Talabalarda media va axborot savodhonligi kunikmalarini mustahkamlash

HAC
Google Scholar
To share
Sabirova, O. (2024). Talabalarda media va axborot savodhonligi kunikmalarini mustahkamlash. Modern Science and Research, 3(1), 1–3. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28246
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Talabalar turli sohalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega va shu bilan birga ko‘nikma va qobiliyatlari darsning tarbiyaviy maqsadlari, shuningdek, shaxsiy maqsadlarga erishishda rivojlanish, tizimli va maqsadli amalga oshiriladi. Ushbu maqolada talabalar undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari, mediasavodxonlik bo‘yicha bilim, munosabat va ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Bu raqamli davr muammolarini hal qilishda va doimiy o‘zgaruvchan media landshafti taqdim etgan imkoniyatlardan foydalanishda yordam beradi.

Similar Articles


background image

Talabalarda media va axborot savodhonligi

kunikmalarini mustahkamlash

O.S.Sabirova t.f PhD

(University of Tashkent for Applied Sciences)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10471600

Annotatsiya:

Talabalar turli sohalarni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega va shu bilan birga ko‘nikma va

qobiliyatlari darsning tarbiyaviy maqsadlari, shuningdek, shaxsiy maqsadlarga erishishda rivojlanish, tizimli va maqsadli amalga
oshiriladi. Ushbu maqolada talabalar undan ehtiyotkorlik bilan foydalanishlari, mediasavodxonlik bo‘yicha bilim, munosabat va
ko‘nikmalarni shakllantiradilar. Bu raqamli davr muammolarini hal qilishda va doimiy o‘zgaruvchan media landshafti taqdim etgan
imkoniyatlardan foydalanishda yordam beradi.

Kalit so‘zlar:

media savodxonligi, media ta’lim, media kontent, mediatizatsiya, raqamli, vizual, kommunikatsion.

1 KIRISH


Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab asosiy

yumushlaridan biri, dastlab imo-ishora, keyinchalik
esa nutq rivojlangandan so‘ng so‘zlashuv orqali
axborot almashinuvini yo‘lga qo‘ydi. Bundan kelib
chiqadiki, insoniyat paydo bo‘lganidan boshlab media
bilan hamnafas yashab kelmoqda. O‘qish, yozish
qobiliyati kabi bu juda muhim ko‘nikma bulganligi
sababli bugungi kunda odamlar media dunyosida
yashaydilar,

turli

axborot

manbalaridan

foydalanadilar.

Inson maʼlum bir ekologik muhitda xavf-

xatarsiz hayot kechirishi uchun avvalo o‘sha muhitda
yashashning o‘ziga xosliklari haqida xabardor bo‘lishi
zarur. Xuddi shunday zamonaviy inson eng ko‘p
vaqtini sarflayotgan, hayot kechirayotgan media
muhitda xavfsiz yashashi uchun ham u o‘zi faoliyat
olib borayotgan, hayotiy zarur qarorlar qabul qilishiga
taʼsir etayotgan muhitning o‘ziga xosliklaridan
xabardor bo‘lishi ushbu muhitda xavfsiz yashashi
uchun muhim zaruratdir. Oddiy qilib aytganda
mediasavodxonlik

an’anaviy

savodxonlik

poydevoriga asoslanadi va o‘qish hamda yozishning
yangi shakllarini taklif qiladi. Mediasavodxonlik
odamlarga tanqidiy fikrlovchi va ijodkor, samarali
muloqotchi va faol fuqarolar bo‘lish imkonini beradi.

2

Adabiyotlar

tahlili

va

metodologiya


Hozirgi

rivojlanib

borayotgan

davrda

mediatizatsiya hayotimizga chuqur va tezkor kirib
borayotgan, maʼlumotlar hajmi tobora ortib
borayotgan yangi global davrga kirib borishimiz
jarayonida insonning ishonchli axborotga nisbatan
ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Аxborot makonining
globallashuvi,

ochiqligi

va

ommaviy

kommunikatsiyaning kuchayishi natijasida axborotlar
inson ongu shuuriga shiddat bilan oqib kelmoqda.
Insoniyat isteʼmol qiladigan mahsulotlar ichida eng
xaridorgiri – axborotdir. Unga ehtiyoj hamisha yuqori
bo‘lgan.

Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk

Britaniya

va

Avstraliyada

gumanitar

fanlar

majmuasida alohida fan sifatida o‘tilsa, Finlyandiyada
1970-yildan o‘rta maktablarning, 1977-yildan esa oliy
o‘quv yurtlarning o‘quv dasturlariga kiritilgan edi.
1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik,
mediata’lim

tushunchasi

bilan

almashtirildi.

Shvetsiyada

u

1980-yildan

boshlab

ta’lim

muassasalarida alohida fan sifatida o‘qitila boshlangan
[1]. 1990-yillarada Rossiyada media ta’limni ilmiy
tadqiq etishga urinishlar bo‘lib O.Baranov, S.Penzin,
A.Fyodorov,

A.Sharikov

va

boshqalarning

tadqiqotlari bunga misol bo‘la oladi. 2002 yili
pedagogika oliy ta’lim yurtlari uchun mediata’lim
ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish ochildi. 2005-yili esa
YUNESKO homiyligida “Mediata’lim” darsligi
yaratildi va Rossiyada kino ta’lim va media
pedagogika sayti ishga tushirildi

Fresno

Tinch

okeani

universiteti

ma’lumotiga ko‘ra, “Mediasavodxonlik talabalarga
ommaviy axborot vositalarining dono iste’molchilari,
shuningdek o‘z ommaviy axborot vositalarining
ma’suliyatli ishlab chiqaruvchilari bo‘lishiga yordam
beradi. Xuddi shu yo‘nalishda mediasavodxonlikni
o‘rgatish

o‘quvchilarda

tanqidiy

fikrlashni

rivojlantirishga yordam beradi. Bunday fikrlash turi
oxir oqibat insonning ikkinchi tabiatiga aylanishi
mumkin, bu ularga ulg‘aygan sari ko‘p sohalarda
yordam beradi”. Auditoriyada talabalarning media va
yangiliklar savodxonligi ustida ishlashi o‘z hayotining
barcha

jabhalarida

kuchli

tanqidiy

fikrlovchi

bo‘lishiga yordam beradi. Axborot jamiyati bugungi
kunda zamonaviy universitet oldiga ko‘plab
muammolarni qo‘ymoqda. Internet va zamonaviy
texnologiyalar nafaqat ma’lumotlarni yetishmasligini
to‘ldirdi, ortiqcha vaqt sarfining oldi olindi an’anaviy
ta’lim normalarining jiddiy raqobatchisiga aylandi.
O‘qituvchi va talabalar oldida doimiy ravishda o‘z
media kompetensiyasini oshirish uchun yangi
resurslarni

izlashga

majbur

bo‘lmoqdalar.

Talabalarning zamonaviy axborot makoniga kirishi
ko‘pincha o‘z-o‘zidan sodir bo‘ladi va pedagogik
yordamga unchalik ham muhtoj bo‘lmaydi. Masalan,
talabalarga muloqot qilishning axloqiy me’yorlarini


background image

o‘rgatish, internetda xavfsiz axborotni samarali izlash
va tanlash va hakozolarni o‘rgatish dolzarb ko‘rinadi.
Talabalar

mediasavodxonligini

rivojlantirish

zamonaviy universitetda muhim mustaqil ta’lim
vazifasi sifatida qaralishi kerak.

MUHOKAMA

Talabalarda media va axborot ko‘nikmalarini

rivojlantirish ilg‘or mediakompetensiyani talab qiladi.
O‘qituvchilar auditoriyada multimediya proyektoridan
(bugungi kunda kamdan kam hollarda taqdimotsiz
ma’ruza qilinadi), videomateriallardan, interaktiv
doskadan faol foydalanadilar. Ba’zi o‘qituvchilar
muloqot qilish uchun ijtimoiy sahifa ochdilar va
o‘quvchilar

uchun

so‘ngi

ma’lumotlarni

joylashtirdilar. Bunda onlayn jamiyat a’zolari
professional rivojlanish uchun foydalanishadi.

Shu bois bu jarayonda uzatilayotgan

axborotning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi u qadar
eʼtiborga olinmayapti. Insonlarning axborot jamiyati
hayotida faol va samarali ishtirok etishi uchun yangi
bilim, kunikma va kursatmalar zarur. Tez-tez
qo‘llaniluvchi «savodxonlik» atamasi bugunda
«raqamli», «kompyuter», «vizual», «texnologik»,
«kommunikatsion» va albatta, «media» va «axborot»
kabi tushunchalar bilan birga qo‘llanilmoqda.

Media va axborot savodxonligi — bu ijodiy

faoliyatda barcha zarur vositalardan foydalangan
holda axborot va media mahsulotlarini samarali olish,
tahlil qilish, tanqidiy baholash, talqin qilish,
foydalanish, yaratish va tarqatish imkonini beradigan
bilim, ko‘nikma, munosabat, malaka va amaliyotlar
majmuidir.

Shuni taʼkidlab utish lozimki, hozirda

«savodxonlik»

anʼanaviy

yozish

va

o‘qish

kunikmalariga egalikni anglatuvchi tushuncha bilan
chegaralanmaydi. Sanash, o‘qish va yozish
kunikmalarining ahamiyatini kamaytirmagan holda
media va axborot savodxonligining fundamental
kunikmalar tuplamiga kiritilishi, bugungi kunda
yoshlar

media

va

boshqa

axborot

yetkazib

beruvchilarning (masalan, kitoblar media resurs
sifatida

xizmat

kiluvchi

kutubxonalarning)

imkoniyatlarini bilishlari, shu bilan birga shaxsiy,
jamoaviy, kasbiy faoliyatida hamda taʼlim olish
maqsadlariga erishish uchun axborotni izlash,
baholash, yaratish va qo‘llay bilishlari kerakligini
anglatadi.

Shu maʼnoda media savodxonlik uz ichiga

kuyidagilarni oladi:

Estetik va kreativ kunikmalar media

kontentni ijodiy jihatdan anglash, yaratish va talqin
qilish qobiliyatini bildiradi. Media kontentni yaratish
orqali yosh avlod mazkur kunikmalarni uzida
shakllantirishi mumkin.

Interfaollik

kunikmalari

media

vositasida muloqot qilish va turli media-rollarni
bajarib kurish kobiliyati orqali namoyon bo‘ladi.
Mazkur kunikmalarni taʼlim va amaliyot doirasida
rivojlantirish mumkin. Interfaollik kunikmalari o‘z

fikr va qarashlarini ifoda etishga tayyorlikni
ko‘rsatadi.

Tanqidiy tahlil kunikmalari turli

tahliliy vositalardan foydalangan holda, turfa xil
media kontentni talqin qila olish va ahamiyatini
tushunishni bildiradi. Ushbu kunikmalar rang-barang
mediakontent va janrlarni o‘rganish orqali yaxshiroq
rivojlanadi;

Havfsizlik kunikmalari murakkab

vaziyatlardan

chiqish

va

ularni

oldini

olish

qobiliyatida namoyon buladi. Virtual makondan
havfsiz foydalanish, shaxsiy makonni himoya qilish
hamda zararli kontent va muloqotdan voz kechishni
nazarda tutadi.

Media bilan individual munosabat har

doim inson va mediamatn urtasidagi mulokotni
nazarda tutadi. Yaʼni dalil yoki tuqima - haqida
ketayotganligidan qatʼiy nazar, inson mediamatnning
mazmunini shaxsiy qarashlari va tajribasi bilan
solishtiradi.

Shuningdek,

tadqiqotlar

insonlar

mediadan uz qarashlari, qadriyatlari va his-
tuyg‘ulariga mos keladigan qarash va g‘oyalarni
tanlashga moyil ekanliklarini kursatdi.

Mediadan

foydalanish

insonlar

televizorni birgalashib kuradi, chatda dustlari bilan
muloqot qiladi, bir-biri bilan interfaol uyin o‘ynaydi,
hatto kinoga borish ham jamoaviy tadbir hisoblanadi.
Odatda, mediadan yonimizda hech kim yuqligida
foydalanishimizga qaramay, biz baribir yagona
hayoliy jamiyatda ishtirok etayotganimizni his
qilamiz. Media vositasida insonlarda o‘zaro birdamlik
hissi

mustahkamlanadi.

Yoshlarga

Internetdagi

yangiliklar va boshqa axborotlarni “sog‘lom” isteʼmol
qilish ko‘nikmalarini singdirish, axborotni bir necha
mediamanbalardan olish orqali axborotdan to‘g‘ri
foydalanishga o‘rgatish, feyklarni aniqlash va
yangiliklarga oid onlayn-resurslarning ishonchliligini
aniqlash bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish uchun
kutubxonachilar

treninglar,

ochiq

maʼruzalar,

loyihaviy o‘qitish tashkil etish, taqdimotlar,
broshyuralar, plakatlar tayyorlash, veb-sahifalardagi
maqolalar chop etish hamda ijtimoiy mediadagi
materiallar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish
zarur hisoblanadi.

XULOSA

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, biz o‘z

ishlanmalarimiz

asosida

va

media-axborot

savodxonligi hamda media-ta’lim kontseptsiyasiga
zamonaviy yondashuvlarni hisobga olgan holda bizni
qiziqtirgan

tushunchalarning

ta’riflarini

shakllantiramiz.

Ommaviy axborot vositalari va axborot

savodxonligini rivojlantirishning eng yaxshi usuli bu
turli xil ommaviy axborot vositalariga ta’sir qilishdir,
ammo ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun avtomatik,
takroriy ta’sir qilish etarli emas. Buning uchun bizga
qadriyatlar haqida savollar berish, muayyan media-
resurs tanlash haqida o‘ylash, talabani ishonchli
ma’lumotlarga yo‘naltirish, ommaviy axborot
vositalarining ommabopligi bilan bog‘liq masalalarda
yordam ko‘rsatishimiz kerak.


background image

Shunday

qilib,

media

va

axborot

savodxonligi media-ta’lim natijasida yuzaga keladi.
Mos ravishda, media-ta’lim ko‘p yo‘nalishli ta’lim
majmuasi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN

ADABIYOTLAR

1.

Digital Factors Influencing the Use

of Social Media in Political Communication Among
Thai Youths K. Jitsaeng, K. Tuamsuk.

2.

S.V.Belov. O‘qitiladigan fanlar

vositalaridan foydalangan holda talabalar o‘rtasida
axborot va media savodxonligini shakllantirish /, S. V.
Belov, I. V. Belova // Tabiatshunoslikning dolzarb
masalalari:

V

Butunrossiya

ilmiy-amaliy

konferentsiyasi: to‘plam hisobot va ilmiy Art. –
Ivanovo: Federal davlat byudjeti oliy ta‘lim
muassasasi

Rossiya

Favqulodda

vaziyatlar

vazirligining Davlat yong‘in xizmati Ivanovo yong‘in-
qutqaruv akademiyasi, 2020. – P. 180-188.

3.

O.P.Jilavskaya. Media va axborot

savodxonligi o‘zgaruvchan dunyoda yaxlit tushuncha
sifatida. // Xalqaro elektron ilmiy-ta’lim jurnali
“Media.

Ma

`lumot.

Aloqa".http://mic.org.ru/2016g/16-nomer-2016/562-
medijnoinformatsionnaya-gramotnost-kak-tselostnoe-
ponyatie-v-izmenyayushchemsya-mire.

References

Digital Factors Influencing the Use of Social Media in Political Communication Among Thai Youths K. Jitsaeng, K. Tuamsuk.

S.V.Belov. O‘qitiladigan fanlar vositalaridan foydalangan holda talabalar o‘rtasida axborot va media savodxonligini shakllantirish /, S. V. Belov, I. V. Belova // Tabiatshunoslikning dolzarb masalalari: V Butunrossiya ilmiy-amaliy konferentsiyasi: to‘plam hisobot va ilmiy Art. – Ivanovo: Federal davlat byudjeti oliy ta‘lim muassasasi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Davlat yong‘in xizmati Ivanovo yong‘in-qutqaruv akademiyasi, 2020. – P. 180-188.

O.P.Jilavskaya. Media va axborot savodxonligi o‘zgaruvchan dunyoda yaxlit tushuncha sifatida. // Xalqaro elektron ilmiy-ta’lim jurnali “Media. Ma `lumot. Aloqa".http://mic.org.ru/2016g/16-nomer-2016/562-medijnoinformatsionnaya-gramotnost-kak-tselostnoe-ponyatie-v-izmenyayushchemsya-mire.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов