THE PURPOSE OF PEDAGOGICAL ACTIVITY IN FORMING THE FUTURE PHYSICIAN

HAC
Google Scholar
f
1263-1266
0
0
To share
Akramova, Z. (2024). THE PURPOSE OF PEDAGOGICAL ACTIVITY IN FORMING THE FUTURE PHYSICIAN. Modern Science and Research, 3(1), 1263–1266. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28827
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, comments on the professional competence of the future doctor are presented. It is necessary for the medical staff to provide the necessary medical and social-psychological assistance to the patient. The article also states that the government has created development prospects in this field in our republic.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1263

BO‘LAJAK SHIFOKORNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK FAOLIYATNING

MAQSADI

Akramova Ziyoda Shukurullayevna

Alfraganus Universiteti farmasevtika va

kimyo kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10612902

Annotatsiya.

Ushbu maqolada bo’lajak shifokorning kasbiy kompetentligi xususida

mulohazalar bayon qilingan. Tibbiyot hodimlari bemorga ham tibbiy ham ijtimoiy-psixologik
jihatdan zarur tibbiy yordamni ko‘rsatishi zarur. Respublikamizda hukumat tomonidan bu soha
bo‘yicha rivojlanish istiqbollari yaratilganligi ham maqolada ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar:

ruh va ong, shifokorlik pozitsiyasi, ijtimoiy faollik, emotsionallik,

moslashuvchanlik.

THE PURPOSE OF PEDAGOGICAL ACTIVITY IN FORMING THE FUTURE

PHYSICIAN

Abstract.

In this article, comments on the professional competence of the future doctor are

presented. It is necessary for the medical staff to provide the necessary medical and social-
psychological assistance to the patient. The article also states that the government has created
development prospects in this field in our republic.

Key words:

spirit and mind, medical position, social activity, emotionality, adaptability.

ЦЕЛЬ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В ФОРМИРОВАНИИ БУДУЩЕГО

ВРАЧА

Аннотация.

В данной статье содержатся комментарии о профессиональной

компетентности будущего врача. Необходимо, чтобы медицинский персонал оказал
пациенту необходимую медицинскую и социально-психологическую помощь. В статье
также говорится, что правительство создало перспективы развития этой сферы в нашей
республике.

Ключевые слова:

дух и разум, врачебная позиция, социальная активность,

эмоциональность, адаптивность.

Bo‘lajak shifokorni huquqiy tarbiyalash, demokratik qonunchilikka rioya qilish

davlatimiz siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, davlat va jamiyat hayotida qonunchilik
hamda huquqiy tartibni mustahkamlash masalalari mamlakatimizda qonunchilik asoslarini
belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Yosh kadrlar ijtimoiy faolligining shakllanishida eng
muhim vositalardan biri demokratik huquq sanaladi. Demokratik jamiyatni takomillashtirish,
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va yangi avlodni shakllantirish masalasida respublikamiz
hukumati davlat va jamiyat hayotining huquqiy asoslarini mustahkamlashga alohida ahamiyat
berib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida barcha fuqarolar singari yoshlarga
ham keng huquq berilganligi uqtirilgan. Shulardan biri O‘zbekiston Respublikasining har bir
fuqarosiga qobiliyati va yo‘nalishiga qarab bilim olishi ta’minlanganligi ko‘rsatilgan. Bu
huquq o‘quvchilarga har xil shakllarda davlatimiz tomonidan kafolatlangan. Bugungi kunda
mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasiga kо‘tarilgan ekan, buning negizida
kelajagimiz bunyodkorlari bо‘lgan yoshlarni inson qalbi va ongini egallash uchun, turli mafkuralar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1264

о‘rtasidagi kurash asrida turli xil yot g‘oyalar va tajovuzlardan asrab qolish maqsadi ham
mujassam. Zotan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlayotganidek,
“Yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bо‘lib
kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masalaga haqiqatdan ham hayot-mamot
masalasi sifatida qarab kelingan. O‘sib kelayotgan yosh avlod bugun jamiyatimizning shunchaki
bir a’zosi bo‘lsa, ertaga uning bunyodkori bo‘ladi.”

1

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning

BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida ta’kidlanganidek, “Bugungi dunyo yoshlari
son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, chunki ular 2 milliard kishini tashkil
etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga
yetishi bilan bog‘liq”.

2

Demak, yoshlar tarbiyasiga yetarli darajada e’tibor berish orqali biz

kelajagimiz uchun mustahkam tamal toshini qo‘ygan bo‘lamiz.

Hozirgi kunda Prezidentimizning tashabbuslari bilan mamlakatimizda yosh avlodni

barkamol qilib tarbiyalash, yosh avlodning har jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom, intellektual
salohiyatli, maʼnan barkamol ulg‘ayishi uchun, shuningdek yoshlarni qilgan mehnati, erishgan
yutuqlariga yarasha rag‘batlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu islohatlar
natijasini tibbiyot sohasida ham kuzatishimiz mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston

Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF4947 sonli
Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-2909 qarorlari

3

tadqiqot ishimizga dasturul amal bo‘lib xizmat qiladi.

Mamlakatimizda kasb-hunar ta’limini tashkil etish va rivojlantirish borasida tizimli

islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada oliy ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan
biri – bu bo‘lajak mutaxassislarning, bo‘lajak shifokorlarning kasbiy tayyorgarligini
shakllantirishdir.

Kasbiy tayyorgarlik – zaruriy kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish asosida

yuzaga keluvchi shaxs ijtimoiy kompetentligining o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida izohlanadi. Kasbiy
tayyorgarlik o‘z-o‘zidan yuzaga kelmay balki aniq maqsadlar asosida rejalashtirilgan muayyan
bosqichlarni qamrab oladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat rahbari va Vazirlar mahkamasi
tomonidan oxirgi yillarda chiqarilayotgan bir qator qaror va farmonlarida tibbiyot shifokorlarining
kasbiy kompetentligi, salohiyati, kasbiy mahorati juda yuqori darajada bo‘lishi ko‘rsatib o‘tilgan.

“Kompetentlik” tushunchasi shifokorning ma’lumoti, ko‘nikmasi, qobiliyati va tajribasini

o‘z ichiga oladi. Boshqacha qilib aytganda, shifokorning kasbiy faoliyatiga doir zarur bo‘lgan
bilim, ko‘nikma, malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo‘llay olishi
tushuniladi. Shu jumladan, sog‘liqni saqlash sohasining rivojlanishi, eng avval ushbu jarayonni
tashkil etuvchi, boshqaruvchi, nazorat qiluvchi tibbiyot hodimlarining dunyoqarashi va

1

Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonuni 2016-yil 14-sentyabr, OʻRQ-

406-son Toshkent sh.

2

Нурали Нишоналиевич Сиддиқов (2022). СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИДА “ИЖТИМОИЙ

ШЕРИКЧИЛИК ТЎҒРИСИДА”ГИ ҚОНУНИНИНГ ЎРНИ. Academic research in educational sciences, TSDI
and TMA Conference (2), 91-94.

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947- sonli Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami - № (766) – 70- modda, -T.:Adolat, 2017. -B.38.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1265

tafakkuridagi o‘zgarishlarga ya’ni ularning kasbiy kompetentligiga bevosita bog‘liqdir. Tibbiyot
shifokorlarining kasbiy mahorati va kompetenligining o‘zaro aloqadorlik masalasi bir qator
pedagogik-psixologik adabiyotlarda ochib berilgan. Unda kasbiy mahoratni tug‘ma xususiyatlar
va fazilatlar bilan shartli belgilanmasligi ta’kidlangan.

4

Zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida shifokorning tibbiyotga oid bilim, ko‘nikmalarini

psixologiya sohasi bilan birlashtirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tibbiy faoliyatda
tibbiyot xodimlari va bemorlar o‘rtasida nafaqat bemorning psixologik, balki jismoniy holatini
yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan alohida munosabatlar shakllanadi. Shuning
uchun tibbiyot hodimi va bemor o‘rtasidagi muloqot psixologiyasini o‘rganish hech qachon o‘z
ahamiyatini yo‘qotmaydi. Shifokor kasbi ma’lum psixologik xususiyatlarga ega. Uning oldida har
doim tibbiyot hodimi va bemor o‘rtasidagi muloqot psixologiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil
vazifalar mavjud. Bemor muammolarni hal qilish uchun asosiy muloqot qobiliyatlari va
ko‘nikmalariga ega bo‘lish muhimdir. Ular, birinchi navbatda, bemor bilan suhbatlashish, uning
ichki dunyosiga kirib borish, bemorning individual psixologik xususiyatlarini yetarli darajada
tushunish va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Har bir tibbiyot hodimi har daqiqada duch keladigan
ushbu va boshqa ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tish qobiliyati shifokor va bemor o‘rtasidagi
muloqot psixologiyasining asosiy xususiyatidir. Ular o‘rtasidagi muloqotlarning maqsadi muloqot
ishtirokchilaridan biri tomonidan boshqasiga nisbatan ko‘rsatiladigan tibbiy yordamdir. Shifokor
bilan yaxshi muloqotda bo‘lgan holda, qo‘llaniladigan davolash yaxshi ta’sirga ega, yon ta’siri va
asoratlari ancha kam. Bemor bilan muomalaga kirishishning o‘ziga yarasha shartlari bor, albatta.
Shifokor bemor xastaligining taxminiy diagnozini, shaxsini, kasbini, ijtimoiy sharoitini,
saviyasini, dunyoqarashini, bilim darajasini, tashqi psixik belgilarini o‘rganganidan so‘ng, o‘zini
ham bu muloqotga ruhan tayyorlaganidan keyingina u bilan muloqot qilish uchun ma’naviy haqqi
paydo bo‘ladi. Bemor va shifokor muloqoti (shartli ravishda) ikki doirada kechadi: Birinchi,
tashqi doira zanjirida yuqorida aytilgandek, shifokorning bemor bilan muloqotga tayyorlanish
bosqichidagi amallar kiradi. Ikkinchi, ichki doirani esa bemor shaxsini, uning kasallik sabablarini
begilovchi dalillar zanjiri tashkil etadi. Birinchi doira sohibining mahorat darajasi qay darajada
yuksakligi uning ikkinchi doiraga “ko‘prik” sola olish san’ati bilan belgilanadi. Aynan shu
“ko‘prik” solinganidan so‘ng bemor shifokorga ishonch va umid ko‘zi bilan qaray boshlaydi.

Bo‘lajak shifokor kasbiy faoliyatidagi eng muhim vazifalar quyidagilardan iboradir:

- Iroda, jasorat, chidamlilik;
- Bemorlarga har tomonlama yordam ko‘rsatish va ularning azoblarini o‘zining emotsionalligi
bilan yengillashtirish;
- O‘z bemoriga nisbatan insoniylik;
- Yuksak psixologik mahorat;
- Kasallik yuzasidan yetuk bilim.

5

4

D.A.Sobirova. Tibbiyot xodimlari social intelekti ko’rsatkichlari namoyon etilishining gender xususiyatlari.

Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in
Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va
amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar 234 May 6 https://tma.uz/ International Scientific and Practical
Conference “Zamonaviy ta’lim”, ilmiy-amaliy ommabop jurnali. Toshkent. 2019. №4. - B. 30- 35.

5

D.A.Sobirova. Social intelekt konsepsiyasining yaratilishi va nazariy asoslari. “Zamonaviy ta’lim”, ilmiy-amaliy

ommabop jurnali. Toshkent. 2019. №2. - B. 9-18 betlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1266

Bo‘lajak hamshira bemorning axloqiy va qonuniy huquqlari bo‘yicha malakali bo‘lishi

kerak. Bemorning yoshi yoki jinsidan, kasallikning tabiati, irqiy yoki milliy kelib chiqishi, diniy
yoki siyosiy e’tiqodi, ijtimoiy yoki moddiy ahvoli yoki, boshqa farqlaridan qat’iy nazar ularga
malakali tibbiy yordam ko’rsatishga doimo tayyor bo‘lishi kerak. Demak, rivojlanayotgan
jamiyatimizda bo‘lajak hamshira shaxsiga yuqori talablar qo‘yilar ekan, unda psixologik yetuklik,
kasbiy samaradorlik va ijtimoiy talabchanlikka erishishini ta’minlovchi sotsial komponentlikni
taqozo etadi. Har bir bo‘lajak shifokor o‘z ish vazifalarini bajarishda kasbiy mahoratida ba’zi
qiyinchiliklarga duch kelishiga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Mavjud majburiyatlarni
muvaffaqiyatli bajarish uchun beriladigan topshirig‘iga oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Shifokorlar har doim tibbiy retseptlarga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lishlari va
bemorlarni davolash jarayonini diqqat bilan kuzatishlari kerak.

Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki, har qanday mojaroli vaziyatlarni oldindan oldini

olish uchun kasbiy kompetentligidan foydalana olishi kerak, chunki hamshiralar bemorlar uchun
psixolog va davolash jarayonining tashkilotchilaridir. Shifokorlar eng muhimi, ta’lim
muassasalarida ham, ish joyida ham olingan bilim va ko‘nikmalari, ijtimoiy salohiyati, kasbiy
mahorati, kasbiy holati, emotsionalligi, ijtimoiy moslashuvchanligi, tibbiy etika kabi kasbiy
kompetentlik bilimlariga ega ekan, o‘z yaqinlarining salomatlik holatidagi arzimagan
o‘zgarishlarga tezda javob qaytarishi va shu orqali turli kasalliklar rivojlanishining oldini olishga
xizmat qilishlari kerak.

REFERENCES

1.

Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonuni 2016-
yil 14-sentyabr, OʻRQ-406-son Toshkent sh.

2.

Нурали Нишоналиевич Сиддиқов (2022). СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИДА
“ИЖТИМОИЙ ШЕРИКЧИЛИК ТЎҒРИСИДА”ГИ ҚОНУНИНИНГ ЎРНИ.
Academic research in educational sciences, TSDI and TMA Conference (2), 91-94.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-
4947- sonli Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami - № (766) – 70-
modda, -T.:Adolat, 2017. -B.38.

4.

D.A.Sobirova. Tibbiyot xodimlari social intelekti ko’rsatkichlari namoyon etilishining
gender xususiyatlari. Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy:
Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot
integratsiyasi: muammo va yechimlar 234 May 6 https://tma.uz/ International Scientific
and Practical Conference “Zamonaviy ta’lim”, ilmiy-amaliy ommabop jurnali. Toshkent.
2019. №4. - B. 30- 35.

5.

D.A.Sobirova. Social intelekt konsepsiyasining yaratilishi va nazariy asoslari. “Zamonaviy
ta’lim”, ilmiy-amaliy ommabop jurnali. Toshkent. 2019. №2. - B. 9-18 betlar.

References

Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisidagi qonuni 2016-yil 14-sentyabr, OʻRQ-406-son Toshkent sh.

Нурали Нишоналиевич Сиддиқов (2022). СОҒЛИҚНИ САҚЛАШ ТИЗИМИДА “ИЖТИМОИЙ ШЕРИКЧИЛИК ТЎҒРИСИДА”ГИ ҚОНУНИНИНГ ЎРНИ. Academic research in educational sciences, TSDI and TMA Conference (2), 91-94.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF- 4947- sonli Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami - № (766) – 70- modda, -T.:Adolat, 2017. -B.38.

D.A.Sobirova. Tibbiyot xodimlari social intelekti ko’rsatkichlari namoyon etilishining gender xususiyatlari. Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023 Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar 234 May 6 https://tma.uz/ International Scientific and Practical Conference “Zamonaviy ta’lim”, ilmiy-amaliy ommabop jurnali. Toshkent. 2019. №4. - B. 30- 35.

D.A.Sobirova. Social intelekt konsepsiyasining yaratilishi va nazariy asoslari. “Zamonaviy ta’lim”, ilmiy-amaliy ommabop jurnali. Toshkent. 2019. №2. - B. 9-18 betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов