Inson ma’naviyatini oshirishda kitobning oʻrni. (Bolalar adabiyoti)

HAC
Google Scholar
To share
Sarmisakova, N. (2024). Inson ma’naviyatini oshirishda kitobning oʻrni. (Bolalar adabiyoti). Modern Science and Research, 3(1), 1–4. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27882
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ma’naviyat inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy , huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida ,,ma’no’’so’zi yotadi.


background image


Inson ma’naviyatini oshirishda kitobning oʻrni.

(Bolalar adabiyoti)

Nigina Sarmisakova.

Toshkent amaliy fanlar universiteti,Gavhar

koʻchasi.1,(niginasarmisakova@gmail.com)998976870221

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439369

Kalit so`zlar

: Ma’naviyat, Kitobxonlik, jamiyat, yoshlar, Prezident, kitob,internet.

Anatatsiya

Ma’naviyat inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy , huquqiy, ilmiy, badiiy,
axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi. Ma’naviyat atamasining asosida ,,ma’no’’so’zi yotadi.

Kirish

Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin
doʻst va bebaho boylik hisoblanadi. Inson hayotida
uning oʻrni muhim. Millatning maʼnaviy-ruhiy
dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga
qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga
munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror
yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois
yurtimizda

aholining

kitobxonlik

madaniyatini

yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 14-dekabr kunidagi “2020-2025-yillarda
kitobxonlik madaniyatini

rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash milliy dasturini
tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 781-son Qarorida belgilab
berilgan vazifalar oʻzining dolzarbligi bilan muhim
ahamiyat kasb etadi. Shu bois Malaka oshirish instituti
Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda
targʻibot qilish, yangi kitoblar taqdimotini oʻtkazish,
mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-
axborot vositalari orqali targʻibot-tashviqot ishlari
muntazam ravishda olib borilmoqda. Olimlar, ziyolilar,
mamlakat

va

millat

kelajagi

uchun

chuqur

qayg‘urganlarni yaqin-yaqingacha bir narsa qiynab
kelardi: nega yoshlarimiz, umuman, fuqarolarimiz
o‘rtasida kitobxonlik madaniyati pasayib ketdi, nima
uchun yerdan ko‘kka ko‘taradigan, bizni barkamollik
sari yetaklaydigan, insonlar qalbiga yorug‘lik va iliqlik
kiritadigan, oq bilan qora, yaxshilik bilan yomonlik,
vayronkorlik bilan bunyodkorlikning farqini ongli
ravishda anglatishga yordam beradigan, insoniyat
tomonidan yaratilgan eng noyob kashfiyot – kitobning
qadri tushib ketmoqda? Nima sababdan ayrimlar kitob
o‘qiganlarni zamondan orqada qolayotganlar qatoriga
qo‘shib qo‘ymoqda?

Darhaqiqat, bu savollar barchamizni qiynar edi. Men
shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2016 yil 19
oktabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII
s'yezdidagi saylovoldi ma'ruzasida bildirilgan ayrim
fikrlari xususida to‘htalmoqchi edim. Ma'ruzada
bugungi

kunda

axborot

kommunikatsiya

texnologiyalari, Internet tizimini keng rivojlantirmasdan
turib, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va
yangilash, barqaror taraqqiyotga erishish haqida so‘z
yuritish mumkin emasligiga e'tibor berilgan.

Ayni

paytda, - deydi Shavkat Miromonovich, - axborot-
kommunikatsiya

sohasidagi

oxirgi

yutuqlarni

o‘zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o‘qishga
bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st
bo‘lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada
oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim bo‘ladi. Buning
uchun,

avvalo,

milliy

adabiyotimiz

va

jahon

adabiyotining

eng

sara

namunalarini

ijtimoiy

tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ‘ib qilishga
alohida e'tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb
etadi

”.

(“XXI asr”, 2016, 20 oktabr).

METOD:

Mamlakatimiz

rahbarining

kitob,

kitobxonlik

madaniyatini

yaxshilash

to‘g‘risida

kuyunib

gapirayotganliklarining

chuqur

falsafasi

bor

.

Birinchidan, yuqorida qayd etilgani kabi, kitob

insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma'naviy
quvvatini

oshiruvchi

buyuk

kuch

hisoblanadi.

Ikkinchidan, kitob insoniyatning tarixiy xotirasi,
barchamizni o‘z ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy zaminimizni
mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga
qodir mash'ala hisoblanadi.Shuning uchun ham bizning
yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish har doim
ham millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini
ko‘rsatuvchi muqaddas tushunchalar hisoblanadi.
Arastu hakimdan Abu Ali Ibn Sinoga, Aflotundan-Abu
Rayhon Beruniygacha, Jaloliddin Rumiydan- Alisher
Navoiygacha,

Sohibqiron

Amir

Temurdan-

Muhammadsharif Gulxaniygacha yuzlab, minglab
mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi,


background image


zamonlar oshsada ahamiyati yo‘qolmaydigan tadqiqotu
kashfiyotlari faqat va faqat kitob orqali yuz berdi.
Ularning bugungi avlod tomonidan chuqur o‘rganilishi,
ular ilmiy-ma'rifiy bisotiga bot-bot murojaat qilishning
sababi ham mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan
kitoblar tufaylidir.

Sharqda axloq-odob borasida buyuk asarlar yaratgan
Muhammad Jabalrudiyning kitob haqidagi quyidagi
firklariga bir quloq tutaylik:

Ey aziz! Kishi uchun

kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir.
Kitob fasohat, balog‘atda, latofatda tengi yo‘q,
munofiqlikdan holi hamrohdir. Yolg‘izlikda va g‘amli
ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina.
U shunday hamdamki, so‘zlarida yolg‘on va xato
bo‘lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malollik yetmaydi. U
o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi.
U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g‘iybat qilib
yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli
foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa
olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga
zarar yetadi. Kitobdek do‘st ichida barcha ilmu hilm
mujassamdirki, u kishilarni o‘tmishdan va kelajakdan
ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham “Kitob aql
qal'asidir”, deganlar”.

BOLALAR ADABIYOTI

— bolalar va oʻsmirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy,
ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmui.
Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi.
Jahon xalqlari, shu jumladan oʻzbek xalqi Bolalar
adabiyoti tez aytish, topishmoq, oʻyin qoʻshiqlari,
rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari
aksariyat qismi bolalarga moʻljallab yaratilgan og‘zaki
ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini
bevosita bolalarga moʻljallab yaratilgan va aslida
bolalarga moʻljallanmagan boʻlsada, keyinchalik
Bolalar adabiyotiga oʻtib qolgan asarlarga ajratish
mumkin. Bolalar adabiyotining oʻziga xos xususiyati —
oʻzgaruvchan hodisa boʻlib, u kitobxon yoshi, tarixiy
davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog‘liq. Kitobxon
yoshini hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy
xususiyatlaridandir. Masalan, maktabgacha yoshdagi
bolalarda bu koʻrgazmalilik, ezgulik va yovuzlik
kuchlarining

oddiy

koʻrinishdagi

ziddiyatlariga

asoslangan boʻlsa, oʻsmirlar uchun yaratilgan
adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning
ruhiyati ochila boshlaydi. Bolalar adabiyotining yana bir
xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar
adabiyotida syujetga boʻlgan talab ham kelib chiqadi. U
voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga
boy ravishda yechilishini talab qiladi. Sharq yozma
adabiyotida

«Pandnoma»,

«Mav’izatnoma»,

«Nasihatnoma», «Axloq kitoblari» singari nomlar bilan
tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyotining dastlabki
namunalari

hisoblanadi.

Masalan,

Kaykovusning

«Mav’izatnomai Kaykovus» («Qobusnoma»), Shayx
Savdiyning «Guliston» va «Boʻston», Jomiyning
«Bahoriston» asarlari shular jumlasidandir. Bular
tarjima vositasida oʻzbek Bolalar adabiyotiga kirib
kelgan. . Oʻzbek Bolalar adabiyotida ayniqsa, adabiy
ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va

Baxtiyor, «Semurg‘yoki Parizod va Bunyod»,
Mirtemirning «Ajdar», Shukur Sa’dullaning «uch ayiq»,
«Ayyor chumchuq», Zafar Diyorning «Yangi ertak»,
«Toshxon bilan Moshxon», «Tulkining hiylasi», Sulton
Joʻraning «Zangor gilam» va «Qaldirg‘och» singari
adabiy ertaklari xalq og‘zaki ijodi an’analari asosida
yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy
asarlar sirasiga kiradi. 30-yillarda oʻzbek bolalar
she’riyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi. 40-
60-yillarda oʻzbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi,
bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi
Toʻxtaboyev, Tolib Yoʻldosh, Farhod Musajonov, Latif
Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi.
Uyg‘un, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad,
Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari
kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar
yaratdilar. Quddus Muhammadiyning besh kitobdan
iborat «Tabiat alifbosi» yosh kitobxonlarni ona tabiatga,
hayvonot va oʻsimliklar dunyosiga mehr-muhabbat
ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yoʻg‘rilgan,
mavzular rang-barangligi va tasvirning mukammalligi
bilan e’tiborga sazovor

.

Yurtimizda boʻlib oʻtyotgan

kitobxonlik tanlovlarini faqat katta yoshlardagi
oʻquvchilar , talabalar uchun emas, balki boshlang‘ich
sinfdagi bolajonlar uchun ham tashkillashtirish kerak.
Bolam hali kichkina , hali vaqt bor , katta boʻlsa oʻzi
oʻrganadi degan gaplar va oʻylar bilan farzandning
vaqtini va kelajagini ham barbod qilishadi ba’zi ota-
onalar. Psixologlarning aniqlashicha bola 3 yoshgacha
70% tarbiyani va ozgina boʻlsa ham hayotiy koʻnikmani
egalar ekan. Qolgan 30% esa umri davomida oʻrganib
borar ekan. Farzandni kitobga jalb qilish uchun ma’lum
yosh belgilanmagan . Ona vujudida farzand 9 oy
davomida shakllanadi. Mana shu jarayon davomida ham
onalarimiz kitob oʻqishsa uni foydasi bor. Toʻg‘ri balki
u hech nimani anglamaydigan bir parcha goʻshtdir.
Lekin u onaning vujudidadir. Oʻsha vujud orqali his
qiladi. Chet el mamlakatlarining ayrimlarida yosh
bolakayning boʻsh vaqti yoq ekan hatto. Boʻsh boʻldi
deguncha ularni kitob mutolaasiga jalb qilar ekan.
Bizda esa farzandlarni aqlini tanishguncha erkin
qoʻyishadi. Ha bir gap boʻlar , oʻziga kerak boʻlsa oʻqidi
bir kun boʻmasa otasi oʻqimagan u ham oddiy ishchi
boʻladi degan oʻy koʻpchilikning miyasida qolib ketgan.
Mana shu narsa eng katta xatolikdir. Oʻsha muhitda
boʻshliq paydo boʻladi kegin. Odamlar 2 turga bolinadi
bu hayotda. Kitob oʻqidiganlar va kitob oʻqiganlarni
eshitadiganlar . Mana shuni ikkinchi turiga kirishsa ham
xursand boʻlishi kerak. Chunki eshitishni bilish ham , u
eshitganidan xulosa chiqarish ham inson uchun
yutuqdir. Koʻp kitob oʻqigan odam bilan gaplashsez
mazza qilasiz. Gaplari oʻrnida , koʻp gapirmidi , koʻp
kulmaydi har bir gapi marvaridek terilgan boʻladi.
Ularni eshitgan sariz madaniy xordiq olasiz. Boy
odamni uyida katta kutubxonasi boʻladi, Kambag‘al
odamni uyida katta televizori boʻladi. Mana hayotdan
asl boylik nima ekan. Kitob oʻqidiganlar har doim
televizor koʻradiganlarni boshqarishadi. Agar boy va
baxtli boʻlishni istasang , ma’naviy saboqni yaxshilab
yodlab ol degan ekan bir olim.

,,Kitobxon bolajon’’ nomli musobaqa tashkil qilish
kerak boshlang‘ich sinf oʻquvchilari uchun. Ya’ni bunda


background image


2,3,4 – sinf oʻquvchilari ishtirok etadi. Bu meni fikrim ,
taklifim. Bu tashkiliy musobaqani bosiqchlari qanday
boʻladi?

Bu tanlovda bolalarga ota-onalar tomonidan yordam
kerak boʻladi.

Ular uchun maxsus kitoblar roʻyxati tuzuladi.

(ertak kitoblar).

1,, Boʻg‘irsoq’’

2 ,, Zumrad va Qimmat’’

3,,Sholg‘om’’

4 ,,Echki bolalari’’

5 ,,Tulki va turna’’

6 ,, Aytsam ishonmaysiz’’

7 ,, Qizil qalpoqcha va yovuz bo‘ri’’

8 ,,Baliqchi’’

9 ,, Oltin tarvuz’’

10 ,,Non va tilla’’

Bu kitoblar asosan rasmlardan iborat.

Aynan

sahnalashtirish uchun ham mos.

Bu yoshdagi bolalarga koʻproq ig‘vo, g‘iybat,
munofiqlikdan yiroq boʻlgan ertaklar yoqadi. Negaki,
yaxshi , mukammal tarbiya olgan bola boshqalarga hech
bir ozor yetkasmasligini, takabburlik qilmasligini , hech
kimga haqorat koʻzi bilan qaramasligini , rostgoʻy
boʻlishini

kichkintoylar

avvalgi

davr

bolalar

kitobxonligida tavsiya etilgan kitoblar orqali bilib
olishgan. Demak,u oʻzidan kattalarga hurmatli,
kichiklarga shafqatli va marhamatli, Shirin soʻzli va
xushmomila boʻlishni oʻrganib oladi. Bolalarni kitobga
boʻlgan qiziqishlarini yanada oshiradi. Faqat matnlardan
iborat

boʻlsa

ham

bola

zerikishi

mumkin.

https://ziyouz.uz/eng-sara-asarlar/newsweek-jahon-
adabiyoti-tarihidagi-eng-yahshi-100-kitob/

saytidagi

kitoblarni oʻquvchilarga maslahat beraman.

Bolalar yozuvchilari ichida Anvar Obidjon , Xudoyberdi
Toʻxtaboyev kitoblari alohida ajralib turadi.

Bu musobaqa sinflar oʻrtasida uyushtiriladi. Yani
nechta ikkinchi sinf guruhlari boʻlsa shu sinflar
oʻrtasida.

Birinchi hafta 1 ta ertak kitobni oʻqish va
sahnalashtirish uchun tanlaymiz.

Ota-onalar ertak qahramonlarini 1 tadan tanlab olishadi.

Hafta davomida onajonlarimiz yoki dadajonlarimiz
farzandiga shu ertakni oʻqib ,tanlab olgan roʻliga
tayyorlashlari lozim.

Barcha ota -onalar farzandlarini tayyor qilganidan
soʻng, oyni oxirida kattaroq tadbir sifatida sahnada
namoyish qilishsa boʻladi.

Bu tanlovda bolajonlarimiz uchun oʻzlarini
yoshiga mos maxsus sovg‘alar beriladi.

Ya’ni kelajakda koʻproq kitob oʻqib , spark avtomabilini
yutishlari , harakat qilishlari uchun ularga fundament
boʻladi. Ular mana shu narsalardan ruxlanadi,
mativatsiya olishadi. Asta-asta har bir bolada koʻnikma
hosil boʻladi. Darslar ham qiziqarli boʻladi.

Xulosa

Hayotni zoʻr boʻlishi , saodatli boʻlishi faqat pulga

bog‘liqmas. Ma’naviyatiz boʻlmasa obro-e’tibor
hammasi befoyda. Bizning dunyomiz – bizning oʻy-
qarashlarimizning aksidir. Ongni oʻzgartirmay turib, bu
olamni oʻzgartirish imkonsizdir. Kengroq fikrlashni
oʻrganishimiz lozim. Choʻntagi boy , ruhi qashshoq
boʻlgan insonlarning ahvollari juda jirkanch . Chunki
ular , har narsaning narhini bilishadi, ammo qadrini
bilishmaydi. ,,Odamning ulug‘vorligi uning boʻyi bilan
oʻlchanmaganidek , xalqning ulug‘ligi ham,uning soni
bilan oʻlchanmaydi,yagona oʻlchovi uning aqliy
kamolati va axloqiy barkamolligidir’’ – degan ekan V.
Gyugo. Kitob o‘z mavqeiga qarab qalbni tiriltiruvchi,
shuurni uyg‘otuvchi, haqiqatni bildiruvchi, insonni
tarbiya qiluvchi, jamiyatni poklovchi bir omildir.
Sohadagi bugungi o‘zgarishlar, yangilanishlar kitobxon
ruhiyatini qanchalik o‘zgartiradi, deb o‘ylaysiz?

– Bu boradagi bugungi islohotlar, yangiliklar juda katta
g‘alaba, tafakkurning, ma’naviyatning tantanasi, deb
bilaman. Ko‘rgazma-yarmarka bahona vatanimizga
Buyuk Britaniya, Rossiya, Germaniya, Qozog‘iston,
Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Turkiya kabi davlatlardan
tashrif buyurgan soha jonkuyarlari biznikilar bilan o‘zaro
tajriba almashdi, qolaversa, mamlakatimizda bo‘layotgan
ruhoniy, iqtisodiy o‘zgarishlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdi,
yangilanish, yuksalishlarga amin bo‘ldi. Bu ham nur
ustiga a’lo nur degani.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev dastlab: “Kitobsiz
kelajak yo‘q!“ degan go‘zal hukmni e’lon qildi. So‘ng
mamlakatlar Prezidentlariga kitob tuhfa qilish urfini joriy
etdi.

Tarixiy

muloqotlar

vaqtida

Shavkat

Mirziyoev

Turkmaniston

Prezidenti

Gurbanguli

Berdimuhamedovga O‘zbekistonda chop etilgan buyuk
valiy shoir Maxtumquli saylanmasini sovg‘a qilganida,
Turkmaniston Prezidenti kitob eng yaxshi tuhfa ekanini
ta’kidlab, Prezidentimizga minnatdorlik bildirgan edi.

Davlatimiz rahbari Rossiyaga qilgan safari vaqtida ham
Vladimir Putinga ulug‘ san’at arbobi Igor Saviskiyning
faoliyati jamlangan kitobni hadya qildi.

Tojikistonga qilgan safarida esa Imomali Rahmonga
hazrati Aburahmon Jomiyning “Muhabbat maxzani”
kitobini hadya qildi. Bu kitobga Mavlono Jomiyning
g‘azaliyotidan namunalar, Sulton Husayn Boyqaroga
bag‘ishlangan “Iskandar xiradnomasi” asari, Ogahiy
tarjima qilgan “Yusuf va Zulayxo” dostoni, eng muhimi,
hazrati

Jomiyning

hazrat

Navoiyga

yozgan

maktublaridan

go‘zal

namunalar

jamlangan.

Prezidentimiz boshqa mamlakatlarga qilgan safarlarida


background image


ham kitob tuhfa qilish urfini bardavom saqlamoqda.
Bunda teran va go‘zal ma’no bor, deb o‘ylaymiz.

Yaratganning go‘zal ne’mati shuki, kitob hadya etish
buyuk

ajdodlarimizdan,

sharafli

saltanatlarning

ulug‘laridan kelayotgan qutlug‘ an’anadir. Chunonchi,
hazrat Navoiy aytadilar:

Ne mulk ichraki bir farmon yibordim,

Aning zabtig‘a bir devon yibordim.

Bu go‘zal baytdan ma’lum bo‘ladiki, kitob – yaxshilik va
pok niyat, do‘stlik va tinchlik, samimiyat va hamkorlik
elchisidir.

Muayyan vaqt xalqimiz, jamiyatimiz kitobdan uzilib
qoldi, kutubxonalar militsiyaxonaga aylandi, chegaradan
kitob olib o‘tuvchi kishilar go‘yo jinoyatchidek ko‘rindi.

Ko‘p shukrki, bu nuqson o‘z vaqtida isloh etilib, endi
kitobga qaytish jarayoni boshlandi.

Kitobga qaytish vijdonga qaytishdir. Kitobga qaytish
haqiqatga, insofga, adolatga, ma’naviyat va ma’rifatga,
umuman olganda, hayotga qaytishdir. Kitobsiz hayot
ruhsiz hayotdir. Ruhsiz hayot esa o‘limdir.

Mazkur tarixiy qarorda qayd etilgan: “Mazmunan sayoz,
milliy

ma’naviyat

va qadriyatlarimizga, axloq

me’yorlariga mos kelmaydigan, yoshlar tarbiyasiga
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan adabiyotlarni
tayyorlash, bosib chiqarish va tarqatishning oldini olish
choralarini ko‘rish“ degan so‘zlar eng muhim, eng
dolzarb nuqtalardan biridir. Chunki biz hayotimizda
ba’zan axloqiy buzuqlikni targ‘ib qiladigan manfur
asarlarni ham xalqimizga “badiiy adabiyot“ deb taqdim
etdik. Mazkur bandda esa bu illatning oldini olish chorasi
aniq-tiniq belgilab berildi.

Ancha yillar kitobdan yiroqlashgan, kitobxonlik
madaniyatidan mahrum bo‘lgan yoki xalqaro aloqa
vositalaridagi

yengil-yelpi,

oldi-qochdi

gaplarga

o‘rgangan insonlarni, ayniqsa, yoshlarni qanday qilib
kitobga qaytaramiz, qanday qilib “qoni qaynoq” yoshlarni
qayta kitobxon qilamiz, degan savol ko‘ndalang edi.

Bunday ayanchli holat ham Prezident qarorida hisobga
olingan va buning chorasi quyidagicha belgilangan:

“Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga
doir targ‘ibot ishlarini tizimli va samarali tashkil etish, bu
borada kitobxonlar, kutubxonachi va targ‘ibotchilar
o‘rtasida “Eng kitobxon maktab“, “Eng kitobxon
mahalla“, “Eng kitobxon oila“, “Eng faol kutubxonachi“
kabi ko‘rik-tanlovlarning saralash va respublika
bosqichlarini yuqori saviyada o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish“
masalasi ana shu muhim chora-tadbirlardan biridir.

Qissadan xulosa – kitob, yozuv mo‘tabar va aziz. Kimki
hurmatga loyiq bo‘lgan kitoblarga ehtirom ko‘rsatsa,
kitobni do‘st tutsa, xalqni kitobxonlikka targ‘ib etsa,
shubha yo‘qki, Yaratgan bunday kishiga ulug‘ izzat
beradi!

Xalqimizga kitobsevarlik ruhi doim yor bo‘lsin!

Foydalanilgan adabiyotlar:

.

Ad.: Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962;

Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975; Bolalar
adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;Safarov O., Oʻzbek
bolalar poetik folklori, T., 1985; Oʻzbek bolalar adabiyoti va
adabiy jarayon, T., 1989; Barakayev R., Jonajonim, she’riyat,
T., 1997. Rahmatilla Barakayev, Kavsar Turdiyeva

.

Jamilova Bashorat Sattorovna

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962;

Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975;

Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;

Safarov O., Oʻzbek bolalar poetik folklori, T., 1985;

Oʻzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989;

Barakayev R., Jonajonim, sheʼriyat, T., 1997.

References

Ad.: Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962; Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975; Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;Safarov O., Oʻzbek bolalar poetik folklori, T., 1985; Oʻzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989; Barakayev R., Jonajonim, she’riyat, T., 1997. Rahmatilla Barakayev, Kavsar Turdiyeva.

Jamilova Bashorat Sattorovna

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962;

Jahongirov F., Oʻzbek bolalar folklori, T., 1975;

Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;

Safarov O., Oʻzbek bolalar poetik folklori, T., 1985;

Oʻzbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989;

Barakayev R., Jonajonim, sheʼriyat, T., 1997.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов