THE ROLE OF FINANCIAL CONTROL IN THE FINANCIAL MANAGEMENT SYSTEM OF JOINT STOCK COMPANIES

HAC
Google Scholar
To share
Urazbayeva, I. (2023). THE ROLE OF FINANCIAL CONTROL IN THE FINANCIAL MANAGEMENT SYSTEM OF JOINT STOCK COMPANIES. Modern Science and Research, 2(12), 194–198. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27115
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Scientific proposals and practical recommendations are considered in the article regarding the importance of corporate financial strategy in ensuring the financial stability of joint-stock companies and controlling the management system and growth. Financial strategies of several joint-stock companies in order to cover such goals as maintaining financial stability, increasing labor productivity, increasing production and export indicators, achieving energy efficiency, modernizing production, and achieving an increase in share value by implementing technical and technological re-equipment. analysis was carried out.

Similar Articles


background image


194

AKTSIYADORLIK JAMIYATLARINING MOLIYAVIY BOSHQARUV TIZIMIDA

MOLIYAVIY NAZORATNING O'RNI

Urazbayeva Ilmira Konisbaevna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“Moliya va biznes tahlili” kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10378229

Annotatsiya.

Maqolada aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash

va boshqaruv tizimini nazorat qilish hamda o’sishida korporativ moliyaviy strategiyaning

ahamiyati yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ko'rib chiqilgan. Moliyaviy barqarorlikni

saqlash, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish va eksport ko’rsatkichlarini oshirish,

energiya samaradorligiga erishish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik

qayta jihozlash ishlarini amalga oshirish orqali aksiya qiymatini oshishiga erishish kabi

maqsadlarni qamrab olish maqsadida bir qancha aksiyadorlik jamiyatlarini moliyaviy

startegiyalari tahlili olib borilgan.

Kalit so'zlar:

moliyaviy strategiya, marketing, korporatsiya, iste’molchilar, korporativ

muhit, korporativ boshqaruv, investorlar, investitsion faoliyat, bank, SWOT, moliya.

THE ROLE OF FINANCIAL CONTROL IN THE FINANCIAL MANAGEMENT

SYSTEM OF JOINT STOCK COMPANIES

Abstract.

Scientific proposals and practical recommendations are considered in the article

regarding the importance of corporate financial strategy in ensuring the financial stability of joint-

stock companies and controlling the management system and growth. Financial strategies of

several joint-stock companies in order to cover such goals as maintaining financial stability,

increasing labor productivity, increasing production and export indicators, achieving energy

efficiency, modernizing production, and achieving an increase in share value by implementing

technical and technological re-equipment. analysis was carried out.

Keywords:

financial strategy, marketing, corporation, consumers, corporate environment,

corporate management, investors, investment activities, banking, SWOT, finance.

РОЛЬ ФИНАНСОВОГО КОНТРОЛЯ В СИСТЕМЕ ФИНАНСОВОГО

УПРАВЛЕНИЯ АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВ

Аннотация.

В статье рассмотрены научные предложения и практические

рекомендации относительно значения корпоративной финансовой стратегии в

обеспечении финансовой устойчивости акционерных обществ и управлении системой

управления и роста. Финансовые стратегии ряда акционерных обществ для покрытия


background image


195

таких

целей,

как

поддержание

финансовой

устойчивости,

повышение

производительности труда, увеличение показателей производства и экспорта,

достижение энергоэффективности, модернизация производства, а также достижение

увеличения стоимости акций за счет реализации технико-технологического

переоснащения. оборудование. Проведен анализ.

Ключевые слова:

финансовая стратегия, маркетинг, корпорация, потребители,

корпоративная среда, корпоративное управление, инвесторы, инвестиционная

деятельность, банковское дело, SWOT, финансы.

Bugungi kunda bozor munosabatlari sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi subyekt,

xususan, aksiyadorlik jamiyatlari ham kuchli raqobat sharoitiga moslashishi, bozorda o’z o’rnigi

ega bo’lishi va uzoq yillar mobaynida samarali faoliyat yuritishi uchun uzoqni ko’zlangan va

tashqi vositalar oʻzgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish,

ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng samarali yoʻllarini tanlash, moliyaviy resurslarni

shakllantirish va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini samarali tashkil etish yoʻlida moliyaviy

faoliyat va moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yoʻnalishlarini belgilab

olishi zarur.

Korxonalar faoliyati davomida moliyaviy munosabatlarning to’g‘ri tashkil etilishi

qo’yilgan maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda

asosiy e’tiborni korxonalar moliyasini boshqarishni to’g‘ri tashkil etishga qaratish maqsadga

muvofiq. Korporativ moliyani boshqarishni to’g‘ri tashkil etish esa bevosita korporativ moliyaviy

strategiyaga bog‘liq. Korporativ koliyaviy strategiya iqtisodiy faoliyat sub’ektlarning kelajakdagi

faoliyat barqarorligi ta’minlab beradi. Shuningdek, ham makro darajada ham mikro amalga

oshiriladigan istalgan masala ijobiy hal bo’lishi uchun oldindan strategik rejalar ishlab chiqish va

ularni samarali amalga oshirish zarur.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, tadbirkorlik va korxonalarni boshqarish

usullari o‘zgara boshladi. Aksiyadorlik jamiyatlarining moliyaviy boshqaruv standartlarini joriy

etishning iqtisodiy jihatlari, aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) faoliyatini samarali boshqarish tizimini

shakllantirish, boshqaruv tamoyillari, uning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar kabi masalalar

hal etila boshlandi. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini

va jamiyat barqaror rivojlanishini ta’minlay oladigan ko‘p tarmoqli iqtisodiyotni va raqobat

muhitini shakllantirishning huquqiy va tashkiliy asoslarini yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi.

O‘tish davri iqtisodiyoti tajribasi tasdiqlaydiki, xususiylashtirish va korporativlashtirish


background image


196

ma’muriy-rejali iqtisodiyotdan boshqaruvning bozor modeliga o‘tishning muhim vositalaridir.

Moliyaviy menejmentni o'rganishda olimlar tomonidan turli ta'riflar va qarashlar mavjud. AD

Sheremet, AF Ionovaning fikriga ko'ra, moliyaviy menejment - bu aksiyadorlik jamiyatining

moliyaviy resurslarining aylanishi, shakllanishi va ishlatilishini boshqarish jarayoni.

A.N.Gavrilovaning fikricha, moliyaviy menejment - ishlab chiqarish samaradorligini

oshirish maqsadida boshqaruvning yangi tamoyillari, shakllari, tuzilmalari va usullarini doimiy

joriy etish orqali moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan tijorat

aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy boshqaruv tizimidir. E.I.Soxina moliyaviy menejmentga

aksiyadorlik jamiyatining mablag‘lari va moliyaviy resurslarini samarali boshqarish orqali o‘z

oldiga qo‘yilgan strategik maqsadlar va taktik masalalarni hal etishni o‘rganuvchi fan sifatida

belgilaydi. S.V.Galitskaya talqinida moliyaviy menejment korxonalarning aktivlarini va ularning

shakllanish manbalarini boshqarish deb ta'riflanadi.

Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta'sis etish yoki qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish,

bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta'sis etish

to’g’risidagi qaror ta'sis yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat bir muassis tomonidan ta'sis

etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul

qilinadi. Jamiyatning muassislari uni tashkil etish to‘g‘risida o’zaro ta'sis shartnomasini tuzadilar,

shartnomada ularning jamiyatni ta'sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi,

jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi lozim

bo’lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to’lanadigan haqning miqdori va uni to’lash tartibi,

muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari belgilanadi. Jamiyatni ta'sis

etish to’g‘risidagi qaror muassislarning ovoz berish natijalarini hamda jamiyatni ta'sis etish, uning

ustavini tasdiqlash, jamiyatning boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan

muassislar qabul qilgan qarorlarni aks ettirishi kerak.

Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi. Jamiyatni tashkil etish

to‘g‘risidagi ta'sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari

(muassisi) deb e'tiirof etiladi. Agar qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan

bo’lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo’lishi mumkin emas. Ushbu

masalalarni hal etish uchun aksiyadorlik jamiyatida tavakkalchilik darajasini nazorat qilishda

kuzatuv kengashining ahamiyati bayon etilgan qoidalarni, korporativ boshqaruv darajasini

baholash mezonlarini, korporativ boshqaruvni samarali olib borishga qaratilgan ichki hujjatlarni

hamda korporativ boshqaruv tizimida tanglik vaziyatlari vujudga kelganda ko’riladigan chora-


background image


197

tadbirlar taktikasini ishlab chiqish va tartibga solish talab etiladi. Bu borada aksiyadorlik

jamiyatlarini qayta tashkil etishda ularning joylashtirilish usullaridan samarali foydalanishni

yuzaga keltiradi.

Ta’kidlab o’tish kerakki, korporatsiya tushunchasi hozirgi sharoitlarda yana bir o’ziga xos

jihatni kasb etmoqda. Undagi bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan xo’jalik

subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa mulkiy munosabatlar,

birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar, umumiy tashkiliy struktura bilan

bog‘liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ko’rib chiqish mumkin.

Aksiyadorlik jamiyatining turli toifadagi rahbarlari, yetakchi mutaxassislari va xodimlari

mehnatini eng yangi texnologiyalarni, shuningdek, hisoblash texnikasini qo’llash orqali maksimal

darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. Moliyaviy strategiyaning to’g‘ri

belgilanishi va o’z vaqtida to’liq amalga oshirilishi korporativ tuzilmalaming kelajakda ham

raqobat kurashida ustun bo’lishini ta’minlaydi. Umuman, tijorat tashkilotlari strategik

muvaffaqiyatini ta’minlashda moliyaviy strategiya muhim rol o’ynaydi. Korxonalarda o’z faoliyat

sohasiga ko’ra turli xil moliyiy strategiyalarni joriy qilishi va qo’llashi mumkin. Tavsiya etiladan

muhim strtegiyalardan alohida ajratib ko’rsatish mumkin:

- moliyaviy rejalashtirishiga ko’ra

- moliyaviy maqsadlariga ko'ra

- maqsad belgilanishiga ko’ra

- davriyligiga ko’ra

Korxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishda o’zining xususyatlaridan va moliyaviy

boshqaruvchilaridan kelib chiqqan holda tanlashi va amalga oshirishi mumkin.

REFERENCES

1.

Corporate finance and financial strategy: optimising corporate and shareholder value /

Tony Davies and lan Crawford.p

2.

Korporativ moliya strategiyasi: Darslik/ S.Elmirzayev,H.Ahmedov // Toshkent/ “Iqtisod-

Moliya” 2019 yil, 192-bet.

3.

Toshmurodova B.E,. Elmirzayev S.E: Korporativ soliq menejmenti Toshkent/ “Mumtoz

so’z”. 104-bet.

4.

Karlibayeva, sh. Masharipova, d. Ergashеv, n. Allambеrgеnova: Korporatsiyalar moliyаsi.

Darslik. Iqtisodiyot: 2019 yil.

5.

Elmirzayev S.E: Korporativ moliya. . Darslik. 2019 yil. 364-bet


background image


198

6.

Namoz o'g'li, N. N. (2023). ISLAMIC BANKING: PROBLEMS, SOLUTIONS AND

PROSPECTIVES. World Economics and Finance Bulletin, 21, 153-159.

7.

Nazarov, N. (2023). The engagement between islamic and conventional banking.

Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития

финансового рынка, 371-374.

8.

U.Yu.O’roqov, Sh.B.Abdulazizov., B.R.Amiqulov. Ta’lim tizimini moliyalashtirish

amaliyoti. “Science and education” Scientific Journal/ISSN21810842 Julay/volume 3

Issue 7

References

Corporate finance and financial strategy: optimising corporate and shareholder value / Tony Davies and lan Crawford.p

Korporativ moliya strategiyasi: Darslik/ S.Elmirzayev,H.Ahmedov // Toshkent/ “Iqtisod-Moliya” 2019 yil, 192-bet.

Toshmurodova B.E,. Elmirzayev S.E: Korporativ soliq menejmenti Toshkent/ “Mumtoz so’z”. 104-bet.

Karlibayeva, sh. Masharipova, d. Ergashеv, n. Allambеrgеnova: Korporatsiyalar moliyаsi. Darslik. Iqtisodiyot: 2019 yil.

Elmirzayev S.E: Korporativ moliya. . Darslik. 2019 yil. 364-bet

Namoz o'g'li, N. N. (2023). ISLAMIC BANKING: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTIVES. World Economics and Finance Bulletin, 21, 153-159.

Nazarov, N. (2023). The engagement between islamic and conventional banking. Приоритетные направления, современные тенденции и перспективы развития финансового рынка, 371-374.

U.Yu.O’roqov, Sh.B.Abdulazizov., B.R.Amiqulov. Ta’lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti. “Science and education” Scientific Journal/ISSN21810842 Julay/volume 3 Issue 7

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов