Boshlang‘ich sinf darslarida STEAM ta’lim texnologiyasini qo‘llashning metodik ahamiyati

HAC
Google Scholar
To share
Alimova, D. (2024). Boshlang‘ich sinf darslarida STEAM ta’lim texnologiyasini qo‘llashning metodik ahamiyati . Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27943
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining o‘quvchilarni kreativ fikrlashga o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritilgan.

Similar Articles


background image

Boshlang‘ich sinf darslarida STEAM ta’lim texnologiyasini

qo‘llashning metodik ahamiyati

Alimova Dilorom Xudoyqulovna

Toshkent amaliy fanlar universiteti Pedagogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim nazariyasi

va metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10442440

Annotatsiya

. Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasining o‘quvchilarni kreativ fikrlashga

o‘rgatishda muhim ahamiyat kasb etishi haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

Ta‘lim texnologiyalari, zamonaviy ta‘lim, integratsiya, STEAM yondashuvi, kreativlik.

So‘nggi

yillarda

mamlakatimizda

amalga

oshirilayotgan islohotlar natijasida barcha sohalarda
malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan
talabni

yanada

oshirmoqda.

Bu

o‘z-o‘zidan

o‘quvchilarimizning darslarga qiziqishlarini va turli
fanlarga

bo‘lgan

qobiliyatlarini

oshirish

va

o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga
bo‘lgan e’tiborini kuchaytirishini talab etadi.

Jahonda ta’limni modernizatsiya qilish va

yangilash yo‘llaridan biri bu STEAM ta’lim tizimini
rivojlantirishdir. Uni amalga oshirishning asosiy
maqsadi o‘qituvchi va talabalarning tanqidiy va ijodiy
fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish zarurligini hisobga
olgan holda STEAM tarmoqlari o‘rtasidagi aloqalarni
o‘rnatish asosida, texnik va tabiiy fanlar ta’limini
rivojlantirish orqali bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim
o‘qituvchilar imkoniyatlarini kengaytirishdir.

STEAM ta’lim texnologiyasi ilk bor Amerikada

ishlab chiqilgan. Ba’zi ta’lim bitiruvchilarning
martabalarini e’tiborga olishdi va fan, texnologiya,
muhandislik

va

matematika

kabi

fanlarni

birlashtirishga qaror qilishdi va STEM tizimi shu
tarzda shakllandi.

STEAM xalqaro baholash dasturi tadqiqoti

o‘quvchilarning quyidagi sohalarda hamda fanlarda
ko‘nikmalarni tekshiradi:

a) o‘quvchilarning tabiiy fanlar bo‘yicha yetuk

bilimga egaligi;

b) o‘quvchilarning texnologiyalarni o‘zlashtirish

ko‘nikmasiga egaligi;

v) o‘quvchilarning qurilish hamda muhandislik-

ixtirochilik uquviga egaligi;

g) o‘quvchilarning san’atni tushunishi va ijodiy

layoqatga egaligi;

d) o‘quvchilarning matematik savodxonligini

yuqori darajaga ega ekanligi.

Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida

o‘quvchilarda ana shu asoslar bo‘yicha bilim,
ko‘nikma va malakani shakllantirish asoslari bo‘lajak
boshlang‘ich

sinf

o‘qituvchilari

tomonidan

o‘zlashtirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng

mashhur bo‘lib kelayotganini unutmang. Shuning
uchun

bugungi

kunda

STEAM

tizimi

asosiy

tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM
ta’limi yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash,
shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim
tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.

Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, amaliyot

nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya’ni, o‘rganish
paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo‘limiz bilan
ham ishlashimiz kerak. Faqat sinf devorlarida
o‘rganish tez o‘zgaruvchan dunyo bilan hamqadam
emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki,
bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o‘rganish
uchun ham miyani, ham qo‘llarini ishlatadilar. Ular
olgan bilimlarni o‘zlari «uqib oladilar».

Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi

bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod
qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM
yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar
bilan

birlashtirishga

o‘rgatadi.

Bu

maktab

o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish,
balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish
imkoniyatini beradi. O‘sha haqiqatda ishlatilishi
mumkin bo‘lgan bilimgina haqiqatan ham qadrlidir.

Pedagog har bir darsni qiziqarli qilib o‘tishga

harakat qilishi lozim. Har bir darsni hayotga bog‘lab
va dars yakunida xulosalar chiqarib olishlari uchun
talabalarga imkoniyatlar yaratish muhim ahamiyatga,
ega. Maktab bilan bog‘lash kerak, chunki ular ertaga
shu maktab ostonasiga borib bolalarga olgan
bilimlarini berishadi. Endi tabiatshunoslik darslarida
mavzularni STEAM yondashuvi asosida o‘tish yo‘llari
haqida to‘xtalib o‘tsak.

“Tabiatshunoslik” fanini o‘qitishda STEAM

texnologiyasini qo‘llasak, bolalar tabiatni tushunib,
dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan
qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy
vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish
qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini
namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida,
bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini
ta’minlaydi.

STEAM texnologiyasidagi

S

harfi fanni bildiradi.

Bunda o‘quvchilar nazariy ma’lumotlar bilan
tanishtiriladi. 2-sinf tabiiy fanida Yer – sayyora
mavzusi berilgan. Bu mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar
nazariy bilim bilan birga amaliy mashg‘ulot ham
o‘tkazishadi. O‘quvchilar yer shari, quyosh modelini
yasashadi. Bu bilan ular yer shari quyosh atrofida
aylanishini amaliy bilib oladilar shu bilan birga yer
sharining

global

muammolarini

bartaraf

etish

choralarini o‘ylab topishadi. Biz shu mavzu asosida
o‘quvchilarni bilishga, fikrlashga, mustaqil ishlashga,
ijodkorlikka qobiliyatlarini ochishimiz ham mumkin.


background image

Nazariy ma’lumot: Yer shari va uning ichki

tuzilishi Yer sharining diametri – 12 800 km.
Ekvatorning uzunligi, ya’ni Yer shari belbog‘ining
uzunligi 40 000 km ga teng.

T

harfi texnologiyani bildiradi. Yadro, mantiya,

Yer po‘sti, globus, shimoliy qutb, janubiy qutb,
ekvator

haqidagi

ma’lumotlar

umumlashtirilib

quyidagi savollarga javob topish topshiriladi:

1. Yerning diametri va ekvatorining uzunligi

qancha?

2. Yer sharining ichki tuzilishini tushuntirib

bering.

3. Yer yadrosida harorat qancha?
4. Globus nima, qanday maqsadda foydalaniladi?
5. Beruniyning globusi haqida nimalarni bilasiz?

E

harfi muhandislikni bildiradi. O‘quvchilarga

qog‘oz va loy, plastilindan yerning modelini yasash
topshiriladi.

A

harfi

san’atni bildiradi. O‘quvchilar berilgan

ma’lumotlar asosida she’r, hikoya, esse yozadilar.
Daftarlariga globusning rasmini chizish topshiriladi.

M

harfi

matematikani bildiradi. Globusning

aylanish o‘qini, shimoliy va janubiy qutblarni hamda
ekvatorni o‘lchamlarini matematik nuqtai nazardan
hisob-kitob qilishlari zarur bo‘ladi.

Tabiatshunoslik

darslarida

suv

haqidagi

mavzularni o‘tishda quyidagicha yondoshishimiz
mumkin. “Suv havzasi” mavzusi, birinchi guruh suv
havzasi bo‘yichch ma’lumotlar yozish, ikkinchi guruh
plastilin yoki rangli qog‘ozlardan foydalanga holda
yasash, uchinchi guruhga rasm chizish, to‘rtinchi
guruhga, she’r qo‘shiqlar ijro etish, beshinchi guruhga
matematik masala tuzish vazifasi beriladi.

1-guruh: Suv havzasi turlicha bo‘ladi. Suv

havzasi — yer yuzasining tabiiy yoki sunʼiy pastqam
yoki chuqur joylarida tabiiy yoki sunʼiy ravishda suv
toʻplanishidan hosil boʻladigan, yo boʻlmasa, suv
yoʻlini toʻsib va toʻgʻon qurib hosil qilinadigan sekin
oqar yoki oqmas suv manbai. Suv havzasi doimiy yoki
mavsumiy (seryogʻin yillarda paydo boʻladigan)
turlarga boʻlinadi. Doimiy suv havzasiga okeanlar,
dengizlar,

daryolar, koʻllar,

tabiiy suv

omborlari, jilgʻalar,

ariklar

va

boshqa

kiradi.

Mavsumiy

Suv

havzasi

sunʼiy

suv

omborlari, kanallar, hovuzlar va boshqalardan iborat.
Masalan, Oʻzbekiston hududidagi Orol dengizi,
Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq daryolari tabiiy Suv
havzasi, Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori,
Andijon suv ombori va boshqa sun’iy Suv havzasi
hisoblanadi deb javob berishlari mumkin.

2-guruh: Plastilindan yashash.



3-guruh: Rasm chizish.

4-guruh: She’r, qo‘shiq, maqollar, topishmoqlar

aytish.

She’r:

Zahro Hasanovaning she’rlaridan namuna

keltiramiz

Suv – aziz ne’mat

Daryomi u, soymi u,
Ariq o‘tgan joymi u.
Har nelarni tashlama,
Ko‘ngillarni g‘ashlama.

Suv – halollik, suv – poklik,
Ozodalik va soflik.
Suvga zor ne makonlar,
Suvsiz o‘sar tikonlar.

Oqizib qo‘yma bekor,
Bil, uning uvoli bor.
Mayli ichgin, ishlat, to‘y,
Ortig‘ini asrab qo‘y.


Maqol:

Yer — xazina, suv — gavhar.

Yerni buzadigan ham suv, Tuzadigan ham suv.

Hadis:

Kim suv bor joyga suv chiqarsa, bir

jonniozod qilgandek bo‘ladi. Kim suv yo‘q joyga suv
chiqarsa, bir jonni tiriltirgandek bo‘ladi.

Topishmoq:

Ikki yonida qo‘li bor, suv yuzida yo‘li

bor.

Masala:

Suv havzasining ununligi 30 metr eni esa

undan ikki marta kam. Suv havzasining yuzini toping.

Guruhlar taqdimoti birlashtirilib, umumiy xulosa

chiqariladi.

Demak “Ijodiy mehnat” metodi asosida

ma’lumotlar berish orqali fan asosini, plastilindan
yasash orqali texnologiyaga, rasm chizish orqali


background image

muhandislikka, she’r, qo‘shiqlar asosida san’atga,
masala tuzish asosida esa matematikaga bog‘lagan
holda ham fanlar integratsiyasi hamda STEAM
texnologiyasini

amalga

oshirish

imkoniga

ega

bo‘lamiz.

Xulosa qilib aytganda, shuni ta’kidlashni istardikki,

an’anaviy o‘qitish uslublari bilan taqqoslaganda, o‘rta
maktabdagi STEAM yondashuvi bolalarni tajribalar
o‘tkazishga, modellar tuzishga, mustaqil ravishda

musiqa va filmlar yaratishga, o‘z g‘oyalarini haqiqatga
aylantirishga va yakuniy mahsulotni yaratishga
undaydi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga nazariya
va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga
imkon beradi va universitetga kirish va keyingi
o‘qishni osonlashtiradi.

Foydalangan adabiyotlar.

[1]

Ergasheva G. B. Zamonaviy jamiyatda fan va

taʼlimning

rivojlanishida

innovatsion

pedagogik

texnologiyalarning o‘rni //Scientific progress. –2021.

[2]

Rajabova L. Steam ta’lim dasturi asosida

matematika masalalarini yechishning ilg‘or usullari
//sentr nauchnix publikatsiy (Buxdu. Uz). – 2020. – t. 1. –
№. 1.

[3]

Dilnoza Furqatovna Xalilova. (2023). Talabalarda

ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishga oid kasbiy
kompetentligini takomillashtirishda innovatsion ta’lim
muhiti beradigan natijalar. Conferencea

[4]

Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда

замонавий

рақамли

технологияларидан

фойдаланишнинг

ютуқлари

ва

муаммолари

//Academic research in educational sciences. – 2021. – Т.
2. – №. CSPI conference

[5]Axmedova M.E (hammualliflikda) Pedagogik
mahorat

va

tibbiy

pedagogikaning

kasbiy

kompetentligi.

O‘quv-uslubiy

qo‘llanma

T.:

“Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi MCHJ, 2021-62-
63b.(126)
[6] Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida
mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy
asoslari

(tilshunoslik

fanlari

misolida).

Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”,
MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.
[7].

Axmedova

M.

(hammualliflikda)

Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.:, Fan va
texnologiya nashriyoti. 2018. — 393 b (102-b).

[8].Axmedova M.E.U.A.Tashkenbayeva.,
E.Suyunova Umumiy pedagogika nazariyasi va
amaliyoti ( Darslik) – T.: Tibbiyot matbaa, 2022.

References

Ergasheva G. B. Zamonaviy jamiyatda fan va taʼlimning rivojlanishida innovatsion pedagogik texnologiyalarning o‘rni //Scientific progress. –2021.

Rajabova L. Steam ta’lim dasturi asosida matematika masalalarini yechishning ilg‘or usullari //sentr nauchnix publikatsiy (Buxdu. Uz). – 2020. – t. 1. – №. 1.

Dilnoza Furqatovna Xalilova. (2023). Talabalarda ijtimoiy munosabatlarini rivojlantirishga oid kasbiy kompetentligini takomillashtirishda innovatsion ta’lim muhiti beradigan natijalar. Conferencea

Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий рақамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуқлари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. CSPI conference

Axmedova M.E (hammualliflikda) Pedagogik mahorat va tibbiy pedagogikaning kasbiy kompetentligi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma T.: “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi MCHJ, 2021-62-63b.(126)

Axmedova M.E. Modul-kredit tizimida mustaqil topshiriqlar tuzishning ilmiy-nazariy asoslari (tilshunoslik fanlari misolida). Monografiya. “Tibbiyot nashriyoti matbaa uyi”, MCHJ. Toshkent - 2022. 173 bet.

. Axmedova M. (hammualliflikda) –Pedagogika. O‘quv qo‘llanma. T.:, Fan va texnologiya nashriyoti. 2018. — 393 b (102-b).

.Axmedova M.E.U.A.Tashkenbayeva., E.Suyunova Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti ( Darslik) – T.: Tibbiyot matbaa, 2022.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов