THE IMPACT OF MASS MEDIA ON THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN

HAC
Google Scholar
To share
To‘raqulova , M., & Xolboyeva, M. (2023). THE IMPACT OF MASS MEDIA ON THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL CHILDREN. Modern Science and Research, 2(12), 483–486. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27418
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the influence of mass media on the mental and intellectual development of preschool children in the process of preparing them for general secondary education, as well as the importance of many cartoons currently shown on television, and the skills of parents about this Conclusions and recommendations are given regarding the necessity


background image


483

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHIDA OMMAVIY

AXBOROT VOSITALARINING TA’SIRI

To‘raqulova Malohat Bahodir qizi

Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi

Xolboyeva Maftuna

Guliston davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10429074

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga

tayyorlash jarayonida ularning ruhiy va aqliy rivojlanishida ommaviy axborot vositalarining

ta’siri, shuningdek hozirgi kunda televideniya orqali namoyish etilayotgan ko‘pgina

multfilmlarning qay darajada ahamiyatli ekanligi va bu haqida ota-onalarda ko‘nikma ham

zarurligi borasida xulosa va tavsiyalar berilgan

Kalit so‘zlar:

Ommaviy axborot vositalari ( kompyuter, telefon, televizor...), axborot,

kommunikatsiya, innovatsiya, texnalogiya, oqim, vertual, informatsiya, glaballashuv.

THE IMPACT OF MASS MEDIA ON THE DEVELOPMENT OF PRESCHOOL

CHILDREN

Abstract.

In this article, the influence of mass media on the mental and intellectual

development of preschool children in the process of preparing them for general secondary

education, as well as the importance of many cartoons currently shown on television, and the skills

of parents about this Conclusions and recommendations are given regarding the necessity

Keywords:

Mass media (computer, telephone, television...), information, communication,

innovation, technology, flow, virtual, information, globalization.

ВЛИЯНИЕ СРЕДСТВ МАССОВОЙ ИНФОРМАЦИИ НА РАЗВИТИЕ ДЕТЕЙ

ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Аннотация.

В данной статье рассматривается влияние средств массовой

информации на умственное и умственное развитие детей дошкольного возраста в

процессе их подготовки к общему среднему образованию, а также значение многих

мультфильмов, показываемых в настоящее время по телевидению, и что думают по этому

поводу родители. Сделаны выводы и рекомендации относительно необходимости «никмы»

Ключевые слова:

средства массовой информации (компьютер, телефон,

телевидение...), информация, коммуникация, инновации, технологии, поток, виртуальный,

информация, глобализация.


background image


484

Ommaviy axborot vositalarining jadallik bilan rivojlanishi ta’sirida o‘sayotgan bolalarning

ham ota-onalarning ham qolaversa ta’lim va tarbiya berayotgan tarbiyachilarning ham oldida eng

muhim masala turibdi. Ya’ni “Bizning bolalarimiz qanday multfilimlar tomosha qilayapti?”,

“Maktabgacha yoshdagi bolalarimizni nega vertual o‘yinlar qiziqtirayapti?”. Shu kabi

savollarning javobi vaqtida o‘z yechimini topmasa, keyinchalik: “Farzandim nima uchun injiq,

beparvo?”, ”Farzandimni tushuna olmayapman!”, “Farzandimga nim a ta’sir qilyapti ekan?”, “Bu

masalani qanday yechsam bo‘ladi?” degan savollar va ikkilanishlar ro‘y berishi

mumkin.“Bolalarni ularning sog‘lig‘i va axloqiga zarar yetkazuvchi ma’lumotlardan himoya

qilish” nomli tadqiqotning xorijiy amaliyotni o‘rganishda quyidagi natijalarni ko‘rish mumkin:

Amerikalik psixologlarning ta’kidlashicha, teleko‘rsatuv va multfilmlarni haddan ortiq

ko‘rish bolalarda hadik, hayajon va ko‘rish qobiliyatining ham pasayishini yuzaga keltiradi. Agar

ota-onalar o‘zlari bilan birgalikda 9 oylik bolasi bilan shu tarzda televizor tomosha qilsa , bola

20% rivojlanishdan orqada qoladi. 3 yoshga yetganda esa 1 yilga, 12 yoshga yetganda esa 100

mingta zo‘ravonliklar va qotilliklarning guvohiga aylanib qolar ekan. Shuningdek, ota-onalarning

beparvoligi va uquvsizligi natijasida bolalarning ong jihatdan zaiflashuvi, rivojlanishdan orqada

qolayotganligini sezishimiz mumkin.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyavev bu tizmni chuqur tahlil qilib, shu paytgacha

ahamiyat qaratilmagan eng kichik jihatlariga ham e’tibor qaratdi. Bugungi kunda maktabgacha

ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlari va o‘quv tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini

takomillashtirish bilan birga ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan bolalarning har tomonlama

barkamol shaxs bo‘lib yetishishi, eng avvalo, maktabgacha ta’lim muassasasidan boshlanishi

dolzarb masala ekanligicha qolayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, faqat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida emas, o‘zimizning ham atrofimizga

qaraydigan bo‘lsak, insonlar hayotini ommaviy axborot vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Axborot texnalogiyalari ta’sirida ta’lim samaradorligini oshirishga bo‘lgan qiziqish va e’tibor

kuchayib borayotganligi hammamizga ma’lum. Ikkinchi tomondan esa bolalarning yengillikka

o‘rganib qolishlari ya’ni bilim olishda, ovqatlanishda, etik va estetik jihatdan, fikrlash va kreativ

qobiliyatlarining ham yuzakilashishini, beparvolikni ko‘rishimiz mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida ommaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanish, XXI asr

axborot asrining jadal rivojlanishi bolalarning bilim olishiga bo‘lgan qiziqishlarini sezilarli

darajada oshirish mumkin.Televideniya orqali namoyish etilayotgan videofilm va videoroliklardan

ranglarning uyg‘unlikdagi tasvirlarini, harakatlarini va tovush orqali namoyish etilishi bolalarning

kreativ qobiliyatlarini kengroq ochishga va yetkaza berish qobiliyatiga yordam beradi. Kompyuter


background image


485

bir vaqtning o‘zida matn, garfik tasvir, yozuv, ovoz, nutq va turli ma’lumotlarni tezlik bilan

takrorlay oladigan ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Bu vosita tarbiyachilar uchun

tarbiyalanuvchilar bilan mashg‘ulotlar davomida yangi tasvirlar va turli geometrik shakllardan

foydalangan holda qiziqarli va kulguli videorolik tayyorlash imkonini beradi. Bularning asosida

maktabgacha ta’lim tizmini sifat jihatdan yuksaltirishga va bolalarning kreativ rivojlanishi uchun

ommaviy axborot vositalarining ham o‘rni borligidir.

Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida turli tajribalar ham o‘tkazilmoqda.

Kanadalik psixolog A.Bandura o‘zining tajribasida ommaviy axborot vositalari orqali 3-7 yoshli

bolalar ishtirokida olib borgan. Ularga katta odamlar tomonidan qo‘g‘irchoqqa negativ munosabati

ifoda etilgan qisqa metrajli multfilm ko‘rsatilgan. Multfilm ko‘rib bo‘lgach, bolalarga 10-20 minut

o‘ynash imkoniyati berilgan. Eng e’tiborli tomoni shundaki, bolalarning aksariyat qismi aktyor

tomonidan ko‘rsatilgan film lavhasidagi agressiyani takrorlashga harakat qilgani kuzatildi. Chunki

u ko‘rgan multfilmdagi qahramon obraziga o‘zini qo‘yib idrok etadi. O‘zini multfilm qahramoni

bilan taqqoslash va andoza olish orqali yaxshi yoki yomon illatlarni o‘ziga singdiradi. Uning

fikriga ko‘ra, g‘arb kino mahsulotlari tufayli juda ko‘p bolalar urushqoq, qahri qattiq, qaysar va

johil bo‘layotganligi, normal insoniy hislardan ancha yiroq bo‘lib qolishlari ko‘rinar ekan.

Bunday hayotiy jarayonlar, tajribalar o‘tkazish juda havfli hisoblanadi. Bu bolaning ong

jihatdan zararlanishi- bu o‘liklik bilan tengdir. Tajriba tufayli kamida 10-15 kishi aqil, ong va

mafkuraviy, ma’naviy jihatdan jarohat olishi mumkin.

Bugungi kunda televideniya orqali namoyish etilayotgan multfilmlarning ham ijobiy ham

salbiy jihatlarini ko‘zdan kechirishimiz mumkin. Ijobiy taraflari: ranglar uyg‘unligini, o‘zaro

mutannosib harakatlanayotgan tasvirlar bolalarning kreativ qobiliyatlarining rivojlanishi,

o‘zgacha yondashuvlarni bundan tashqari “yolg‘onchi bolaning afsuslanishi”, “o‘g‘irlikning

alomatlari”, “qaysar bolaning ahvoli” singari videofilmlar yoki multfilmlar oraqali o‘rnak

olishlarini kuzatishimiz mumkin. Ilk yoshdan boshlab bolalarda gapirish madaniyati, so‘zlarni

vaziyatga qarab to‘g‘ri qo‘llash, etik, estetik va mehnat tarbiyasida ham ta’siri kuzatiladi. Shunday

multfilmlar, videofilmlar borki, bolalarning erkin fikrlashi, o‘ziga ishonchi, lug‘at boyligining

oshishi va yangicha yondashuvlari kuzatiladi. Besh qo‘l barobar bo‘lmaganidek, ommaviy axborot

vositalarining salviy ta’siri ham yo‘q emas, asosan hozirda ota-onalardan o‘rganishi kerak bo‘lgan

ta’lim-tarbiya jarayonlarini, o‘z xohishlarini bajarayotgan ommaviy axborot vositalari

hisoblanadi. Bolaning asosiy kuni oila muhitida kechadi. Shu sababdan ota-onalar mas’uliyatli

bo‘lishi talab etiladi. Ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘layotgan ya’ni oilamizda bolalarning


background image


486

yig‘lamasligi, ovunib turishi maqsadida, uhlatish jarayonlarida ham elektron “alla” lar mobil

telefonlar orqali qo‘yib berilayotganligini ko‘rmoqdamiz.

Yuqorida keltirilgan xorij tajribalari va turli ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, biz ham

globallashuv jarayonida farzandimiz tarbiyasiga ta’sir etuvchi innovatsion oqimlardan ogoh

bo‘lishimiz, bolalar uchun yaratilgan barcha narsalarni psixologik ta’sir quroli sifatida yoddan

chiqarmasligimiz kerak.

REFERENCES

1.

R.Yu. Mehmonov, D.K. Xusniddinova “Bolalar bog‘chasida komputer savodxonligi”.

2.

N.N. Begmatova “Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan

foydalanish uslubiyati”.( o‘quv-uslubiy qo‘llanma)

References

R.Yu. Mehmonov, D.K. Xusniddinova “Bolalar bog‘chasida komputer savodxonligi”.

N.N. Begmatova “Maktabgacha ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyati”.( o‘quv-uslubiy qo‘llanma)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов