SPECIFIC ASPECTS OF PROVIDING YOUTH EMPLOYMENT IN THE DIGITAL ECONOMY

HAC
Google Scholar
To share
Tagayev, B. (2024). SPECIFIC ASPECTS OF PROVIDING YOUTH EMPLOYMENT IN THE DIGITAL ECONOMY. Modern Science and Research, 3(1). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28383
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

There are several reasons for focusing on youth employment. According to the analysis, a sharp increase in the share of young people in the population is expected in the next 15-20 years. Therefore, today, ensuring youth employment is one of the priority tasks of the government's economic policy. Ensuring youth employment allows the government to see a number of social, political and economic advantages, as a result of not paying enough attention to youth employment issues, various conflict processes arise in the country. Based on the above, this article analyzes some aspects of ensuring youth employment in the digital economy.

Similar Articles


background image


362

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA YOSHLAR BANDLIGINI

TA’MINLASHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Tagayev Bexzad Anvarovich

Biznes va tadbirkorlik oliy

maktabi mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10552563

Annotatsiya.

Yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratishning bir

qancha sabablari mavjud. Tahlillarga ko‘ra, yayaqin 15-20 yil ichida aholi sonida yoshlar

ulushining keskin o‘sishi kutiladi. Shu sababli, bugungi kunda yoshlar bandligini ta’minlash

hukumat iqtisodiy siyosatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Yoshlar bandiligini

ta’minlash hukumatga bir qator ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy navf ko‘rish imkonini beradi, yoshlar

bandligi masalalariga etarlicha e’tibor qaratmaslik natijasida mamlakatda turli xil ziddiyatli

jarayonlarning vujdga kelishiga sabab bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, mazkur

maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida yoshlar bandligini ta’minlashning ba’zi jihatlari tahlil

qilinadi.

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, raqamli ko‘nikmalar, yoshlar, bandlik, raqamli bandlik,

ishsizlik, gender tengligi, iqtisodiy farovonlik.

SPECIFIC ASPECTS OF PROVIDING YOUTH EMPLOYMENT IN THE DIGITAL

ECONOMY

Abstract.

There are several reasons for focusing on youth employment. According to the

analysis, a sharp increase in the share of young people in the population is expected in the next

15-20 years. Therefore, today, ensuring youth employment is one of the priority tasks of the

government's economic policy. Ensuring youth employment allows the government to see a

number of social, political and economic advantages, as a result of not paying enough attention

to youth employment issues, various conflict processes arise in the country. Based on the above,

this article analyzes some aspects of ensuring youth employment in the digital economy.

Keywords:

digital economy, digital skills, youth, employment, digital employment,

unemployment, gender equality, economic well-being.

ОСОБЕННОСТИ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЗАНЯТОСТИ МОЛОДЕЖИ В ЦИФРОВОЙ

ЭКОНОМИКЕ

Аннотация.

Существует несколько причин уделять большое внимание вопросу

трудоустройства молодежи. Согласно анализу, резкое увеличение доли молодежи в

населении ожидается в ближайшие 15-20 лет. Поэтому сегодня обеспечение занятости


background image


363

молодежи является одной из приоритетных задач экономической политики государства.

Обеспечение занятости молодежи позволяет правительству видеть ряд социальных,

политических и экономических преимуществ, поскольку в результате недостаточного

внимания вопросам занятости молодежи в стране возникают различные конфликтные

процессы. На основании вышеизложенного в данной статье анализируются некоторые

аспекты обеспечения занятости молодежи в условиях цифровой экономики.

Ключевые слова:

цифровая экономика, цифровые навыки, молодежь, занятость,

цифровая занятость, безработица, гендерное равенство, экономическое благополучие.

Hukumatning yoshlar siyosatida ikki asosiy yo‘nalish: yoshlarga zamonaviy ta’lim berish

va yoshlarni samarali band qilish muhim o‘rin tutadi. So‘nggi besh yil ichida universitetlar soni

ko‘payib, oliy o‘quv yurtlariga kirish kvotasi ikki baravar ko‘paydi. Mehnat bozorida mavjud faol

dasturlardan tashqari, o‘tgan yili yoshlarni ish bilan ta’minlash va yoshlar tadbirkorligini

rivojlantirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar, shu jumladan yoshlar uchun ish haqi subsidiyalari,

kasb-hunar ta’limi talabalari uchun korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini subsidiyalash,

tadbirkorlik loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda va yoshlar texnoparklariga

investitsiyalar kiritilmoqda.

Qishloq va shaharlarda istiqomat qiluvchi yosh aholi, qiz va o‘g’il bolalar, maktabni

tugatmaganlar va universitet bitiruvchilari turli xil xususiyatlarga ega bo‘lganlari holda, o‘z hat

yo‘llarida turli tanlov va cheklovlarga duch keladilar. Mehnat bozorining standart tahlilida yoshlar

guruhiga 15-24 yoshdagi shaxslar kiritiladi, O‘zbekistonda esa bunday toifaga 15-29 va 35

yoshdagi insonlar kiritiladi.

Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar soni bo‘yicha mutloq

ustunlikka ega: 24 yoshgacha bo‘lganlar 15 million, 29 yoshgacha bo‘lganlar 18 million nafarni

tashkil qiladi. Kelgusi o‘n yil ichida mehnatga layoqatli aholi soni 12 foizga ko‘payishi

kutilmoqda.

Ayol jinsiga mansub yoshlar o‘rtasida NEET ulushi erkak jinsiga mansub yoshlarga

qaraganda to‘rt karra yuqori. 2017 yilda 38,2-16 yoshdagi ayollarning qariyb 24 foizi NEET

toifasiga mansub bo‘lgan bo‘lsa, xuddi shu yosh guruhidagi erkaklarning atigi 9,4 foizi mazkur

toifadan o‘rin olgani holda, oradagi tafovut 29 foizni tashkil qiladi. Kengroq yosh guruhi (16-29

yosh) uchun bu farq 18 foiz punktgacha kamayadi, bu erda ayollarning 44 foizi ishsiz, o‘qimaydi

va ish izlamaydi, bu ko‘rsatkich erkaklarda 8,5 foizni tashkil qiladi.


background image


364

Fokus‐guruhlardagi yoshlar bilan munozaralar davomida to‘plangan sifatli ma’lumotlar

shuni ko‘rsatadiki, mahalliy mehnat sharoitlari, asosan kam maoshli va norasmiy bandlik ishsiz

yoshlarni xalqaro migratsiyani ish va munosib ish haqining deyarli yagona varianti deb bilishga

undaydi. 16 va undan katta yoshdagi aholining 5,5 foizi xalqaro mehnat muhojirlaridir. Migrant

ishchilarning aksariyati 25-34 yoshdagi odamlar, ayni chog’da esa, muhojirlarning aksariyati

(taxminan 90 foiz) erkaklardir. O‘zbekistonliklarning asosiy qismi Rossiya, Qozog’iston va

Turkiyada mehnat qiladilar.

Ma’lumot darajasi past bo‘lgan yoshlar bilan taqqoslaganda, oliy ma’lumotli yoshlar

o‘rtasida ishsizlik darajasi bir muncha past. Biroq, 25 yoshdan 34 yoshgacha bo‘lganlarning 10,7

foizi oliy ma’lumotli bo‘lsalarda, har uch nafar yoshning ikki nafari o‘rta-maxsus ma’lumotiga

ega, 23 foiz yoshlar to‘liq o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgani holda, 2 foiz yoshlar 9 yillik attestatga

egalar.

O’rta, shuningdek, o‘rta maxsus va kasb-hunar ma’lumotiga ega bo‘lgan xodimlar

(ishchilar umumiy sonining 61 foizini tashkil etadi) talab qilinadigan texnik va kommunikatsion

ko‘nikmalarga ega emaslar, bu ham oliy ma’lumot olishda, ham kasb-hunar ta’limi va o‘qitish

sifatidagi sezilarli bo‘shliqlar mavjudligini ko‘rsatadi.

Mehnat bozori bo‘yicha axborot tizimlari ish izlovchilar va ish beruvchilar o‘rtasidagi

axborot oqimini yaxshilash orqali mehnat bozorlarini yanada samarali qilishga yordam beradi.

Kutilayotgan maoshlar, qidirilayotgan kasblar va ko‘nikmalar haqida aniq ma’lumot mavjud

bo‘lganda, yoshlar muqobil martaba yo‘llarini, shuningdek, ta’limga sarmoya kiritishning eng

yaxshi variantlarini solishtirishlari mumkin. Ish beruvchilar ham, yoshlar ham do‘stlar va shaxsiy

aloqalar orqali norasmiy ish qidirish kanallari odatiy hol ekanligini ta’kidlaydilar. Maktablarda

kasbga yo‘naltirish ishlarining samaradorligi talabga javob bermaydi. Yoshlar va maktab vakillari

bilan suhbatlar shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar ta’limdan keyin mehnat faoliyatini boshlashga

tayyor emaslar. Na maktab va na ota-onalar ularga ongli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan

mehnat bozori to‘g’risida ma’lumot bermaydilar. Ular mintaqaviy mehnat bozori, tarmoq

o‘zgarishlari yoki kompaniyalarning ma’lum ko‘nikmalar yoki mutaxassisliklarga bo‘lgan talabi

to‘g’risida yangilangan ma’lumotlardan xabardor emaslar. O‘zbekistonda bitiruvchilar o‘zlarining

sub’ektiv qiziqishlari, afzalliklari va ambitsiyalaridan kelib chiqqan holda ta’lim yoki kasbni

tanlaydilar. Yoshlar ma’lum bir kasbni olish uchun qaysi kasblarga talab yoki yaxshiroq maosh

olishini, shuningdek, qaysi ta’lim yo‘llari zarurligini bilmasliklarini aytishdi. Natijada, axborot

etishmasligi maqbul qaror qabul qilish va investitsiyalarni to‘g’ri yo‘naltirishga to‘sqinlik qiladi.


background image


365

Muammolarni hal qilish va mavjud siyosat va dasturlarning zaif tomonlarini bartaraf etish

uchun qisqa va uzoq muddatli istiqbolda yoshlarni ish bilan ta’minlash siyosati dasturi

samaradorligini oshirish borasida yo‘l xaritasi ishlab chiqish talab qilinadi Yo‘l xaritasining

maqsadi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha yanada kengroq dasturni ishlab chiqish emas, balki

yoshlarga ta’limdan mehnat bozoriga o‘tishda yordam beradigan aniq siyosat jihatlariga e’tibor

qaratishdan iborat bo‘lishi lozim.

Qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: ish

haqi subsidiyalari va ustoz-shogirdlik uchun to‘lovlar ajratish hajmini oshirish; yoshlar

tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun ko‘nikmalar va boshlang’ich kapitalni taqdim etishni

kengaytirish; raqamli ko‘nikmalarni maktab va kasb-hunar ta’limi markazlarida targ’ib qilish

orqali rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash; talab qilinadigan ko‘nikmalar va kasblarning yanada

samarali diagnostikasini ta’minlash va talabalar va yosh ish izlovchilarga ta’lim va mehnat bozori

to‘g’risida

ma’lumot

berish;

yoshga

mos

kasbiy

yo‘naltirish

mexanizmlarini

institutsionallashtirish va shu kabilar.

Uzoq muddatli istiqbolda yoshlarni ish bilan ta’minlash siyosatini takomillashtirish

maqsadida oliy ta’lim qamrovini oshirish, gender tenglikka erishish, ish beruvchilar bilan

yaqindan hamkorlik qilish, milliy malaka tizimini qayta baholash, ta’lim tizimi dasturlarini xalqaro

andozalarga moslashtirish kabi vazifalarni hal etish talab qilinadi.

REFERENCES

1.

“Youth Employment in Uzbekistan: Opportunities and Challenges”// 2021 International

Bank for Reconstruction and Development / The World Bank.

2.

European Commission (2021), “2030 Digital Compass: the European way for the Digital

Decade”,

Journal of Chemical Information and Modeling

, Vol.

3.

Абдувохидов А. А. Ислоҳотларнинг Ҳозирги Босқичида Тадбиркорликни

Ривожлантириш Аҳоли Фаровонлигини Оширишнинг Муҳим Асоси Сифатида

//Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2021. – Т. 1. – №. 6. – С. 388-

399.

4.

Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING

INNOVATSION

RIVOJLANISHINI

TADQIQ

ETISHDAGI

YONDASHUVLAR.

Iqtisodiy

Taraqqiyot

Va

Tahlil

,

1

(4),

12–21.

https://doi.org/10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss4-pp12-21

References

“Youth Employment in Uzbekistan: Opportunities and Challenges”// 2021 International Bank for Reconstruction and Development / The World Bank.

European Commission (2021), “2030 Digital Compass: the European way for the Digital Decade”, Journal of Chemical Information and Modeling, Vol.

Абдувохидов А. А. Ислоҳотларнинг Ҳозирги Босқичида Тадбиркорликни Ривожлантириш Аҳоли Фаровонлигини Оширишнинг Муҳим Асоси Сифатида //Barqarorlik va yetakchi tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali. – 2021. – Т. 1. – №. 6. – С. 388-399.

Abduvoxidov, A., & Kamilova, S. (2023). INSON KAPITALI VA IQTISODIYOTNING INNOVATSION RIVOJLANISHINI TADQIQ ETISHDAGI YONDASHUVLAR. Iqtisodiy Taraqqiyot Va Tahlil, 1(4), 12–21. https://doi.org/10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss4-pp12-21

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов