ISSUES OF THE ORGANIZATION OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL WORK IN UNIVERSAL SCHOOLS AND APPRECIATION OF THE HUMAN BEING THEREIN

HAC
Google Scholar
To share
O’rinboyeva, N. (2024). ISSUES OF THE ORGANIZATION OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL WORK IN UNIVERSAL SCHOOLS AND APPRECIATION OF THE HUMAN BEING THEREIN. Modern Science and Research, 3(2), 232–238. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29354
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article contains thoughts and opinions on the organization of spiritual and educational work and issues of human dignity. Information is given about the achievements, shortcomings, problems and their solutions in the field of spiritual and educational work in Uzbekistan, valuing and caring for people in the organized events, and educational processes in the organization of the events.


background image


232

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLARNI TASHKIL

ETISH VA UNDA INSONNI QADRLASH MASALALARI

O'rinboyeva Nargiza Obloqulovna

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani 4-umumiy o'rta ta'lim maktabining ma'naviy-ma'rifiy

ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10654240

Annotatsiya. Ushbu maqolada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va unda inson qadri

masalalari bо‘yicha fikr va mulohazalar yuritilgan. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan

ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi yutuq, kamchilik, muammo va ularning yechimlari, tashkil

etilayotgan tadbirlarda insonlarni qadrlash, ularga g‘amxо‘rlik qilish tadbirlarni tashkil etishda

tarbiyaviy jarayonlar haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit sо‘zlar: ma’naviy-ma’rifiy ishlar, madaniy tadbirlar, ma’naviyat, ma’rifat, ijod,

inson qadri, tarbiya, ma’naviy ehtiyoj, kreativ yondoshuv, estetik ehtiyoj.

ISSUES OF THE ORGANIZATION OF SPIRITUAL AND EDUCATIONAL WORK IN

UNIVERSAL SCHOOLS AND APPRECIATION OF THE HUMAN BEING THEREIN

Abstract. This article contains thoughts and opinions on the organization of spiritual and

educational work and issues of human dignity. Information is given about the achievements,

shortcomings, problems and their solutions in the field of spiritual and educational work in

Uzbekistan, valuing and caring for people in the organized events, and educational processes in

the organization of the events.

Key words: spiritual and educational activities, cultural events, spirituality, enlightenment,

creativity, human value, education, spiritual need, creative approach, aesthetic need.

ВОПРОСЫ ОРГАНИЗАЦИИ ДУХОВНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ В

УНИВЕРСАЛЬНОЙ ШКОЛЕ И ЦЕННОСТИ ЧЕЛОВЕКА В НЕЙ

Аннотация. В данной статье собраны мысли и мнения по вопросам организации

духовно-просветительской работы и вопросов человеческого достоинства. Дана

информация о достижениях, недостатках, проблемах и их решениях в сфере духовно-

просветительской работы в Узбекистане, ценении и заботе о людях в организуемых

мероприятиях, воспитательных процессах при организации мероприятий.

Ключевые слова: духовно-просветительская деятельность, культурно-массовые

мероприятия, духовность, просвещение, творчество, человеческие ценности, образование,

духовная потребность, творческий подход, эстетическая потребность.


background image


233

Yangilanyotgan О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lami kundankunga

kengayib bormoqda. Davlatimiz rahbarining sayi-harakatlari, tashabbuslari bilan shiddat bilan

taraqqiyot sari intilish O‘zbekiston hayotida misli ko‘rilmagan darajadagi rivojlanishning yuksak

pog‘onalarini ko‘rib guvohi bo‘lib turibmiz. Insonlarning tinch-hotirjam yashashi, ularning

manfaatlarini himoya qilish, yurtimizni jahon arenasiga chiqarish, obro‘yini ko‘tarish,

Prezidentimizning ta’birlari bilan aytganda, “xalqni rozi qilish” yo‘lida qilinayotgan barcha ishlar,

islohotlar jamiyatimiz taraqqiyotida muhim strategik masala sifatida qaralmoqda. O‘zbekistonni

yanada rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasida belgilangan beshta, uning uzviyligini

ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan yettita ustivor yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar va

bunda ko‘zda tutilgan maqsadlarning barchasining markazida “INSON”ning turishi, bir so‘z bilan

aytganda, chiqarilayotgan barcha xujjatlarning mazmunida shu yurtda yashayotgan xalqimizning

moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning farovon turmush tarzini yaxshilash, insonlar

mehnatini qadrlash, yurtimizning jahon hamjamiyati oldida nufuzi, obro‘yini oshirish va boshqa

ulug‘ maqsadlar qo‘yilganligidan dalolat berib turibdi. Bunday ulug‘ ishlarni amalga oshirishda

ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning ahamiyati beqiyosdir. “Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat - bu

insonlarning ma’naviy, ma’rifiy, ahloqiy qarashlariga oid tushunchalarni qamrab oladigan

jarayonlardan hisoblanib, aniq reja asosida o‘tkaziladigan tadbirlar asnosida amalga oshiriladigan

ishlar majmuasidir”

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida olimlarimiz juda turli xil fikrlarni aytib o‘tganlar.

Madaniy oqartuv ishlari, madaniy-ma’rifiy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, madaniy

tadbirlar kabi nomlar bilan atalib kelingan. Ushbu sanab o‘tilganlarning barchasi deyarli bir xil

mazmunga ega, ammo hozirgi kunga kelib asosan “ma’naviyma’rifiy ishlar” deb yuritish an’anaga

aylangan. Yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarga juda katta strategik masala sifatida qaralib

kelinmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning deyarli barchasi shu yurtda

istiqomat qilayotgan insonlarning orzu-istaklarining rо‘yobi uchun qilinayotgan ishlardir, deb

qarasak, bizningcha tо‘g‘ri bо‘ladi. Barkamol avlod, komil inson, yosh avlod tarbiyasi kabi

vazifalar aynan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tashkil etish orqali amalga oshiriladigan

jarayonlardir. Bu jarayonlarning barchasining markazida insonlarning farovon hayot kechirishlari,

xalqimizni ehtiyojlarini qondirish, ularning yaxshi yashashi, sharoitlarini yaxshilash kabi vazifalar

yotadi. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida bu faoliyatning muhimligini unutmasligimiz lozim. Zero,

davlatimiz rahbari aytib o‘tganlaridek, “barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma’naviy-

axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol

ishtirokchisiga aylantirish“ kabi masalalar ma’naviy-ma’rifiy soha xodimlari oldidagi katta


background image


234

ma’suliyat yuklaydi. Hammamizga ma’lumki, “ma’naviyat” va “ma’rifat” tushunchalarining

ko‘pincha birgalikda qo‘llanishi ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ta’lim va tarbiya uyg‘unligini nazarda

tutadi. Ayniqsa, ta’lim muassasalarida buning ahamiyati, dolzarbligi yuz barobarga oshadi. Aytib

o‘tganimizdek, ma’naviyat bevosita ma’rifat tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki, bilish

orqali juda ko‘p muammolarni bartaraf qilish mumkin. Manbalarda, “Ma’rifat (arabcha «arafa» -

«bilmoq» so’zidan) - ta’lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g’oyalar majmui asosida

kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o’stirishga qaratilgan faoliyat” deb berilgan. “Ma’rifat”

tushunchasi bilish, bilim, ma’lumot, tanish, tanishish ma’nolarida ham qo‘llanilib kelinmoqda.

Darhaqiqat, uning ma’nosi bilimdir. Atama sifatida esa u tabiat, jamiyat va inson mohiyati

haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifat degani bilimli, muayyan

sohada ma’lumoti bor, degani bo‘lib, insonparvarlik ma’naviyati zaminidagina o‘z mohiyatiga ega

bo‘ladi. Kishilarning bilimini, madaniyati oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiyaga ham ma’rifat deb

ham qaraladi. Bu so‘z ilm-u urfon ma’nolarida ham ishlatiladi. Ma’rifat tushunchasi kengroq

ma’noda qo‘llanilib, bilim va ma’naviyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini

o‘zida mujassam qilgan. Bu ikki sermazmun tushunchalarning birga qo‘llanishi ta’lim-tarbiya

masalalarining barcha jihatlarini, odob, ahloq, tarbiya, o‘qish, bilim olish, o‘rganish, mutolaa

qilish, ilmli bo‘lish, jamiyatga nafi tegadigan inson bo‘lish va h.k. kabi qarashlar, fikrlarni o‘zida

qamrab oladi. O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar qatorida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga ham

alohida o‘rin berilgan. Jumladan, 2021-yil 6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

lavozimga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimida Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yilga

mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlar haqida so‘zlagan nutqlarida “Harakatlar strategiyasidan -

Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyilni asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida ilgari surganda,

uni tinglagan, eshitgan har bir inson keyingi amalga oshiriladigan islohotlarda millat, yurt va Vatan

taraqqiyotini his etdi. Taraqqiyot strategiyasida jamiyatni yanada rivojdantirish uchun muhim

bo‘lgan barcha siyosiy, iqtisodiy, xuquqiy masalalar bilan bir qatorda ma’naviy va ma’rifiy

masalalarning qo‘yilishi ham ushbu sohaning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini belgilaydi.

Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lash, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish

orqali xalqparvar davlat barpo etish, adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-

qimmatini ta’minlash, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson

kapitalini rivojlantirishning eng muhim omili hisoblangan sifatli ta’lim-tarbiya masalasi, ma’naviy

va ma’rifiy sohani rivojlantirish, ekologik tahdidlarning salbiy ta’siri, mamlakatimizdagi tinchlik

va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi masalalar kun tartibiga

qo‘yilgan bo‘lib, bunda inson, uning qadr-qimmati, jamiyatda xotirjam yashashi, farzandalariga


background image


235

ta’lim-tarbiya berishda uning ortida davlat, Prezident turganligini his qilishi, yaxshi, farovon

yashashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilajagi haqidagi fikrlarni anglash qiyin emas.

Taraqqiyot strategiyaning beshinchi ustuvor yo‘nalishga asosan ma’naviy va ma’rifiy

sohalar rivojlantirilishi haqidagi fikrlar bayon etilgan. “Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston -

ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va san’atni yuksaltirish, yoshlarni

sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga

ustuvor ahamiyat qaratiladi”, deydi Prezidentimiz. Darhaqiqat, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga

oshirishda asosiy maqsad yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ma’naviy,

estetik ehtiyojlarini qondirish, ma’naviy dunyosini boyitish, vatanparvarlik, fidoyilik,

mehnatsevarlik hissiyotlarini rivojlantirish, jamiyat taraqqiyotida o‘z o‘rnini egallashi, kelajakda

jamiyatning faol a’zosi sifatida shakllanishi, ilmli, bilimli, zukko bo‘lishi kabi ulug‘ maqsadlar

qo‘yilgan. Hozirgi kunda bunday ishlar ta’lim muassasalarida bilan bir qatorda mahallalarda ham

tashkil etilishi katta samara bermoqda. Mahallalalarda istqomat qilayotgan xalqimizni ma’naviy-

ahloqiy tarbiyalash, ularning ma’rifiy va ijodiy qobiliyatlarini oshirish, dam olish va xordiq

chiqarishini uyushtirish ham ma’naviyma’rifiy sohalarning ijtimoiy funksiyalarini belgilab

bermoqda. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan insonlarning ijtimoiy-iqtisodiy,

ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, xalqni rozi qilish, yashash sharoitlari, turmush tarzini

yaxshilashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Insonlarning maroqli dam olishlari

uchun dam olish maskanlarini, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bog‘lari, teatrlar,

konsert zallari, sport o‘yinlari o‘tkaziladigan maydonlar, maktab, oliy ta’lim muassasalari, ishlab

chiqarish korxonalarini yangidan qurish, mavjudlarini moddiy-texnika bazasini takomillashtirish,

rivojlantirish, ularni ta’mirlash va boshqa ishlar shaxsan davlatimiz rahbarining tashabbuslari,

taklif va ko‘rsatmalari asosida tashkil etilmoqda. Ayniqsa, talaba yoshlarning yaxshi o‘qishlari,

ularning ma’naviy, estetik ehtiyojlarini qondirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga

qaratilgan turli mavzulardagi tadbirlarning tashkil etilishi talaba yoshlarning bu boradagi

imkoniyatlarini kengaytirmoqda. yig‘ilishida “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa,

uning joni va ruhi ma’naviyatdir. Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz,

ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi - bozor tamoyillariga asoslangan kuchli

iqtisodiyot. Ikkinchisi - ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli

ma’naviyat ”, deya ta’kilab o‘tdilar. Undan tashqari, davlatimiz rahbarining 2021-yil 26-martdagi

“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ5040-son Qarori ham ushbu faoliyatga bugungi Yangilanayotgan O‘zbekiston uchun muhim

xujjatlardan biri ekanligini alohida qayd etish maqsadga muvofiqdir. Ushbu xujjatda “Bu borada


background image


236

olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi

yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir

qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit

tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida

yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda

davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy

sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. Mavjud muammolarni hal etish,

ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada

kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga

daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish

maqsadida aniq, strategik, ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Mazkur xujjatda oila, ta’lim

tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, madaniyat, adabiyot,

kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot

vositalarida ma’naviyaxloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga

erishish, yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga

yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar

va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy choratadbirlar dasturlarini ishlab

chiqish kabi muhim masalalarga katta e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlangan. Juda ko‘p hollarda

ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hisobot uchun o‘tkazilishi sir emas. Tadbirlarni tashkil etishda aniq

maqsadlar belgilanib, amalga oshiriladigan ishlar rejasi puxta ishlanib, insonlarning bo‘sh

vaqtlarini hisobga olgan holda tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

sifatiga erishish uchun tadbirlar saviyasini ko‘tarish haqida bosh qotirish lozim. Masalan, davra

suhbatini olaylik. Odam savdosiga qarshi kurash mavzusi bo‘yicha tadbir o‘tkaziladigan bo‘lsa,

ma’ruzachi undagi faktlarni faqat aytib berish bilan chegaralansa, ya’ni (ma’ruzani o‘qib yoki

tushuntirib bersa) bu tinglovchida hech qanday hissiyotlarni uyg‘otmasligi mumkin. Bunda turli

metod va vositalardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish - tadbirning sifat samaradorligiga erishishiga

olib keladi. Bu yerda “tadbirni quruq ma’ruzani o‘qish bilan emas, balki isbotlangan faktlar bilan,

turli ko‘rgazmalar, xujjatli filmlar, videoroliklar, sahna ko‘rinishlari, shu mavzularga oid kuy va

qo‘shiqlar uyg‘unligida o‘tkazilsa, uning ta’sirchanligi va sifat darajasi oshadi hamda tinglovchi

yoki tomoshabinning ongiga ijobiy ta’sir qiladi. Bunda ishontirish metodidan foydalanish

mumkin, ya’ni chet ellarga, ya’ni o‘zga yurtlarga borib, ko‘p pul topishni istagan yoshlarga buning

hammasi safsata ekanligiga ishontirish, u yerdagi shart-sharoit va ahvolning naqadar ayanchli

ekanligini ko‘rsatish (film, sahna ko‘rinish orqali yoki aynan ana shunday sharoitlarga tushib


background image


237

qolgan insonlar o‘zlari gapirib bersalar), o‘z yurtining qadriga yetish kabi vazifalarni qo‘ygan

holda taqdim etilishi ko‘pchilikning to‘g‘ri xulosa chiqarishiga sabab bo‘la oladi, deyish mumkin.

Bitta tadbirni o‘tkazgan bilan inson o‘zgarib yoki tarbiyalanib qolmaydi. Buning uchun

tizimli ishlarni amalga oshirish zarur. Tadbir tashkilotchilari badiiy jihatda mukammal ssenariyni

yaratish, uni sahnaga ko‘chirish qonuniyatlarini yaxshi bilishi talab etiladi. Faqat kuy, qo‘shiq yoki

raqslardan iborat tashkil etilgan tadbirlar yaxshi samara bermasligi mumkin. Tadbirni g‘oyaviy

jihatdan aniq maqsadlarga yo‘naltirish, tinglovchi yoki tomoshabinlarning didiga mos tarbiyaviy

manbalardan foydalanish, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy, estetik ehtiyojlarini qondirishga

qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Madaniy-ma’rifiy faoliyat ertangi kun ish samaradorligiga

erishishda muhim rol o‘ynaydi. Chunki, yaxshi dam olgan kishi sidqidildan mehnat qiladi.

Xotirjam bo‘lmagan, yaxshi dam olmagan, charchagan insondan chin dildan mehnat talab

qilish qiyin masalalardan biridir. Yaxshi, maroqli dam olgan odam ish faoliyatida aktivlashadi,

oldinga intiladi, oldinga intilish esa juda ko‘p kadrlarni o‘z o‘rnini egallashda asqotadi.

Insonlarning dam olish, hordiq chiqarish masalalari ham muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-

ma’rifiy jarayonlardan hisoblanadi. “Ma’naviy-ma’rifiy sohaning obekti INSON, insonning

ma’naviy-madaniy olamidir. U, birinchidan, insonning ma’naviy-madaniy olamini o‘ziga xos

amaliytarbiyaviy vositalar va usullar bilan shakllantiruvchi, ikkinchidan esa xalq ijodini targ‘ib

qiluvchi kishilarning dam olishi va xordiq chiqarishini uyushtiruvchi, fuqarolarni ijtimoiy-

madaniy hayotga jalb qiluvchi sohadir”. Xulosa sifatida shuni aytish kerakki, aniq maqsadlarni

oldiga qо‘ygan holda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni maqsadli tashkil etish, u orqali insonlar ongida

Vatanga muhabbat ruhini singdirish, ular orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, ularni

ertangi kunga ishonch bilan bunyodkorlik ishlariga jalb etish, ma’naviyatini yuksaltirish, ilmli,

bilimli, amiyatga nafi tegadigan inson bo‘lib yetishishlarida bu faoliyatning ahamiyati beqiyosdir.

REFERENCES

1.

Prezident Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan

takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori. Yangi O‘zbekiston.

www.lex.uz

2.

Prezident Sh.Mirziyoyevning Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib

tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish

chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori. // Xalq so‘zi. 2018-yil, 15- avgust

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali

marosimda so‘zlagan nutqi. “Yangi O‘zbekiston” ijtimoiysiyosiy gazetasi. 2021-yil 7-noyabr.


background image


238

4.

V.Alimasov, Y.Manzarov. O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy soha: nazariya va amaliyot.

Toshkent, 2014.108b.

5.

V.Rustamov. Ssenariynavislik mahorati. Toshkent, 2017 yil, 33b.

6.

Madaniyat va san’at atamalari izohli lug‘ati/ Taxrirchi: B.Sayfullayev. - Toshkent; 2014.-B.

87.

References

Prezident Sh.Mirziyoyevning 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori. Yangi O‘zbekiston. www.lex.uz

Prezident Sh.Mirziyoyevning Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Qarori. // Xalq so‘zi. 2018-yil, 15- avgust

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqi. “Yangi O‘zbekiston” ijtimoiysiyosiy gazetasi. 2021-yil 7-noyabr.

V.Alimasov, Y.Manzarov. O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy soha: nazariya va amaliyot. Toshkent, 2014.108b.

V.Rustamov. Ssenariynavislik mahorati. Toshkent, 2017 yil, 33b.

Madaniyat va san’at atamalari izohli lug‘ati/ Taxrirchi: B.Sayfullayev. - Toshkent; 2014.-B. 87.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов