211
XORIJIY DAVLATLAR JINOYAT QONUNCHILIGIDA VOYAGA
YETMAGANLARGA NISBATAN JAZO TAYINLASH MASALALARI
Shavkatova Shahzoda Shavkat qizi
Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi
“Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi
2-bosqich 24-22-guruh o‘quvchisi
Telefon: +998941761769
shavkatovashakhzodabonu@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10378965
Annotatsiya.
Yurtimizda olib borilayotgan Jinoyat va Jinoyat protsessual qonunchiligi
normalarini rivojlantirishga qaratilgan islohotlardagi asosiy o‘rinni aholining ijtimoiy muhofaza
muhtoj qatlami, jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolar tizimini
liberallashtirish, shuningdek takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq
bo‘lmagan jinoiy jazolarni qo‘llash, javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalari va
qonunchilikni rivojlantirish egallaydi. Maqolada ba’zi xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida
voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlash masalalari xususida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
voyaga yetmaganlar, jinoiy jazo, liberallashtirish, xorijiy davlatlarning
jinoyat qonunchiligi, Armaniston va Tojikiston jinoyat qonunchiligi, Shvetsiya, Serbiya, Ukraina
va Latviya jinoyat kodekslari.
ВОПРОСЫ НАКАЗАНИЯ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ В УГОЛОВНОМ
ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВЕ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН.
Аннотация.
Основное место в проводимых в нашей стране реформах,
направленных
на
развитие
норм
уголовного
и
Уголовно-процессуального
законодательства, займет либерализация системы уголовных наказаний, назначаемых
нуждающимся в социальной защите слоям населения, в том числе несовершеннолетним, а
также совершенствование, применение уголовных наказаний, не связанных с лишением
свободы, вопросы ответственности и освобождения от наказания, развитие
законодательства. В статье рассматриваются вопросы назначения наказания
несовершеннолетним в уголовном законодательстве некоторых зарубежных стран.
Ключевые понятия:
несовершеннолетние, уголовное наказание, либерализация,
уголовное законодательство зарубежных стран, уголовное законодательство Армении и
Таджикистана, Уголовные Кодексы Швеции, Сербии, Украины и Латвии.
212
ISSUES OF SENTENCING MINORS IN THE CRIMINAL LEGISLATION
OF FOREIGN COUNTRIES
Abstract.
The main place in the reforms aimed at developing the norms of criminal and
Criminal Procedure legislation carried out in our country is occupied by the liberalization of the
system of criminal penalties imposed on the needy layer of social protection of the population,
including minors, as well as improvement, the application of criminal penalties not related to
imprisonment, issues of liability and The article deals with the issues of imposing penalties on
minors in the criminal law of some foreign countries.
Keywords:
minors, criminal punishment, liberalization, criminal law of foreign countries,
Criminal Law of Armenia and Tajikistan, criminal codes of Sweden, Serbia, Ukraine and Latvia.
Dunyoning turli davlatlarda o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning huquq va erkinliklari
hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonun hujjatlari mavjud. Tarixdan
ma’lumki, mamlakatlarda yuz beradigan iqtisodiy tanglik, avvalo, yoshlarning ongiga, yashash
tarziga taʼsir qilib, jinoyat yo‘liga kirishiga sabab bo‘ladi. Shu sababli ham bunday salbiy
holatlarning oldini olish, ularga qarshi kurashish uchun barcha mamlakatlar iqtisodiy
masalalardagi islohotlarini muntazam ravishda amalga oshirib boradi. Bundan ko‘zlangan maqsad
sodir etilayotgan jinoyatlarni oldini olish, unga barham berishdan iborat. Aytish mumkinki,
yoshlar tomonidan jinoyat sodir etilishi ertangi kun jinoyatchiligiga zamin yaratadi.
1
Bu borada Farg‘onada o‘tgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan yig‘ilishida
Prezident Shavkat Mirziyoyevning “viloyatda og‘ir jinoyatlarning 20 foizini va o‘ta og‘ir
jinoyatlarning 43 foizini aynan Qo‘qon shahridagi voyaga yetmaganlar sodir etgan. Achinarlisi,
47 nafar maktab va 18 nafar kollej o‘quvchilari jinoyatga qo‘l urgan. “Bu butun respublika
bo‘yicha eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi”
2
,- degan fikrlariga e’tobor qaratish lozim.
Yurtimizda olib borilayotgan Jinoyat va Jinoyat protsessual qonunchiligi normalarini
rivojlantirishga qaratilgan islohotlardagi asosiy o‘rinni aholining ijtimoiy muhofaza muhtoj
qatlami, jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolar tizimini
liberallashtirish, shuningdek takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jinoiy jazolarni qo‘llash, javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalari va qonunchilikni
rivojlantirish egallaydi. Mazkur masalalarni inobatga olib davlatning oliy hokimiyat organlari
1
Niyozova S., Allanova А., Hakimov К. Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi. O‘quv qo‘llanma. // Ma’sul
muharrir: yu.f.d. F.Taxirov – 18 бет.
2
213
qonunchilikni takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqdalar.
voyaga yetmaganlarga nisbatan tayinlanadigan jinoiy jazolar tizimini liberallashtirish ularni
takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni tayinlash,
javobgarlik va jazodan ozod qilish masalalarini rivojlantirish maqsadi bugungi kunda xorijiy
davlatlar jinoyat qonunchiligini o‘rganish, tahlil qilish va qonunchiligimizga tatbiq qilinishini
taqozo etadi.
Har bir mamlakatda shaxsning voyaga yetganlik yoshi belgilab qo‘yilgan, bu yoshni har
bir davlat aholisining rivojlanganligi va boshqa holatlarini hisobga olib belgilaydi. Shu kabi,
mamlakatlar jinoyat qonunchiligida jinoiy javobgarlikka tortish yoshi belgilangan bo‘lib,
shuningdek voyaga yetmay turib jinoyat sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yoki ijtimoiy
himoya qilish ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Ba’zi xorijiy davlatlarning jinoyat qonunchiligini o‘rganish va tahlil qilish, jinoiy jazo
tizimi, jazo tayinlashning ijobiy jihatlarini o‘rganib, qonunchiligimizga tatbiq qilish masalalariga
ahamiyat berish o‘rinli bo‘lar edi degan fikrdamiz.
Jumladan, Qirg‘iz Respublikasi Jinoiy kodeksining alohida bo‘limi “Voyaga yetmaganlar
jinoiy javobgarligining xususiyatlari”, 5 bobi “Voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi”
3
deb
nomlangan. Mazkur Kodeksning 77-moddasida voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligida oid
norma belgilangan. Unga ko‘ra, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar voyaga yetmagan shaxslar
hisoblanadi. Shuningdek, jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga tarbiyaviy taʼsir
o‘tkazuvchi majburiy chora-tadbirlar qo‘llanilishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Ushbu Kodeksning 78-moddasida voyaga yetmagan shaxslarga qo‘llaniluvchi jazo turlari
keltirilgan bo‘lib, quyidagilardan iborat: jamoat ishlari, jarima, ozodlikni cheklash, ozodlikdan
mahrum qilish. Tahlil qilinayotgan moddaning ikkinchi qismida agar voyaga yetmagan shaxs
sudlangan bo‘lsa va sinov muddati ichida yangi jinoyat sodir qilsa (og‘ir bo‘lmagan) sud qayta
ko‘rib chiqib, 63- moddasiga asosan sinov muddatini o‘rnatishi kerakligi ko‘rsatilgan.
Voyaga yetmagan shaxslarga jazo ushbu Kodeksning 53-moddasidan kelib chiqib, yashash
sharoiti, tarbiyasini, ruhiy tomondan rivojlanganligi va boshqa shaxsiy xususiyatlarini hisobga
olgan holda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida bu jinoyatlar xususiyatlari 6-bo‘lim, 15-
bob va 81- moddasidan boshlanadi. Bu boblarda jinoyat uchun jazo turlari va ular uchun
javobgarliklar to‘liq o‘z ifodasini topgan.
3
http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru.
214
Qirg‘iz Respublikasi Jinoyat kodeksining 80-moddasiga ko‘ra, voyaga yetmaganlarga
nisbatan jamoat ishlari qirq soatdan oltmish soatgacha belgilanadi va bu o‘qishdan tashqari bo‘sh
vaqtda bajarilishi kerak. Jamoat ishlarini davomiyligi 14-16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun
kuniga 2 soatdan, 16-18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarga kuniga 3 soatdan oshmasligi kerak. Ushbu
jazoning muddati bizning qonunchiligimizga nisbatan kam ekanligini guvohi bo‘ldik.
Mazkur davlatda voyaga yetmaganlarga nisbatan jarima jazosini qo‘llanilishiga eʼtibor
berish lozim. O‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun jarima qo‘llanishi mumkin, shuningdek
jarima ishlab topgan, mustaqil ish haqiga ega yoki mulkiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan
qo‘llaniladi.
Tahlil qilinayotgan Kodeksning 82-moddasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan
ozodlikdan mahrum qilish jazosining qo‘llanilish asosi keltirilgan. Unga ko‘ra o‘n sakkiz
yoshgacha bo‘lgan vaqtda jinoyat sodir qilgan shaxslarni ozodlikdan mahrum qilish:
-
uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun bir yil;
-
og‘irroq bo‘lgan jinoyati uchun uch yil;
-
og‘ir bo‘lgan jinoyati uchun besh yil;
-
o‘ta og‘ir jinoyat uchun o‘n yildan oshmasligi lozim.
Agar ko‘pgina jinoyatlar bilan birgalikda sodir etilgan holatda, yaʼni jinoyatlar majmui
tariqasida jazo tayinlanganda bu muddat o‘n yildan oshmasligi kerak.
Birinchi marta uncha og‘ir bo‘lmagan yoki og‘ir jinoyat sodir qilgan o‘n olti yoshgacha
bo‘lgan shaxslar uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin emas va boshqa
voyaga yetmaganlar ham birinchi marta uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etsa
ushbu jazoni qo‘llash mumkin emas. Ozodlikdan mahrum qilingan voyaga yetmagan shaxslar
jazoni tarbiya kaloniyalarida o‘taydi.
Aytish kerakki, mazkur davlat JKning 83-moddasida voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan
qo‘llaniladigan tarbiyaviy taʼsirga ega majburlov choralar qayd etilgan. Uncha og‘ir bo‘lmagan
jinoyatni birinchi marta sodir qilgan voyaga yetmagan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod
qilinishi mumkin, lekin majburiy choralar qo‘llanilishi natijasida shaxs yaxshi tomonga
o‘zgartirishni boshlash sharti qo‘yiladi.
Tahlil qilinayotgan moddaning ikkinchi qismida voyaga yetmaganlarga nisbatan
qo‘llaniladigan majburiy chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
ogohlantiruv, ota-ona yoki ularni bosuvchi shaxslar yoxud davlat organi xodimi nazoratiga
qo‘yishdan iborat. Shuningdek, voyaga yetmaganlar uchun bir nechta majburiy choralar
qo‘llanilishi mumkin, uning amal qilish muddati esa bir oydan uch oygacha bo‘lishi mumkin.
215
Bizning qonunchiligimizdan farqli ravishda mazkur davlat jinoyat qonunchiligida voyaga
yetmagan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan majburiy choralarning muddati ko‘rsatib o‘tilgan.
Armaniston Respublikasi Jinoyat kodeksi 14 bobida voyaga yetmaganlar jinoiy
javobgarligiga oid normalar belgilangan. Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan jazo tayinlash
Armaniston va Tojikiston jinoyat qonunchiligida nisbatan o‘xshashdir. Ushbu davlatlarda sud
voyaga yetmaganlarga nisbatan jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy qoidalariga rioya
qilishi, shuningdek voyaga yetmaganning rivojlanganlik darajasi, turmush sharoiti va tarbiyasini,
sog‘lig‘ini, katta yoshdagilarning va boshqa holatlarning uning shaxsiga taʼsirini hisobga olishi
lozim.
Armaniston Jinoyat kodeksining 86-moddasida voyaga yetmaganlarga tayinlanadigan jazo
turlari keltirilgan bo‘lib, ularga: jarima, jamoat ishlari, qamoq, ozodlikdan mahrum qilish kiradi.
91-moddasida, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan
voyaga yetmagan shaxslarga majburiy choralar qo‘llanilib, javobgarlik va jazodan ozod qilinadi,
deb belgilangan. Voyaga yetmaganlarga qo‘llaniladigan majburiy choralar: ogohlantirish, olti
oydan oshmagan muddatga ota-ona yoki ularni o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki o‘zini o‘zi
boshqarish organlari nazorati ostiga berish, yetkazilgan zararni sud tomonidan belgilangan
muddatda qoplashdan iborat bo‘lib, olti oygacha belgilanadi.
Jinoyat sordir etish vaqtida o‘n uch yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga
nisbatan bir necha hukm yuzasidan tayinlanadigan ozodlikdan mahrum qilish jazosi Armanistonda
o‘n ikki yildan oshmasligi kerak; Ukrainada o‘n besh yildan oshmasligi kerak.
O‘zimizning Jinoyat kodeksimizga keladigan bo‘lsak, ozodlikdan mahrum qilish jazosi olti
oydan o‘n yilgacha muddatda tayinlanadi.
Shvetsiya Jinoyat kodeksida o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinoyat sodir
etganligi uchun ushbu davlatda hech qanday jazo qo‘llanilmaydi.
Serbiya Jinoyat kodeksida o‘n to‘rt yoshga yetmagan shaxslar bola hisoblanadi, voyaga
yetmaganlarga o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha shaxslar kiradi. Shuningdek jinoyat sodir
etayotgan paytda o‘n to‘rt yoshga yetmagan shaxslarga nisbatan jinoiy jazo qo‘llanilmaydi.
4
Xulosa qiladigan bo‘lsak, ko‘pgina xorijiy davlatlar Jinoyat qonunchiligini qiyosiy tahlil
etar ekanmiz voyaga yetmaganlar huquq va erkinliklarini, manfaatlarini himoya qilish, voyaga
yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishining oldini olishda ularga tayinlanadigan jazolar
muhim ahamiyatga egadir.
4
Niyozova S., Allanova А., Hakimov К. Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi. O‘quv qo‘llanma. // Ma’sul
muharrir: yu.f.d. F.Taxirov – 18 бет.
216
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. 114 https://lex.uz/docs/153.
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi 2008 yil 7
yanvardagi O‘QR-139-son qonuni.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar
tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori.
5.
Sh.M. Mirziyoyev. https://www.gazeta.uz/oz/2023/07/28/youth/
6.
http://cbd.minjust.gov.kg/act/view/ru-ru.
7.
Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Yuridik texnikum o‘quvchilari uchun darslik. Mas’ul
muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 264 b.
8.
Niyozova S., Allanova А. Hakimov К. Voyaga yetmaganlar jinoiy javobgarligi. O‘quv
qo‘llanma. // Ma’sul muharrir: yu.f.d. F.Taxirov – 18 бет.