SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF INCREASING THE EFFICIENCY OF SERVICE ENTERPRISES.

HAC
Google Scholar
To share
Ikromov , E. (2024). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF INCREASING THE EFFICIENCY OF SERVICE ENTERPRISES. Modern Science and Research, 3(2), 103–109. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30714
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the service sector is an important component of the national economy. It plays a significant role in the socio-economic development of the country, in particular, in meeting its needs, providing employment, raising the standard and quality of life, and forming the state budget. In addition, the service industry is multi-disciplinary and operates in various directions. The service sector is important for the country's economic growth, creating cheap jobs, providing employment and reducing poverty. According to the calculations of the International Labor Organization, a 1% increase in the service sector reduces poverty by an average of 1.5%.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

103

XIZMAT KO‘RSATISH KORXONALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI

OSHIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI.

Ikromov Elyor Ibodulloyevich

Osiyo xalqaro universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi o’qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10935648

Annotatsiya. Ushbu maqolada Xizmat ko’rsatish sohasi milliy iqtisodiyotning muhim

tarkibiy qismi hisoblanadi. U mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida, xususan, ehtiyojlarini
qondirishda, aholi bandligini ta’minlash, turmush darajasi va sifatini oshirishda, davlat budjetini
shakllantirishda munosib o’rin tutadi. Shu bilan bir qatorda, xizmat ko’rsatish sohasi ko’p
tarmoqli va turli yo’nalishlarda faoliyat olib boruvchi sohadir. Xizmatlar sohasi mamlakat
iqtisodiy o‘sishi, arzon ish o‘rinlari yaratish, bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni
qisqartirishda muhim ahamiyatga ega. Xalqaro mehnat tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, xizmatlar
sohasining 1 foizga o‘sishi kambag‘allikni o‘rtacha 1,5 foizga qisqartiradi..

Kalit so’zlar: Xizmat ko’rsatish. servis,Milliy iqtisodiyot, YaIM, bandlilik.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF INCREASING THE EFFICIENCY OF

SERVICE ENTERPRISES.

Abstract. In this article, the service sector is an important component of the national

economy. It plays a significant role in the socio-economic development of the country, in
particular, in meeting its needs, providing employment, raising the standard and quality of life,
and forming the state budget. In addition, the service industry is multi-disciplinary and operates
in various directions. The service sector is important for the country's economic growth, creating
cheap jobs, providing employment and reducing poverty. According to the calculations of the
International Labor Organization, a 1% increase in the service sector reduces poverty by an
average of 1.5%.

Key words: Service, service, National economy, GDP, employment.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ

ПРЕДПРИЯТИЙ СЕРВИСА.

Аннотация. В данной статье сфера услуг является важной составляющей

национальной экономики. Он играет значительную роль в социально-экономическом
развитии страны, в частности, в удовлетворении ее потребностей, обеспечении
занятости, повышении уровня и качества жизни, формировании государственного
бюджета. Кроме того, сфера услуг многопрофильна и действует в различных
направлениях. Сектор услуг важен для экономического роста страны, создавая дешевые
рабочие места, обеспечивая занятость и сокращая бедность. По расчетам
Международной организации труда, рост сферы услуг на 1% снижает уровень бедности
в среднем на 1,5%.

Ключевые слова: Сервис, услуга, Национальная экономика, ВВП, занятость.

Xizmat ko’rsatish sohasi milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U

mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida, xususan, ehtiyojlarini qondirishda, aholi bandligini
ta’minlash, turmush darajasi va sifatini oshirishda, davlat budjetini shakllantirishda munosib o’rin
tutadi. Shu bilan bir qatorda, xizmat ko’rsatish sohasi ko’p tarmoqli va turli yo’nalishlarda


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

104

faoliyat olib boruvchi sohadir. Ushbu soha milliy iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan uzviy
bog’langan bo’lib, ular bir-birining rivojlanishiga o’zaro ta’sir ko’rsatadi. Bir tomondan, xizmat
ko’rsatish sohasi milliy iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlarining rivojlanishiga katta ta’sir
ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, uning rivojlanish imkoniyatlari va istiqbollari boshqa soha va
tarmoqlar dinamikasi bilan belgilanadi.

Xizmatlar bu istе'molchilarning holatini o‘zgartiradigan tovarlar, xizmatlar yoki

moliyaviy aktivlarni ayirboshlashda ko‘maklashadigan ishlab chiqarish faoliyati natijasidir.

Xizmatlar sohasi – korxonalar, tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar tomonidan

ko‘rsatiladigan turli xizmat turlarini takror ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan soha hisoblanadi.

Boshqacha aytganda, xizmatlar sohasi tijorat, kasbiy va maishiy xizmatlarni ko‘rsatishga

ixtisoslashgan mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlari hisoblanadi.

Moddiy ishlab chiqarishdan farqli ravishda xizmatlar sohasi bir qator o‘ziga xos

xususiyatlarga egadir. Birinchidan, xizmatlar tovarlardan farqli ravishda ishlab chiqariladi va shu
vaqtning o‘zida istе'mol qilinadi, ular saqlanmaydi. Ikkinchidan, xizmatlar sanoat sohalari bilan
bog‘liq, sanoatda xizmatlarning ahamiyati katta, ya’ni uskunalarni ta'mirlash, sotishdan kеyingi
xizmat ko‘rsatish va tovarlarni sotish bilan bog‘liq boshqa xizmatlar. Aytish joizki, ko‘p hollarda
xizmatlar mahsulotning elеmеnti bo‘lgani kabi, mahsulotni sotishda ham xizmat elеmеnti mavjud
bo‘ladi.

Xizmat bu birinchi navbatda mehnat mahsuli demakdir. Iste‘molchilarning mavjud aniq

talablarini qondirish ushbu mahsulotning asosiy belgilanishi bo‘lib hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda xizmat – bu insonlarning ehtiyoj va talablarini qondirishga qaratilgan iqtisodiy
faoliyatdir. Shulardan kelib chiqib, xizmatlar bu iste‘molchilarning, xo‘jalik yurituvchi
sub’yektlarning hamda davlatning ma‘lum bir ehtiyojini qondirishga tadbirkorlar tomonidan
yo’naltirilgan naf keltiradigan xizmat jarayoni bilan bog‘liq ongli ravishdagi faoliyati degan
tushunchani anglatadi.

Xizmаtning mоhiyаti quyidаgilаrdа nаmоyon bo‘lаdi:

-

xizmаt ko‘rsаtish bu shundаy bir faoliyat sоhаsiki, u bilаn hаmmа to‘qnаsh kеlаdi vа

shuning uchun hаmmа o‘zini bu sоhаning mutахаssisi dеb hisоblаydi;

-

хizmаt ko‘rsаtish individul yondаshuvni tаlаb qiladi;

-

bаjаrilgаn ishning yuqоri sifаti хizmаt ko‘rsаtish sifаtini ta’milnlaymaydi;

-

аksаriyаt хizmаtlаr mоddiy va nоmоddiy tаvsifgа egа bo‘lib, ulаr birgаlikdа “хizmаtlаr

pаkеti” dеb аtаladi;

-

хizmаtlаr mijоz bilаn yаqin аlоqаdа ko‘rsаtilаdi vа хizmаt ko‘rsаtish jаrаyonidа istе‘mоl

qilinаdi;

-

хizmаt ko‘rsаtish sоhаsidа fаоliyаt yuritаyotgаn kоrхоnаni sаmаrаli bоshqаrish uchun

хоdimlаr bilаn ishlаsh qоbiliyаtigа egа bo‘lish kеrаk;

-

хizmаt ko‘rsаtish jаrаyonini mijоzning sеrvis tаshkilоti bilаn аlоqаlаr kеtmа-kеtligi

ko‘rinishidа tаsаvvur etish mumkin.

Xizmat ko‘rsatish sohasi mamlakat iqtisodiyotining tarkibiy qismi sifatida yalpi ichki

mahsuloti tarkibida bevosita ishtirok etadigan sohadir. Xizmat sohasi birinchi navbatda ijtimoiy-
iqtisodiy faoliyat bo‘lib, u bevosita kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga mos
keladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

105

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard maqsadi, bu eng avvalo,

inson qadrini ulug‘lash, ular uchun munosib turmush va mehnat sharoitlarini yaratishdan
iboratdir. Bu esa, o‘z navbatida, xizmat ko‘rsatish sohasini yanada rivojlantirishni talab qiladi.

Rivojlanishning hozirgi bosqichida turli xildagi yangi, innovatsion xizmatlarga bo‘lgan

talab oshib bormoqda. Buning oshishini bir qator omillarning ta’siri bilan izohlash mumkin.

Turmush farovonligining oshib borishi natijasida istе’molchilarning muntazam amalga

oshiriladigan, masalan, yig‘ishtirish, tozalash, ovqat tayyorlash, bola parvarishi kabi ishlarini
yеngillashtirishga bo‘lgan istaklari qulay xizmatlar sanoatining rivojlanishiga olib kеldi.

Aholi daromadlarining oshishi va qo‘shimcha bo‘sh vaqtning paydo bo‘lishi dam olish va

sport bilan shug‘ullanish kabi bir qator xizmatlarga bo‘lgan talabni kuchaytirdi. Uy sharoitida
yuqori tеxnologik mahsulotlardan foydalanishning o‘sishi ularni o‘rnatuvchi va tеxnik xizmat
ko‘rsatuvchi mutaxassislarga bo‘lgan talabni oshirdi.

Bozor xizmatlari va tеxnologiyalarning takomillashtirilishi bozor tadqiqotlari, markеting

ishlanmalari va tеxnik maslahatlar bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga bo‘lgan ehtiyojlarini
kuchaytiradi. Shu nilan birga, doimiy xarajatlarni qisqartirish zaruriyati kompaniyaga maxsus
xizmatlarni mustaqil bajarishdan ko‘ra tayyor xizmatni sotib olish afzalligini ko‘rsatadi.

Ko‘pgina kompaniyalar o‘z faoliyatlarini yuqori darajada ixtisoslashgan sohalarda

jamlashga harakat qiladi. Ular yordamchi faoliyat turlaridan, masalan, saqlash va tashish
xizmatlaridan voz kеchishadi, shu tariqa xizmatlar sohasining kеngayishini rag‘batlantiradi va bu
o‘z navbatida, xizmatlar sohasining o‘sishiga olib kеladi.

Bugungi kunda respublikamiz YaIMda, umuman, iqtisodiyotda xizmatlar sohasi yetakchi

o‘rin egallaydi. U milliy iqtisodiyot majmuining tarkibiy qismi hisoblanib, iqtisodiy
munosabatlarning umumiy tarkibida kiradi.

Hozirgi kunda xizmat ko‘rsatish sohasida asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

sub’yektlari faoliyat olib boradi. Xususan, turizm xizmatlari, aholiga yuqori saviyadagi transport
xizmatlarini ko‘rsatish, uy-xo‘jaliklarga zarur maishiy buyumlarni yetkazib berish, kiyim-
kechaklarni yuvish va ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlar shu xizmatlar tarkibiga kiritiladi.

Fikrimizcha, xizmatlar sohasining mamlakat iqtisodiyoti uchun ko‘plab naf keltiruvchi

tomonlari mavjud:

-

YaIM tarkibida katta hajmga ega;

-

aholi turmush darajasini oshishiga xizmat qiladi;

-

mamlakatda tovar va pul aylanishini tezlashtirishga yordam beradi;

-

yangi xizmatlar bozorini shakllantiradi;

-

aholining ish bilan bandligini ta’minlaydi;

-

hududiy infratuzilmaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi;

-

mamlakatdagi ichki va tashqi investitsiya hajmini oshiradi va hokazo.

Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda xizmatlar sohasining tutgan o’rnini baholash

barcha jarayonlar va bog’liqliklarni o’zida aks ettirishi lozim.

Xizmatlar iqtisodiy faoliyat turi sifatida anchadan beri mavjud. “Xizmat” tushunchasini

birinchi marta fanga klassik iqtisodiy maktab namoyandasi, frantsuz iqtisodchisi Jan Batist Sey
kiritgan bo‘lib, u “xizmatlarni faqat inson tomonidan emas, balki jism va tabiat kuchi tomonidan
ko‘rsatriladi” – deb hisoblagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

106

Klassik maktab namoyandasi iqtisodchi olim Adam Smit o‘z taqdiqotlarida xizmatga

mehnat sifatida qaraydi va u mehnat (xizmat) ishlab chiqarilish jarayonining o‘zida iste’mol
qilinishi, unumli va unumsiz mehnat (xizmat)larga bo‘linishini aytib o‘tgan. Shuningdek, Adam
Smit mehnat (xizmat) qiymat yaratmasligini, qiymat faqat moddiy sohada yaratilishini e’tirof
etgan.

Neoklassik maktab vakili Alfred Marshall xizmatlar to‘risida mantiqan asoslangan

fikrlarni aytgan va xizmat ko‘rsatish sohasining nazariy asoslarini shakllantirishga munosib hissa
qo‘shgan. A.Marshall xizmatlarni moddiy va nomoddiy, sezgi organlari vositasida ilg‘ab
bo‘lmaydigan natijalari sifatida talqin qilgan. A.Marshall barcha ne’matlarni moddiy va
nomoddiy ne’matlarga bo‘lgan, ularning barchasi mamlakatdagi ijtimoiy boylikni
shakllantirishda birday muhim ekanligini isbotlashga alohida e’tibor qaratgan. U birinchi bo‘lib,
insonning hayot faoliyatida va ehtiyojini qondirishida moddiy noz-ne’matning o‘ta mihim va
zarur ekanligini e’tirof etish bilan birga, ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmaydigan turli nomoddiy noz-
ne’matlarni va xizmatlarning ham katta ahamiyati borligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.

Xizmatlarning ko‘zga ko‘rinmaganligi sababli XX asrgacha iqtisodchi olimlar uni alohida

kategoriya sifatida talqin etmaganlar. Keyinchalik sanoat va fan-texnika taraqqiyoti natijasida
xizmatlar sohasi alohida iqtisodiy tizim sifatida ko‘zga ko‘rina boshladi. Natijada postindustrial
jamiyat vujudga keldi.

Postindustrial jamiyatning rivojlanishi “xizmat” kategoriyasini boyitdi. Keyinchalik,

qiymat boylikda emas, jonli mehnatda, ya’ni xizmat ko‘rsatishda yaratilishi to‘g‘risidagi nazariya
va g‘oyalar paydo bo‘la boshladi. Bu nazariya tarafdori Keynschilar maktabi asoschisi Jon
Meynard bo‘lib, u inson omilisiz har qanday moddiy boylik qotib qolishi va qiymat yaratmasligini
ta’kidlaydi.

Darhaqiqat, inson kapitalini oshirish innovatsiyalarni rivojlanishiga, buning natijasida

ko‘rsatiladigan xizmatlar miqdori va sifati oshishiga imkon beradi.

Shuningdek, ilmiy izlanishlarimizda servis tushunchasiga ham alohida e’tibor qaratish

talab etiladi. Ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan “xizmat” va “servis” kategoriyalarini bir biridan
farqlashda turli fikrlar va ziddiyatlar paydo bo‘lmoqda. Ba’zi iqtisodchilar xizmatga keng
ma’nodagi tushuncha sifatida qarashsa, ayrimlari servis xizmatga nisbatan keng mazmunga ega
ekanligini isbotlashga harakat qilishadi.

Servis ega bizningcha xizmat ko‘rsatishning tarkibiy qismi sanaladi. Bunga misol

tariqasida turizm xizmatlari keng ma’noda, uning tarkibiga kiruvchi mehmonxona servisi yoki
ovqatlanish servisi tor ma’moda qo‘llaniladi. Yoki boshqa bir misol ham keltirish mumkin,
sartaroshxona xizmatidan foydalanishga borgan mijozga choy, qahva yoki biron shirinlik yoki
jurnal varaqlash taklif etilsa bu servis hisoblanadi.

Xizmat ko‘rsatish va servisning keng yoki tor ma’noda tushunilishi sabablariga

to‘xtalmoqchi bo‘lsak, ayrim hollarda servis deganda tovar sotilgandan keyin ko‘rsatiladigan
xizmat, ya’ni yetkazib berish, o‘rnatish, ta’mirlash tushuniladi. Bu tomondan yondashsak, servis
tovar sotilgandan keyin mijoz ehtiyojlarini to‘liq qondirishdir. Shu bilan birga xizmat ko‘rsatish
bevosita amalga oshirilsa, servis bilvosita amalga oshiruilishuni ham aytish joiz deb, hisoblaymiz.
Xizmat foydali mehnat sarfi bo‘lsa, servisning foydali yoki foydasizligi ekanligining ahamiyati
yo‘q, servis inson tomonidan payqalsa bo‘ldi. Bugungi zamon talablaridan kelib chiqib


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

107

innovatsion xizmat turlari ko‘paymoqda.

Iqtisodiy rivojlanishning dastlabki bosqichlarida sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarining

rivoji mahsulotlarni yetkazib berish (transport sohasi), kommunal infrastrukturalar (suv, gaz,
elektr, oqava), ishlab chiqarishni moliyalash (banklar), mahsulotlar bozorini kengaytirish (axborot,
kommunikatsiya xizmatlari) va boshqa muhim xizmatlarga bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari,
mamlakatda mehnat unumdorligini va inson kapitalini oshirish (ta’lim, sog‘liqni saqlash), xalqaro
savdoni kengaytirish imkoniyatlari ham xizmatlar sohasining rivojini talab qiladi.

Mamlakatimiz YaIMning 38 %i va umumiy korxonalarning 60 % xizmatlar sohasiga

to‘g‘ri keladi. Respublikada jami band aholining 50 foizdan ortig‘i xizmatlar sohasining ulgurji va
chakana savdo (10,6 foiz), ta’lim (8,4 foiz), transport (4,8 foiz), davlat boshqaruvi (4,7 foiz),
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar (4,6 foiz) sohalarida faoliyat yuritib kelmoqda.

Solishtirish uchun Rossiya (56 foiz), Qozog‘iston (56 foiz), Belarus (50 foiz) va Janubiy

Koreyada (57 foiz) xizmatlar sohasida mamlakat yalpi daromadining yarmidan ko‘pi yaratiladi.

Xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlarini ham

rivojlantirish mumkin bo‘ladi. Shuning uchun mamlakatimizda xizmatlar sohasini rivojlantirish
uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanib mazkur
sohani barqaror rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotini yanada yuksaltirish mumkin bo‘ladi.

Bu esa o‘z navbatida xizmatlar sohasini iqtisodiyotimizning “lokomotiv”iga aylantirish

YaIMni 100 milliard dollardan oshirish va pirovardida mamlakatimiz daromadi o‘rtadan yuqori
bo‘lgan davlatlar qatoriga qo‘shilishiga zamin yaratadi.

REFERENCES

1.

Ikromov, E. (2024). THE IMPORTANCE OF MANAGERIAL WORK IN THE USE OF
MODERN MANAGEMENT PRINCIPLES AND METHODS. Modern Science and
Research, 3(1), 18-23.

2.

Ikromov, E. (2024). CLASSIFICATION OF LEADERSHIP STYLES IN THE MODERN
MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 615-621.

3.

Ikromov, E. (2023). PROBLEMS IN IMPROVING THE FORECASTING OF LOCAL
BUDGET REVENUES. Modern Science and Research, 2(10), 794-797.

4.

Akbarovna, N. N. (2024). OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF
CRYPTOCURRENCIES IN THE DIGITAL ECONOMY. Gospodarka i Innowacje., (45),
320-326.

5.

Akbarovna, N. N., & Bahodirovich, X. B. (2023). AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA
MOLIYAVIY

HISOBOTNING

XALQARO

STANDARTLARI

ASOSIDA

MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH TARTIBI.

6.

Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE
ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and
Research, 2(10), 712-717.

7.

Abidovna, A. S. (2024). FORMATION AND DEVELOPMENT OF CAREER AS
PERSONNEL TECHNOLOGY OF HUMAN RESOURCE MANAGEMENT.
Gospodarka i Innowacje., (45), 327-332.

8.

Toshov, M. (2024). STRATEGIC MANAGEMENT OF HIGHER EDUCATION. Modern


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

108

Science and Research, 3(2), 461-468.

9.

Toshov, M. (2024). PERSONNEL MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and
Research, 3(2), 603-608.

10.

To’rayevna, S. N. (2024). YANGI IQTISODIYOT VA UNING MOLIYA
BOZORLARIGA TA'SIRI. Gospodarka i Innowacje., (45), 333-339.

11.

Sodikova, N. (2024). THE MAIN DIRECTIONS OF PROVIDING THE BUSINESS
SECTOR WITH QUALIFIED PERSONNEL. Modern Science and Research, 3(1), 133-
139.

12.

Rasulova, N. N., & Jumaeva, Z. K. (2019). Uzbekistan oil and gas industry: history and
development prospects. Теория и практика современной науки, (5 (47)), 52-57.

13.

Жумаева, З. К. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ И НАПРАВЛЕНИЯ
РАЗВИТИЯ

ИНВЕСТИЦИОННОЙ

ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

В

РЕГИОНАХ

РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. In СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОЦИАЛЬНО-
ЭКОНОМИЧЕСКИХ СИСТЕМ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ (pp. 148-152).

14.

Khalilov, B. (2024). FOREIGN EXPERIENCE IN PERSONNEL MANAGEMENT.
Modern Science and Research, 3(2), 974-978.

15.

Xalilov, B. (2024). COBB-DOUGLAS PRODUCTION FUNCTION AND ITS
IMPORTANCE IN BUSINESS MATHEMATICS AND ECONOMIC ANALYSIS.
Modern Science and Research, 3(1), 754-758.

16.

Raxmonqulova, N. O. (2022). THE IMPACT OF THE DIGITAL ECONOMY ON
RESOURCE CONSUMPTION. In Современные проблемы социально-экономических
систем в условиях глобализации (pp. 476-480).

17.

қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ ҲУДУДЛАР
ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ ЎРНИ. " Экономика и туризм"
международный научно-инновационной журнал, 6(14).

18.

Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ
ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ.
САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.

19.

Базарова, М. С. (2020). Развитие внимания дошкольников посредством
дидактических игр. In Исследования молодых ученых (pp. 37-40).

20.

Khudoynazarovich, S. A. (2022). Features of evaluating the effectiveness of activities at
the Bukhara State University. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal,
10(11), 153-159.

21.

Shadiyev, A. (2022). FEATURES OF EVALUATING THE EFFECTIVENESS OF
ACTIVITIES AT THE BUKHARA STATE UNIVERSITY. ЦЕНТР НАУЧНЫХ
ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 23(23).

22.

Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE ACTIVITY IN
INCREASING

THE

COMPETITIVENESS

OF

HIGHER

EDUCATION

INSTITUTIONS. Modern Science and Research, 3(2), 1257-1261.

23.

Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE POTENTIAL IN
INCREASING COMPETITIVENESS. Modern Science and Research, 3(1), 933-938.

24.

Jumayeva, Z., & Nozimova, A. (2023). Palyno-Morphological Study of Allergenic Flora


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

109

of Samarkand, Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14(5), 533-541.

25.

Jumayeva, Z. (2024). THE MAIN WAYS OF EFFECTIVE WORK ORGANIZATION IN
THE MODERNIZATION OF THE ECONOMY. Modern Science and Research, 3(2),
366-370.

26.

Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

MAHALLIY

BUDJET

DAROMADLARINI

PROGNOZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR.

27.

Ibodulloyevich,

I.

E.

(2023).

MAHALLALARDA

KAMBAG’ALLIKNI

QISQARTIRISH

VA

TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISHNI

TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 504-507.

28.

Ikromov, E. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION
AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC
ADMINISTRATION BODIES. Modern Science and Research, 3(1), 939-946.

References

Ikromov, E. (2024). THE IMPORTANCE OF MANAGERIAL WORK IN THE USE OF MODERN MANAGEMENT PRINCIPLES AND METHODS. Modern Science and Research, 3(1), 18-23.

Ikromov, E. (2024). CLASSIFICATION OF LEADERSHIP STYLES IN THE MODERN MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 615-621.

Ikromov, E. (2023). PROBLEMS IN IMPROVING THE FORECASTING OF LOCAL BUDGET REVENUES. Modern Science and Research, 2(10), 794-797.

Akbarovna, N. N. (2024). OPPORTUNITIES FOR THE DEVELOPMENT OF CRYPTOCURRENCIES IN THE DIGITAL ECONOMY. Gospodarka i Innowacje., (45), 320-326.

Akbarovna, N. N., & Bahodirovich, X. B. (2023). AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI ASOSIDA MOLIYAVIY HISOBOTLARINI TUZISH TARTIBI.

Shamsiya, A. (2023). HR MANAGEMENT AND COACHING IN THE INNOVATIVE ECONOMY AS A METHOD OF BUSINESS MANAGEMENT. Modern Science and Research, 2(10), 712-717.

Abidovna, A. S. (2024). FORMATION AND DEVELOPMENT OF CAREER AS PERSONNEL TECHNOLOGY OF HUMAN RESOURCE MANAGEMENT. Gospodarka i Innowacje., (45), 327-332.

Toshov, M. (2024). STRATEGIC MANAGEMENT OF HIGHER EDUCATION. Modern Science and Research, 3(2), 461-468.

Toshov, M. (2024). PERSONNEL MANAGEMENT SYSTEM. Modern Science and Research, 3(2), 603-608.

To’rayevna, S. N. (2024). YANGI IQTISODIYOT VA UNING MOLIYA BOZORLARIGA TA'SIRI. Gospodarka i Innowacje., (45), 333-339.

Sodikova, N. (2024). THE MAIN DIRECTIONS OF PROVIDING THE BUSINESS SECTOR WITH QUALIFIED PERSONNEL. Modern Science and Research, 3(1), 133-139.

Rasulova, N. N., & Jumaeva, Z. K. (2019). Uzbekistan oil and gas industry: history and development prospects. Теория и практика современной науки, (5 (47)), 52-57.

Жумаева, З. К. (2019). СОВРЕМЕННЫЕ ТЕНДЕНЦИИ И НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ИНВЕСТИЦИОННОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В РЕГИОНАХ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. In СОВРЕМЕННЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ СИСТЕМ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ (pp. 148-152).

Khalilov, B. (2024). FOREIGN EXPERIENCE IN PERSONNEL MANAGEMENT. Modern Science and Research, 3(2), 974-978.

Xalilov, B. (2024). COBB-DOUGLAS PRODUCTION FUNCTION AND ITS IMPORTANCE IN BUSINESS MATHEMATICS AND ECONOMIC ANALYSIS. Modern Science and Research, 3(1), 754-758.

Raxmonqulova, N. O. (2022). THE IMPACT OF THE DIGITAL ECONOMY ON RESOURCE CONSUMPTION. In Современные проблемы социально-экономических систем в условиях глобализации (pp. 476-480).

қизи Рахмонқулова, Н. О. (2023). КИЧИК САНОАТ ЗОНАЛАРИНИНГ ҲУДУДЛАР ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДАГИ ЎРНИ. " Экономика и туризм" международный научно-инновационной журнал, 6(14).

Базарова, М. С., Шарипова, М., & Нуруллоев, О. (2021). “РАҚАМЛИ ИҚТИСОДИЁТ” ДА АҲОЛИНИНГ ИШ БИЛАН БАНДЛИГИ ХУСУСИЯТЛАРИ. САМАРҚАНД ДАВЛАТ УНИВЕРСИТЕТИ, 482.

Базарова, М. С. (2020). Развитие внимания дошкольников посредством дидактических игр. In Исследования молодых ученых (pp. 37-40).

Khudoynazarovich, S. A. (2022). Features of evaluating the effectiveness of activities at the Bukhara State University. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(11), 153-159.

Shadiyev, A. (2022). FEATURES OF EVALUATING THE EFFECTIVENESS OF ACTIVITIES AT THE BUKHARA STATE UNIVERSITY. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 23(23).

Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE ACTIVITY IN INCREASING THE COMPETITIVENESS OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS. Modern Science and Research, 3(2), 1257-1261.

Qudratova, G. (2024). THE IMPORTANCE OF INNOVATIVE POTENTIAL IN INCREASING COMPETITIVENESS. Modern Science and Research, 3(1), 933-938.

Jumayeva, Z., & Nozimova, A. (2023). Palyno-Morphological Study of Allergenic Flora of Samarkand, Uzbekistan. American Journal of Plant Sciences, 14(5), 533-541.

Jumayeva, Z. (2024). THE MAIN WAYS OF EFFECTIVE WORK ORGANIZATION IN THE MODERNIZATION OF THE ECONOMY. Modern Science and Research, 3(2), 366-370.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). MAHALLIY BUDJET DAROMADLARINI PROGNOZLASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISHDAGI MUAMMOLAR.

Ibodulloyevich, I. E. (2023). MAHALLALARDA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH. Gospodarka i Innowacje., 42, 504-507.

Ikromov, E. (2024). THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE ORGANIZATION AND CAPACITY BUILDING OF EXECUTIVE EMPLOYEE LABOR IN PUBLIC ADMINISTRATION BODIES. Modern Science and Research, 3(1), 939-946.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов