Siyosiy diskursda murojaat so‘zlari va ularning vazifalari (xitoy va o‘zbek tillari misolida)

HAC
Google Scholar
To share
Norova , F. (2024). Siyosiy diskursda murojaat so‘zlari va ularning vazifalari (xitoy va o‘zbek tillari misolida). Modern Science and Research, 3(1), 1–5. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27893
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada siyosiy diskursda insonlararo munosabatlarini o‘rnatish, muloqotning jarayoni va natijasiga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi murojaat so‘zlar xitoy va o‘zbek siyosatchilarining nutqlari asosida o‘rganildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbek va xitoy tillarida siyosiy diskursda murojaat so‘zlarning ism va familiya, maqom va ijtimoiy murojaatlar kabi 3 turi qo‘llanilib, e’tiborni jalb qilish va uni davomiyligini ta’minlash, tinglovchilarni belgilash hamda insonlararo munosabatlarni o‘rnatish vazifalarini bajarishda ishlatiladi. Shu nuqtai nazardan, murojaat so‘zlar siyosiy diskursda muloqotning o‘rnatilishi, davom etishi va natijasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.


background image

Siyosiy diskursda murojaat so‘zlari va ularning vazifalari (xitoy va

o‘zbek tillari misolida)

Farzona Norova

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 20 Amir Temur shox ko‘chasi, Toshkent 100060, O‘zbekiston

farzona.norova@yandex.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.10439530

Kalit so‘zlar:

Murojaat so‘zlar, siyosiy diskurs, murojaat shakllari, murojaat so‘zlarining vazifalari.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada siyosiy diskursda insonlararo munosabatlarini o‘rnatish, muloqotning jarayoni va natijasiga

muhim ta’sir ko‘rsatuvchi murojaat so‘zlar xitoy va o‘zbek siyosatchilarining nutqlari asosida o‘rganildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘zbek va xitoy tillarida siyosiy diskursda murojaat so‘zlarning ism va familiya,
maqom va ijtimoiy murojaatlar kabi 3 turi qo‘llanilib, e’tiborni jalb qilish va uni davomiyligini ta’minlash,
tinglovchilarni belgilash hamda insonlararo munosabatlarni o‘rnatish vazifalarini bajarishda ishlatiladi. Shu
nuqtai nazardan, murojaat so‘zlar siyosiy diskursda muloqotning o‘rnatilishi, davom etishi va natijasiga katta
ta’sir ko‘rsatadi.

KIRISH

Siyosiy diskurs rasmiyligi va so‘zlovchilarning

ma’lum bir qoidalarga rioya qilishi bilan ajralib
turgani sabab o‘zaro munosabatni o‘rnatishda muhim
o‘rin tutgan murojaat so‘zlarning to‘g‘ri ishlatilishi
katta ahamiyatga ega [1]. Murojaat so‘zlar
foydalanuvchilarning

ijtimoiy

va

madaniy

qadriyatlarini namoyish etib, ulardan muqobil
foydalanish so‘zlovchining pragmatik qobiliyatini aks
ettiradi [2]. Har bir muloqotning muvaffaqiyatli
amalga oshishining negizida undagi ishtirokchilar
orasidagi ijobiy munosabat va ma’lumotning to‘g‘ri
va maqsadga muvofiq ravishda yetkazilishi yotadi.
Muloqotning muvaffaqiyatli rivoji va natijasida uning
boshlanishi katta ahamiyatga ega. Muloqotning
boshida ishtirokchilar o‘zaro tanishishadi, yoki
tanishgan bo‘lsa, o‘zaro salomlashishib, bir-birida ilk
taassurot qoldiradi. Shu taassurotning salbiy yoki
ijobiyligi keyingi jarayonga katta ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zaro murojaat qilish bosqichi fatik nutqqa

tegishli bo‘lib, unda muloqot ishtirokchilari orasida
muloqot maqsadidan kelib chiqib ma’lum bir
munosabat o‘rnatiladi [3]. Ven Suyning fikricha,
“muloqot boshida murojaat so‘z bilan murojaat qilish
nafaqat odobli harakat balki muvaffaqiyatli muloqot
sari qadamdir” [4]. Murojaat so‘zlar muloqot
ishtirokchilarining o‘zaro munosabatini, ijtimoiy
mavqeini va boshqa omillarni aks ettirib [5], fatik
nutqning yorqin vositalaridan biridir. Nutq o‘rtasida
ishlatilgan

murojaat

so‘zlar

yordamida

tinglovchilarning so‘zlovchi va nutqqa bo‘lgan
e’tibori mustahkamlanishi yoki ma’lum bir tinglovchi
ajratib o‘tilishi mumkin. Nutqning oxirida esa
so‘zlovchi barcha tinglovchilarga murojaat qilib,
tilaklar bildiradi va muloqot kanalini yopadi. Demak,

murojaat so‘zlar, asosan, salomlashish va xayrlashish,
shu bilan birga, nutqning o‘rtasida e’tiborni qaytadan
tortish yoki ma’lum bir shaxsni ajratish uchun
qo‘llaniladi. Dju Vanjing ta’kidlashicha, “murojaat
shakllari

og‘zaki

muloqotda

eng

ko‘p

foydalaniladigan so‘zlar” [6] hisoblanadi.

Dunyo bo‘ylab murojaat shakllari mavzusida ko‘p

va chuqur tadqiqotlar olib borilgan bo‘lib, ularni
belgilovchi turli xil izohlar mavjud. R. Fasold
ta’kidlashicha, “murojaat so‘zlar muloqot jarayonida
so‘zlovchi murojaat etgan shaxsni belgilovchi so‘zlar”
[7] hisoblanadi. Day Djaoming fikricha, “murojaat
so‘zlar jamiyatda ma’lum bir shaxsning ma’lum bir
muloqotdagi tutgan ma’lum bir o‘rnini aks ettiruvchi
murojaat shakllaridir” [8].

Murojaat shakllariga atoqli otlar, lavozim va

qarindoshlik

terminlari,

unvon

va

hurmatli

murojaatlar hamda shaxsning jinsi, yoshi, lavozimi,
mavqesini ko‘rsatuvchi ifodalar kirib, ular muloqot
amalga

oshirilayotgan

vaziyatning

rasmiyligi,

ishtirokchilarning ijtimoiy sinfi, mavqesi, statusi,
yoshi, jinsi, lavozimi, siyosiy nazarlari, ta’limi, turar
joyi,

shuningdek,

ishtirokchilar

orasidagi

munosabatning yaqinlik darajasini va muloqot tonini
ifodalaydi [5]. Bull va Fetzer esa o‘z ishida olmoshlar,
ism va familiyani ham murojaat shaklining bir
ko‘rinishi sifatida e’tirof etadi [9]. So‘zlovchi
tanlagan murojaat so‘zi murojaat qilingan shaxs yoki
guruhni ma’lum bir ijtimoiy vaziyat qo‘yadi va
muloqot

ishtirokchilari

o‘rtasidagi

o‘zaro

munosabatni aniqlashtiradi, xattoki cheklashi ham
mumkin [10]. Siyosiy nutqlarda murojaat so‘zlarning
ketma-ketligi murojaat qilingan shaxs yoki guruhning
ijtimoiy mavqesi va o‘rnini ifodalaydi.


background image

TADQIQOT

MANBAALARI

VA

METODOLOGIYASI

Murojaat so‘zlarni siyosiy diskursda real holda

o‘rganish maqsadida, Xitoy va O‘zbekiston
siyosatchilarining ikki tildagi nutqlari asos qilib
olindi. Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev, XXR Raisi Si Szinpin, Davlat kengashi
Bosh vaziri Li Kechyan, tashqi ishlar vaziri Vang
Yining va boshqalarning nutqlari rasmiyligi va
ahamiyati bilan siyosiy nutqlarning yorqin namunasi
bo‘lgani bois tadqiqot manbaalari sifatida tanlandi.

Nutqlar tahlil qilinib, ulardagi murojaat so‘zlar

ajratib olinib, ularning shakllari, turlari va nutqdagi
pragmatik vazifalari o‘rganildi.

NATIJALAR TAHLILI

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin 2022-

yilda Pekinda bo‘lib o‘tgan Qishki Olimpiada
o‘yinlarining ochilish marosimida bergan nutqi
quyidagicha boshlanadi:

尊敬的巴赫主席,尊敬的各位同事,女士

们,先生们,朋友们:

[11]

Nutqda umumiy beshta murojaat so‘zlari

ishlatilgan:

1)

尊敬的巴赫主席

– Hurmatli Prezident Bax

janoblari (sifat + unvon + familiya + ijtimoiy
murojaat);

2)

尊 敬 的 各 位 同 事

– Muhtaram hamkasblar

(sifat + ijtimoiy murojaat);

3)

女士们

– Xonimlar (ijtimoiy murojaat);

4)

先生们

– Janoblar (ijtimoiy murojaat);

5)

朋 友 们

– aziz do‘stlar (sifat + ijtimoiy

murojaat).

Ushbu izohdan ko‘rish mumkinki, bu murojaatda

Rais unvon, familiya, hurmatli murojaat va ijtimoiy
o‘rinni ifodalovchi otlardan foydalanib, o‘z
tinglovchilariga murojaat qilgan. Shuningdek, nutqda
Xalqaro Olimpiada Qo‘mitasi Prezidenti Tomas
Baxga hurmatli ravishda murojaat qilingan. Bu
Prezidentning ushbu kontekstda, ya’ni Qishki
Olimpiada o‘yinlarida tutgan yuqori ijtimoiy
mavqesini ifodalaydi hamda Raisning unga bo‘lgan
hurmatini alohida ta’kidlab o‘tadi. Undan keyin Rais
o‘z hamkasblari, keyin esa “xonimlar”, “janoblar” va
“do‘stlar”

orqali

boshqa

ishtirokchilarni

umumlashtirgan holda murojaat etadi. Murojaat
qilinganlarning tartibi ularning ijtimoiy mavqesi
hamda so‘zlovchining ularga bo‘lgan munosabatini
ifoda etgan.

Yuqorida keltirilgan tahlil shuni isbotlaydiki,

murojaat shakllar ism, familiya, unvon, hurmatli
murojaatlar va ijtimoiy murojaatlar orqali ifodalanib,
so‘zlovchi va tinglovchilar orasidagi munosabatni
hamda murojaat qilinuvchilarning ijtimoiy darajasini
belgilab, do‘stona munosabatni o‘rnatishda katta rol
o‘ynaydi.

Murojaat so‘zlar turlari

Xitoy olimlari, tilshunos va jamiyatshunoslari

ham murojaat shakllari haqida izlanishlar olib
borishgan. Tyan Huygang murojaat shakllarini
qarindoshlik murojaatlari, ijtimoiy muloqotdagi
murojaatlar, ism va olmosh murojaatlaridan iborat
to‘rt turga tasniflagan [12]. Ven Suy esa murojaat
so‘zlarni quyidagi to‘rt turga ajratgan [4]:

1. Ism va familiya turi (

姓 名 类

). Bu turdagi

murojaat so‘zlar ism va familiyadan tashkil topib,
odatda oila a’zolari, qarindoshlar, yoshi yoki
lavozimi kattalarning kichik yoki qo‘l ostidagi
odamlarga, shuningdek, teng yoshli jamiyat a’zolari
va lavozimi o‘zaro mutanosib bo‘lgan shaxslar,
masalan hamkasblar, sinfdoshlar orasida ishlatiluvchi
murojaat so‘zlar kiradi. Masalan, onasi o‘z qizini
ismi bilan chaqirishi, yoki ustoz o‘quvchini ismi yoki
familiyasi bilan chaqirishi. Bunday murojaatlar
ko‘pincha yaqin yoki teng ijtimoiy munosabatlarni
aks ettirib, rasmiy va norasmiy vaziyatda ishlatilishi
mumkin. Masalan, Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishida
nutqni shunday boshlaydi:

Hurmatli

Qasim-Jomart

Kemelevich!

Hurmatli Nursulton Abishevich

[13]

Yuqorida ishlatilgan murojaat shakli murojaat

qiluvchi va murojaat qilinuvchi orasidagi teng
munosabatni ifodalagan.

2.

Maqom turi (

身分类

). Bunda murojaat qilingan

shaxsning ismi yoki familiyasiga uning maqomi yoki
lavozimi qo‘shib murojaat qilinadi, lekin bunday
murojaat so‘zlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishda
ham ishlatilishi mumkin. Masalan, prezident, rais,
vazir, rektor, professor, doktor va boshqalar. Bunday
murojaat turi hurmat va ehtiromni ifodalab, rasmiy
holatlarda ishlatiladi. Masalan, Prezident Shavkat
Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Xitoy davlat
rahbarlari sammitidagi nutqida shunday murojaat
shakllarini qo‘llagan:

Hurmatli Rais Si Szinpin janoblari

[14]

Bunda avval Raisning maqomi, keyin esa familiya

va ismini tilga olinib, hurmat va do‘stona
munosabatni ifodalaydi.

3. Qarindoshlik turi (

亲属类

). Xitoy va o‘zbek

xalqlari oila va qarindoshlik munosabatlariga katta
ahamiyat berib, ushbu madaniy xususiyat murojaat
so‘zlarida ham aks etadi. Ushbu turga mansub
murojaat so‘zlar, masalan opa, aka, qizim, buvi va
hokazolar, asosan, oila a’zorlari va qarindoshlar
o‘rtasida ishlatiladi. Bundan tashqari, ular ba’zida
oila a’zosi bo‘lmagan shaxs yoki guruh uchun ham
ishlatilib, so‘zlovchilar orasida haqiqiy qarindoshlik
munosabati emas, balki yaqinlik yoki do‘stona
munosabat ifodalanadi. Ammo tadqiqot manbaasi
sifatida olingan nutqlarda bunday turdagi murojaat
so‘zlarning qo‘llanilmaganligi aniqlandi.

4. Ijtimoiy muloqot turi (

社 交 类

). Bunday

murojaat so‘zlarga “janob, xonim, turmush o‘rtoq,

,

姑娘

” kirib, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish

uchun, yoki ism yoki familiyaga qo‘shib ishlatilishi
mumkin. Ular murojaat qiluvchining murojaat
qilinuvchiga bo‘lgan munosabatini va uning ijtimoiy
o‘rnini ifodalab, ular o‘rtasidagi munosabatni


background image

belgilaydi. Shuningdek, maqom yoki ism/familiyadan
so‘ng ishlatilganda, ijtimoiy murojaatlar (janoblari,
xonimlari, janobi oliylari) hurmat va ehtiromni
ifodalasa,

alohida

kelgan

ijtimoit

murojaatlar

(do‘stlar, mehmonlar) tenglik, do‘stonalik va
hamjihatlikni aks ettiradi. Masalan, XXR Tashqi
Ishlar Vazirligi Vazir O‘rinbosari Feng Syan
Rossiyalik do‘stona shaxslar Tibetga uyushtirgan
“bulut tashrif”i (

云访问

) tadbiridagi nutqida shunday

murojaat qiladi:

尊敬的俄罗斯国家杜马资产、土地与财产

关系问题委员会主席加夫里洛先生和各位俄方朋
友,尊敬的洛桑江村主任、汪海洲常委,张汉晖
大使,女士们,先生们

[15]

Vazir o‘rinbosari kengash raisiga bo‘lgan

murojaatda hurmat ila “

先生

” (janob) so‘zini, qolgan

rossiyalik ishtirokchilarga nisbatan esa “

朋 友

(do‘stlar), shuningdek, “

女士们,先生们

” (xonimlar

va janoblar) kabi murojaat so‘zlardan foydalangan.
Ushbu tadqiqotda mazkur turdagi murojaat so‘zlar
ijtimoiy murojaatlar deb ifodalangan.

Yuqorida keltirilgan misollardan shuni ko‘rish

mumkinki, siyosiy diskursning rasmiyligini hisobga
olgan holda, unda ism va familiya, maqom va
ijtimoiy murojaatlardan foydalaniladi.

Murojaat so‘zlarning vazifalari

Murojaat so‘zlar og‘zaki nutqda keng qo‘llanilib,

kontekstdan kelib chiqqan holda ma’lum bir vazifani
bajaradi. O‘rganilgan nutqlarga asoslanib mumiy
qilib aytganda, murojaat so‘zlarning siyosiy
diskursda bajargan vazifalarini uch turga ajratish
mumkin [16]:

1. E’tiborni jalb qilish va uning davomiyligini

ta’minlash. Bunda murojaat so‘zlar murojaat
qilinuvchilarning e’tiborini so‘zlovchiga jalb etadi.
Murojaat so‘zlar e’tiborni qaratish vazifasini
bajarganda, muloqotning qaysi qismida ishtirok
etishidan kelib chiqqan holda muloqot kanalini
ochish, muloqotni o‘rnatish, muloqot kanalini
ochiqligini ta’minlash va e’tiborni saqlash hamda
muloqotni tugatish vazifasini o‘taydi.

2.Murojaat

qilinuvchini

belgilash.

Ko‘chimovaning ta’kidlashicha, murojaat so‘zlar
obyektning aniqligiga ko‘ra mavhum (ey, sen, biz) va
konkret (ism, maqom) murojaat shakllarga ajraladi
[17]. Bunga asoslanib, murojaat so‘zlar murojaat
qilinuvchini ajratish yoki umumiylashtirish vazifasini
bajaradi [9].

3. Insonlararo munosabatni belgilash va o‘rnatish.

So‘zlovchi bir nechta murojaat shakllaridan bir
murojaat shaklni tanlab murojaat qilinuvchi shaxs
yoki guruhga bo‘lgan munosabatini ifodalaydi yoki
qaytadan o‘rnatadi [9]. Bunda murojaat so‘zlar
hurmatni, do‘stonalikni va hamjihatlikni ifodalash va
shuning asosida o‘zaro ijobiy munosabat o‘rnatishga
xizmat qiladi.

Murojaat shakllari qanday vazifani o‘tashiga

qarab so‘zlovchi o‘ziga xos ma’lum maqsadni
ko‘zlaydi:

1. E’tiborni jalb qilish va uning davomiyligini

ta’minlash vazifasi quyidagilarni maqsad qiladi:

1) Muloqotni o‘rnatish [1]. So‘zlovchi gapni

murojaat so‘zlar bilan boshlaganda, muloqotni
boshlaydi va tinglovchilarning diqqatini o‘ziga
qaratadi. Bunda muloqot o‘rnatilib, muloqot kanali
ochiladi. XXR Raisi Si Szinpin ShHT ning 2020-
yildagi uchrashuvida o‘z murojaatini quyidagicha
boshlagan:

尊敬的普京总统,尊敬的各位同事

[18]

Rais “

普京总统

” (Prezident Putin) va “

各位同事

(hamkasblar) orqali tinglovchilar bilan muloqotni
o‘rnatdi.

Tinglovchilar

murojaatni

eshitgach,

so‘zlovchiga diqqatini qaratadi va shu bilan muloqot
kanali ochiladi.

2) E’tiborni saqlash va muloqot kanalining

ochiqligini ta’minlash. So‘zlovchi o‘z nutqi o‘rtasida
murojaat qilinuvchilarning e’tiborini yo‘qotmaslik
yoki sustlashgan e’tiborni kuchaytirish maqsadida
murojaat so‘zlarni qo‘llaydi va shu bilan e’tiborni
o‘zida saqlab, ikki tarafli muloqot kanalini ochiq
tutilishini

ta’minlaydi.

Prezident

Shavkat

Mirziyoyevning

“BMT

Global

aksilterror

strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma
harakatlar

rejasi

doirasida

Markaziy

Osiyo

mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi” xalqaro
konferensiyasi ishtirokchilariga bo‘lgan murojaatida
Prezident “

Hurmatli konferensiya ishtirokchilari!

”,

Hurmatli xonimlar va janoblar!

” va “

Muhtaram

xonimlar va janoblar!

” [19] murojaat shakllari orqali

3 marotaba murojaat qilinuvchilar e’tiborini qaytadan
o‘ziga jalb qilgan va muloqotning muvaffaqiyatli
davom etishini ta’minlagan.

3) Muloqot kanalini yopish va muloqotni tugatish.

Nutning oxirida muloqot ishtirokchilari o‘zaro
xayrlashib, bir-biriga yaxshi tilaklar yoki tashakkurlar
bildirishadi. Bu bosqichda ishlatilgan murojaat
so‘zlar muloqot kanalini yopadi. Masalan, Rais Si
Szinpin Umumjahon Salomatlik Sammitida o‘z
nutqining

yakunida

quyidagi

murojaatdan

foydalangan:

各位同事!

古罗马哲人塞涅卡说过,我们是同一片大海的

海浪。

。。。。。。

[20]

Rais “

各位同事

” (hamkasblar) murojaat shaklini

qo‘llagan holda so‘zining oxirida tinglovchilarga
murojaat qildi va hamjihatlikka chaqiruvchi tilak
bilan muloqotga yakun qo‘ydi.

2. Murojaat qilinuvchini belgilashda murojaat

so‘zlar ikki xil maqsadga ega:

1) Murojaat qilinuvchini boshqa tinglovchi yoki

ishtirokchilardan ajratish. Bu maqsadga erishish
uchun, asosan, ism va familiya va maqom
murojaatlari, shuningdek hurmatni ifodalash uchun
ijtimoiy murojaatlar ishlatiladi [17]. Prezident
Shavkat Mirziyoev Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining
14-sammitidagi nutqini quyidagicha boshlaydi:

Muhtaram Rais Rejep Tayyip Erdog‘an

Janobi Oliylari! Hurmatli Davlat va Hukumat
Rahbarlari! Hurmatli Bosh kotib Sulaymonpur
Janoblari

[21]


background image

Bunda Prezident konkret murojaat so‘zlari (“rais

Rejep Tayyip Erdog‘an Janobi Oliylari” va “bosh
kotib Sulaymonpur Janoblari”) orqali ikki shaxsni
ajratib olgan. Ushbu nutqda “Maqom+Familiya va
Ism+Ijtimoiy murojaat” shakli qo‘llanilgan.

XXR Davlat kengashi Bosh vaziri Li Kechyan

Osiyo-Afrika Huquqiy Maslahat Tashkiloti (AALCO)
ning 59-sessiyasidagi nutqini shunday boshlagan:

尊敬的主席先生,尊敬的秘书长先生,各

位代表,各位嘉宾,女士们,先生们

[22]

Bu yerda faqatgina maqom va ijtimoiy murojaat

so‘zlar (

主席先生

,

秘书长先生

,

各位代表

,

各位嘉

,

女士们

,

先生们

) ishlatilgan. Shunga qaramay,

so‘zlovchi tashkilot raisi va bosh kotibni alohida
ajratgan.

2) Murojaat qilinuvchilarni umumlashtirish.

Bunday maqsadni ro‘yobga chiqarish uchun ijtimoiy
murojaatlardan foydalanilib, ular ishtirokchilarni
ma’lum guruhga mansubligini ifodalaydi. Prezident
Shavkat Mirziyoyev “BMT Global aksilterror
strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma
harakatlar

rejasi

doirasida

Markaziy

Osiyo

mamlakatlarining mintaqaviy hamkorligi” xalqaro
konferensiyasidagi

murojaatini

quyidagicha

boshlaydi:

Hurmatli delegatsiya rahbarlari! Hurmatli

xalqaro

tashkilotlar

rahbarlari!

Xonimlar

va

janoblar

[19]

Bunday murojaat ishtirokchilarni delegatsiya

rahbarlari, xalqaro tashkilot rahbarlari, xonimlar va
janoblarga mansubligini ifodalab, guruhlarga ajratgan.
Ko‘rinib turibdiki, bunda hech bir shaxsga alohida
murojaat qilinmagan, balki ishtirokchilarga ularni
guruhlarga

umumiylashtirgan

holda

murojaat

qilingan.

Prezident

Shavkat

Mirziyoyev

Import

mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasining
ochilish marosimidagi nutqini shunday boshlaydi:

Hurmatli davlat va hukumat rahbarlari!

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari va ko‘rgazma
ishtirokchilari

[23]

Ushbu parchada murojaat so‘zlar murojaat

qilinuvchilarni 4 guruhga birlashtirgan: davlat
rahbarlari,

hukumat

rahbarlari,

delegatsiyalar

rahbarlari va ko‘rgazma ishtirokchilari.

3.

Insonlararo

munosabatni

belgilash

va

o‘rnatishda murojaat so‘zlar insonlararo munosabatni
o‘rnatganda va ifodalaganda tenglik, do‘stonalik,
hurmat va hamjihatlikni ifodalashga xizmat qiladi.

1) Tenglikni ifodalash. So‘zlovchi ism va familiya

yoki “hamkasblar” kabi ijtimoiy murojaat so‘zdan
foydalanganda, o‘zi va murojaat qilinuvchi orasida
lavozim bo‘yicha tenglik borligi nazarda tutiladi.
Shuningdek, murojaat so‘zlar yosh, jins va boshqalar
borasida tenglikni ifodalashga ham xizmat qiladi,
lekin siyosiy va diplomatik diskursda ular maqom,
lavozim kabi ijtimoiy o‘rindagi tenglikni alohida
ta’kidlaydi. Masalan, Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi
nutqining boshlanish parchasida “

Hurmatli Qasim-

Jomart Kemelevich! Hurmatli Nursulton Abishevich!

[13] murojaat so‘zlaridan, Shanxay hamkorlik

tashkiloti sammitidagi nutqida esa “

Hurmatli

Vladimir Vladimirovich!

” [24] ism va sharif

murojaatidan foydalanadi. Rais Si Szinpin ShHT ning
2020-yildagi

uchrashuvida

o‘z

murojaatini

quyidagicha boshlagan:

尊敬的普京总统,尊敬的各位同事

[18]

Yuqorida keltirilgan misolda “

各 位 同 事

(hamkasblar) so‘zidan foydalanilgan. Demak, ism va
familiya murojaatlari va “hamkasblar” murojaati
muloqot ishtirokchilari orasidagi teng ijtimoiy o‘rinni
aks ettiradi.

2) Do‘stona munosabat o‘rnatish. Bu maqsadni

amalga oshirish uchun so‘zlovchilar ko‘pincha
“do‘stlar” ijtimoiy murojaatidan foydalanishadi. Bu
so‘z siyosatchilar tomonidan keng ravishda ishlatilib,
tinglovchilar

va

ommaga

bo‘lgan

do‘stona

munosabatini e’tirof etishga xizmat qiladi. Rais Si
Szinpin Qishki Olimpiada o‘yinlari ochilish
marosimidagi nutqida shunday degan:

尊敬的巴赫主席,尊敬的各位同事,女士

们,先生们,朋友们

[11]

So‘zlovchi muloqot ishtirokchilarga “

朋 友 们

(do‘stlar) ijtimoiy murojaati orqali murojaat
qilmoqda. Bu so‘zlovchi va ishtirokchilarni “do‘stlar”
tasnifida umumlashtirib, ular o‘rtasida do‘stona
munosabat mavjudligini yoki murojaat qiluvchining
murojaat qilinuvchilar bilan do‘stona munosabat
o‘rnatish niyatini e’tirof etadi.

3) Hurmatni ifodalash. So‘zlovchi murojaat

qilinuvchiga “xonimlar va janoblar” ijtimoiy
murojaatlari, murojaat qilinuvchining ismi va/yoki
familiyasiga maqomini [2] va/yoki “janobi oliylari,
janoblari, xonimlari” ijtimoiy murojaatni qo‘shib
murojaat qilganda, shuningdek, ijtimoiy murojaatga
“hurmatli”, “muhtaram”, “aziz” sifatlarini qo‘shib
murojaat qilganda, murojaat qilinuvchiga nisbatan
hurmatini e’tirof etadi va u bilan hurmat va ehtirom
asosida munosabat o‘rnatadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Iqtisodiy hamkorlik

tashkilotining videoanjuman shaklida o‘tkazilgan 14-
sammitidagi nutqini quyidagicha boshlagan:

Muhtaram rais Rejep Tayyip Erdog‘an

Janobi Oliylari! Hurmatli Davlat va Hukumat
Rahbarlari! Hurmatli bosh kotib Sulaymonpur
Janoblari

[21]

Ushbu murojaatda hurmat ifodalash bir nechta

ko‘rinishda ifoda etilgan:

– Muhtaram + Maqom + Ism va Familiya +

Ijtimoiy murojaat (

Muhtaram rais Rejep Tayyip

Erdog‘an Janobi Oliylari

);

– Hurmatli + Ijtimoiy murojaatlar (

Hurmatli

Davlat va Hukumat Rahbarlari!

);

– Hurmatli + Maqom + Familiya + Ijtimoiy

murojaat

(

Hurmatli

bosh

kotib

Sulaymonpur

Janoblari!

).

4) Hamjihatlikni ifodalash yoki taklif qilish.

“Do‘stlar”, “hamkasblar” va “barchamiz” kabi
so‘zlarning qo‘llanilishi murojaat qiluvchi va
qilinuvchini bir guruhga mansubligini anglatib, ularni
hamjihatlikka chorlaydi [1]. Bu esa do‘stona
munosabatlarning o‘rnatilishiga va, o‘z navbatida,


background image

muloqotning muvaffaqiyatli rivoji va yakuniga olib
keladi.

Rais Si Szinpin Xitoy va Markaziy Osiyoning

beshta davlatlari bilan diplomatik munosabatlar
o‘rnatilishining 30 yilligiga bag‘ishlangan video
sammitda shunday murojaat bilan chiqqan:

各位同事,各位朋友:

[25]

Ushbu murojaatda rais “

各位同事

” (hamkasblar)

va “

各位朋友

” (do‘stlar) murojaatlari orqali murojaat

qilinuvchi bilan o‘zaro ijtimoiy munosabatini,
ularning bir guruhga tegishli ekanini ifodagan. Bir
guruhdagi insonlar esa umumiy maqsadga ega bo‘lib,
o‘zaro do‘st ekanligi nazarda tutiladi. Murojaat
so‘zlar bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni
bajarishi va turli xil maqsadlarni ro‘yobga chiqarishi
mumkin. Masalan, oxirgi keltirilgan misolda nafaqat
hamjihatlik, balki hurmat, do‘stonalik va tenglik ham
e’tirof etilgan.

XULOSA

Amalga oshirilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki,

murojaat so‘zlardan siyosiy diskursda muloqot
ishtirokchilari orasida ma’lum bir munosabatlarni
o‘rnatish uchun foydalaniladi. Ular, asosan, ism va
familiya, maqom, qarindoshlik va ijtimoiy kabi to‘rt
turga bo‘linib, qarindoshlik turidan tashqari barchasi
siyosiy diskursda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari,
murojaat so‘zlar e’tiborni jalb qilish va uni
davomiyligini ta’minlash, tinglovchilarni ajratish
yoki umumlashtirish orqali tinglovchilarni belgilash,
shuningdek, tenglik, do‘stonalik, hurmat kabi o‘zaro
munosabatlarni o‘rnatish vazifalarini bajarishda
ishlatiladi. Shu sabab, fatik nutqning muhim tarkibiy
qismi bo‘lgan murojaat so‘zlar siyosiy diskursda
muhim o‘ringa ega bo‘lib, ularning qo‘llanilishi
muloqot jarayoni va natijasiga ta’sir qiluvchi asosiy
omillardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR

[1]

Dontcheva-Navratilova O. Interpersonal Meanings in
the Genre of Diplomatic Addresses. (2009) Brno
Studies in English, 35 (2), pp. 129-143.

[2]

Li Ch. Aspects of Address Forms in Chinese and
English: A Comparative Study. (2015) Cross-Cultural
Communication, 11 (7). pp. 79-86.

[3]

Nord, C. Translating as a Purposeful Activity:
Functionalist Approaches Explained. – Manchester:
St. Jerome Publishing, 1997, 160 p.

[4]

文旭

.

中称

知御用

问题

. (2018)

浙江

外国

学院学

, 2,

34-40.

[5]

Tatkinova A. Address forms and gender in political
discourse (the case of Greek, Kazakh, Russian).
(2018)

Annales

Universitatis

Mariae

Curie-

Sklodowska sectio FF – Philologiae, 36 (1), pp. 175-
184.

[6]

Zhu W. J. Introduction to sociolinguistics. –
Changsha: Hunan Education Press, 1992, 267 p.

[7]

Fasold R. The Sociolinguistics of Language. –
Beijing: Foreign Language Teaching and Research
Press, 2000, 342 p.

[8]

戴昭

.

文化

言学

导论

.

北京

:

文出版社

,

2013, 280

.

[9]

Bull P., Fetzer A. ‘Who are we and who are you? The
strategic use of forms of address in political

interviews’. (2006) Text & Talk, 26(1), pp. 1-35.

[10]

Jaworski A., Galasinski D. Vocatives address forms
and ideological legitimization in political debates.
(2000) Discourse Studies, 2 (1). pp. 35-53.

[11]

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674
906/202202/t20220205_10639237.shtml

[12]

Tian H. G. The address system in China and Western
countries. – Beijing: Foreign Language Teaching and
Research Press, 1998, 522 p.

[13]

http://prezident.uz/oz/lists/view/4821

[14]

http://prezident.uz/oz/lists/view/4940

[15]

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674
906/202112/t20211217_10471240.shtml

[16]

Leech G. The Pragmatics of Politeness. – Oxford:
Oxford University Press, 2014, 343 p.

[17]

Ko‘chimova P. Erkak va ayol nutqida murojaat so‘zlar
semantikasi. (2022) Oriental Renaissance: Innovative,
Educational, Natural and Social sciences, 20 (2), bb.
683-688.

[18]

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674
906/202011/t20201110_7946279.shtml

[19]

https://president.uz/oz/lists/view/5023

[20]

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674
906/202105/t20210521_9180799.shtml

[21]

https://president.uz/oz/lists/view/4208

[22]

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674
906/202111/t20211130_10459089.shtml

[23]

https://president.uz/oz/lists/view/3932

[24]

https://president.uz/oz/lists/view/3936

[25]

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674
906/202201/t20220125_10633561.shtml

References

Dontcheva-Navratilova O. Interpersonal Meanings in the Genre of Diplomatic Addresses. (2009) Brno Studies in English, 35 (2), pp. 129-143.

Li Ch. Aspects of Address Forms in Chinese and English: A Comparative Study. (2015) Cross-Cultural Communication, 11 (7). pp. 79-86.

Nord, C. Translating as a Purposeful Activity: Functionalist Approaches Explained. – Manchester: St. Jerome Publishing, 1997, 160 p.

文旭.言语交际中称谓的认知御用问题. (2018) 浙江外国语学院学报, 2, 页 34-40.

Tatkinova A. Address forms and gender in political discourse (the case of Greek, Kazakh, Russian). (2018) Annales Universitatis Mariae Curie-Sklodowska sectio FF – Philologiae, 36 (1), pp. 175-184.

Zhu W. J. Introduction to sociolinguistics. – Changsha: Hunan Education Press, 1992, 267 p.

Fasold R. The Sociolinguistics of Language. – Beijing: Foreign Language Teaching and Research Press, 2000, 342 p.

戴昭铭. 文化语言学导论. – 北京: 语文出版社, 2013, 280页.

Bull P., Fetzer A. ‘Who are we and who are you? The strategic use of forms of address in political interviews’. (2006) Text & Talk, 26(1), pp. 1-35.

Jaworski A., Galasinski D. Vocatives address forms and ideological legitimization in political debates. (2000) Discourse Studies, 2 (1). pp. 35-53.

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674906/202202/t20220205_10639237.shtml

Tian H. G. The address system in China and Western countries. – Beijing: Foreign Language Teaching and Research Press, 1998, 522 p.

http://prezident.uz/oz/lists/view/4821

http://prezident.uz/oz/lists/view/4940

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674906/202112/t20211217_10471240.shtml

Leech G. The Pragmatics of Politeness. – Oxford: Oxford University Press, 2014, 343 p.

Ko‘chimova P. Erkak va ayol nutqida murojaat so‘zlar semantikasi. (2022) Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social sciences, 20 (2), bb. 683-688.

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674906/202011/t20201110_7946279.shtml

https://president.uz/oz/lists/view/5023

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674906/202105/t20210521_9180799.shtml

https://president.uz/oz/lists/view/4208

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674906/202111/t20211130_10459089.shtml

https://president.uz/oz/lists/view/3932

https://president.uz/oz/lists/view/3936

https://www.mfa.gov.cn/web/ziliao_674904/zyjh_674906/202201/t20220125_10633561.shtml

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов