127
SHE'RDA QANOT QOQQAN VATAN TIMSOLI
Umirzakova Barno
Samarqand viloyati Pastdarg'om tumani
69-maktab 10-sinf o'quvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.10333922
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Muhammad Yusuf she’rlarida vatan tushunchasi shoirning
"Vatanim" she’ri asosida tahlil qilingan. Shoirning she’rlaridagi ona Vatan madhi o’ziga xos tarix
va milliy faxr tuyg‘ulari orqali bayon etilgani misollar asosida yoritib beriladi.
Kalit so‘zlar:
Vatan, O'zbekiston, jahon, sulton, kun, singil, ona, oftob, dard, mehr, xalq,
tumor, Navoiy, shoh, dunyo, muhabbat.
THE SYMBOL OF THE MOTHERLAND WITH FLAPPING WINGS IN THE POEM
Abstract.
In this article, the concept of homeland in Muhammad Yusuf's poems is analyzed
based on the poet's poem "My Country". It is explained on the basis of examples that the anthem
of the motherland in the poet's poems is expressed through a unique history and feelings of
national pride.
Key words:
Homeland, Uzbekistan, world, sultan, day, sister, mother, sun, pain, love,
people, talisman, Navoi, king, world, love.
СИМВОЛ РОДИНЫ С МАШУЩИМИ КРЫЛЬЯМИ В СТИХОТВОРЕНИИ
Аннотация.
В данной статье анализируется концепция Родины в стихотворениях
Мухаммада Юсуфа на основе стихотворения поэта «Моя страна». На примерах
объясняется, что гимн Родины в стихах поэта выражается через уникальную историю и
чувство национальной гордости.
Ключевые слова:
Родина, Узбекистан, мир, султан, день, сестра, мать, солнце,
боль, любовь, народ, талисман, Навои, царь, мир, любовь.
Vatan - uni tarannum etmagan, kuylamagan ijodkor topilmasa kerak, nazarimizda. Chunki
ijodkor uchun o'zi tug'ilib o'sgan maskani - Vatanini kuylashdek zavqli va sharfli baxt bo'lmaydi.
Vatan mavzusida yozilgan asarlarning tub mohiyati bir bo'lsada, lekin ularning hech biri bir-biriga
o'xshamaydi. Har birida o‘zgacha nafosat, o‘zgacha muhabbat mavjud. Shu o'rinda Muhammad
Yusuf ijodida asosiy o'rinlarda turuvchi vatan mavzusidagi she'rlar o'zgacha ohang va
takrorlanmas misralarda jo bo'lganligi bois ulardagi obraz yorqin va ta'sirchan deyishimiz
mumkin.
128
Muhammad Yusuf ijodi bilan tanishar ekanmiz, uning she'riyatining asosiy qismini Vatan
tushunchasi tashkil etganligiga guvoh bo'lamiz. Darhaqiqat, shoir o'z she'rlarida o'zi tug'ilib,
o'sgan, kindik qoni tomgan, bobolar hoki yotgan Vatanni ulug‘lashdan charchamaydi. Misol
tariqasida ijodkor qalamiga mansub "Vatanim" she‘rini tahlil qilaylik. Avvalo, mazkur she‘rning
dastlabki jumlasiga e‘tibor qaratamiz:
*https://tafakkur.net/muhammad-yusuf.haqida
Men dunyoni nima qildim,
O‘zing - yorug‘ jahonim.
O‘zim xoqon, o‘zim sulton,
Sen taxt-u Sulaymonim.
Misrani o‘qir ekan, o‘quvchi hayolida shoirning vatanga bo‘lgan muhabbati gavdalanadi.
Shoir uchun vatan - ulkan saltanat, shoirning o‘zi esa shu salatanat sultoni. Ya'ni shoir lirikasida
hech kim tasavvur qilmagan tashbehlarni, o'xshatishlarni ko'ramiz. Bunday o'xshatishlar boshqa
hech bir ijodkor she'riyatida uchramasligini shoir asarlarning o'ziga xos badiiy tili deyishimiz
mumkin. Masalan, Vatan haqida yozgan shoirlarning hech biri hali vatanni onaga, singilga
o'xshatgan emas yoki vatanning tol beshikdan boshlanishini faqat shu ijodkorgina o'z asarida ilk
bor qo'llagan. Vatanning bog'- rog'larini, so'lim go'shalarini tarannum etganlar ko'pdir. Lekin hech
kim vatanni Navoiy, Manguberdi, Xo‘jandlarga qiyoslagan emas.Va yo
Sen shoxlari osmonlarga tegib turgan chinorim
Ota desam, o‘g‘lim deb bosh egib turgan chinorim.
kabi tashbehlarini faqat Muhammad Yusuf ijodida uchratishimiz mumkin.
Yuqorida takidlaganimizdek, shoir Vatan haqidagi she'rlarining ko'pchiligida Vatanni
onaga, singilga va opaga mengzadi. Masalan, "Vatanim" she'rida:
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdard-u hamhonam deymi,
Oftobdan ham o'zing mehri,
Ilig'imsan Vatanim.
Shoir Vatan timsolini singlisida, onasida ko'radi. Ona - buyuklarning eng buyugi,
ulug'larning eng ulug'i, suyukli zotlarning eng suyuklisidir Ana shuday buyuk zot timsolida shoir
129
Vatanni ko'radi. Ko'rinib turibdiki, shoir oddiy hayotiy voqealar asosida ajoyib o'xshatishlar va
teran falsafiy mushohadaga ega bo'lgan misralar yaratgan. Shoirning ona yurtida tuygan mehri
xuddi singilning, onaning mehridek iliq; yaxshi va yomon kunlarida har doim birga, mehrini esa
oftobga qiyoslaydi. *
Muhammad Yusuf rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning
she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq
to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik
sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang
ko‘rinadi.*
Endi e'tiborimizni quyidagi misralarga qarataylik.
Sen Xo‘jandsan, Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig‘i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni korgan cho‘pon
Cho‘lig‘imsan, Vatanim.
Makur misralarni o‘qir ekanmiz, beixtiyor shonli tarix e‘tiborimizni tortadi. Ijodkor vatan
sevgisini yurt tarixi bilan chamabar chas bog‘laydi. Har bir insonning Vatani o'ziga qadrli. Shoir
uchun uning har hovuch tuprog'i ko'ziga to'tiyodir. Shoir Muhammad Yusuf qalami bitgan,
Vatanga bag'ishlagan o'tli misralari kitobxon nazdida, shoir siymosida chaqmoqdek yonib o'tgan
shoir-u betakror she'riyat doim xalq ardog'ida bo'lajagiga umid bilan boqishga chorlab turaveradi2.
Vatan madhi uchun so'zni qurol qilgan shoir Muhammad Yusuf xalqi va jonajon vatanining ertasi
bilan kun-u tunlarni o'tkazgan.
Oʼtgan asrning soʼnggi choragida adabiyotimizning pokiza osmonida yoʼlchi yulduzdek
porlagan shoir Muhammad Yusuf oʼzining sodda va samimiy soʼzi, oʼzigagina yarashadigan
sheʼriyati bilan el nazariga tushdi. U oʼzining qisqagina umrida milliy sheʼriyat va zamonaviy
qoʼshiqchilikni yuksaklarga koʼtarilishiga beminnat hissasini qoʼsha oldi. Shoir haqida Erkin
Vohidov shunday yozgan edi: “Muhammad Yusufni xalqimiz sevib dilida saqlaydi, Vatan
kuychisi, Istiqlol kuychisi deb ardoqlaydi, oʼzbek eliga ulugʼ mehr, sadoqat singib ketgan
nazokatli, samimiyat toʼla sheʼrlarini qadrlaydi, qoʼshiq qilib aytadi. Uning sheʼriyatini chin
130
maʼnoda qanotli sheʼriyat, yurt osmonida baland parvoz qiluvchi, yuraklarga qanot berguvchi
sheʼriyat desa boʼladi.”
Xulosa qilib aytganda, Muhammad Yusufgacha ham undan keyin ham qoʼliga qalam
tutgan shoir borki, ona Vatanni ulugʼlab sheʼrlar yozdi. Bu gʼoyat tabiiy hol. Muhammad Yusuf
Vatanni qandaydir balandparvoz, sheʼrdan sheʼrga oʼtib yuruvchi jimjimador soʼzlar bilan emas,
sodda, begidir va magʼzi toʼq soʼzlar bilan tasvirlaydi. Uning sheʼrlaridagi Vatanni tasavvur qilish
oson va huzurli; qaysidir jihati bilan singlingizga, qaysidir jihati bilan onangizga yo otangizga
oʼxshab ketadi. Vatanning andozasini ulardan olasiz, Vatanning sarhadlarini ularga boʼlgan mehru
muhabbatingiz bilan belgilaysiz.
REFERENCES
1.
Yusuf M. Ulug'imsan Vatanim. - Toshkent: O'zbekiston, 2010. - B. 9.
2.
Yusuf M. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 275.
3.
Yusuf M. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 12.
4.
https://tafakkur.net/muhammad-yusuf.haqida
5.
https://wikipedia.org.wiki/Muhammad-Yusuf