THE PLACE OF ANTITRUST LEGISLATION IN THE FORMATION OF A COMPETITIVE ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Raimjonov, A. . (2024). THE PLACE OF ANTITRUST LEGISLATION IN THE FORMATION OF A COMPETITIVE ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 3(1), 4–10. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28888
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article is devoted to studying development antitrust policy aimed at ensuring a competitive environment in the home market under condition of increasing integration of Uzbekistan into the world economy. In the research, world experience of developing of antitrust laws is reviewed and developing of the sphere in Uzbekistan is also investigated stage by stage.


background image


4

UDK: 339.137:34 (575.1)

О‘ZBEKISTONDA RAQOBATNI SHAKLLANISHIDA ANTIMONOPOL

QONUNCHILIKNI SAMARADORLIGI

Raimjonov Abdulaziz Ahmadovich

Toshkent Gumanitar Fanlar Universiteti

Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha) yunalishi 1-kurs talabasi.

Tel: +99891)165-37-27.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10623814

Annotatsiya. O‘zbekistonning jaxon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi

sharoitida ichki bozorda raqobat muxitini ta’minlashga qaratilgan antimonopol siyosatni

rivojlanishini tadqiq etishga bag‘ishlangan. Ilmiy ishda antimonopol qonunchilik vujudga

kelishining jaxon tajribasiga tayangan xolda misollar keltirilgan, xamda O‘zbekistonda ushbu

soxaning rivojlanishi bosqichlarga taqsimlab taxlil qilingan va uni samaradorligi kursatib

berilgan.

Tayanch suzlar: raqobat, raqobat muxiti, raqobatbardoshlik, demonopolizatsiya,

antimonopol qonunchilik, monopoliya, iste’molchi xukuklari, reklama.

THE PLACE OF ANTITRUST LEGISLATION IN THE FORMATION OF A

COMPETITIVE ENVIRONMENT IN UZBEKISTAN

Abstract. The article is devoted to studying development antitrust policy aimed at ensuring

a competitive environment in the home market under condition of increasing integration of

Uzbekistan into the world economy. In the research, world experience of developing of antitrust

laws is reviewed and developing of the sphere in Uzbekistan is also investigated stage by stage.

Keywords: competition, competitive environment, competitiveness, de-monopolization,

antitrust legislation, monopoly, consumer rights, advertisement.

МЕСТО АНТИМОНОПОЛНОГО ЗАКОНОДАТЕЛСТВА В ЭФЕКТИВНОМ

ФОРМИРОВАНИИ КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация. Статя посвяшена исследованию развития антимонополной политики,

направленной на обеспечение конкурентной среди на внутреннем ринке в условиях

усиливаюшейся интегратсии Узбекистана в мировую экономику. В данном исследовании

рассмотрен мировой опит появления антимонополного законодателства, а также

изучено поэтапное развитие данной сфери в Узбекистане.


background image


5

Ключевие слова: конкуренция, конкурентная среда, конкурентоспособност,

демонополизация, антимонополное законодателство, монополия, права потребителей,

реклама.

Kirish.

Jaxon amaliyotida antimonopol qonunchilik bir asrdan ko‘p tarixga ega. Dastlabki

qonunchilik XIX asr oxirida AQShda neft sanoati va temir yo‘l orqali tashish soxasida monopoliya

yoki trastlarni jilovlash maqsadida paydo bo‘lgan.

Ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasida ishtirok etish, monopoliyaning o‘sishiga

javoban AQSH kongressi 1890 yilda Sherman qonunini qabul qildi. 7ta moddadan iborat bo‘lgan

mazkur qonun juda keng bo‘lib, nimalar savdoga to‘siq bo‘lishini va qanday xarakatlar savdoning

monopollashuvini ifodalashini tushuntirmaydi. Qonunni talqin qilish xuquqi sudlarga taqdim

qilingan edi. Sudlar aloxida xolatlarni ko‘rib chiqish asosida ushbu qonun bo‘yicha o‘z sharxlarini

berishgan, keyinchalik sudlar pretsedentni ko‘rib chiqishda biror bir termin yoki modda qanday

sharxlangan bo‘lsa, ushani dalil qilib ko‘rsatishgan.

Mazkur qonun ijrosining nazorati AQSH Adliya departamentiga yuklatilgan bo‘lib,

keyinchalik Sherman qonuni buzilish xolatlarini ko‘rib chiqish ko‘payganligi sababli Antitrest

bo‘limi tashkil qilindi. Ushbu bo‘lim moxiyatan AQShning ilk antimonopol tashkiloti bo‘ldi.

Ammo Sherman qonunida biznes birlashishi sababli yuzaga keladigan monopoliyalar

haqida aytilmagan, erkin bozorda raqobatni chegaralovchi ko‘pgina faoliyat turlarini qamrab

olinmagan hamda qonun tilining bir xil emasligi sababli qoidalar noaniq va ikki ma’noli

tushuntirilgan. Shuning uchun 1914 yil narxlardagi diskriminatsiyani, raqobatni kuchsizlanishiga

va bozorlarni monopollashuviga olib keluvchi kompaniyani sotib olish bilan birlashuvini

taqiqlovchi Kleyton qonuni qabul qilindi. Shu yili Federal savdo komissiyasi Adliya

departamentidan mustaqil bulgan yangi antimonopol tashkilot tug‘risidagi qonun qabul qilindi.

Antitrest qonunlarini qullash amaliyotida Sherman va Kleyton qonunlariga tuzatishlar

kiritgan Robinson Petman qonuni (1936 y.), Seller-Kifover qonuni (1950 y.) va Xart-Skott-Rodino

(1976 y.) qonunlari qabul qilindi. Natijada AQSH antimonopol qonunchiligi AQSH

iqtisodiyotining dinamik o‘zgarishi bilan bog‘liq xolda o‘zgarib bordi.

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.

O‘zbekistonning jaxon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi hamda tashqi savdoning libe-

ralizatsiyalashuvi jarayonlarining kuchayishi sharoitida ichki bozorda raqobat muxitini ta’minlash,

mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish talab qilinadi.


background image


6

Bu esa mamlakatda raqobat muxitining shakllanish jarayonini tadqiq etish, soxaga doir

qonunchilikni takomillashtirish, antimonopol siyosatni amalga oshirish mexanizmlarini

rivojlantirishni obe’ktiv zaruratga aylantiradi.

Shu bois, raqobatni rivojlantirish tarkibiy isloxotlarining amalga oshirishda davlat

siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu hususida O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev: «Dunyo tajribasini o‘rganib, o‘z yo‘limizni topishimiz

zarur». «Monopoliyadan chiqarish, raqobatni ta’minlash, iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish

bo‘yicha yakdil yo‘nalishimiz bo‘lishi kerak", - deb ta’kidlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-may kuni

iqtisodiyotda raqobat muxitini ta’minlash va iste’molchilar xuquqini himoya qilish borasidagi

ustuvor vazifalar muxokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida xar tomonlama qilinadigan

amaliy ishlarni belgilab berdi.

Ilmiy muammoning qo‘yilishi.

XX asrning 90-yillarigacha O‘zbekistonda barcha soxalarda davlat monopoliyasi hamda

markazlashgan rejali iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyati sababli raqobat mavjud emas edi.

Rejali iqtisodiyotning monopol effektlari quyidagi kurinishda namoyon bo‘ldi:

1) ko‘pchilik tarmoqlarda 1-2 ta yirik korxonalar tomonidan namoyish qilingan

konsentratsiyaning yuqori darajasi;

2) narxlarning o‘rnatilishi va resurslarning taqsimlanishi markazlashgan;

3) xar bir korxona o‘z tovariga ortiqcha talab natijasida muqarrar monopol bo‘lganda,

"sotuvchi bozori"ni shakllantiradigan tovarlarning umumiy defitsiti;

4) bozor iqtisodiyotlaridagi raqobatning asosi xususiy korxonalarning mavjud emasligi.

Agar 1996-yilda Monopol korxonalarning Davlat reyestriga 828 korxona 5186 tovar va

xizmatlar turi bo‘yicha kirgan bo‘lsa, 2023-yilning 1-aprel holatiga 136 korxona 11 turdagi tovar

va xizmatlar bo‘yicha kiritilgan, amalga oshirilgan qator isloxotlar monopol korxonalar sonini

axamiyatli kamaytirgan bo‘lsada, ayrim tarmoqlar va faoliyat turlarida monopoliya saqlanib

qolmoqda. Bu esa antimonopol siyosatni amalga oshirishda cheklovlar mavjudligidan dalolat

beradi.

Ilmiy izlanishimizning maksadi

: O‘zbekistonda antimonopol siyosatni amalga

oshirishning xuquqiy asoslarini, raqobat muxitining shakllanish jarayonini taxlil qilish hamda

xalqaro tajribani hisobga olgan holda, mamlakat iqtisodi va tovar bozorlaridagi holatning

o‘zgarishiga mos javob qaytara oladigan raqobat muxitini shakllantirishda muxim bo‘lgan

xulosalarga erishishdir.


background image


7

Tadqiqotning ilmiy mohiyati.

O‘zbekistonning jaxon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvining kuchayishi sharoitida mos

raqobat muxitini yaratish bozor munosabatlarini rivojlantirish va chuqurlashtirishning asosiy

sharti hisoblanadi.

Raqobat nafaqat bozorning samarali faoliyat yuritishiga yordam beradi, balki xo‘jalik

faoliyatini yuritish natijasida yuzaga keladigan turli xil disproporsiyalarni tabiiy tartibga

soluvchisidir.

Raqobatning asosiy cheklovchisi - bozor ishtirokchilarning tor doirasidagi bozor

konsentratsiyasi hisoblanadi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, antimonopol qonunlarning

200 yildan ortiq tarixiga qaramasdan, hanuzgacha antimonopol siyosatni amalga oshirishning

yanada samaraliroq shakllarini qidirish davom etmoqda.

Taxlil va natijalar.

Tub iqtisodiy va siyosiy isloxotlar bilan bir vaqtda sodir bo‘lgan antimonopol siyosatni

shakllanishini quyidagi uch bosqichga bo‘lish mumkin:

1-bosqich (1991-1999 yillar).

Raqobatni rivojlantirishning institusional asoslarini

yaratish.Mustaqillikka erishish bilan birinchi darajali vazifa bozor munosabatlarini rivojlantirish,

eng avvalo, xususiy mulkchilikni shakllantirish yo‘li bilan tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish

bo‘ldi. Shuning uchun antimonopol siyosat davlat tasarrufidan chiqarish siyosatining bir qismi

sifatida qaraldi. Shu maqsadda 1992-yilda mulkchilik munosabatlarini islox qilishning xuquqiy

asosini tashkil qilgan "Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish tug‘risida"gi qonun qabul

qilindi.

1992-yilning iyul oyida O‘zbekiston MDX mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib

monopoliyani ogoxlantirish va cheklash, noxalol raqobatga yo‘l qo‘ymaslik, antimonopol

qonunchilikka rioya qilishni nazorat qilishning xuquqiy asosini belgilab bergan "Monopol

faoliyatni cheklash to‘g‘risida"gi qonunni qabul qildi. 1996-yil esa tovar bozorlarida monopolistik

faoliyat va insofsiz raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va xuquqiy

asoslarini belgilab beruvchi "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat

to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi.

1997-yil tabiiy monopoliya sub’ektlari, iste’molchilar va davlat o‘rganlari ishtirok etadigan

tovar bozorlarida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan "Tabiiy

monopoliyalar to‘g‘risida"gi qonun kuchga kirdi. Shuningdek, raqobatni himoya qilish bilan

bog‘liq munosabatlar boshqa qonunlar va normativ hujjatlar bilan xam tartibga solinadi.


background image


8

2-bosqich (2000-2010 yillar). Demonopolizatsiya, monopolistlarni bo‘lib yuborish va

qayta tashkil etish.

Xususiylashtirish jarayonida davlat korxonalarini aksionerlar jamiyatlariga ommaviy

aylantirish yuz berdi. Ammo davlat ulushining saqlab qolinishi natijasida korxonalarni qayta

tashkil qilish jarayoni ular asosida yangi bo‘lishiga qaramasdan, avvalgidek monopol tuzilmalarni

qisman paydo bo‘lishi bilan birga sodir bo‘ldi. Pirovardida xususiylashtirish amalda bozor

demonopolizatsiyasiga olib kelmadi. Agar 2000-yilda 50 ta eng yirik sanoat korxonalari sanoat

maxsulotlari umumiy hajmining 52,9% ishlab chiqargan bo‘lsa, 2010 yilda bu ko‘rsatkich 58,4%

ni tashkil qilib, bozor konsentratsiyasining yuqori ekanligidan dalolat bermoqda.

Xususan, "Raqobat to‘g‘risida"gi qonunda korxonalarni davlat hokimiyati o‘rganlari va

mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish o‘rganlarining ularning xo‘jalik faoliyatiga aralashishidan himoya

qiluvchi "Davlat boshqaruvi o‘rganlari, mahalliy davlat hokimiyati o‘rganlari va yuridik shaxslar

birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda xarakatlarini taqiqlash" xaqidagi

modda mavjud.

Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar antimonopol siyosatida qayd etilmagan, davlat va

korporativ haridlarni o‘tkazish mexanizmi, davlat yordamini tartibga soluvchi aktlar qabul

qilingan

3-bosqich (2011 yildan – 2022 yilgacha).

Moliya bozorlarini antimonopol tartibga solish.

Shu maqsadda O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2013-yil 20-avgustda

"Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida"gi 230-sonli qarori qabul qilindi. Unda moliya bozorida ustun maqeini e’tirof

etish tartibi, hizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash

tartibi, raqobatni cheklaydigan kelishib olingan xarakatlar va bitimlarni aniqlash tartibi, xo‘jalik

yurituvchi sub’ektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chikarish masalalarini ko‘rib chiqish

tartibi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav fondidagi aksiyalarni va boshqa mulkiy

xuquqlarini olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan

rozilik olish tartibi belgilandi. O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2014-yil 10-

maydagi "Monopoliyaga qarshi o‘rganning tabiiy monopoliyalar sub’ektlari faoliyati to‘g‘risidagi

axborotni olishi tartibi to‘g‘risida"gi 118-son qarori bilan "Monopoliyaga qarshi o‘rganning tabiiy

monopoliyalar sub’ektlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni olishi tartibi to‘g‘risidagi nizom"

tasdiqlandi.

Monopol maxsulotlar ro‘yxati va turlarini tubdan qisqartirish hamda monopoliyaga qarshi

tartibga solishning xalqaro prinsiplariga o‘tishni ta’minlash maqsadida O‘zbekistan Respublikasi


background image


9

Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 30-martdagi "Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga

solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 249-son qarori qabul qilindi. Mazkur

qarorga muvofiq narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (deklaratsiya qilish, tasdiqlash, kat’iy

belgilangan yoki cheklangan narxlarni (tariflarni) o‘rnatish, tartibga soluvchi koeffitsiyent, ustama

va rentabellikning chegaralangan darajasi va narxni tartibga solishning boshqa usullari) faqat:

- ushbu qarorning 2-ilovasida keltirilgan narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga

solinadigan ijtimoiy axamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxatidagi

tovarlarga (xizmatlarga);

- tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (kursatiladigan

xizmatlarga);

- O‘zbekicton Respublikasi Prezidentining keyingi yillardagi, Qarorlarida narxlapini

(tariflarini) tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan amalga oshirilishi

belgilab qo‘yildi.

Xulosalar.

Jaxon tajribasi antimonopol qonunchilikning rivojlanishi iqtisodiyotning dinamik

o‘zgarishi hamda bozor mexanizmlariga tayanilgan sari liberalizatsiya, savdoning erkinlashuvi

raqobat va iste’molchi xuquqi himoyasi jarayoni bilan kechganligini ko‘rsatmokda.

O‘zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan antimonopol siyosat

xususiy mulkchilikni shakllantirish, monopoliyani cheklash, raqobatni ta’minlashning

institusional asoslarini yaratish bilan boshlanib, tarmoqlarda yuqori konsentratsiyani saqlab

qolinishi, tadbirkorlikni rivojlantirish muammolari bilan to‘qnashdi. Shuningdek, soxaning xorijiy

davlatlarnikiga o‘xshamagan korxonalarda raqobatni cheklovchi aralashuvlarni kamaytirish,

davlat xaridlari mehanizmlarini tartibga solish kabi o‘ziga xos jixatlari ham vujudga keldi. Tovar

va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish bilan davom etgan

soxa rivojlanishining joriy bosqichi, pirovardida bir o‘rganning ko‘p profilligi tufayli yuzaga

kelgan muammolarni yechish, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlikni rivojlantirish,

raqobatbardoshlikni oshirish, erkin raqobat muxitini shakllantirish, investitsiyalarni jalb qilish,

iste’molchi xuquqlarini himoya qilish maqsadida vazifalarning yangi tashkil qilingan hamda

boshqa o‘rganlar orasida taqsimlanishiga olib keldi.

Shuningdek, bir qator tarmoqlar va faoliyat turlarida monopol xolatning saqlab qolinishi

amaldagi monopol siyosatning cheklovlari mavjudligidan dalolat beradi.


background image


10

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-may kuni

iqtisodiyotda raqobat muxitini ta’minlash va iste’molchilar xuquqini himoyaya qilish

to‘g‘idagi ustuvor vazifalar 28-05-2020

2.

Указ Ппезидента Пеcпйблики Узбекиcтан йт 23 мая 1996 года №УП-1464 «О6

обпазовании Комитета но демонополизатсии и пазвитию конкйпенсии ппи

Миниcтепcтве финансов Пеcпйблики Узбекиcтан».

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-sonli

«Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘ida»gi farmoni.

4.

O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi UPK-319-sonli "Raqobat

to‘g‘isida"gi qonuni.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi "Davlat aktivlarini

boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini

tubdan takomillashtipish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5630-sonli Farmoni.

6.

Аналитический доклад СЕИ "Основниэ наппавления cовепшенcтвования

антимонополной политики в йcловиях йглйбления экономичеcких пефопм", 2017

г., cтп. 6, 7.

7.

Федепалная антимонополная cлйжба Поccии| ҳттпс:||фас.гов.ру|пагес|госуслуги_и_

функcии;ҳттп:||право.гов.ру|прохй|ипс|?доcбодй=&нд=102087991

8.

O‘zbekiston Pespublikasi Mononoliyaga qarshi kurashish ko‘mitasi; https:IIantimon.gov.

uz|uzb|xizmatlar|ochiq-malumotlar|tabiiy-monopoliya-sub’ektlarining-davlat-reestri

9.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi|https:||stat.uz|uz|180-ofytsyalnaia-

statystyka-uz|6570-523523

10.

Myndi indekci|https:||www.indexmundi.com|commodities|

11.

O‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi http:||uzex.uz|uz|pages|weekly-quotes.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 28-may kuni iqtisodiyotda raqobat muxitini ta’minlash va iste’molchilar xuquqini himoyaya qilish to‘g‘idagi ustuvor vazifalar 28-05-2020

Указ Ппезидента Пеcпйблики Узбекиcтан йт 23 мая 1996 года №УП-1464 «О6 обпазовании Комитета но демонополизатсии и пазвитию конкйпенсии ппи Миниcтепcтве финансов Пеcпйблики Узбекиcтан».

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-fevraldagi PF-4191-sonli «Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘ida»gi farmoni.

O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 6-yanvardagi UPK-319-sonli "Raqobat to‘g‘isida"gi qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtipish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5630-sonli Farmoni.

Аналитический доклад СЕИ "Основниэ наппавления cовепшенcтвования антимонополной политики в йcловиях йглйбления экономичеcких пефопм", 2017 г., cтп. 6, 7.

Федепалная антимонополная cлйжба Поccии| ҳттпс:||фас.гов.ру|пагес|госуслуги_и_ функcии;ҳттп:||право.гов.ру|прохй|ипс|?доcбодй=&нд=102087991

O‘zbekiston Pespublikasi Mononoliyaga qarshi kurashish ko‘mitasi; https:IIantimon.gov. uz|uzb|xizmatlar|ochiq-malumotlar|tabiiy-monopoliya-sub’ektlarining-davlat-reestri

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi|https:||stat.uz|uz|180-ofytsyalnaia-statystyka-uz|6570-523523

Myndi indekci|https:||www.indexmundi.com|commodities|

O‘zbekiston Respublikasi Tovar xomashyo birjasi http:||uzex.uz|uz|pages|weekly-quotes.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов