatni rivojlanishiga zamonaviy

texnologiyalar asosiy sabab deb bilamiz. O`z navbatida yoshlarning ijtimoiylashuviga yordam
bermoqda, shu bilan bir qatorda insonlarni bir-biridan uzoqlashib, qarindoshlik rishtalarini
buzilishiga olib kelmoqda desak mubolog`a bo`lmayda. Har bir kunimiz sun’iy intelleksiz
o`tmaydi albatta telefon, kompyuter, telivizorlar, har xil sayt va platvormalar bularning hammasi
intellekt hisoblanadi. Sun’iy intellekt yoshlarga ijtimoiy xizmatlar ham ko`rsatmoqda nogironligi
bo`lgan yoshlarga bir qator masalan:

1.

Koʻzi ojizlar yoki zaif koʻruvchilar uchun ovozli yordamchi.

Bunday qurilma

harakatlanishni erkinlashtirishi, yoʻllardagi toʻsiqlar, xavfli holatlar, vaziyatlar haqida oldindan
ogohlantirishi, turli bosma nashrlar, elektron axborotlar, uyali aloqa vositalaridan foydalanishda
yordam bera oladi. Masalan, inson kutubxonaga boradi, u yerda kutubxonachidan istagan kitobni
oladi, shunchaki varaqlab turadi yordamchi esa kitobni ovoz chiqarib oʻqib beradi;

1

Ijtimoiy siyosat//wikipediya. Havola:

http://ru.wikipedia.org/wiki/социальная_политика

(09.05.2023)

2

Ganiyeva M.X., Latipova N.M., Alekseyeva V.S., Ismailova B.X., Abduraxmanova M.M.

“Bolalar va yoshlar ijtimoiy ta’minoti va himoyasi”.O`quv qo`llanma. Toshkent: 2019 yil


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

219

2.

Karlar va eshitishda nuqsoni borlar uchun yordamchi.

Bu qurilma inson eshitishi va

kerakli ta’sirlanishni amalga oshirishi lozim boʻlgan vaziyatlarda mexanik ta’sir koʻrsatish orqali
egasiga belgi beradi va masalan yoʻllardagi falokatlardan omon saqlaydi;

3.

Nogironlar va vaqtincha harakatlanishi cheklanganlar uchun yordamchi qurilma

.

Bunday yordamchi sun’iy tafakkur vositasida inson asab tizimiga ulanadi va harakatlanish uchun
imkon yaratadi. Albatta, bugungi kunda turli shakldagi protezlar mavjud, ular anchagina
qulayliklar yaratadi, lekin protezlar yordam bera olmaydigan holatlar ham talaygina boʻlib, bunday
yordamchi ayni muddao boʻlar edi;

4.

Nutqida nuqsoni boʻlgan insonlar uchun yordamchi

. Bunday qurilma muayyan vaqt

davomida oʻz egasining ma’lum harakat bilan nimani ofodalamoqchi, qanday tovushlar hosil
qilmoqchi ekanligini oʻrganadi, ya’ni egasiga moslashadi. Keyingi foydalanishda ham inson
qurilmadi oʻziga kerakli yoʻnalishda oʻqitishda davom etishi mumkin. Masalan, aytmoqchi
boʻlgan soʻz yoki tovushni qurilmaga yozuv, belgi, shakl yoki yozib olingan ovoz shaklida kiritish
orqali. Birmuncha vaqtdan soʻng mashina va inson bir butunlik hosil qiladi va oʻzini jamiyatda
erkin his qila oladi.

Xalqimizda kasalni davolashdan ko’ra oldini olgan afzal degan naql bor albatta, bolaga ilk

yoshidan e’tiborli bo`lish nafaqat mutaxassislarning balki ota- onalarning ham zimmasiga
yuklanadi. Barvaqt aralashuv xizmatlari esa bu borada ularga malakali yordam ko`rsatishi bilan
qimmatli bo`ladi. Bolalar, ota-onalar, mutaxassislar va fuqarolarga alohida ehtiyojli bolalar
ikkinchi darajali emasligini va ular havfsiz ekanligini anglatmoqlikdir. Bolalarga berilayotgan
Inklyuzif ta’limning asosiy maqsadi bolalar bilan alohida ishlash ularning bilim salohiyati yanada
mukammallashtirish Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy
ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo‘lishlari uchun oilada yashashlari va o‘z tengdoshlari bilan
birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi.

Inklyuziv ta’lim – alohida ehtiyojli bolalar uchun ta’lim sifatini takomillashtirish va ularni

maktabgacha ta’lim muassasa hamda umumta’lim maktablariga integratsiya qilishni ta’minlash.
Oqilona jamiyat, taraqqiyot yo`lida hech qanday, hattoki kichik omildan ham voz kechmaydi –
aksincha, barcha omillardan oqilona foydalanishga harakat qiladi. Alohida ehtiyojli bolalar
jamiyatimizning ma’lum bir qismini tashkil etar ekan, ulardagi iqtidor, salohiyatdan oqilona
foydalanish, mamlakatimiz taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko`rsatishi mumkin. Bu degani alohida
ehtiyojli bolalarga yangicha nigoh bilan qarab, ularni ijtimoiy faoliyatga jalb etish kerak!

3

Xulosa qilib aytish mumkinki, sun’iy intellektning hayotimizdagi o‘rni kundan-kunga

chuqurlashib bormoqda. Ular insoniyatning yutug‘imi yoki mag‘lubiyati, degan savol ustidagi
bahslar hali uzoq davom etadi. Eng muhimi, fantastik yozuvchi Ishoq Azimov ta’biri bilan
aytganda, “Robotlarni yaratishda odamlarga zarar yetkazmaslik lozimligi” shior qilib olinishi
kerak. Shunday boʻlsa-da sun’iy tafakkur bugungi kunda inson hayotining barcha sohalariga asta
sekin kirib kelmoqda. Jumladan, ijtimoiy ish (ijtimoiy soha)da ijtimoiy xizmatlar yoki ijtimoiy
yordamga boʻlgan ehtiyojni bashorat (prognoz) qilishda samarali qoʻllash mumkin.

3

Ganiyeva M.X., Latipova N.M., Alekseyeva V.S., Ismailova B.X., Abduraxmanova M.M.

“Bolalar va yoshlar ijtimoiy ta’minoti va himoyasi”.
O`quv qo`llanma. Toshkent: 2019 yil.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

220

Jamiyat rivojlanib borgani sari uning yangi qonunlari va tartibotlari ham o`zgarib,

rivojlanib boradi. Bu o`zgarishlar xoh ijtimoiy bo`lsin, xoh siyosiy jamiyatdagi insonlar tomonidan
o`zlashtirilib, moslashtirib boriladi. Biz yuqorida ko`rib o`tgan jamiyat va davlat hayotining
barcha sohalarini, hattoki qishloq xoʻjaligini ham raqamlashtirish mumkinligini bir vaqtlar
xayolimizga ham keltirmagan edik, ammo zamonaviy jamiyat shu darajada taraqqiy etib
bormoqda.

REFERENCES

1.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Sun%CA%BCiy_intellekt

2.

Ijtimoiy siyosat//wikipediya. Havola: http://ru.wikipedia.org/wiki/социальная_политика
(09.05.2023)

3.

Jahongir

Toshniyozovich

Ibragimov

-

Академия

Google.

https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=WtrCbdgAAAAJ

4.

Ganiyeva M.X., Latipova N.M., Alekseyeva V.S., Ismailova B.X., Abduraxmanova M.M.
“Bolalar va yoshlar ijtimoiy ta’minoti va himoyasi”.

5.

O`quv qo`llanma. Toshkent: 2019 yil

6.

https://tuit.uz/specialnost-iskusstvenny-intellek

References

https://uz.wikipedia.org/wiki/Sun%CA%BCiy_intellekt

Ijtimoiy siyosat//wikipediya. Havola: http://ru.wikipedia.org/wiki/социальная_политика (09.05.2023)

Jahongir Toshniyozovich Ibragimov‬ - ‪Академия Google‬. https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=WtrCbdgAAAAJ‬‬

Ganiyeva M.X., Latipova N.M., Alekseyeva V.S., Ismailova B.X., Abduraxmanova M.M. “Bolalar va yoshlar ijtimoiy ta’minoti va himoyasi”.

O`quv qo`llanma. Toshkent: 2019 yil

https://tuit.uz/specialnost-iskusstvenny-intellek

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов