ELECTRICAL CONDUCTIVITY OF SOLID BODIES

HAC
Google Scholar
To share
Mavlonova, S. (2023). ELECTRICAL CONDUCTIVITY OF SOLID BODIES. Modern Science and Research, 2(10), 1088–1089. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24846
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

It is explained that the electrical conductivity of solid bodies depends on the composition of the material, that is, its purity.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1088

QATTIQ JISMLARNING ELEKTR O’TKAZUVCHANLIGI

Mavlonova Sevinch Olimjon qizi

JDPU talabasi

mavlonovasevinch44@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10063874

Annotatsiya.

Qattiq jismlarning elektr o’tkazuvchanligi materialning tarkibiy tuzulishi

ya’ni sofligiga bog’liqligi tushuntirilgan.

Kalit so’zlar:

Yarim o’tkazgichlar, sof yarim o’tkazgichlar, energetik sath, spin, electron

qobiq, kovak, electron.

ELECTRICAL CONDUCTIVITY OF SOLID BODIES

Abstract.

It is explained that the electrical conductivity of solid bodies depends on the

composition of the material, that is, its purity.

Key words:

Semiconductors, pure semiconductors, energy level, spin, electron shell, cavity,

electron.

ЭЛЕКТРОПРОВОДНОСТЬ ТВЕРДЫХ ТЕЛ

Аннотация.

Пояснено, что электропроводность твердых тел зависит от состава

материала, то есть его чистоты.

Ключевые слова:

Полупроводники, чистые полупроводники, энергетический

уровень, спин, электронная оболочка, полость, электрон.


Qattiq jismlar kvant fizikasi yaratilgunicha tajribada (amaliyotda) yarim o’tkazgich

moddalarning ayrim ajoyib xossalari oshkor qilingan bo’lsa-da, ammo ularni puxta ilmiy asosda
tushunib bo’lmasdi. Faqat qattiq jism kvant fizikasi nima uchun qattiq jismlar elektr tokni yaxshi
o’tkazadigan metallar, juda oz o’tkazadigan yarim o’tkazgichlar, deyarli o’tkamaydigan
dielektriklar turlariga ajralishini, ularning bir-biridan keskin farq qiladigan fizik xossalarini
tushuntirib bera oldi

Yarim o’tkazgich moddalar xossalarining oshkor bo’lishi uchun ular yetarlicha darajada

toza bo’lishlari kerak edi. Bu zarurat juda toza moddalar olish sanoatining barpo qilinishiga olib
keldi. Demak, qattiq jism kvant fizikasining yaratilishi va toza moddalar sanoatining barpo
qilinishi yarim o’tkazgichlar elektronikasining taraqqiyotiga zamin bo’ldi.

Endi asosiy masalamizga-qattiq jismlarning elektrik o’tkazuvchanlik bo’yicha uch turga

(metallar, yarim o’tkazgichlar, dielektriklarga) ajralishini kvant mehanikasi qanday tushuntirilishi
masalasiga to’xtalamiz.

Atom fizikasidan ma’lumki, yakka atomdagi elektronlar muayyan energiyali holatlarda

bo’la oladi, ya’ni ularning ruxsatlangan energiyalari qiymatlari diskret (uzuk) spektrni tashkil
etadi. Pauli qonuniga asosan, atomdagi muayyan energiyali holatda (energetik sathda) eng ko’pi
bilan spinlari qarama-qarshi yo’nalgan ikki elektron bo’lishi mumkin. Bu holatda yo bir elektron
bo’lishi, umuman holat bo’sh bo’lishi ham mumkin.

Juda ko’p atomlardan qattiq jism hosil bo’ganida atomlar bir-biriga juda yaqin keladi,

ularning elektronlari qobiqlari orasida kuchli o’zaro ta’sir oqibatida atomdagi elektronlar
energiyalari sathlari parchalanib (N atomidan tashkil topgan qattiq jismda atomdagi sath N ta


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1089

sathga ajraladi), elektronlar energiyalari zonalari hosil bo’ladi. Biz bundan buyon elektronlar
so’zini qisqaroq qilib energiya zonalari haqida gaplashamiz.

Rasmda kristal qattiq jismda energiya zonalarining energiya sathlaridan hosil bo’lishi:
Undan ko’rinishicha, atomlararo d masofa kichraya borgach (atomlar bir-biriga yaqinlasha

borgach), ular orasida o’zaro ta’sir kuchayishi oqibatida atomdagi sathlar ko’p sathlarga
parchalanib energiya zonalari hosil qiladi, nihoyat kristaldagi atomlararo muvozanatiy masofa d0
gacha erishilganda energiya zonalari tizimi shakllanadi.

Kristalda elektronning inertlik o’lchovi bo’lmish massasi bir necha omillarga bog’liq,

chunki u kristalning ichidagi kuchli davriy maydonda harakatlanadi va shuning uchun kristaldagi
elektronning massasi erkin elektron massasidan ancha farq qiladi. Zonaning tubi yaqinida elektron
massasi musbat kattalik bo’lib chiqadi. Bu joyda musbat zaryadli va musbat massali kvazizarra –
kovak mavjud bo’ladi deb olinsa’ bu zarralarga nisbatan ham odatdagi tushunchalarni (masalan,
harakat tenglamalari, elektrik o’tkazuvchanlik) qo’llash mumkin. Shunday qilib kristallarda ikki
xil zarralar elektronlar va kovaklar to’g’risida gpiriladi.

Elektron va kovaklar massalari, umuman aytganda, tenzor xarakterga egadir

(yo’nalishlarga bog’liqdir), ammo, izotrop (kristallarda) bu massalar skalyar xarakterida bo’ladi.
Bu holda effektiv (skalyar) massa tushunchasi ishlatiladi.

Umuman, energiya zonasi elektronlar bilan to’la to’ldirilgan, chala to’ldirilgan, yoki

butunlay to’dirilmagan bo’lishi mumkin.

Agar energiya zonasi elektronlar bilan chala to’dirilgan bo’lsa, uni o’tkazuvchanlik zonasi

deyiladi. Bu holda undagi elektronlar tokda qatnasha oladi, ularni erkin elektronlar deyiladi.
Bunday zonaning yuqorigi qismida bo’sh energiya sathlari bor, past sathlarda elektrik maydon
yo’qligida juft-juft joylashgan elektronlar elektrik maydonga mos buruladi. Natijada zonadagi
elektronlarning yo’nalgan harakati, ya’ni elektrik tok vujudga keladi.

To’dirilgan zona yuqorisida undan taqiqlangan zona bilan ajralgan bo’sh zona bo’ladi.

Agar qandaydir tashqi ta’sir (temperatura, yoritilish, kuchli elektrik maydon va hakazo) oqibatida
bu zona ham chala to’ldirilgan bo’lib qoladi va elektrik maydon hosil qilinganda (yopiq zanjir
holida) tokka o’z hissasini qo’shadi.

REFERENCES

1.

A.Toshboyev va boshqalar. Yarim o’tkazgichli asboblar fizikasi. “Hayot” nashriyoti.
Andijon-2002y

2.

В.В.Пасынков.Л.К.Чиркин. Полупроводниковые приборы. М.. “Высшая школа”,
1987

3.

M.Azizov. Yarim o’tkazgichlar fizikasi, Toshkent, O’qituvchi 1974

References

A.Toshboyev va boshqalar. Yarim o’tkazgichli asboblar fizikasi. “Hayot” nashriyoti. Andijon-2002y

В.В.Пасынков.Л.К.Чиркин. Полупроводниковые приборы. М.. “Высшая школа”, 1987

M.Azizov. Yarim o’tkazgichlar fizikasi, Toshkent, O’qituvchi 1974

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов