STUDYING MENTALLY RETARDED CHILDREN, TEACHING THEM AS A PEDAGOGICAL PROCESS

HAC
Google Scholar
To share
Irgasheva, D. . (2024). STUDYING MENTALLY RETARDED CHILDREN, TEACHING THEM AS A PEDAGOGICAL PROCESS. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28984
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article highlights the issues of teaching mentally retarded children and guiding them to social life in the process of inclusive education.

Similar Articles


background image


84

AQLI ZAIF BOLALARNI O'RGANISH, ULARNI O'QITISH PEDAGOGIK JARAYON

SIFATIDA

Irgasheva Durdona To‘xtasin qizi

Sirdaryo viloyati 71-sonli maxsus maktab-internat logopedi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10639932

Annotatsiya.

Ushbu maqolada inkluziv ta’lim jarayonida aqli zaif bolalarga ta’lim berish

va ularni ijtimoiy hayotga yo’naltirish masalalari yoritib berilgan.

Kalit so’zlar:

Inkluziv ta’lim, aqli zaif bolalar, oligrofreniya, ta’lim, rivojlanish.

Studying mentally retarded children, teaching them as a pedagogical process

STUDYING MENTALLY RETARDED CHILDREN, TEACHING THEM AS A

PEDAGOGICAL PROCESS

Abstract.

This article highlights the issues of teaching mentally retarded children and

guiding them to social life in the process of inclusive education.

Key words:

Inclusive education, mentally retarded children, oligophrenia, education,

development.

ИЗУЧЕНИЕ УМСТВЕННО ОТСТАЛЫХ ДЕТЕЙ, ОБУЧЕНИЕ ИХ КАК

ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ПРОЦЕСС

Аннотация.

В данной статье освещаются вопросы обучения умственно отсталых

детей и ориентации их на социальную жизнь в процессе инклюзивного образования.

Ключевые слова:

Инклюзивное образование, умственно отсталые дети,

олигофрения, образование, развитие.

Zamonaviy oʻqituvchini shakllantirishi, har bir oʻqituvchi oʻz ustida muntazam ishlab,

malakasini oshirib, oʻz tajribalarini oʻquvchilar ta’lim- tarbiyasiga qaratishi lozim. Inklyuziv

ta’limning asosiy maqsadi ta’limni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha bolalar, shu

jumladan alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni umumta’lim jarayoniga qamrab olishdir.

Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarga ta’lim olishni taqdimetishi bilan katta

ahamiyatga ega. Bu ana shunday bolalarni uzluksiz umumiy ta’lim tizimiga kiritishni bildiradi.

Ushbu jarayon o‘zining quyidagi huquqiy, ijtimoiy asoslariga ega bo‘lmog‘i zarur. Ya’ni:

- Har bir bola ta’lim olish uchun asosiy huquqga ega va kerakli darajada bilim olish

imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

- Har bir bola o‘z xosliklariga, qiziqishlariga, qobiliyat va o‘quv ehtiyojga ega.


background image


85

- Ta’lim yuzasidan alohida ehtiyojga ega bo‘lgan ommaviy maktablarda o‘qish

imkoniyatiga ega bo‘lishlari, bu yerda ularning ehtiyojlarini qondirish maqsadga yo‘naltirilgan

pedagogik metodlar asosida sharoit yaratish zarur.

- Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar bilan bir xil

sharoitda o‘qishlari va kamol topishlari zarurInklyuziv sinflar o‘quvchilar va pedagoglarga

jamiyatga va maktabga yangicha qarashni rivojlantirish orqali jamiyatning eng yaxshi a’zolari

bo‘lishlari uchun yordam berishga yo‘naltirilishi zarur.

- Inklyuziv ta’lim umumta’lim maktablari o‘quvchilari, direktorlari, ota-onalar va maxsus

pedagoglarni bitta guruhda hamkorlik qilishlarini talab qiladi. Ko‘p hollarda alohida yordamga

muhtoj bolalarning ota-onalari o‘z bolalarining ta’limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari

haqida noto‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lganlari natijasida bu bolalarga to‘g‘ri ta’lim berishni talab

qilmaydilar. Ota-onalar o‘z bolalaridagi nuqsonlar tufayli uyalish va o‘zini yo‘qotib qo‘yish kabi

to‘siqlarni yengishlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Hamma ota-onalarga inklyuziv

ta’limning mazmuni nimalardan iboratligi va bu bolalarga qanday imkoniyatlar berishi haqida

batafsil ma’lumot berilishi zarur. Ota-onalarning o‘z bolalariga ta’limli yordam ko‘rsatishini

cheklamaslik bilan bir jihatdan kengaytirish zarur. Shunday yo‘l bilan ota-onalar bolalarni o‘quv

muassasalariga joylashtirish va o‘quv dasturlarini aniqlik, shuningdek o‘quv jarayonini uyda yoki

boshqa joyda davom ettirishga oid muhokamalarga jalb qilishi zarur. Har qanday bola kamol topib

sog‘lom o‘ssa, uning bilim faoliyati, sezgi qobiliyatlari mukammal rivojlanib borsa, bunday

bolalar 6-7 yoshdan boshlab maktabga qabul qilinishga tayyor bo‘ladi. Lekin umumta’lim maktab

o‘quvchilari orasida o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bolalar

uchrab turadi. Bolaning hoh ona qornida, hoh tug‘ilgandan keyin rivojlanib borishi uchun zarur

bo‘lgan ma’lum shartlarning bo‘lishi natijasida jismoniy va ruhiy, aqliy nuqsonlar kamchiliklarga

olib kelishi mumkin. Bunday bolalarda eshitishda, ko‘rish qobiliyatida, nutqiy va aqliy faoliyatida

nuqsonlar paydo bo‘ladi.

Aqli zaif bolalarni o‘rganish va ularga yordam tashkil etish masalalari, aqli zaif bolalarni

o‘qitish va milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda ishtimoiy-pedagogik omillar haqida , aqli zaif

bolalar tasnifi hamda uning aqli zaif bolalar uchun maxsus muassasalarni differensiyalashdagi

ahamiyati hamda yordamchi maktab o'quvchilarining pedagogik tasnifi borasida ma’lumotlar

berishni ko‘zda tutadi.

Qator ijobiy xislatlariga qaramay, ma’lum darajada aqliy rivojlanmaganlik bu bolalarga

ham xosdir. Bu bolalarning tafakkurlari ko‘rgazma-obraz mazmunini kasb etadi.

Tushunchalaming shakllanishi juda qiyin amalga oshadi. Umumlashtirish, taqqoslash jarayonlari


background image


86

juda zaif kechadi. 0 ‘qilgan muayyan mazmunni qiyinchilik bilan o‘zlashtiradilar. Fanlami to‘g‘ri

idrok qila turib, ularning ichki bog’lanishlarini tushunmaydilar. Bunday xislatlar debil bolalar

bilan mazmunli rasmlar, izchil voqealarni tasniflash tajribalari o‘tkazilganda yaqqol ko‘rinadi,

hisoblash malakalari ham qiyin shakllanadi. Sonlar, suratli arifmetik belgilar mohiyatini yetarli

tushunib yetmaydilar. Ular sodda masalalaming shartlarini dastlabki tushuntirishlarda bila

olmaydilar. Uni yechishda oldingi ishlagan yo’llarni qo’llaydilar. To‘g ‘ri yozish malakalarini

qiyinchilik bilan egallaydilar. Ularning nutqi sodda, grammatik tomoni buzilgan, tili chuchuk

bo’lishi mumkin. So‘zli tushuntirishlar muayyan holatlar bilan bog’liq bo’lmasa, materialni juda

qiyin idrok etadilar. Debil bolalarning yetarli aqliy taraqqiy etmaganligi ular shaxsining

shakllanmaganligi bilan birga qo‘shilib keladi. Bu xislat fikr yuritish va qarashlaming mustaqil

emasligida, bilimga intilishlaming

yetishmasligida, tashabbuskorlikning bo‘shligida, mehnat faoliyatiarida namoyon bo’ladi.

Hissiyot-iroda sohalari yetarli saqlangan holda, ayrim qayg‘urish, xursand bo’lish vaqtlarida

o‘zlarini yetarli, nuqsonsiz tengdoshlaridek tuta olmaydilar. Ayrim nozik differensiyalashgan

harakatlar, yuzlardagi ifodalilik yetishmaydi. Ba’zan nevrologik belgilar, tana displaziyasi,

endokrin buzilishlar uchraydi.

Q‘z

vaqtidagi to‘g‘ri ta’lim-tarbiya, mehnat malakalarini berish,

aqliy nuqsonni murakkablashtiruvchi asab-ruhiy taassurotlami yo‘q qilish orqali debil bolalarni

muvaffaqiyatli ravishda hayotga moslashtirish mumkin. Bu bolalar tashabbus,

mustaqillik, bir ish turidan boshqa ish turiga tez o‘tish talab etilmaydigan ish jarayonlarida yetarli

unum bilan mehnat qiladilar. Bu bolalardagi amaliy intilishlarning borligi kelajakda jamiyatda o‘z

o‘rinlariga ega bo‘lishlarini bilishlari asosida mehnat malakalarini egallashlariga yordam beradi.

REFERENCES

1.

O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi yangi qonuni. 23 sentabr, 2020 yil

Sh. Mirziyoyev.

2.

“Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy

- nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-“Uzinkomsentr”-2002 yil

3.

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons

For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

4.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., &

Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of

Critical Reviews, 7(4), 2020.


background image


87

5.

Ilhomovna,

M.

S.

(2021,

July).

HEALTHY

ENVIRONMENT-HEALTHY

COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

6.

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL

EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ

ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ

(pp. 104-106).

References

O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi yangi qonuni. 23 sentabr, 2020 yil Sh. Mirziyoyev.

“Alohida yordamga muhtoj bolalarni ma’naviy va estetik rivojlantirish” mavzusidagi ilmiy - nazariy konferensiya materiallari. Toshkent-“Uzinkomsentr”-2002 yil

Tovbayevna, M. N., & Nosirova, M. (2021). Methods Of Organizing Geography Lessons For Childrenpeople With Disabilities Inclusive Education. JournalNX, 7(03), 187-190.

Khudayberdievich, R. B., Tavbaevna, M. N., Muratovna, N. S., Djumanovna, T. M., & Kurbanovna, T. R. (2019). Educating research approach in future teachers. Journal of Critical Reviews, 7(4), 2020.

Ilhomovna, M. S. (2021, July). HEALTHY ENVIRONMENT-HEALTHY COMMUNITY. In Archive of Conferences (pp. 62-66).

Musurmonova, S. I. (2021). THE ROLE OF PARENTS IN ENVIRONMENTAL EDUCATION FOR SMALL CHILDREN. In НАУКА И СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 104-106).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов