SCENES FROM THE HISTORY OF ETHNO-CULTURAL RELATIONS OF THE PEOPLES OF CENTRAL ASIA

HAC
Google Scholar
To share
Umurqulov, K. (2024). SCENES FROM THE HISTORY OF ETHNO-CULTURAL RELATIONS OF THE PEOPLES OF CENTRAL ASIA. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28979
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Cultural relations, customs and traditions of the peoples of Central Asia, which have been going on since ancient times, mutual values and friendly relations between them have been analyzed based on historical sources.


background image


62

MARKAZIY OSIYO XALQLARI ETONOMADANIY ALOQALARI TARIXIDAN

LAVHALAR

Umurqulov Kamoliddin

Termiz davlat universiteti tayanch doktaranti

Tel: +998945104252

https://doi.org/10.5281/zenodo.10639160

Annotatsiya.

Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi davrlardan buyon davom etib

kelayotgan madaniy aloqalari, urf-odat va an’analari, o‘zaro mushtaraq qadryatlari va ular

o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlari tarixiy manbalar asosida tahlil etilgan.

Tayanch so‘zlar:

Markaziy Osiyo mintaqasi, Avesto, Behustun bitiklari, Persopol saroyi

bitiklari, Sak, Massaget, Baqtriya, So‘gdiyona, Vaxshangom, Xamaspaeta, Mehrjon.

SCENES FROM THE HISTORY OF ETHNO-CULTURAL RELATIONS OF THE

PEOPLES OF CENTRAL ASIA

Abstract.

Cultural relations, customs and traditions of the peoples of Central Asia, which

have been going on since ancient times, mutual values and friendly relations between them have

been analyzed based on historical sources.

Key words:

Central Asian region, Avesta, Behustun inscriptions, Persepolis palace

inscriptions, Sak, Massaget, Bactria, Sogdiya, Vakhshangom, Khamaspaeta, Mehrjan.

СЦЕНЫ ИЗ ИСТОРИИ ЭТНОКУЛЬТУРНЫХ ОТНОШЕНИЙ НАРОДОВ

СРЕДНЕЙ АЗИИ

Аннотация.

На основе исторических источников анализируются культурные

связи, обычаи и традиции народов Средней Азии, продолжающиеся с древнейших времен,

взаимные ценности и дружеские отношения между ними.

Ключевые слова:

Среднеазиатский регион, Авеста, Бехустунские надписи,

дворцовые надписи Персеполя, Сак, Масгет, Бактрия, Согдия, Вахшангом, Хамаспаета,

Мехржан.

Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi davrlardagi tarixi va madaniyati, ularning xo‘jalik

hayoti, urf-odat, an’analari va marosimlari haqida bugungi kungacha juda kam ma’lumot yetib

kelgan. Lekin bizga malumki, Markaziy Osiyo hududida qadimdan yashab kelgan xalqlar o‘zga

xos madaniyatga ega bo‘lishgan va buni turli xil manbalar va arxeologik topilmalar ham

tasdiqlaydi. Markaziy Osiyo xalqalri o‘rtasidagi qadimdan mavjud bo‘lgan madaniy va

etomadaniy aloqalarnining tarixini o‘rganishda yozma manbalarning ahamiyati nihoyatda kattadir.


background image


63

Insoniyat yozuvni kashf etishi orqali o‘z taraqqiyotida bir pog‘ona yuksaklikka ko‘tarilganini chin

haqiqat deyish mumkin. Amerikalik mashhur yozuvchi Stefan King aytganidek, “Kitoblar o‘ziga

xos ko‘chma sehrdir”. Darhaqiqat, agar yozuv va kitoblar bo‘lmaganida edi insoniyat o‘z tarixini

hech qachon anglay olmagan bo‘lar edi. Shundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, Markaziy

Osiyo xalqari tarixiga oid yozma manbalarni o‘rganish tarix faning eng muhum obyektlaridan biri

hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi Markaziy Osiyo Respublikalari o‘rtasidagi har tomonlama aloqalar

rivojlanayotgan davrda bu aloqalrning tarixini ochib berish va bu sohadagi bilimli kadrlarni

tayyorlash tarix fani uchun muhumdir.

Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning tashabbusi bilan

2017-yil 17-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni

2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston

Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi”

ning Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda

chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari

beshinchi bandida Markaziy Osiyo mamlakatlari (Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston,

Turkmaniston) bilan yaqin qo‘shnichilik munosabatlarining yangi strategiyasi belgilab berilgan.

1

Shu sababli ham bugungi kunda Markaziy Osiyo xalqlarining qadimdan shakillanish kelayotgan

madaniy aloqalarini o‘rganish va yoritish muhumdir. Albatta, bu tadqiqotlarni asl manbalarga

tayangan holda olib borish ham bugun kun talabidir.

Shubhasiz Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid eng qadimggi yozma manba bu

Zardushtiylarning muqaddas kitobi Avesto hisoblanadi. Avestoda yurtimiz va Mazrkaziy Osiyo

hududida qadimdan yashab kelgan aholi,ularning moddiy madaniyati va xo‘jalik hayoti haqidagi

dastlabki ma’lumotlatni uchratishimiz mumkin. Avesto Markaziy Osiyo xalqlari orasida bir xil

bo‘lgan ilk diniy e’tiqodning tarqalishi uchun asos bo‘lgan. Avestoda Markaziy Osiyo, Eron va

Ozorbayjon xalqarining islom dinigacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-iqtisodi va xo‘jalik hayoti,

diniy qarashlari, urf-odatlari, olam to‘g‘risidagi tassavurlari aks etgan. Xususan Avestoda

Zardusht o‘zi tug‘ilgan yurt haqida quydagi ma’lumotni berib o‘tadi: “Bu mamlakatning ko‘p sonli

lashkarlarini botir sarkardalar boshqaradi, baland tog‘lari bor, yaylov va suvlari go‘zal, suvga

mo‘l,chuqur ko‘llari, keng qirg‘oqli va o‘z to‘lqinlari bilan kemalarni Iskatiya (Skifiya), Pauruta,

Mouru (Marv), Xarayva, Gava (So‘g‘d), Xvarizam mamlakatalri tomon eltuvchi daryolari bor”

2

deb ta’kidlaydi. Shuningdek Avestoda Zardusht vatandoshlari unga ishonmay dastlab uning

ta’limotini qabul qilmaganlarini va shu sababli u yurtini tark etib, qo‘shni davlatga ketganligini, u

1

O‘zbekiston Respublikasini 2017 – 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar

strategiyasi”. www.lex.uz.

2

Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik.-B 122.


background image


64

yerda malika Xutaosa va shoh Kavi Vishtaspaning hayrixohligiga erishgani va shu tariqa ta’limoti

qo‘shni xalqlar orasida taqrqalgani haqida ma’lumot beradi. Avestoning ikkinchi kitobi “Yasna”

da zardushtiylikka e’tiqod qilgan qadimgi xalqlarning ibodatlari,marosimlari va urf-odatlari

haqida ma’lumot berilgan.

1-rasm. Avesto

Xususan zardushtiylikda to‘rt unsur: olov,suv,tuproq va havo muqaddas hisoblangan. Bu

e’tiqod bugungi kunda ham Mazrkaziy Osiyo xalqlari orasida saqlanib qolganligini ko‘rishimiz

mumkin. Surxon vohasidagi ko‘gina qishloqlarda, xususan, Oltinsoy, Denov, Sherobod

tumanlarining ko‘gina qishloqlarining to‘y marosimlarida kelin-kuyovni olov atrofidan aylantirish

marosimi hozirgi kunda ham saqlanib qolgan. Avestoda bu haqida “Pokiza suv va yonib turgan

olov yonida gustohlik qilgan kishining do‘zaxda topguvchi azobi bu dunyoning barcha azoblaridan

mudhishdir”

3

deyilgan. Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqodida suv bilan bog‘liq retuallarga ham

qadimdan alohida ahamiyat berilgan. Beruniy xorazimliklar Isfandarmoji oyining 1-kunida

“Vaxshangom” deb ataluvchi bayram o‘tkazishi va u Vaxsh va Sayxun suvlariga bag‘ishlanishi

to‘g‘risida ma’lumot bergan.

4

Shuningdek Farg‘ona vodiysi aholisi va qo‘shni Qirg‘izistonning

ayrim ovullarida navro‘z bayrami arafasida “qozon to‘ldi” udumi mavjud bo‘lib, bu udum navro‘z

arafasida kelasi yil mo‘l-ko‘l kelishi uchun bajariladi. Uning qadimiy ildizlari esa Avestoda qayd

etilgan “Xamaspaeta” bayrami bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlash mumkin. Markaziy Osiyo

xalqlari orasida hozir ham nishonlanib kelinadigan yana bir bayram bu mehrjon hisoblanadi.

Mehrjon Zardushtiylar e’tiqodicha quyosh zohir bo‘lgan kun hisoblanadi. Beruniyning “Qadimgi

xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida ta’kidlashicha Zardusht mehrjon va romro‘zni birga

3

Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik.-B 122

4

Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodorliklar”, T-., 1-jild, 1967


background image


65

nishonlashni buyurgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo xalqlari e’tiqodiga mansub bo‘lgan yana bir

xususiyat nasilning pokligiga ham avestoda alohida e’tibor berilgan. Jumladan, o‘zaro yaqin

qarindoshlar,

aka-ukalar

va

opa-singillarning

quda bo‘lishi avestoda qoralangan.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdki, Avesto Markaziy Osiyo xalqlari tarixi haqidagi eng qadimgi

manba sifatida bugungi kun uchun ham juda ahamiyatlidir. Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga oid

eng qadimgi manbalardan yana biri bu qadimgi ahamoniylar hukmdori Doro I buyrug‘iga ko‘ra

Eronning Kirmonshoh shahrida bitilgan mashhur “Behustun bitiklari” dir.

2-rasm. Behustun qoyatoshi

Behustun bitiklari qadimgi fors,elam va bobil tillarida bitilgan bo‘lib,unda Markaziy osiyo

xalqlari tarixiga oid ko‘plab ma’lumotlar mavjud. Xususan, bitikda ahamoniylar hukumronligiga

qarshi ko‘tarilgan Gaumata, Frada, Skunxa boshchiligidagi qo‘zg‘olonlar hamda Doro I zabt etgan

Qadimgi Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona va sak qabilalari haqida ma’lumotlar berilgan. Behustun

bitiklari Doro I ning tilidan bitilgan bo‘lib u amalga oshirgan ishlar bayon etilgan. Jumladan,

bitikda Doro I 23 ta mamlakatni bosib olganligi va bu xalqlar unga tobe bo‘lib, o‘lpon

to‘laganliklari aks ettirilgan. Behustun va qadimgi fors shohlarining boshqa bitiklarida Markaziy

Osiyo xalqlarining turmush tarzi, xo‘jalik hayoti va mashg‘ulotlari haqida muhum ma’lumotlarga

ega bo‘lishimiz mumkin. Xususan qadimgi fors shohlarining Persopol shahridagi saroy bitiklarda

markaziy Osiyo xalqlari fors shohlariga tobe bolib, ularga o‘lpon to‘layotgan holda tasvirlangan.

Bu ma’lumotlarni qadimgi yunon tarixchisi Gerodot ham tasdiqlab, Baqtriya XII satraplik bo‘lib

300 talant, saklar va kaspiylar XV satraplik bo‘lib 200 talant, Xorazm,So‘g‘d, Parfiya va Ariya

XVI satraplik bo‘lib, 300 talant miqdorida soliq to‘laganliklarini, shuningdek bu xalqlar soliq

sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlarini ham fors shohlariga


background image


66

taqdim etganliklarini ta’kidlgan.Jumladan, Persopol bitiklarida

5

so‘g‘dliklar 8-guruhda

tasvirlangan bo‘lib, ular yeti kishidan iborat ekanligi va shohga idishlar,gazmol,nomalum hayvon

terisi va qo‘y yetaklab kelganligi, saklar esa uzun cho‘qqi qalpoqda tasvirlanib kiyim-kechaklar

va ot yetaklab borayotgani, baqtriyaliklar esa 5 kishidan iborat bo‘lib tuya yetaklab borayotgani,

xorazmliklar esa xanjar, harbiy bolta, bilakuzuk va oltin olib kelayotganligi tasvirlangan. Bu

xalqlar to‘layotgan soliq ko‘rinishidagi mahsulotlarga qarab esa qadimgi Markaziy Osiyo

xalqlarining asosiy xo‘jalik mashg‘ulotlari haqida tasavvurga ega bo‘lishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Markaziy Osiyo xalqlarining turmush tarzi, xo‘jalik hayoti,

urf-odat, an’analari, marosimlari qadimdan o‘ziga xos bo‘lib, bir biriga yaqin bo‘lgan va

birgalikda bir-birlarining tasiri ostida rivojlanib, o‘zaro uyg‘unlashib yagona Markaziy Osiyo

madaniy muhitini shakillanishiga imkon bergan.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasini 2017 – 2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor

yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. www.lex.uz.

2.

Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik.-B 122.

3.

Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodorliklar”, T-., 1-jild, 1967

4.

“Qadimgi dunyo tarixidan qo‘shimcha materiallar to‘plami”, VNESHINVESTPROM, T.,

2019

5.

Internet materiallari:

www.lex.uz

www.disertat.uz

www.ziyouz.com

5

“Qadimgi dunyo tarixidan qo’shimcha materiallar to’plami”, VNESHINVESTPROM, T., 2019, 522 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов