CREATING A GUARANTEE OF HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Mirjavharova, F. (2023). CREATING A GUARANTEE OF HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(12), 32–36. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26543
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, it is explained that personal freedom, protection and guarantee of human rights, and democracy of the new era are the main conditions for the deepening of democratic processes in Uzbekistan. In the course of the article, the implementation of fundamental reforms in the system of human personal rights and freedoms in an independent state was discussed.

Similar Articles


background image


32

O`ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI KAFOLATINING

YARATILISHI

Mirjavharova Feruzaxon Usmonjonovna

Farg'ona viloyati yuridik texnikumi maxsus fan o'qituvchisi. 3_darajali yurist.

Mirzavharovaferuzaxon@gmail.com

tel: 94 399 30 01

https://dоi.оrg/10.5281/zenodo.10289742

Annotatsiya.

Mazkur maqolda O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining

muhofazasi va kafolatlanishi hamda yangi davr demokratiyasi – demokratik jarayonlarning

chuqurlashtirishning asosiy sharti ekanligi yoritib berilgan. Maqola davomida mustaqil davlatda inson

shaxsiy huquq va erkinliklari tizimida tub islohotlarning amalga oshishi masalalariga to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi, inson shaxsiy huquq va

erkinliklari.

CREATING A GUARANTEE OF HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS IN

UZBEKISTAN

Abstract.

In this article, it is explained that personal freedom, protection and guarantee of

human rights, and democracy of the new era are the main conditions for the deepening of democratic

processes in Uzbekistan. In the course of the article, the implementation of fundamental reforms in the

system of human personal rights and freedoms in an independent state was discussed.

Key words:

personal freedom, protection of human rights, human personal rights and freedoms.

СОЗДАНИЕ ГАРАНТИИ ПРАВ И СВОБОД ЧЕЛОВЕКА В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье поясняется, что свобода личности, защита и гарантия

прав человека, демократия новой эпохи являются основными условиями углубления

демократических процессов в Узбекистане. В ходе статьи обсуждалось проведение

фундаментальных реформ в системе прав и свобод личности человека в независимом

государстве.

Ключевые слова:

свобода личности, защита прав человека, личные права и свободы

человека.

O`zbekiston tarixining mustaqillik yillari avvalgi davrdan farqli o`laroq aynan istiqlol tufayli

yurtimizda inson huquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani bilan alohida

ajralib turadi.

Avvalo shuni aytish kerakki, bu O`zbekiston Konstitutsiyasida o`z ifodasini topdi. Unda eng


background image


33

oliy qadriyat sifatida davlat va ijtimoiy tizim emas, balki inson huquqi kafolatlab qo`yildi.

O`zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar hayotning barcha sohalarida

iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, huquqiy va boshqa munosabatlarda bir-birlari bilan teng huquqqa

ega bo`ldilar.

Ayrim shaxslarning foydalanishi lozim bo`lgan imkoniyatlar qonunda belgilanib, ular faqat

ijtimoiy adolat prinsiplari asosida bo`lishi ko`rsatib quyildi.

Ayniqsa fuqarolarning istagan dinga e`tiqod qilishi yoki qilmasligi qonun bilan kafolatlanib,

o`zlarining ixtiyoriga berilgan bo`lib, bu huquqlarning amalga oshirilishi me’yoriy qonunlar bilan

mustahkamlandi. Jumladan, fuqarolarning dinga munosabati O`zbekiston Respublikasi Oliy

Majlisining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida»gi (1998 y.) qonun bilan tartibga solindi,

hamda ularning daxlsizligi ta`minlanmoqda.

Istiqlol yillaridagi katta yutuqlardan biri shundaki, O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson

huquqlarining muhofazasi va kafolati, e`tiqod, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta`lim olish,

ijtimoiy muhofaza va boshqa imkoniyatlar qonun bilan himoya qilinadigan bo`ldi. Bu borada shuni

ta`kidlash joizki, hozirgi qiyin va ziddiyatli bir paytda mamlakatimizning turli sarhadlariga yaqin

joylarda urushlar ro`y berib, qon to`kilib, begunoh odamlar qurbon bo`lib, sarson-sargardon kishilar

ko`payib borayotgan bir sharoitda O`zbekistonda inson uchun eng oliy ne`mat yashash huquqi va

osoyishta hayot kechirish huquqi to’la ta`min etildi. Bir so`z bilan aytganda xuddi ana shu murakkab

yillarda O`zbekistonda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi yanada mustahkamlanib, yangi

demokratik jarayonlar odamlar ongi va qalbi orqali o`tkazilib, hayotga tobora chuqurroq kirib bora

boshladi.

O`zbekistonda mustaqil davlatchilikning jahon andozalariga mos keladigan, eng ilg`or tajribalar

asosida vujudga kelgan zamonaviy usullar joriy qilina boshlandi. Inson huquqlari va erkinliklari

ustivorligini ta`minlashning huquqiy asoslari yaratilishiga kirishildi. Xalqaro miqyosda qabul qilingan

tamoyillarga asoslanib faoliyat ko`rsatadigan yangidan yangi huquqiy muassasalar tashkil etildi.

Istiqlol yillarida fuqarolarning huquqlarini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, ularning turli

sohalardagi faoliyatini tartibga soluvchi 300 dan ortiq qonun va Parlamentning Qonunga

tenglashtirilgan qarorlari tizimi vujudga keldi. Bir yarim mingdan ortiq Prezident farmoni va Vazirlar

Mahkamasining qarori qabul qilinganligi ayni ana shu tarixan juda qisqa davrda amalga oshirilgan ishlar

ko`lamini ko`rsatadi. Ularning aksariyati fuqarolar haqhuquqini muxofaza qilish, bozor munosabatlarini

chuqurlashtirish va to`la qaror toptirish asosida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy

himoyalashni ta`minlashga qaratilgandir. Endi qamma gap ana shu qonunlar, qarorlar, farmon va

farmoyishlarning hayotga to`la tadbiq etilishiga, ularning og`ishmay amalga oshirishga qolgan. Bu


background image


34

fuqarolar turli tabaqasi ma`naviyaxloqiy yetuklik darajasidan tortib, ularning tub islohotlar moxiyatini

chuqur anglashi, yangilanayotgan jamiyat tamoyillarini o`zlashtirish va keng miqyosli siyosiy

tayyorgarligiga bog`liq bo`lgan uzoq muddatli jarayondir.

O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng inson huqukdari bo`yicha rivojlangan demokratik

mamlakatlar qo`llayotgan tamoyillarga sodiqligini namoyish etib kelmoqda.

Respublikada mustaqillik yillarida inson xuquqi va erkinliklariga doir bir qator xalqaro hujjatlar

tan olindi va ular xalq orasida targib qilina boshlandi. «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi»,

«Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to`rrisida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquklar

to`g`risida Xalqaro Pakt va fakultativ Bayonnoma» shular jumlasidandir. Ular hozirgi zamon jahon

davlatchiligini va jamiyatni demokratlashtirish jarayonida inson huquqlarini mustahkamlashning asosi

bo`lib xizmat qilmoqda.

Ayni choqda O`zbekiston inson huquqlariga oid 30 dan ortiq asosiy pakt va Konversiyasiga

qo`shilgan. Bu borada shuni aytish kerakki, O`zbekiston 1996 yilning aprel oyida BMT komissiyasiga

siyosiy va inson huquklari bo`yicha Xalqaro Pakt normalarini bajarish borasida milliy ma`ruza matnini

taqdim etdi.

O`zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita yoki

o`z vakillarini saylash, o`zinio`zi boshqarish asosida, referendumlar o`tkazish kabi demokratik xuquqiy

institutlar orqali qatnashadi. U o`z siyosiy huquklarini kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga,

boshqa jamoat va ommaviy tashkilotlarda real ishtirok etish yo`li bilan amalga oshirishi mumkin.

Shuning uchun ham «Inson huquq.lari umumjahon Deklaratsiyasi» va boshqa jahon miqyosida tan

olingan xalqaro huquqiy hujjatlardan kelib chiqib, ton Respublikasi Milliy Markazini tuzish to`grisida»

qabul qilingan Farmon ana shu yo`lda qo`yilgan yana bir muhim qadamdir. Ushbu Farmon inson

huqulari va erkinliklarini muhofaza etishning ta`sirchan vositasini barpo etishga, respublika

fuqarolarida huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Xuquqiy madaniyatning yuqori

darajada bo`lishi esa huquqiy demokratik davlatning noyob xususiyatidir.

Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazining maqsadi va vazifalari

ushbu farmonda aniq belgilangan. Jumladan,

milliy harakat rejasini. shuningdek, Konstitutsiya, Qonunlar va inson huquqlari sohasidagi

umume`tirof etilgan xalqaro huquq meyorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;

inson huquqlari sohasida O`zbekiston Respublikasining xalqaro va milliy tashkilotlar bilan

hamkorligini rivojlantirish ana shunday vazifalarning muhimidir.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil, 13 noyabrdagi qarori bilan

tasdiqlangan Nizomga ko`ra Milliy markaz tahliliy, tavsiyalar beruvchi, muassasalararo


background image


35

muvofiqlashtiruvchi davlat organi bo`lib, inson huquklari sohasidagi halqaro huquqning umum e`tirof

etilgan tamoyillari va meyorlari, Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident

farmonlari qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davlat siyosatini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga

Markaz o`quvma`rifiy va targibot, taxliliy, fuqarolar murojaatlarini ko`rib chiqish yo`nalishlari bo`yicha

ish olib bormoqda.

Masalan, o`quv ma`rifiy yo`nalish bo`yicha 19971998 yillar mobaynida 20 dan ortiq risola

nashr etildi. Ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etildi. Televideniyeda kursatuvlar

tayyorlandi. Inson huquqlarini himoyalashning turli yo`nalishlari bo`yicha xalqaro va milliy miqyosda

o`quv dasturlari, seminarlar, anjumanlar, ma`ruza kurslari va o`quv safarlari tashkillashtiriladi. Konrad

Adenauer jamg`armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan xamkorlikda huquqni muhofaza etish idoralari

xodimlari uchun Andijon, Fargona, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Namangan shaxarlarida

ixtisoslashgan o`quv seminarlari o`tkazildi.

Tahliliy yo`nalish bo`yicha milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga qo`yib kelinayotgan

inson huquklari himoyasiga aloqador barcha qonun hujjatlarining muhokamasida faol qatnashmoqda,

mazkur qonun loyihalarining ochiq muhokamasini tashkillashtirmoqsa. Jumladan, «Oliy Majlisning

Inson xuquqlari bo`yicha Vakili (ombudsman) to`g`risidagi», «Ommaviy axborot vositalari

to`g`risidagi», «Jurnalistning kasbiy faoliyatiga doir faoliyatini himoya qilish to`rrisida», «Axborot

olish erkinligi kafolatlari to`g`risida», «Ta`lim to`g`risida» va boshqa bir qator qonunlarni muhokama

qilish bo`yicha ilmiyamaliy anjumanlar o`tkazildi. Bundan tashqari Milliy markaz Oliy Majlis

muhokamasiga kiritilayotgan turli qonunlar bo`yicha, O`zbekiston Respublikasi qo`shilishi lozim

bo`lgan xalqaro shartnomalar bo`yicha muntazam o`zining xulosalarini berib bormokda.

Fuqarolarni qabul qilish masalasida ham izchil ish olib bormokda.

Shu bilan birga, inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazining tashkil

topishi O`zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, sha`ni, qadrqimmati va boshqa daxlsiz huquqlari

oliy qadriyat hisoblanishining yana bir bor yorqin dalilidir. Bularning barchasi masalaning oliy davlat

ahamiyatiga ega ekanligini, mazkur sohaga shaxsan Prezidentning o`zi e`tibor bilan qarayotganini

ko`rsatadi. Inson huquqlarini himoya qilish hali tajribamizda bo`lmagan hodisa, biz uchun bu yangilik

sifatida endigina turmush tarzimizga kirib kelayotgani tufayli unga davlatning o`zi tashabbuskor va

rahnamo bo`layotir. Bu mamlakatimizda goyat insonparvar siyosat mavjudligining natijasidir. Bu esa,

O`zbekistonda insonning tabiat gultoji, olam sarvari sifatida e`zozlanadigan jamiyat

shakllanayotganidan dalolatdir.

Inson huquqlari va erkinliklarini ta`minlashga qaratilgan choratadbirlar orasida 1997 yil aprelda

«Oliy Majlisning inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`grisida»gi O`zbekiston Respublikasi


background image


36

qonunining qabul qilinishi alohida aqamiyatga ega.

Shuni aloqida ta`kidlash kerakki, mazkur institut sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan

mamlakatlarning ko`pchiligida, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida inson huquqlarini himoya

qilishning bunday dunyoviy shakli mavjud emas. Mazkur sohada O`zbekiston o`z «ittifokdosh»laridan

ancha ilgarilab ketdi, desak xato bo`lmaydi. Ushbu qonunda shunday satrlar bor: «Oliy Majlisning inson

huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson

huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan qimoya qilinishini ta`minlashga ko`maklashish

maqsadida faoliyat ko`rsatadi».

Ayni choqda istiqlolga erishilgandan so`ng mamlakatda inson huquqlari va erkinliklariny

kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tadbirlar ham o`tkazildi. Jumladan, 1996 yil may oyida

«Fuqarolarni huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy madaniyatini kjsaltirish» mavzusiga

bagishlangan respublika huquqshunoslari konferensiyasi bo`ldi. Unda qator dolzarb masalalar

muhokama qilindi, tajribalar umumlashtirildi, 19961997 yillarga mo`ljallangan Dastur va tadbirlar

rejasi, 1997 yil avgustida esa «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul

qilindi.

REFERENCES

1.

Mustаqillik to`g`risidа dеklаrаsiya. «Sоvеt O`zbеkistоni», 23 iyun, 1990.

2.

O`zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitusiyasi. Tоshkеnt. «O`zbеkistоn»,

1992.

3.

O`zbеkistоn Rеspublikаsi. Ensiklоpеdiya, 1997.

4.

Jo`rаyеv N., Fаyzullаyеv T., Usmоnоv Q. O`zbеkistоn tаriхi. Tоshkеnt.

«Shаrq», 1998.

5.

Istiqlоlimizning tаriхiy ildizlаri. Shаrq Yulduzi, 1995, 1112sоn.

6.

Yusupоv E. Istiqlоl yo`lidа. Tоshkеnt. «Fаn», 1996.

References

Mustаqillik to`g`risidа dеklаrаsiya. «Sоvеt O`zbеkistоni», 23 iyun, 1990.

O`zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitusiyasi. Tоshkеnt. «O`zbеkistоn», 1992.

O`zbеkistоn Rеspublikаsi. Ensiklоpеdiya, 1997.

Jo`rаyеv N., Fаyzullаyеv T., Usmоnоv Q. O`zbеkistоn tаriхi. Tоshkеnt. «Shаrq», 1998.

Istiqlоlimizning tаriхiy ildizlаri. Shаrq Yulduzi, 1995, 1112sоn.

Yusupоv E. Istiqlоl yo`lidа. Tоshkеnt. «Fаn», 1996.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов