ORGANIZATION OF EDUCATION OF MENTALLY RETARDED CHILDREN IN INCLUSIVE EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Irgasheva, D. (2024). ORGANIZATION OF EDUCATION OF MENTALLY RETARDED CHILDREN IN INCLUSIVE EDUCATION. Modern Science and Research, 3(2), 269–271. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29015
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, there is a recommendation about the goals and tasks of organizing inclusive education, which requires extremely high attention in the education of children with disabilities in the inclusive education system.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

269

INKLUZIV TA'LIMDA AQLI ZAIF BOLALAR TA'LIMINI TASHKIL ETISH

Irgasheva Durdona To‘xtasin qizi

Sirdaryo viloyati 71-sonli mahsus maktab-internat logopedi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10645203

Annotatsiya. Ushbu maqolada Inklyuziv ta’lim tizimida Imkoniyati cheklangan

bolalarning ta’lim olishida nihoyatda yuqori e’tiborni talab qiluvchi inklyuziv ta’limini tashkil
etishning maqsad va vazifalari haqida tavsiya keltirilgan.

Kalit so‘zlar: Oligrefrenopedagogika, inklyuziv ta’lim, aqli zaif o’quvchilar, ta’limni

tashkil etish.

ORGANIZATION OF EDUCATION OF MENTALLY RETARDED CHILDREN

IN INCLUSIVE EDUCATION

Abstract. In this article, there is a recommendation about the goals and tasks of organizing

inclusive education, which requires extremely high attention in the education of children with
disabilities in the inclusive education system.

Key words: Oligrefrenopedagogy, inclusive education, students with mental retardation,

organization of education.

ОРГАНИЗАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ УМСТВЕННО ОТСТАЛЫХ ДЕТЕЙ В

ИНКЛЮЗИВНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация. В данной статье представлены рекомендации о целях и задачах

организации инклюзивного образования, что требует крайне высокого внимания при
обучении детей с ограниченными возможностями здоровья в системе инклюзивного
образования.

Ключевые слова: олигрефренопедагогика, инклюзивное образование, студенты с

задержкой психического развития, организация образования.


Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda

ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog‘lom bolalar bilan bir xil e’tiborda
o‘qiy olishi kerak. O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat
umumta’lim maktablariga qatnaydi.

Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Aqli zaif bolalarni o‘rganish va ularga yordam tashkil

etish masalalari, aqli zaif bolalarni o‘qitish va milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda ishtimoiy-
pedagogik omillar haqida, aqli zaif bolalar tasnifi hamda uning aqli zaif bolalar uchun maxsus
muassasalarni differensiyalashdagi ahamiyati hamda yordamchi maktab o'quvchilarining
pedagogik tasnifi borasida ma’lumotlar berishni ko‘zda tutadi. Aqli zaiflikning yengil darajalarida
bu nuqson tashqaridan qaraganda uncha ko‘zga tashlanmaydi.

Nuqsonli bolalarni diagnostika qilish ishlaridagi xatoliklar ba’zi hollarda ko‘ngilsiz

natijalarga olib kelishi mumkin. Masalan, ommaviy maktabga tushib qolgan aqli zaif bola
nuqsonsiz tengqurlari singari ular bilan birga o ‘quv materiallarini o‘zlashtira olmaydi. O‘z vaqtida
malakali yordam olmagandan keyin borgan sari bunday bolalarning bilim saviyasi pasayib,
surunkali o‘zlashtirmovchilar qatoriga kirib qoladilar. Xuddi shu tarzda aqli zaiflar qatoriga
noto‘g‘ri qo‘shib qo‘yilgan nuqsonsiz bola sun’iy ravishda o‘z rivojlanishida orqada qola


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

270

boshlaydi. Chunki nuqsonli bolalar ta’limi materiallari unga yengillik qiladi, u o‘z ong-bilim
doirasiga mos bilim olmasligi natijasida uning aqliy rivojlanishi sekinlashadi.

Yordamchi maktab dasturi materiallari elementar, soda mazmunda tuzilganligi uchun

nuqsonsiz bolalarning bilishga bo‘lgan talabiarini qondira olmaydi. Bolaning aqliy
rivojlanishigina emas, balki umumiy rivojlanishi ham orqada qoladi. Bulardan tashqari, bunday
bolalaming ota- onalariga ham og‘ir ruhiy ta’sir yetkaziladi. Bunday noxush, ko‘ngilsiz holatlar
aqli zaiflikning mohiyatini tushunib yetmaslik natijasida sodir bo‘ladi.

Shuning uchun oligofrenopedagogikada aqli zaiflik masalasi alohida o‘rganishni talab

etadigan mavzulardan biridir. Aqli zaiflik deganda me’yoriy ruhiy rivojlanishdan chetlashib,
haqiqiy, aynan aqliy nuqsonlikka olib keluvchi holat tushuniladi. Bunday holat

aqli zaiflik

nomi bilan atala boshlandi. Bu yerda

aqli qoloqlik

bilan

aqli zaiflik

tushunchasi orasida

hech qanday farq yo‘q. Ammo keyingi yillarda

aqli qoloqlik

tushunchasiga e’tibor

kuchaymoqda. Qandaydir ilmiy asoslar yetarli bo‘lmasa-da, turli manbalarda ba’zan bir-birini
to‘ldiruvchi fikrlar uchrab turadi.

Aqli zaif

yoki

aqli kam

tushunchalarida aqlning yetarli

emasligi qayd etiladi.

Aqli qoloq

likda esa aqlning yetarli emasligini e’tirof etish bilan birga,

aqlning rivojlanish imkoniyatlarini inkor etmaydi. Chunki sekinlashish, orqada qolish deganda
rivojlanish to‘xtagan degan ma’no kelib chiqmaydi.

Yordamchi maktablardagi ta'limning umumiy vazifalari maxsus aqli zaif o`quvchilar

nuqsonlarini tuzatish vazifasi bilan birga olib boriladi. Shu sababli yordamchi maktablardagi
ta'limning asosiy, zaruriy xususiyatlaridan biri uning nuqsonni tuzatishga yo`nalganligida
bo`lsa, ikkinchi xususiyati, uning bolaning rivojlanishida o`ziga xos amalga oshirilishidadir.

Bosh miya faoliyatlari nuqsoni asosida aqli zaif o`quvchilarning rivojlanishi cheklangan

bo`lib, orqada qoladi. Aqli zaif bola kam rivojlangan emas, balki o`zgacha rivojlangan va
rivojlanayotgan boladir. Uning rivojlanishi nuqsonli ravishda boradi. Aqli zaif o`quvchining
bilish faolligi va mustaqilligi birmuncha past bo`ladi. Bu kamchilik ularning bevosila hayot
qiyinchiliklariga duch kelganlarida namoyon bo`ladi. Shuni ta'kidlash joizki, yordamchi maktab
ta’limi sodda, o`quvchilar nuqsoniga moslab, mexanik tarzida berilishi tufayli har doim
ham kutilgandey natija bermaydi. Shu sababli o`quv materiallari qancha sodda bo`lmasin, albatta
ongli, tushunarli tarzda berilishi kerak. Shundagina bu ta'lim o`quvchilar nuqsonlarini tuzatishga
yordam beradi. Yordamchi maktabdagi ta'lim o`qituvchi va o`quvchilarning birgalikdagi faoliyati
bo`lib, o`quvchilarning bilishi olishiga, zarur ko`nikma va malakalar hosil qilishiariga xizmat
ko'rsatadi.

Oligofrenopedagogning faoliyati deganda o`qitish, yordamchi maktab o`quvchilariga bilim

berish tushuniladi. Talimda esa o`qituvchining vazifalari birmuncha kengayadi, ya'ni
o`qituvchi bilim berish bilan kifoyalanib qolmasdan, ko`nikma, malakalar ham beradi. Mustaqil
bilim egallash yo`llarini tushuntiradi. Shu bilan birga o`quvchilarning bilish faoliyatlariga
rahbarlik qiladi va uni boshqarib boradi. O`quvchilar faoliyati deganda ularning ma'lum bilimlar
yig`indisini egallab borishlari tushuniladi. Ta'lim bilan o`qish bir-biri bilan uzviy bog`liq. Bilim
egallash ta'lim jarayonining asosini tashkil qiladi va uning asosiy mohiyatini belgilaydi.

Bilim, ko`nikma, malakalar egallash jarayonida aqli zaif o`quvchilarning bilish

jarayonlari shakllanib boradi hamda ularning hissiyot-iroda sifatlari rivojlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

271

Shular oqibatida o`quvchilarning bilimga qiziqishi, ish qobiliyatlari, Tirishqoqlik kabi

shaxsiy sifatlari takomillashib, ular bir butunligicha tarbiyalanib, hayotga bo`lgan munosabatlari
shakllanib boradi.

Aqli zaif bolalardagi dunyoqarashning juda murakkab va dinamik jarayon ekanligi ba

rcha ta'lim bosqichlarida izchil ish olib borishni talab ctadi. Har bir insonning hayotida ya
ngi bilimlar, tajribalar oldin egallangan bilimlar tizimiga albatta ta'sir etadi. Yangi bilim,
dalillarni egallab boorish asosida bolalarning atrof-ruhiyatga, boshqa kishilarga munosabati
o`zgarib boradi. Shu tariqa ta'lim jarayonida aqli zaif bolalarda uni o`rab olgan muhitga
munosabatning dinamik tizimi tarkib topa boradi.

Aqli zaif bolalar bilan ishlashda o‘qituvchining vazifasi:
- Umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan aqli zaif bolalarni bilish faoliyati bilan sog‘lom

bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim.

- Sog‘lom bolaga qo‘yilgan o‘quv-dastur talabini aqli zaif bolaga qo‘llamaslik.
- Dars jarayonlarida aqli zaif bolalarni o‘zlashtirish qobiliyatiga mos keladigan vazifalar

berib boorish lozim.

- Bolani darslarni o‘zlashtirmasligi uchun o‘quvchilar o‘rtasida izza qilmasdan, balki

uning ayrim yutuqlarini hisobga olib rag‘batlantirish choralarini ko‘rish.

- Umumiy aqli zaif bolalarni umumta’lim maktablarida o‘qitish ishi o‘qituvchi oldida

ancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi.

Bu o‘rinda o‘qituvchilarimiz ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib borishi,

bolalarini xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan dars jarayonida ish olib borish
muhim ahamiyatlidir.

Xulosa qilib aytgada umumta’lim maktablarida o‘z sog‘lom tengqurlari qatorida

o‘qiydigan bolalarga o‘qitish va ta’limni to‘g‘ri tashkil qila bilish har bir o‘qituvchini mas’uliyatli
burchi bo‘lib qolishi kerak. Nuqsonli bolalarni hayotda o‘z o‘rnini topishi, kelajakda o‘z mehnati
evaziga hayot kechirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish, o‘qituvchilarimizning oldida turgan asosiy
vazifa hisoblanadi.

REFERENCES

1.

«Inklyuziv ta’lim» muvaqqat Nizomi. 2005 yil.

2.

Imkoniyati chyeklangan bolalar va o`smirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil etish
to‘g‘risida muvaqqat NIZOM. O`RXTV T.,19 syentyabr, 2005.

3.

gazeta .uz.

4.

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons
For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

5.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., &
Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of
Critical Reviews, 7(4), 2020.

6.

Ilhomovna,

M.

S.

(2021,

July).

HEALTHY

ENVIRONMENT-HEALTHY

COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

7.

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL
CREATIVITY.

References

«Inklyuziv ta’lim» muvaqqat Nizomi. 2005 yil.

Imkoniyati chyeklangan bolalar va o`smirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil etish to‘g‘risida muvaqqat NIZOM. O`RXTV T.,19 syentyabr, 2005.

gazeta.uz.

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., & Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of Critical Reviews, 7(4), 2020.

Ilhomovna, M. S. (2021, July). HEALTHY ENVIRONMENT-HEALTHY COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

Ilhomovna, M. S. (2022). SIGNIFICANCE AND ROLE OF PEDAGOGICAL CREATIVITY.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов