NAIM KARIMOV. THE RESULT OF RESEARCH IN THE FIELD OF LITERARY CRITICISM

HAC
Google Scholar
To share
Nuriddinova, U., & Tuliboyev, S. (2024). NAIM KARIMOV. THE RESULT OF RESEARCH IN THE FIELD OF LITERARY CRITICISM. Modern Science and Research, 3(1), 1051–1054. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28648
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the critic Naim Karimov's literary and critical activities and researches were highlighted. The scholarly and critical views of the literary scholar were described in detail within the pamphlet "The Poet Who Awakened Independence" dedicated to Cholpon and the article "Who Killed Hamza or the Black Spring of Shahimardan" about Hamza Hakimzada Niazi. It was also emphasized that Naim Karimov has a special place and important importance in the development of Uzbek literary criticism.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1051

NAIM KARIMOV. ADABIY TANQID SOHASIDAGI IZLANISHLAR

SAMARASI

Nuriddinova Umida

Termiz davlat universiteti

o’zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi

Sarvar Tuliboyev

Ilmiy rahbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10579073

Annotatsiya. Ushbu maqolada munaqqid Naim Karimovning adabiy-tanqidiy faoliyati va

izlanishlari yoritib berildi. Cho’lponga bag’ishlangan “Istiqlolni uyg’otgan shoir” risolasi va
Hamza Hakimzoda Niyoziy haqidagi “Hamzani kim o’ldirgan yoxud Shohimardonning qora
bahori” maqolasi doirasida adabiyotshunos olimning ilmiy-tanqidiy qarashlari atroflicha bayon
etildi. Shuningdek, Naim Karimov o’zbek adabiy tanqidi rivojida o’ziga xos o’ringa va muhim
ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o’tildi.

Kalit so’zlar: Ozod Sharafiddinov, Naim Karimov, adabiy tanqid, adabiyotshunoslik,

Cho’lpon, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Oybek, munaqqid, Vadud Mahmud, tahlil.

NAIM KARIMOV. THE RESULT OF RESEARCH IN THE FIELD OF

LITERARY CRITICISM

Abstract. In this article, the critic Naim Karimov's literary and critical activities and

researches were highlighted. The scholarly and critical views of the literary scholar were
described in detail within the pamphlet "The Poet Who Awakened Independence" dedicated to
Cholpon and the article "Who Killed Hamza or the Black Spring of Shahimardan" about Hamza
Hakimzada Niazi. It was also emphasized that Naim Karimov has a special place and important
importance in the development of Uzbek literary criticism.

Keywords: Azod Sharafidinov, Naim Karimov, literary criticism, literary studies, Cholpon,

Hamza Hakimzada Niyazi, Oybek, critic, Vadud Mahmud, analysis.

НАИМ КАРИМОВ. РЕЗУЛЬТАТ ИССЛЕДОВАНИЙ В ОБЛАСТИ

ЛИТЕРАТУРНОЙ КРИТИКИ

Аннотация. В данной статье освещена литературно-критическая деятельность и

исследования критика Наима Каримова. Научные и критические взгляды литературоведа
подробно изложены в брошюре «Поэт, пробудивший независимость», посвященной
Чолпону, и статье «Кто убил Хамзу, или Черный источник Шахимардана» о Хамзе
Хакимзаде Ниязи. Также было подчеркнуто, что Наим Каримов занимает особое место и
важное значение в развитии узбекского литературоведения.

Ключевые слова: Азод Шарафидинов, Наим Каримов, литературоведение,

литературоведение, Чолпон, Хамза Хакимзада Ниязи, Ойбек, критик, Вадуд Махмуд,
анализ.

O’zbekiston Qahramoni, sermahsul ijodkor, qalami o’tkir munaqqidlarimizdan biri Ozod

Sharafiddinov adabiy tanqidga shunday ta’rif bergan edi: “Tanqid nima, degan savolga javob yo’q.

Ba’zilar tanqid yozuvchiga yo’l ko’rsatadi, kamchiliklarini ochib beradi, deyishadi.
Yozuvchilar esa tanqidchilar asardan xato qidirib o’qimasligi kerak, degan fikrni

bildiradilar. Mening nazarimda, tanqidchi asarning nuqsonini topishdan ko’ra ko’proq undagi


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1052

mavjud – yashiringan go’zallikni topib ko’rsata bilishi lozim. Agar ta’rif kerak bo’lsa, tanqid – bu
badiiy adabiyotdagi, she’riyatdagi, nasrdagi yashirin go’zallikni kashf qilish san’ati, derdim”
(“Tanqidchilik kasbi haqida”). O’ylaymanki, yuqoridagi so’zlar tanqidga berilgan go’zal hamda
tushunarli ta’rifdir. Ozod Sharafiddinov tanqidchi bo’lish uchun ijodkor “Himolay ham ip
esholmay qoladi” gan bilimlar sohibi bo’lishi zarurligini, yosh tanqidchilar bu sohani oson deb
o’ylab, mas’uliyatsizlik bilan yondashayotgani, tanqid “umrbod mashaqqatli, tinimsiz, orom
bilmaydigan mehnat” ekanligini ta’kidlaydi. Yoxud “ko’zni yumib, og’izni ochib” (Abdurauf
Fitrat) yengil mushohada qiladigan, har qanday mafkuraga ergashib ketaveradigan
tanqidchilarning peshonasiga adabiyotning o’zi qora tamg’a bosganiga barchamiz guvohmiz.

Ammo o’z yo’lida, o’z maqsadida sobit turgan, haq so’zni aytishdan hayiqmagan zabardast

tanqidchilarimiz ham bor (Abdurauf Fitrat, Vadud Mahmud, Cho’lponlarni eslang!), shu o’rinda
ularning yo’lini davom ettirgan, ustozlarining nomini oqlagan, ular haqida qimmatli ma’lumotlarni
adabiyotshunoslikka olib kirgan adabiy tanqidimiz vakillari ham bir talay. Ulardan biri o’zbek
adabiyotshunosligi va tanqidchiligida mustahkam o’rniga ega bo’lgan filologiya fanlari nomzodi,
professor Naim Karimovdir.

Naim Karimov ijodiy faoliyati jamiyatda, shuningdek, adabiy muhitda holat yaxshilasha

boshlagan davrga to’g’ri keladi. Tanqidchi 1932-yilda Toshkentda dunyoga kelgan. O’rta
ma’lumotni olgach, SAGU ning o’zbek filologiyasi fakultetida, so’ng ushbu universitet
aspiranturasida tahsilni davom ettrigan. “Hamid Olimjonning badiiy mahorati” mavzusida
nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan olimning doktorlik ishi “XX asr o’zbek adabiyoti
taraqqiyotining o’ziga xos xususiyatlari va milliy istiqlol mafkurasi” mavzusida edi (1994). O’z
FA Til va adabiyot institutida qariyb yetmish yillar samarali mehnat qilgan.

Naim Karimov izlanuvchan va o’ziga xos ilmiy-estetik qarashlarga ega munaqqid va

adabiyotshunosdir. Uning bu xususiyatlari Hamza, Cho’lpon, Oybek, Usmon Nosir, Hamid
Olimjon, Maqsud Shayxzoda ijodi va faoliyatiga oid tadqiqotlarida yorqin ko’rinadi. Uning
“Oybek”, “Oybek gulshanida qolgan g’unchalar”, “Oybek va Zarifa”, “Ilhom chashmasining ajib
mavjlari”, “Oybek. Mashhur o’zbek adibining hayoti va ijodidan lavhalar” kabi asarlari, “Tarix
so’qmoqlari izimdan cho’tir…”, “Oybek: Tosh ekan bu boshim…”, “Ikki darg’a” (Oybek va
Otajon Hoshim xususida), “Yozilmagan durdona”, “Oybek o’gitlari”, “Oybekning so’nggi
qo’shig’i” singari o’nlab maqolalari oybekshunoslikda, umuman, adabiyotimizda katta
ahamiyatga ega bo’lsa, “Istiqlolni uyg’otgan shoir” risolasi, “Cho’lpon” ma’rifiy romani Cho’lpon
haiqda, “Hamza Hakimzoda Niyoziy”, “ “Boy ila xizmatchi” pyesasining ijodiy taqdiri”, “Hamza
grajdanin”, “Qorasoch va Oltoyxon” (Hamzaning “Qorasoch” operasi haqida), “Hamzani kim
o’ldirgan yoxud Shohimardonning qora bahori” kabi maqolalari esa Hamza haqida o’qilmagan,
biz bilmagan hikoyalarni so’zlaydi.

XX asrdagi buyuk shoir, yozuvchilar hayoti, faoliyatini asarlarining yozilish sababi, tarixi,

muallifning atvori, tabiati, turmush tarzi, muhiti-yu davrasi bilan bog’liq holatda gavdalantirish
Naim Karimov kabi ijodkorlardan boshlangan, desak adashmagan bo’lamiz. Naim Karimov har
bir tadqiqotini aniq faktlar bilan yozadi, o’quvchi rad qila olmaydigan dalillar keltiradi. Albatta,
uning orqasida tinim bilmas izlanishlar yotibdi.

Shu o’rinda “Hamzani kim o’ldirgan yoxud Shohimardonning qora bahori” maqolasiga

to’xtalsak. Ushbu maqola 1991-yilda “Yoshlik” jurnalining 10-sonida bosilib chiqadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1053

Shohimardon! O, tog’lar qo’ynida pinhon,
Go’zal diyor, ko’ksingda dahshatli achhiq
Qanday qonli sirlar bor?...
Yurak zirqirar
Bosadi xotiralar – qora bosiriq…
Oybekning yuqoridagi misralari bilan boshlanuvchi maqola bir necha qismlardan,

jumladan, “Shohimardon mozori”; “Hamza Shohimardonda”; “Hamza qazigan choh”; “Fitna”;
“Hamzaning so’nggi kuni”; “Fojiadan so’ng”; “Jumboq” dan iborat. Ko’rinib turganidek, maqola
hajman anchayin katta. Nomlar asosida qismlarga ajratib olishni Naim Karimovning boshqa
maqolalarida ham ko’rishimiz mumkin, masalan, “Abdulla Qodiriy qayerda o’qigan?” maqolasi:
“Qodiriy Mayakovskiy bilan ko’rishganmi?”; “Qodiriy shoir Oltoyni nega tanqid qilgan?”;
“Qodiriyni Moskovdan nega olib qolishgandi?”; “Kuldirardi, biroq o’zi kulmas edi”. Bu tartib-
intizom ham Naim Karimovning yana bir jihatini ko’rsatadi. Maqolada munaqqid har bir holatga,
berayotgan har bir ma’lumotiga batafsil yondashgan. Shohimardondagi mozorni ta’riflash uchun
hazrati Ali haqidagi rivoyatdan so’zlaydi (O’rta Osiyo xalqlarida mavjud rivoyatga ko’ra, uning
yettita tani bor bo’lib, yettinchisi Shohimardonning xushmanzara manziliga dafn etilgan). Hamza
haqida xufyalar so’zlagan gaplari, johil dindorlarning Hamzaga qarshi tuzgan rejalari, suiqasdni
necha kishi amalga oshirgani (17 kishi, shulardan to’rttasi Shohimardondan qochib chiqib ketadi),
hatto har birining ismigacha, to’z-to’polon vaqtida Hamza bilan birga bo’lganlar, ya’ni guvohlar
(Do’stmuhammad Shermatov, Mullajon Abdurahimov, Jahongir Xolmatov, Orifjon Marajabov),
bu fojiada Hamroqul Tursunqulov(qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish yetakchisi, rais)ning qanday
qo’li borligi, yozishmalar, maktublar aniq tarixiy faktlar bilan beriladi. Hodisa shunday
tasvirlanadiki, voqealar silsilasi birma bir butun rang-u ro’yi bilan ko’z oldimizdan o’tadi. Naim
Karimov Shohimardon xo’jalari yoki bolsheviklar qilmishlarini yoritar ekan, Hamzaning ayblarini
ham keltiradi, u Shohimardonda to’g’ri siyosat olib bormagan, degan fikrlarga keladi
(Xo’jalarning iltimosini eshitmasdan ularni majburan Shohimardondan chiqarib yuborishga
urinish, tahdidlar, so’kish va haqoratlar hamda shu kabilar. Tanqidchi Hamzaning o’ziga o’zi choh
qaziganidan taajjubga tushganini kitobxondan berkitmaydi. Maqola so’ngida o’zining qarashlari
va jumboqli tomonlarni ham ta’kidlab o’tadi: “…Shuning uchun ham kalavaning bu uchini
yechishni dorilamon zamonlarga qoldiramiz”.

“Istiqlolni uyg’otgan shoir” nomli risola Cho’lponga bag’ishlanganini yuqorida aytib

o’tdik. Ushbu risolada Cho’lpon adabiy muhiti, uning ayrim asarlari, she’rlarining yaratilishi,
tergov, qatl haqida qimmatli ma’lumotlar beriladi. Munaqqid Cho’lpon ruhiy olamidagi
o’zgarishlarni uning she’rlari asnosida o’quvchiga yetkazadi:

Kulgan boshqalardir, yig’lagan menman,
O’ynagan boshqalar, ingragan menman.
Erk ertaklarini eshitgan boshqa,
Qullik qo’shig’ini tinglagan menman.
(1920-yilda Bokuda o’tkazilgan Sharq xalqlari qurultoyining samarasiz bo’lganidan
nadomat chekkan shoirning ruhiy iztiroblari)
Cho’lpon asarlarida nomi tilga olingan, ammo bizga notanish bo’lgan shaxslar haqida

ma’lumot beriladi. Jumladan, “Ketding” sarlavhali marsiya bag’ishlangan Rahmatulla Sultonov.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1054

Ushbu inson biz tanigan atoqli adabiyotshunos olim va dramaturg Izzat Sultonning akasi

bo’lib, O’shda tug’ilgan. U Andijondagi rus-tuzem maktabida Cho’lpon bilan birga o’qigan. Sil
kasali bilan og’rib, juda erta, aniqrog’i, 1921-yil 21 yoshida vafot etgan.

Asarda Cho’lpon va Vadud Mahmudning yaqin maslakdoshlik munosabati, ularning fikr

almashinuvlari, hazil mutoyibaga yo’g’rilgan yozishmalari, shu o’rinda Vadud Mahmudning ham
o’ziga xos iste’dod va salohiyatlari yoritilgan. Naim Karimov bularni ayta turib keyingi
izlanishlari borasida ham so’z yuritadi: “…shoir, taxminimga ko’ra, shu yillarda Toshkent,
Andijon, Samarqandda qolgan aqrabolari bilan xatlashib turgan. Bu xatlarning bugungi kunga
qadar saqlanib qolganiga katta umid bog’lash aqldan bo’lmasa-da, har qalay, ularni izlash
huquqidan bizni hech kim mahrum eta olmasa ham kerak”.

Adabiyotimiz Naim Karimovdek izlanuvchan, yuksak salohiyatli olim va munaqqiddan

ajraganiga ko’p bo’lmadi (2023-yilning 17-sentyabri). Biroq uning qilgan ishlari asrlar osha
adabiyot, madaniyat, shuningdek, adabiy tanqidimiz “koriga yarashi”ga ishonchimiz komil.

REFERENCES

1.

B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, Sh.Axmedova. O’zbek adabiy tanqidchiligi
tarixi. T.: Cho’lpon, 2012.

2.

B.Karimov. O’zbek adabiy tanqidi (Antologiya). T.: Turon-iqbol, 2011.

3.

N.Karimov. Istiqlolni uyg’otgan shoir. T.: Ma’naviyat, 2000.

4.

N.Karimov. Hamzani kim o’ldirgan yoxud Shohimardonning qora bahori (maqola).
“Yoshlik” jurnali, 1991-yil, 10-son.

5.

N.Karimov. Abdulla Qodiriy qayerda o’qigan? (maqola).

6.

O.Sharafiddinov. Talant – xalq mulki. T.: Yosh gvardiya, 1979, 174-bet.

References

B.Nazarov, A.Rasulov, Q.Qahramonov, Sh.Axmedova. O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi. T.: Cho’lpon, 2012.

B.Karimov. O’zbek adabiy tanqidi (Antologiya). T.: Turon-iqbol, 2011.

N.Karimov. Istiqlolni uyg’otgan shoir. T.: Ma’naviyat, 2000.

N.Karimov. Hamzani kim o’ldirgan yoxud Shohimardonning qora bahori (maqola). “Yoshlik” jurnali, 1991-yil, 10-son.

N.Karimov. Abdulla Qodiriy qayerda o’qigan? (maqola).

O.Sharafiddinov. Talant – xalq mulki. T.: Yosh gvardiya, 1979, 174-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов