METHODS AND MEANS OF DEVELOPING THE SPIRITUAL EDUCATION OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS BASED ON MEDIA TECHNOLOGIES

HAC
Google Scholar
To share
Mo’minova , M. (2023). METHODS AND MEANS OF DEVELOPING THE SPIRITUAL EDUCATION OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS BASED ON MEDIA TECHNOLOGIES. Modern Science and Research, 2(12), 357–363. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27275
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Today, the effective use of modern information technologies is considered the main factor in improving the quality and efficiency of primary education. This article provides detailed information about the methods and means of developing the spiritual education of elementary school students based on media technologies.

Similar Articles


background image


357

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARNI MEDIATEXNOLOGIYALAR ASOSIDA

MA`NAVIY TARBIYASINI RIVOJLANTIRISHNING USUL VA VOSITALARI

Mo’minova Marxabo Karomatillo qizi

Guliston davlat universiteti 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10407733

Annotatsiya.

Bugungi kunda boshlang’ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda

axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali foydalanish asosiy omil

hisoblanmoqda. Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini mediatexnologiyalar asosida

ma’naviy tarbiyasini rivojlantirishning usul va vositalari haqida atroflicha ma’lumotlar berib

o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Multimedia, media, maktab, axborotlar tezligi, intiluvchan, samaradorlik,

o’quv materiali, zamonaviy pedagogik, ma’naviyat, metodika, vosita, texnologiya, rivoyat, xalq

og’zaki ijodi.

METHODS AND MEANS OF DEVELOPING THE SPIRITUAL EDUCATION

OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS BASED ON MEDIA TECHNOLOGIES

Abstract.

Today, the effective use of modern information technologies is considered the

main factor in improving the quality and efficiency of primary education. This article provides

detailed information about the methods and means of developing the spiritual education of

elementary school students based on media technologies.

Key words:

Multimedia, media, school, speed of information, aspiring, efficiency,

educational material, modern pedagogy, spirituality, methodology, tool, technology, narration,

folklore.

МЕТОДЫ И СРЕДСТВА РАЗВИТИЯ ДУХОВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

УЧАЩИХСЯ МЛАДШИХ КЛАССОВ НА ОСНОВЕ МЕДИАТЕХНОЛОГИЙ

Аннотация:

Сегодня эффективное использование современных информационных

технологий считается главным фактором повышения качества и эффективности

начального образования. В данной статье представлена подробная информация о методах

и средствах развития духовного воспитания учащихся начальных классов на основе

медиатехнологий.

Ключевые слова:

Мультимедиа, медиа, школа, скорость информации, стремление,

эффективность, учебный материал, современная педагогика, духовность, методика,

инструмент, технология, повествование, фольклор.


background image


358

Hozirgi kunda ta’limni rivojlantirish unda sifat darajasini oshirish maqsadida innovatsion

texnologiyalarni qo’llanilishi keng tarqalgan metodik qo’llanmalardan

biriga aylandi. Bugungi kunda innovatsion texnologiyalarni talimda kiritilishi ta’lim

jarayonini osonlashtirdi desak adashmaymiz.

O’zbekiston Respublikasing “Ta’lim to’g’risidagi Qonuni”qabul qilingandan so’ng

mamlakatimiz ta’lim tizimida xususan boshlang’ich ta’limda keng qamrovli ijobiy ishlar amalga

oshirildi.

Ta’lim sifatini oshirish uchta eng asosiy tarmoqlarning birdek takomillashuviga bog’liq

bo’lib, ular umumta’lim muassasalarining moddiy texnika bazasini rivojlantirish, uni o’quv

metodik adabiyotlar bilan ta’minlash, o’quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot

texnologiyalarni tadbiq etishdan iborat.

Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llashda

o’qituvchining didaktik o’quv materiali, dars ishlanmalari kabilar kiradi.

Ta’lim tizimida ilg’or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli

ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini

mustahkamlash va byudjetdan mablag’ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar

ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga

ooshirish bo’yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga umumiy o’rta ta’lim muassasalarining mavjud holati ularning faoliyatidagi

tizimli muammolar va kamchiliklarni tezkor bartaraf etish mexanizmlarini yaratish, qishloq va

shahar maktablarining moddiy-texnik ta’minoti va ta’lim berish sifatidagi tafovutni qisqartirish

hamda o’quvchi-yoshlarning ta’lim olishlari uchun teng-sharoitlar yaratish zarurligini

ko’rsatmoqda.

Boshlang’ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda axborot texnologiyalardan

foydalanish katta ahamiyatga ega. Shu sababdan boshlang;ich sinf darslarini o’rganishda

rivojlantiruvchi muammoli hamda pedagogik texnologiyalarni asosiy jihatlarini o’zida ifodalovchi

“Multimedia- dars”, “Slaydli dars”, “Seminar dars” kabilarni qo’llash tavsiya etiladi. Seminar dars

o’quvchilarning mustaqil chiqishlarini jamlovchi, lozim topilgan paytda munozaraga asos

yaratuvchi dars hisoblanadi. Bunday darslarda o’qituvchi boshqarib, yo’naltirib turish vazifasini

bajaradi, o’quvchilar esa mustaqil ijodiy ishlovchi o’z fikriga ega shaxs sifatida o’quv faoliyatiga

kirishadilar.

“Multimediali darslar”dan foydalanish ham boshlang’ich ta’lim dars jarayonida sifat va

samaradorlikni oshirish imkonini beradi.


background image


359

Bu jarayonda o’qituvchi:

- o’quv materialini ko’rgazmali taqdim etadi;

- yangi materialni jadallik bilan yetkaza biladi;

- axborotlar tezligi va hajmini animatsiyalar ko’magida boshqara oladi;

Ta’lim sohasidagi barcha islohatlarning asosiy maqsadi ma’naviy jihatdan mukammal

rivojlangan insonlarni tarbiyalash, ta’lim tizimini takomillashtirish, dars jarayonlarini yangi

pedagogik va axborot texnologiyalari asosida har tomonlama zamon talabiga mos ravishda amalga

oshirishdan iboratdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim - tarbiya tizimida kompyuter va

axborot texnologiyalarining zamonoviy texnologiyalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor

berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o’quvchilarga turli fanlardan bilim beruvchi pedagog

kadrlarni axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng

avvalo bu sohadagi bilim va malaka darajalarini oshirish, ta’lim tizimini texnik jihatdan

ta’minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini to’la yaratib berish orqaligina samarali

natijaga erishish mumkin.

Ta’lim tizimi sifati va samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biri o’quv jarayonida

zamonaviy axborot kommunikasion texnologiyalarni, shu jumladan multimediyali o’quv

kurslarini qo’llash, o’qituvchi va o’quvchining interfaol o’zaro aloqalarini ta’minlash,

multimediali o’quv kurslari va darsliklarini ishlab chiqishda yuqori malakali kadrlarni jalb

etishdan iborat bo’ladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning tez taraqqiy etishi natijasida “media” atamasi

paydo bo’ldi. “Media” atamasi lotin tilidan (media, medium so‘zidan) olinib, qo’llanma, vositachi

ma’nolarini anglatadi. Media – bu jamiyatda to’g’ri va aylanma kommunikativ aloqa tizimi bo„lib,

insonlar bilan vaqtincha o’zaro aloqadorlikni yuzaga keltiruvchi va ularni qiziqtiruvchi,

chalg’ituvchi makondir. “Media” atamasi – XX asrda dastlab ommaviy madaniyatni

shakllantiruvchi vositalarga nisbatan qo’llangan. Yevropa Ittifoqi hujjatlarida ta‟riflanishicha,

mediata’lim – (media education) olingan axborot asosida o’z fikrini bildirishga qodir bo„lgan

mas’uliyatli fuqarolarni tarbiyalash maqsadida mediaga tanqidiy va o’ylab munosabatda bo’lish

sifatida tushunish kerak bo’lgan mediakompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan ta’lim.

Hozirgi kunda axborotlarning mazmunini ham, ularni ommaviy axborot tarmoqlari orqali

tarqatish usullari va yo‘llarini ham nazorat qilish amalda qiyin bo‘lib bormoqda. Axborotning

bunday aralash-quralashligi ta’sirida o‘quvchining mustaqil ravishda tafakkur qilishi muammosi,

uning qarashlarini, qadriyatlarini va ideallarini shakllanishi masalalari o‘quvchi ongida axborot

olamini tartibga solish yo‘llarini izlashni, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va


background image


360

ko‘nikmalari tizimini ishlab chiqish va shakllantirishni taqozo etmoqda. Boz ustiga jahondagi

ta’lim amaliyotida bu sohadagi izlanishlar o‘tgan asrning 70-yillaridayoq boshlangan va,

pedagogika fanida o‘ziga xos yo‘nalish – medaiata’lim paydo bo‘lib, shakllanib bormoqda.

“2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash

to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 yildagi PF-134-sonli Farmonida,

Xalq taʻlimi vazirligiga multimedia ilovalarini ishlab chiqish talabi qoʻyilgan, unga koʻra maxsus

elektron tizimlar (S-testing, Onlinedu, Raqamli darsliklar va boshqalar) orqali multimedialar berib

borilishi aytib oʻtilgan. 2022-yil yakuniga qadar yangi avlod darsliklari uchun 10 ta mobil elektron

resurs va 100 ta multimedia mahsulotlarini yaratish koʻzda tutilgan.

Mutaxassislar tomonidan tayyorlangan elektron resurslar oʻquvchilarning bilimlarini

toʻldirishga xizmat qiladi. Mavzular yuzasidan shaklllantirilgan multimedia mahsulotlari,

oʻqituvchiga koʻmakchi, ota-onalarga yoʻl koʻrsatuvchi, oʻquvchiga esa bilimlarni mukammal

oʻzlashtirish imkonini beradi. Multimedialar orqali oʻquvchilar oʻzlariga mediataʻlim beradilar.

Turli mamlakatlarning koʻplab olimlari "media muhiti", "media madaniyati", "media taʼlimi",

"media savodxonligi" kabi asosiy tushunchalarni shakllantirishning bir necha usullarini aytib

oʻtishgan.

Media taʼlim – (ing. media education, lot. media – degan maʼnoni anglatadi). "Taʼlim"

tushunchasining oʻzi nafaqat kasbiy va ilmiy bilimlarni, balki maʼnaviy meʼyorlar va madaniy

qadriyatlarni takror ishlab chiqarishni, toʻplashni taʼminlaydigan ijtimoiy institutdir. Media taʼlim

talabalarni ommaviy kommunikatsiya (matbuot, televideniye, radio, kino, video, internet va

boshqalar) qonuniyatlarini oʻrganishga qaratadi.[4]

Media taʼlimning asosiy vazifalari: yangi avlodni zamonaviy axborot sharoitida hayotga

tayyorlash, turli maʼlumotlarni idrok etish, insonni uni tushunishga oʻrgatish, uning psixikaga

taʼsirining oqibatlarini anglash, taʼsir qilish usullarini oʻzlashtirish va ogʻzaki boʻlmagan

shakllarga asoslangan muloqot texnik vositalardan foydalangan holda munosabatga kirishish

demakdir. Jamiyat va davlat rivojida taʼlim va media taʼlimning roli kattadir. Mediataʼlim orqali

dunyoning yetakchi mamlakatlari taʼlim sohasining ustivorligiga erishdi. Bugungi kunda yangi

sifatli taʼlimga erishish uchun taʼlimni axborotlashtirish va oʻqitish uslublarini optimallashtirish,

ochiq taʼlim texnologiyalaridan faol foydalanishni amalga oshirish zarur.

1

Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning

o’rni beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg’ulari ,ilk hayotiy tushcha va

1

M.Omonova .’’Oila ma’naviy –axloqiy tarbiya o’chog’i’’ Toshkent.2010 yil ‘’Nashr –XA’’nashryoti

5-bet


background image


361

tasavvurlari birinchi galda oila bag’rida shakllanadi. Bolaning xarakteri,tabiati va dunyoqarashini

belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar –yaxshilik va ezgulik,,oliyjanoblik,va mehr –oqibat

,or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi

tabiiydir.

2

Prezidentimizning 2020 yil 18 –fevraldagi PF-5938-sonli farmoniga muvofiq.

‘’Jamiyatda ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirish, oilalarni qo’llab quvvatlash to’g’risida’’gi

qarorlari ayni muddao bo’ldi. Mahalladagi muhitni sog’lomlashtirish uchun turli sport

o’yingohlari, to’garaklar,qiziqishlarini hisobga olgan holda bellashuvlar, musobaqalar, bayramlar,

mehr-muruvvat tadbirlari uyushtilisa farzandlarni bo’sh vaqtlari bo’lmaydi.

Hayotning mazmunini to‘g‘ri tushuntirish, farzandlarga odob- axloqni o‘rgatish, ezgu

ishlarga odatlantirishda xalq pedagogikasining yuqorida ta’kidlangan tarbiya metodlaridan

foydalaniladi. O‘git va nasihat metodi xalq og‘zaki ijodining turli janrlarida o‘z aksini topgan.

Masalan, xalq maqollari o‘git va nasihat shaklida beriladi:

-Yaxshi bo‘lsang kelinchak, bo‘la ko‘rma erinchak.

- Eling senga cho‘zsa qo‘l, unga doim sodiq bo‘l.

- Ko‘kka boqma, ko‘pga boq.

-Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan.

-Yo‘qni borday qil, bomi bolday qil.

-Yaxshilik qilsang, yashir, yaxshilik ko‘rsang, oshir.

-Obro‘ topaman desang - kamtar bo‘l.

Manaviyatni targ’ib etuvchi yana bir rivoyatni misol keltimoq joizdir. Boshlang’ich sinf

o’qish darsliklaridan birida “Ma’naviyatli xalqni yengib bo’lmaydi” ertagida bir podshoning

yurtini dushmanlar bosib olmoqchi bo’lib ularga elchi yuborib taslim qilmoqchi bo’lganda

podshoning huzuriga bir yupun kiyingan bir bola qo’lida so`z bilan ajoyib kuy chalib barchani lol

qoldirishiga ko’ra podshoh unga katta e’tibor qaratib yonginasida olib

o’tirganini hayrat bilan o’z

podshosiga so’zlab beradi. Buni

eshitgan podshoh shunday deydi; ”Shunday, ulkan yurtning shoxi

bir kichik mashshoxga shuncha izzat–ikrom ko’rsatibdimi, demak bu xalq ma’naviyati yuksak

ekan, ma’naviyatli xalqni esa yengib

bo’lmaydi’’

deb tan bergan ekan.Xaqiqatdan ham

ma’naviyatli xalq har jihatdan kuchli va mustahkam irodali xalq hisoblanadi.

Ma’naviyat va axloq o’z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqo`zo

etadi. Ma’naviy-madaniy tarbiyaatizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ular inson tomonidan, uning

2

Sh.M.Mirziyoyev ’Jamiyatda ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirish, oilalarni qo’llab quvvatlash to’g’risida’’gi 2020

yil 18 .02 PF5938 –sonli farmoni


background image


362

voqea-hodisalar, kishilar hamda o’z xulqiga nisbatan his-tuyg’ularni uyg’otishga rag’bat paydo

qiluvchi tarbiyaviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-

atvorni tarbiyaviy ishlar tashkil etadi. Shunga ko’ra, ma’naviy-axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni

shakllantirishga undovchi rag’bat bilan hosil bo’ladigan faoliyat eng asosiysi bo’lib hisoblanadi.

Ma’naviyat insonning falsafiy-huquqiy, diniy-axloqiy tasavvurlarini aks ettiruvchi ma’naviy

manba hisoblanadi. Shunga asosan, u kishilarni bir-birlariga yaqinlashtiradigan va ularni

hamjihatlikka erishishga yordam beradigan, hamkorlikning yangi qirralarini ochadigan boylikdir.

Ma’naviyat tariximiz, qadriyatlarimiz asosini tashkil etib yoshlarni madaniy boyliklarga hurmat-

e’tibor va ularni yanada rivojlantirish, kelajakda iqtisodiy taraqqiyoti kuchli mamlakatni qurishga

undab, zamonaviy bilimlarni, yuksak tajribalarni egallashga chorlaydi. Ma’naviyat tushunchasiga

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday ta’rif berganlar: “Ma’naviyat – insonni ruhan

poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat iymon-

e’tiqodini butun qiladigan, vijdoni uyg’otadigan kuch. Insonning barcha qarashlarining

mezonidir”. Inson ma’naviyatining mohiyati bir-biri bilan uzviy bog’langan ma’naviy-axloqiy,

ilmiy-amaliy, mafkuraviy fazilatlarning yaxlit tizimi ekanligini unutmasligimiz darkor. Ma’naviy

madaniy tarbiyatarbiya haqida so’z yuritganimizda, axloq tushunchasiga e’tibor qaratishimiz

lo`zim. “Ma’naviyat – insonning ma’lum darajadagi jismoniy, aqliy va ruhiy balog’ati va

dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir”.

3

A.Erkayevning fikricha, “ma’naviyat – insonning ijtimoiy-madaniy mavjudot sifatidagi

mohiyatidir, ya’ni insonning mehr-muruvvat, adolat, to’g’rilik, sofdillik, vijdon, or-nomus,

vatanparvarlik, go’zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikkka nafrat, iroda, matonat va shu kabi

ko’plab asl insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, mushtaraklik kasb etgan majmuidir”.

Har qanday millatni avvalo ma’naviy madaniyatini yuksaltirish dastlab oilaning ta’sir

kuchidan boshlanadi, chunki insonning ilk hayotiy tushunchalari eng sof va pokiza tuyg’ulari,

tasavvurlari oila bag’ridan boshlanadi. Bolaning xulq-atvori, tabiati, ma’naviy mezon va qarashlari

yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-oqibat, or- nomus va andisha kabi muqaddas

tushunchalar poydevori oila sharoyitida qaror topishi tabiiydir. Zero, avlodlarimiz tajribasidan

ma’lumki, oila jamiyatning negizi bo’lib hisoblangan va ko’p asrlik mustahkam ma’naviy

tayanсhga egadir. Bu tayanch tajribalari albatta, oiladagi asta sekinlik bilan bobolar o’giti,

momolar maslahati, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.

3

Erkaev A. “Ma’naviyat – millat nishino”. T.: “Ma’naviyat”. 1997, 27 bet.


background image


363

Oilada tarbiya topib keyingi ta’limni, madaniyatni, dunyoqarashni, jamoaviy birdamlikni,

umummadaniy xislatlarni maktabgacha ta’lim maskanidan, maktabdan to’plab borishadi.

Boshlag’ich sinf o’quvchilarining ma’naviy madaniyatini shakllantirishda oilaning qo’llab

quvvatlashi bilan turli teatr tomoshalari, saylgohlarga sayrlar, milliy kuy qo’shiqlar konserti va

turli to’garaklar, ommaviy kitobxonlik kechalari, kutubxonalarga tashrif buyrib taniqli shoir va

yo`zuvchilar bilan davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil etilishi o’quvchi yoshlarda milliy

ma’naviy salohiyatini oshirish omillariga zamin yaratadi.

Xalq og'zaki ijodi namunalarida jasurlik, mardlik, sadoqat, insoniylik, xushxulqlilik

xislatlariga ega bo'lgan inson qiyofasi gavdalangan. Ibtidoiy turmush tarzi hamda odamlar

o'rtasidagi munosabatlar mazmuni insonlarda ana shunday sifatlarning shakllanishini taqo`zo

etgan. Bilimlilik, xushxulqlilik, muayyan kasb yoki hunarga ega bo'lish inson ma’naviy kamolotini

belgilovchi asosiy ko'rsatgichlar hisoblangan.

REFERENCES

1.

Sh.M.Mirziyoyev ,,Jamiyatda ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirish, oilalarni qo’llab

quvvatlash“

2.

2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash

to‘g‘risida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022- yildagi PF-134-son

farmoni va uning 1-ilovasi – // Elektron manba.

3.

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T: 2008

4.

M.Omonova .’’Oila ma’naviy –axloqiy tarbiya o’chog’i’’ Toshkent.2010 yil ‘’Nashr –

XA’’nashriyoti 5-bet to’g’risida’’gi 2020 yil 18 .02 PF5938 –sonli farmoni

5.

Abdullaev M. Tarbiya, ma’naviyat, ma’rifat. Muloqot. 1999. №3. 11-13 b.

6.

Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. –T.: Fan, 2006.

7.

6.Erkaev A. “Ma’naviyat – millat nishino”. T.: “Ma’naviyat”. 1997, 27 bet

References

Sh.M.Mirziyoyev ,,Jamiyatda ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirish, oilalarni qo’llab quvvatlash“

2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022- yildagi PF-134-son farmoni va uning 1-ilovasi – // Elektron manba.

Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T: 2008

M.Omonova .’’Oila ma’naviy –axloqiy tarbiya o’chog’i’’ Toshkent.2010 yil ‘’Nashr –XA’’nashriyoti 5-bet to’g’risida’’gi 2020 yil 18 .02 PF5938 –sonli farmoni

Abdullaev M. Tarbiya, ma’naviyat, ma’rifat. Muloqot. 1999. №3. 11-13 b.

Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. –T.: Fan, 2006.

6.Erkaev A. “Ma’naviyat – millat nishino”. T.: “Ma’naviyat”. 1997, 27 bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов