THEORETICAL FOUNDATIONS OF ENSURING INTERDISCIPLINARY CONNECTION IN ELEMENTARY SCHOOL TECHNOLOGY CLASSES

HAC
Google Scholar
To share
Jo’rayeva, D., & Farmonova, S. (2023). THEORETICAL FOUNDATIONS OF ENSURING INTERDISCIPLINARY CONNECTION IN ELEMENTARY SCHOOL TECHNOLOGY CLASSES. Modern Science and Research, 2(12), 392–396. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27302
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the theoretical foundations of providing interdisciplinary connection to primary school students through technology lessons are highlighted on the basis of textbooks.

Similar Articles


background image


392

BOSHLАNG‘ICH SINF TEXNOLOGIYA DАRSLАRIDА FАNLАRАRO

BOG‘LIQLIKNI TА’MINLАSHNING NАZАRIY АSOSLАRI

Dilnoz Jo’rayeva Raxmidinovna

Buxoro davlat pedagogika instituti o’qituvchisi

Farmonova Sarvinoz Ulug’bekovna

Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi

тел: 91 4039844

juraevadilnoza423@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10409032

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarini texnologiya darslari orqali

fаnlаrаro bog‘liqlikni tа’minlаshning nаzаriy аsoslаri darsliklar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: texnologiya darslari, integrasiya, kasb tanlash, kasb-hunarga yo’naltirish,

modelyer, konstruktor, bichiqchi.

THEORETICAL FOUNDATIONS OF ENSURING INTERDISCIPLINARY

CONNECTION IN ELEMENTARY SCHOOL TECHNOLOGY CLASSES

Abstract. In this article, the theoretical foundations of providing interdisciplinary

connection to primary school students through technology lessons are highlighted on the basis of

textbooks.

Key words: technology lessons, integration, career choice, career guidance, fashion

designer, designer, carpenter.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ МЕЖПРЕДМЕТНЫХ СВЯЗЕЙ НА

УРОКАХ ТЕХНОЛОГИИ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ

Аннотация. В данной статье на основе учебников излагаются теоретические

основы обеспечения межпредметной связи учащихся начальных классов посредством

уроков технологии.

Ключевые

слова:

уроки

технологии,

интеграция,

выбор

профессии,

профориентация, модельер, дизайнер, плотник.

Kirish:

Texnologiya fanini umumtaʻlim fanlari bilan oʻzaro integratsiyasi va oʻquvchilarni

kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etish boʻyicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: jadal

rivojlanayotgan raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yangi bilimlarni

oʻzlashtirish va amalda qoʻllashning tobora ortib borayotgan ahamiyati milliy iqtisodiyotning

raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strategiyalarining samaradorligini belgilovchi omillardan


background image


393

kelib chiqqan holda integratsiyalash tizimini ishlab chiqish va yoʻnalishlarini belgilash;

globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos, nostandart masalalarni ijodkorlik yondoshuvi

asosida yecha oladigan oʻquvchilarni tarbiyalash masalasini amalga oshirish uchun muayyan

fikrlash modellari zarur, oʻquvchilarda bunday fikrlash modellarini shakllantirishda

integratsiyalash funksiyalarini belgilash; yuqori kasbiy kompetentlikka ega, raqobatbardosh

kadrlar tayyorlash, taʻlimda innovatsiyalar, oʻqitishning zamonaviy, interaktiv va ijodiy

uslublarini keng joriy etish oʻquvchilarning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va oʻz-

oʻzini baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini

rivojlantirishga yoʻnaltirilgan integratsiyalash tendensiyalarini aniqlash; texnologiya fanini

rivojlantirish doirasida zamonaviy texnologik jihozlar, kasblar dunyosi bilan tanishish, oʻquvchi-

yoshlarni turli ijtimoiy sohalarda mustaqil ravishda mehnat qiladigan yoʻnalishini topish, ularni

toʻgʻri kasb tanlashga yoʻnaltirishda integratsiyalash darajalari va amalga oshirish shakllarini

ishlab chiqish. Texnologiya fanini oʻqitishda fanlararo bogʻliqlikni tashkil etuvchi oʻquv modullari

quyidagilarni tashkil etadi:

ilmiy-texnik maʻlumotlar va texnologik hujjatlar toʻplami;

texnologik jarayonlar va tizimlar;

materiallar va ularning tarkibini oʻrganish;

modellashtirish va konstruktorlik loyihalash ishlari;

konstruktorlik va ixtiro masalalarini yechish;

yuqori texnologiyalar;

texnologiyalarni boshqarish;

loyiha ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish.

Texnologiya va tasviriy san’at.

Tasviriy san’at darsi bilan texnologiya darsi chambarchars

bog‘liqdir. Bu ikki fan har doim bir-birini to‘ldirib boradi. Chunki yasalgan narsa va buyum tasviri

avval chiziladi. Shu chiziqlar asosida kerakli shakllar qirqiladi.

Texnologiya darslarda rasmlarning tutgan oʻrni nihoyat kattadir, chunki birorta detal yoki

buyumni yasashdan avval uning rasmi yoki eskizi chiziladi va oʻquvchilarga koʻrsatiladi.

Oʻquvchilar ham ana shu rasmlarni daftariga koʻchirib chizib oladilar.

Oʻquvchilar ana shu rasmlar orqali oʻsha detal yoki buyum toʻgʻrisida tasavvur hosil

kiladilar. Koʻrinib turibdiki, bu erda oʻquvchilarda har xil rasmlar chizish malakasi ham shakllana

boradi. Lekin tajribalardan ma’lumki, rasm chizish oson ish emas. Koʻpgina oʻquvchilar racm

chizishga oid etarli ma’lumot va malakaga ega boʻlmaganliklaridan bu ishni bajarishda


background image


394

qiyinchiliklarga duch keladilar. Shu sababli oʻqituvchi mehnat darslarda oʻquvchilarga

buyumlarning texnik rasmi, eskizi, yaqqol tasviri, perespektiva, rasmlarni chizishdagi ish

ketmaketligi shuningdek, ranglarni farqlash, ularni mutanosib joylashtirish va shu kabilar hakida

ham tushuncha berib borishga toʻgʻri keladi.

Texnologiya va matematika.

O‘quvchilar matematika darslarida o‘rgangan son, sanoq son

yig‘indi, ayirma, mavzularini texnologiya darsida ishlatishi mumkin. Masalan: O‘quvchilar

daraxtda bir necha olma mevalarni sanab chiqib qirqadilar. Mevalarni qirqishda sanoq asosida

doira shakllari chizib qirqiladi. Barcha olingan bilimlar texnologiya darsida mustahkamlanadi.

Texnologiya ta’limi darslarida oʻquvchilarga toʻgʻri burchak, perpendikulyar va parallel chiziqlar,

toʻgʻri burchakli uchburchak va toʻgʻri toʻrtburchak kabi shakllarni hosil qilishga oid tushunchalar

zarur boʻladi. Bulardan tashqari, oʻquvchilar mehnat darslarida simmetriya oʻqi, shakllarni

simmetrik chizish, aylana, urinmalar oʻtkazish chizgʻich, goʻnya, transportir, burchak oʻlchagich,

sirkul kabi turli asboblar yordamida detal yoki buyumlarning burchaklarini, yoy markazlarini,

toʻgʻri va egri chiziqli boshqa oʻlchamlarini aniqlashlariga toʻgʻri keladi. Bunday paytlarda

geometriyaga oid boʻlgan ilmlar zarur boʻladi.

Texnologiya va jismoniy tarbiya.

Mehnat ta’limi darslarining asosiy qismi amaliy

mashgʻulotlardan iborat. Shu sababli oʻkuvchilarning amaliy mashgulotlarda charchab

qolmasliklari koʻp jihatdan ularning jismoniy chiniqishlariga bogʻliqdir. Bundan mehnat va

jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini oʻzaro muvofiqlashtirish zarur degan oqilona xulosa kelib

chiqadi.

Texnologiya va adabiyot.

Mehnat ta’limi darslarida adabiyot fanining bogʻglanishi sezilarli

darajada namoyon boʻladi. Chunki adabiy asarlarda mehnat tarbiyasi va mehnatsevarlik gʻoyalari

ufurib turadi. Mehnat ta’limi darslarida bulardan omilkorlik bilan foydalanish, zarur parchalarni

oʻqib berish kerak. Shuningdek, mashhur shoirlar oʻtmishda ustalar tomonidan yasalgan ajoyib

moslamalardan foydalanganliklarini ham eslatib oʻtish mumkin. Masalan, oʻquvchilarga kitob

qoʻyib oʻqish uchun moʻljallangan lavha haqida ma’lumot berish bilan bevosita Nizomiy, Al-

Xorazmiy, Abduraxmon Jomiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Muqimiy, Furqat kabi allomalarimizning

ijodiy faoliyatlariga toʻxtalib, ular mana shu moslamadan, ya’ni lavhdan foydalanib kitob mutoala

qilganliklarini aytib oʻtish oʻrinlidir. Shoir Hisrav esa, mashhur shoir boʻlish bilan birga mohir

duradgor usta boʻlganligini eslatib oʻtish maqsadga muvofiq boʻladi. Bulardan tashqari, nazariy

va amaliy darslarda oʻlchov olishlarini xalq ogʻzaki ijodi bilan bogʻlash ham mumkin. Bu oʻrinda

quyidagi xalq maqollarini keltirish oʻrinlidir: "Etti oʻlchab bir kes", "Rejasiz ish-qolipsiz gʻisht",

"Sanamay sakkiz dema" va boshqalar. Mehnat ta’limi muallimlari oʻz darslarida mehnat,


background image


395

mehnatkash insonlar tugʻrisidagi badiiy asarlar oʻquvchilarga tavsiya qilishlari natijalarni tekshirib

borishlari orqali ulardan mehnatga muhabbat, hurmat tuygʻularini oʻstirish, mehnatga ongli

munosabatda boʻlish, ijodkorlikka intilish kabi xislatlar tarkib topishiga yordam berishlari darkor.

Texnologiya va ona tili.

Ona tili darslarida o‘rgangan mavzular texnologiya darslarida ham

qo‘llash mumkin. Masalan: Sifat mavzusi texnologiya darsining ko‘p mavzularida qo‘llanadi.

Orttirma, qiyosiy daraja, kamaytirma musbat tushunchalar bo‘ladi. Ranglarni bir-biridan farqi:

Qizil, qip-qizil, qizg‘ish, katta, kattaroq, kichikroq. Hayotda nutq va tilning ahamiyati nihoyatda

muhimdir. Hammamizga ma’lumki, sobiq Sovet Ittifoki davrida oʻzbek tiliga, atamalarga, tilning

lugʻat, boyligiga e’tibor susaydi. 1989 yilda Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat tili toʻgʻrisida"

Qonunning qabul qilinishi mehnat ta’limini oʻqitish ishlariga ham oʻz ta’sirini koʻrsatdi.

Mavzularni bayon qilishda ona tiliga mos holda ayrim atamalarning oʻzbekcha shaklini koʻrsatish

lozim. Jumladan, verstakni-dastgox, remontni-ta’mir, slesarni-chilangar, lineykani-jazbar,

xolodilnikni-sovutgich kabi oʻnlab atamalarni misol qilib keltirish mumkin. Shular qatorida ayrim

soʻz va atamalar borki, ularni oʻzbekchalashtirish mumkin emas, chunki ular ifodalangan narsa va

bular ilgari bizda ishlatilmagan, shuning uchun oʻsha soʻzlarni oʻzgarishsiz qoʻllash lozim boʻladi.

Bunday soʻzlarga sirkul, otvyorka, rezba, rezina, montaj, plastmassa, agregat, seyalka, borona,

voltmetr, ampermetr, radio, lampa, diod, zubilo, shtangensirkul, transportir, stanok kabi atamalarni

misol qilib koʻrsatish mumkin. Shuningdek, ona tili darslarida ayrim mavzularni oʻrgatish

jarayonda kasbhunarga oid misollarni qoʻllash orqali ham fanlarni bir-biriga bogʻlash mumkin.

Texnologiya va o’qish.

O‘qish darslarida o’quvchilar masal, ertak, sh’er, hikoya o‘qishadi.

O‘rganilganlar asosida texnologiya darsida applikatsiya yasash mavzusi bo‘ladi. Masalan: 1-

sinflarda „Bo‘g‘isoq”, „Sholg‘om“ va yana boshqa o’zbek xalq ertaklari asosida applikatsiya

yasaladi. Applikatsiyani bajarishdan oldin o‘quvchi tomondan ertak so‘zlab beriladi.

Texnologiya va tarix.

Tarix fani bilan bog‘liqligi qog‘oz mavzusini o‘tishda uning kelib

chiqishi tarixi, kulolchilk, naqqoshlik, kashtachilik, misgarchilik, yog‘ochsozlik tarixi haqida

o‘quvchilarga tushuncha beriladi. Bunda o‘quvchilarga milliy an‘analarimizga nisbatan muhabbat

uyg‘otishadi. Koʻhna va navqiron oʻlkamiz koʻp ming yillik tarixga, madaniy merosga ega.

Oʻlkamizda xalq hunarmandchiligi, naqqoshlik, me’morchilik kabi oʻnlab noyob kasblar ravnaq

topgan. Qoʻli gul ustalar tomonidan ajoyib buyumlar yasalgan, muhtasham binolar qurilgan.

Ularning ishlarini fidoiy shogirdlar davom ettirib kelganlar, shuning uchun biz moziyga,

oʻtmishimizga nazar tashlamasdan turib, hozirgi hayotimizni, kelajakdagi turmushini gullatib

yashnata olmaymiz. Zero Birinchi Prezidentimiz Islom Abdugʻanievich Karimov ham "Tarixiy


background image


396

xotirasiz kelajak yoʻq"deb bejiz aytmagan. Barkamol avlodni tarbiyalashda tarix fani maktabdagi

mehnat ta’limi darslarida alohida ahamiyat kasb etadi.

Texnologiya va ekologiya.

Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti sharoitida ish asboblari va

xom ashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish kun tartibidagi asosiy talablardan boʻlib qoldi.

Amaliy mashgʻulotlarda xom ashyolardan va asbob-uskunalardan tejamsiz, palapartish

foydalanish pirovard oqibatda ekologiya muammosiga kelib taqaladi. Shuning uchun

oʻquvchilarga yogʻoch, metall, plastmassa kabi materiallarni berayotganda nima uchun bu xom

ashyolarni tejamkorlik bilan ishlatish zarurligini aytib oʻtish lozim. Ularga bu narsalarning uzoq

davrlar mobaynida va qanday yoʻllar bilan vujudga kelishini hamda tabiatga qanchalik ta’sir

koʻrsatkichi yoki bogʻliqligini gapirib oʻtish mumkin.

Texnologiya va tabiatshunoslik.

Texnologiya fanining tabiyatshunoslik fani bilan

bog‘liqligi darslarda o‘quvchilar tabiat in’om etgan barglar, urug‘lar, mevalar, postloq, daraxt

shoxlari, parranda patlari, loylardan o‘yinchoqlar, applikatsiyalar yasashadi.

Yuqorida aytilgan fikrlar mehnat talimidagi fanlararo uzviy bogʻlanishlar ta’lim

samaradorligini oshirishdagi muhim omil ekanligini koʻrsatadi. Bilamizki, bitta darsni birdaniga

hamma fanlar bilan bogʻlab oʻtib boʻlmaydi, balki oʻrganiladigan mavzuga mos keluvchi

tushuncha va ma’lumotlarni tanlab olib, zarur paytda ulardan foydalaniladi. Shuningdek, mehnat

darslarida boshqa fanlar, jumladan chet tili, iqtisod kabi fanlardagi tushunchalardan ham keng

foydalanish mumkin.

REFERENCES

1.

Milliy o‘quv dasturi “Texnologiya”

2.

Karimov I va boshq. Mehnat ta'limi darslarida fanlararo bog'lanishlar.T.:RTM,2008.-37 b

3.

Karimov I.Mehnat ta'limi o'qitish texnologiyalari.-T.:2012

References

Milliy o‘quv dasturi “Texnologiya”

Karimov I va boshq. Mehnat ta'limi darslarida fanlararo bog'lanishlar.T.:RTM,2008.-37 b

Karimov I.Mehnat ta'limi o'qitish texnologiyalari.-T.:2012

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов