METHODOLOGICAL METHODS OF MATHEMATICS TEACHING IN PRIMARY CLASSES

HAC
Google Scholar
To share
Inayatova, M., & Raximova, D. . (2023). METHODOLOGICAL METHODS OF MATHEMATICS TEACHING IN PRIMARY CLASSES. Modern Science and Research, 2(12), 870–873. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27261
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides scientific information about the didactic principles of mathematics teaching methodology in elementary grades. Information is based on facts.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

870

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA O'QITISHNING METODIK

USULLARI

Inayatova Maxsuma Sadiqjonovna

Raximova Dinara Atabekovna

Xorazm viloyati Gurlan tumani 3-umumiy o‘rta ta'lim maktabning

boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari

https://doi.org/10.5281/zenodo.10406593

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasining

didaktik tamoyillari

haqida ilmiy ma’lumotlar keltiriladi. Ma’lumotlar faktlarga asoslanib

xulosalanadi.

Kalit so’zlar:

pedagogik, Matematika, fan, hayot, ta’lim, o’quvchi, o’qituvchi, vazifa,

bilim, tamoyil, tizim, shakl.

METHODOLOGICAL METHODS OF MATHEMATICS TEACHING IN

PRIMARY CLASSES

Abstract.

This article provides scientific information about the didactic principles of

mathematics teaching methodology in elementary grades. Information is based on facts.

Key words:

pedagogy, mathematics, science, life, education, student, teacher, task,

knowledge, principle, system, form.

МЕТОДИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ МАТЕМАТИКИ В

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация.

В статье представлены научные сведения о дидактических принципах

методики преподавания математики в начальных классах. Информация основана на
фактах.

Ключевые слова:

педагогика, математика, наука, жизнь, образование, ученик,

учитель, задача, знание, принцип, система, форма.

Har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko'zlanadi. Ular orasida bittasi bosh maqsad

bo'lib hisoblanadi va uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi. Har bir alohida darsning
maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o'qitilayotgan mavzuning
mazmunini o'quvchilarga ochib beradi.

Bu holda yangi tushunchalar bilan o'quvchilarni tanishtirish bo'Isa, ikkinchi holda

tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror malaka va
ko'nikmalarni hosil qilish, to'rtinchisida, bilim, malaka va ko'nikmalarni tekshirish va h.k.
bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O'tilganiami
takrorlash oidin o'tilgan darslarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o'z ichiga
oladi. Yangi materialni bayon qiliih har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.

Maktablar tajribasi darsning ma'lum tizimini yaratdiki, ko'pchitik o'qituvchilar bu tizimga

rioya qilib, ma'lum yaxshi natijalarga erishmoqda. Odatda darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi
yoki o'tgan mavzu takrorlanadi, so'ngra o'tgan mavzu yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. Shundan
keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun o'quvchilarga misol va masalalar
yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

871

Dars oxirida uyga vazifa to'g'risida ko'rsatrnalar beriladi. Ba'zan, bu maqsadlardan bittasiga

bag'ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va
boshqalar unga bo'ysinadi.

Matematikadan dars turlari
Boshlang'ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko'rsatish mumkin.
a) o'quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalarni hosil

qilish darslari (Bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala yechish bilimlari hosil qilinadi);

b) turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko'nikmalarni mustahkamlash

darslari;

d) o'tilganlarni takrorlash, umumlashtirish darslari;
e) keyingi bosqichda xatolarning oldini olish maqsadida mustaqil bilim, malaka va

ko'nikmalarni tekshirish darslari. Har bir darsda turti xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi
mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish; oldin
o'tilganlarni takrorlash bilan o'quvchilarni yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlash; og'zaki
hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o'rganish (darsning asosiy bo'limi);
bolalarning oldin o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash; o'rganilgan bilimlarni
hisoblash; mashq, bilim va malakalarni qo'llash (darsning asosiy bo'timi); o'quvchilarni mustaqil
ishlatish va uni tekshirish; oldin o'zlashtirilgan materiallarni takrorlash; uyga vazifa berish; darsni
xulosalash.

Darsning asosiy qismlarini turti xilda va turli metodlar bilan birga qo'shib olib borish

mumkin.

O'qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni e'tiborga olishi kerak. Dars qanday

qismlardan iborat bo'lishi, ularni qanday ketmaketlikda joylashtirish, ular o'rtasida o'quv
materialini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-biriga qanday bog'lanishda, ular darsning asosiy
didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli miqdorda yordam berishini hisobga olishi kerak.

Boshlang'ich sinfda matematika darsining har bir qismi umumiy didaktik masalalarni

bajarishga qaratilrnog'i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o'zaro
bog'langan bo'lishi kerak. Alohida dars turlarining tarkibini qarab chiqamiz. Masalan:
o'quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qilish
darslari.

Darsning borishi. Darsni maqsadga rnuvofiq shunday boshlash kerakki, barcha

o'quvchilarni, o'quv vazifalarini faol bajarishga darhoI tortadigan bo'lsin. Shu maqsadda uncha
katta bo'lmagan mustaqil ishlarni kartochkalarga yozib borish kerak, bu esa o'quvchilardan masala
shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina yozishni talab qiladi. Bunday mustaqil ishlar
o'quvchilarni yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlaydi.

Darsning birinchi qisrnida agar uy vazifasi mazmun jihatdan yangi materialga bog'liq

bo'lsa, uni tekshirish ham rnumkin. Agar uy vazifasi yangi mavzuga bog'liq bo'lmasa, yangi
mavzuni o'tishda o'quvchilar uni qo'llarnasa, u holda yangi bilimlarni bayon qilish darsida uy
vazifasini tekshirish shart emas. Shunday qilib darsning birinchi qisrni o'quvchilarning faolligini
va diqqatini yo'naltirishga qaratilmog'i lozim, bu bosqichga uncha ko'p vaqt sarf qilmaslik kerak.

O'quvchilar diqqatini yo'naltirish usullaridan yana biri darsning mavzusi va maqsadini aniq

tushunarli e'lon qilishdir. Bunda albatta o'quvchilarning qiziqishini orttirish va muammoli vaziyat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

872

yaratish zarur. Masalan: o'quvchilar faqat hisoblashning og'zaki usuli bilan tanish bo'lsalar, ularga
ikkita uch xonali sonlarni qo'shish tavsiya qilinsa, bunday holatda o'quvchilar o'zlarining ortiqcha
bilim va malakalarini qo'llaydilar. O'quvchilar rna'lum qiyinchiliklardan o'tadilar. Shunday qilib,
oldindan o'rganilgan hisoblash jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin emasligiga ishonch hosil
qiladi.

Ikkinchi holda darsda o'quvchilar bilan qisqacha suhbat bilan olib borilishi mumkin.
Bunday darsdan bir xonali sonlarni ko 'paytirishni tushuntirishda foydalanish mumkin.
Yangi o'quv materialini o'zlashtirishga o'quvchilarning faol tayyorlash maqsadida oldin

o'zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi materiallar ko'pincha og'zaki
hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi materialni o'zlashtirishga qaratilgan misol va
masalalarni mustaqil yechish ham mumkin. Darsning ikkinchi qismida yangi matematik tushuncha
beriladi yoki arifmetik misollarning yangi turi yechiladi. Bu o'quvchilarning bayoni yoki suhbati
orqali olib boriladi. Ba'zan o'quvchiga buni mustaqil tanlab olish ham tavsiya qiladi. Masalan,
oldin o'tilgan mavzuga bog'liq holda masala yoki misol yechish maqsad qilib olingan bo'lsa, u
holda o'quvchilar bu misollarni mustahkamlash, mustaqil yechish orqali o'zlarining bilim va
malakalarini oshirishlari mumkin.

Yangi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o'quvchilarga keltirib chiqarilgan, xulosa,

muhokamalarni esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa berilishi kerak. Bu
vazifani bajarish yordamida o'tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va birinchi bor amaliyotga
tatbiq qilinadi. Birinchi vazifalar odatda jamoa bo'lib bajariladi. Ba'zan esa misol-masalalar
mustaqil bajarilgandan keyin, o'quvchilardan birortasi doskaga chiqib shu qoidaning to'g'riligini
misol, masala yechish orqali ko'rsatib beradi. O'quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi
bosqichda rasional bo'lgan yo'l topiladi.

Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga

erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni
ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi. Matematika olamni bilishning asosi
bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab
chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun
matematik madaniyat-umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Matematika fanini nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib,

o‘quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va
rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon qilish va
faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish-davr talabi.

Matematik ta’limga kompetensiyaviy yondashuv, o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va

kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy
ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy
yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o‘zgaruvchan
dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal egallashini taqozo etadi. Bu
esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida
standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

873

Matematika fanini o‘qitishda masalaning ahamiyati juda katta bo‘lib, bunda o‘quvchilarda

matematikaga bo‘lgan qiziqishni orttirish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirish
uchun ta’lim jarayonida amaliy va nostandart xarakterdagi masalalardan foydalanish maqsadga
muvofiq. Bunday masalalarni yechish o‘quvchilarda analiz, sintez, analogiya, umumlashtirish,
deduksiya va induksiya kabi mantiqiy mushohada yuritish faoliyatini, intuitsiya, egiluvchanlik va
moslashuvchanlik kabi fazilatlarni rivojlantirib, o‘quvchilarni olingan natijalar ustida tanqidiy
fikrlashga o‘rgatadi.

Ayrim hollarda amaliy va nostandart xarakterdagi masalalarning yechimi darhol

topilmasdan, bir necha bor urinishlar natijasidagina aniqlanilishi mumkinligi, bu maqsadga
erishish uchun tirishqoq bo‘lishlikni, ya’ni shaxsning irodalilik kabi juda ahamiyatli sifatlarni
tarkib topishiga imkon beradi. Eng asosiysi, bunday masalalarni yechilishi o‘quvchilarda natijaga
erishilganlik, yechim yo‘lining go‘zalligi va noan’anaviyligi bilan bog‘liq bo‘lgan ruhiy
ko‘tarinkilik bag‘ishlashi muhim ahamiyatga ega.

Umumiy o‘rta ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: O‘quvchilarda

kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur
bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish; jadal taraqqiy
etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda
mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish; milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash,
tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni
umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi
bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash; inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida
matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda
matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish; o‘quvchilarning individual
xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish; fanlar
integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni,
kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan
birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.

REFERENCES

1.

Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O’zinkomsentr, 2013

2.

Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M. E. “Birinchi sinf
matematika darsligi.” - T.: ”Sharq”.

3.

A’zamov A. ”Yosh matematika qomusiy lug’at”- Toshkent.: Qomuslar bosh tahririyati,
2014

References

Axmedov M va boshqalar Matematika 1, Toshkent.: O’zinkomsentr, 2013

Ahmedov M., Ibragimov P., Abdurahmonova N., Jumayev M. E. “Birinchi sinf matematika darsligi.” - T.: ”Sharq”.

A’zamov A. ”Yosh matematika qomusiy lug’at”- Toshkent.: Qomuslar bosh tahririyati, 2014

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов