ХARTISTIC SKILLS OF SAMANDAR VAHID

HAC
Google Scholar
To share
Asadov, I. (2024). ХARTISTIC SKILLS OF SAMANDAR VAHID. Modern Science and Research, 3(2), 469–472. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29366
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article reflects on Samandar Vahid’s skillful use of the means of artistic representation, the verbal and spiritual language of poetic art, his artistic manner, the power of influence on the soul, which gives inexhaustible pleasure.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

469

SAMANDAR VOHIDNING BADIIY MAHORATI

Ikrom Asadov

https://doi.org/10.5281/zenodo.10655553

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Samandar Vohidning badiiy tasvir vositalaridan, she’riy

san’atning lafziy va ma’naviy lisonlaridan mohirona foydalana olganligi bois badiiy zarbi, qalbga
ta’sir kuchi ham tuganmas zavq bag‘ishlar darajadagi badiiy mahorati xususida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Adabiyot, olam va odam, tabiat va qalb, dunyo, vaqt, tun, obraz, lafziy,

ma’naviy.

ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ НАВЫКИ САМАНДАРА ВАХИДА

Аннотация.

В данной статье размышляется об умелом использовании Самандаром

Вахидом средств художественного изображения, словесного и духовного языка
поэтического искусства, его художественной манере, силе воздействия на душу,
доставляющей неиссякаемое удовольствие.

Ключевые слова:

Литература, мир и человек, природа и душа, мир, время, ночь,

образ, словесный, духовный.

ARTISTIC SKILLS OF SAMANDAR VAHID

Abstract.

This article reflects on Samandar Vahid’s skillful use of the means of artistic

representation, the verbal and spiritual language of poetic art, his artistic manner, the power of
influence on the soul, which gives inexhaustible pleasure.

Key words:

Literature, world and man, nature and soul, world, time, night, image, verbal,

spiritual.

She’rning dunyoga kelishi nimadandir yoxud kimdandir ta’sirlanish bilan bog‘liq.
Ruhning qiynalishi, tafakkurning azoblanishi, zavq-u shavqning olovlanishi, ilhomning

gulxanlanishi va ularning birlashuvi asosida tuyg‘ular misralarda tartiblanadi, qolipga
sig‘maydiganlari “jaranglab”, sochilib ketadi-da, mansuralar shaklida dard chekadi. Ana shu
jaranglanishlar oqibatida issiq hayajonlar ijodkorni kashf etadi, uyg‘oq ijodkorlar ajib tasvirlarni
– qalbdagi iztirob suratlarini chizadi.

Yaratilajak badiiy mahsulning sifati shoirning dunyoqarashi: atrof-muhitni chuqur

kuzatganligi, tabiatni teran tahlil eta olganligi, dunyoni keng mushohada qila olganligi, xullas,
uning rangin tasavvurlari olami bilan belgilanadi.

Buxoroda hech qachon qulamaydigan bir devor, bir QO‘RG‘ON bor. Bu Samandar Vohid

poetikasi qo‘rg‘oni. Devorning asosi mustahkam. Uning g‘ishtlari hech qachon nuramaydigan,
hech qachon ko‘chmaydigan tafakkur asosida qurilgan.

Shoirning she’r-u dostonlari badiiyati shiraga boy. O‘qiganingiz sari zavqlanaverasiz,

“keyingisini ham o‘qishim kerak”, degich shavq paydo bo‘ladi yuragingizda hamda bexosdan
butun bir kitobni mehr bilan o‘qib tugatganingizni sezmay qolasiz. Ketgan vaqtingizga
achinmaysiz. Ijodkorning tuyg‘ulari olamida inson va tabiat iztiroblari hamohangligini
kuzatganingizdan so‘ng lirik qahramon niyatlari, g‘oyalariga, dardlariga sherik bo‘lasiz.

Unga hamdam, o‘zingizga esa darddosh topganingiz sababli SHE’RIYAT sizga rohatbaxsh

ilhom bag‘ishlaydi… Qattiq ta’sirlanishning boisi shoirning badiiy mahorati yuksakligidandir.
Ijodkor bunday yuksak maqomga qanday erishgan? U xalqning ummonday toshayotgan ijodidan,


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

470

ustozlar yaratgan manbalardan, muqaddas bitiklardan – o‘lmas hamda boqiy ma’naviyatdan
unumli va yaxshi oziqlangan.

Professor Abdurauf Fitrat shunday deb yozgan edi: ”Adabiyot – fikr, tuyg‘ularimizdagi

to‘lqunlarni so‘zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham shu to‘lqinlarni
yaratmoqdir”

1

. Demak, ijodkor yaratgan adabiy asaridagi dard-u quvonchlarni kitobxonga yuqtira

olsa, o‘qig‘uvchi muxlisning yuragini to‘lqinlantira bilsa, uning izlanishlari samara beribdi, degan
xulosaga kelsak arziydi.

Qalamkash qachon she’rxonni to‘laligicha tuyg‘ulari tarovatiga torta oladi? Qachonki,

uning ijodida tabiiylik, samimiylik, tasvirdagi ranglarning mutanosibligi ustunlik qilsa; shoirdagi
tasavvur va tafakkur bo‘yoqlari joy-joyiga tushsa, hech qanday ortiqchalik, majburiylikka yo‘l
qo‘yilmagan bo‘lsa!

Samandar Vohid nazmiyatida yuqoridagi shart va tamoyillar ustuvor. Shuning uchun uning

she’riy ohangi juda go‘zal. Chiroyli she’r – hayotning chuqur mushohadasi. Mushohadani diltortar
misralarda tizish – ilhom mahsuli. Ilhom ko‘pchilikka beriladi. Ammo uni oppoq qog‘ozga dard
bilan muhrlash baxti hammaga ham nasib etavermaydi. Samandar Vohid shunday saodatga
erishgan ijodkorlardan. U o‘ziga xos uslub va yo‘nalishga ega serqirra shoir. Uning she’rlarida
Olam va Odam, Tabiat va Qalb o‘rtasidagi xo‘rsinishlar, tebranishlar o‘z aksini topgan.

Biz, mutolaa davomida shularni angladikki, Samandar Vohid she’riyatida Dunyo, Ona,

Ota, Vaqt, Tun, Tong, Qalb, Gul, Daraxt, G‘uncha, Ko‘klam,Yoz, Kuz, Qish, Quyosh, Yer, Turna,
Ildiz, Yaproq, Dehqon, Xotira, Ufq, Musicha, Qaldirg‘och, Sabo, Olov, Daryo, Shamol, Yulduz,
Nihol, Tosh, Qirg‘oq, To‘lqin, Tog‘, Chashma, Chechak, Qor, Yo‘l, Kulba, Dastro‘mol, Qari tol,
Tomchi, Yomg‘ir, Qayrag‘och, Bulut, Ot va boshqa o‘nlab obrazlar o‘zining rangin tovlanishlari
bilan ko‘nglingiz osmonini yanada yorishtirib yuboradi.

Samandar Vohid badiiy tasvir vositalaridan, she’riy san’atning lafziy va ma’naviy

lisonlaridan mohirona foydalana olganligi bois ijodkorning badiiy zarbi, qalbga ta’sir kuchi ham
tuganmas zavq bag‘ishlar darajada!

Samandar Vohidning “Aylanadir bu dunyo” she’rini tahlilga tortamiz. She’r yetti band,

o‘ttiz besh misradan iborat. Unda, asosan, Dunyo, Vaqt, Tun, Kun, Xor, Gul, Cho‘g‘, Kul, O‘ksik
Hislar obrazlari o‘z “qomat”ini namoyish etgan. Bu namoyishlarda qanday ma’no siljishlarini
ko‘ramiz?

Dunyo – Ona–Zamin. Unda yaxshilik urug‘ini ekkan bo‘lsang, ezgulikka duch kelasan.

Yomonlik sepgan bo‘lsang, shuni qarshi olasan. Shoir ana shu mazmunni “

Gul tutsang – gul, tosh

otsang, tosh otadi

2

misrasida singdirgan. Shu o‘rinda o‘zbek xalqining “Nimani eksang, shuni

o‘rasan” maqoli ham tafakkurimizda gavdalanadi va bu she’r mohiyatiga ham mos keladi.

Shoir uchun “Dunyo – sinovlarning saltanati”. Tun – qoralik. Kun – oqlik. Xor – iztirob.
Gul – shodlik. Cho‘g‘ – borliq, yoniqlik. Kul – yo‘qlik, nursizlik. Dunyo qorong‘ulikni

yorug‘likka almashtiradigan, azob-u quvonchni chirmashtiradigan, borlik-u yo‘qlikni
qorishtiradigan, so‘ngida ajrimga shaylanadigan qudrat ramzidir.

1

Fitrat A. Adabiyot qoidalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995, – B. 21-22.

2

Vohidov S. Saylanma. 1-jild. – Buxoro, 2003. – B.3.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

471

VAQT esa ijodkor nazdida, xolis hakamdir. U hamma narsaga baho beradi, hamma

qilmishlarga javob qaytaradi. O‘KSIK HISLAR – huda-behuda otilgan toshlardan, nohaq
zarbalardan yaralangan SHAXS to‘lg‘onishlari, tug‘yonlaridir. Bir kuni kelib, haqiqat ro‘yobga
chiqadi: “

Qoralangan gunohsizlar oqlanar, Oralangan orsiz yuzlar dog‘lanar

3

.

Dunyo o‘z qoidasini hech qachon buzmaydi. U doimo “bir tinib, bir loylanadi”.
Samandar Vohid “Aylanadir” fe’lini qayta ta’kidlash orqali

takror

san’atining go‘zal

namunasini yaratgan bo‘lsa, “

Qaytar dunyo qaytmay qo‘ymas, qaytadi, Aytar so‘zin aytmay

qo‘ymas, aytadi

4

ohangi bilan ham

siyg

adoshlikni, ham tarse’(muvozanat)ni

, bosh-u so‘ngi,

oldi-orti, so‘l-u o‘ngi, yoqa-yengi, tun-u kun, xor-u gul, cho‘g‘-u kul yordamida

tazodni

, vaqtni

xolis hakamga mengzab,

o

xshatishni

, yaralangan, qoralangan, oralangan aniqlovchilari ta’sirida

keyin aniqlanmishlar bilan birgalikda metafora va sinekdoxalarni yuzaga keltirmoqda.

“Rohat ko‘rmay, “dunyo – zahmat”, deganlar, Zahmat ko‘rmay, “dunyo –rohat”, deganlar”

misralari misolida

tard-u aks

ning ajoyib ko‘rinishini kashf etgan bo‘lsa, she’rning oxirgi bandida

nur tilida shukrona aytilishi

jonlantirishning

bir qismi hisoblangan

intoqning

chiroyli shaklini

namoyon qilgan.

“Samandar Vohid o‘z armonini kitobxonga yuqtira olgan. Beixtiyor odam o‘z ortiga

qaraydi. Ushalmagan orzularini eslab, sarhisob qiladi, – deydi Sadriddin Salim Buxoriy “Sarhisob”
maqolasida. – Fano olamidan baqo olamiga ketgan tengdoshlarini ko‘z oldiga keltiradi va “ortga
nazar solganida jami kunlar oq emas”ligidan o‘kinadi.

Daraxt sokin erur, qarasang sirtdan,
Afsuski, dard chekar goho bir qurtdan.
Mahmud Torobiylar chiqqan diyor bu,
Mahmud Yalavoch ham, hayhot, shu yurtdan!

Ushbu to‘rtlikda butun bir millat dardi jo etilgan. Mahmud Torobiyday vatanparvar, Vatan

uchun jonini fido qilganlar yurtidan Mahmud Yalavochday sotqinlar ham chiqqan. Bu achchiq
haqiqat kishini sergaklantiradi, hamisha ogoh bo‘lishga da’vat etadi”

5

.

To‘rtlikdagi

DARAXT

obrazida hayotni, xalqni, millatni ko‘ramiz. Iste’dodlari –

fidoyilari DARAXTga mador bo‘lib, uning ildiziga suv bersa; sotqin, nobakor, nonko‘rlari esa
mag‘zava to‘kishga urinadi yoxud shoxlarini sindirishga intiladi. Chunki faqat o‘z manfaatini
o‘ylaganlarda, bu dunyo boyligiga hirs qo‘yganlarda faxrlanish tuyg‘usi so‘nib, chirib ketgan
bo‘ladi. Chiriganlar fikrlay ololmaydi, ular hamisha qorin g‘amida, ular har doim nafs komida,
ular mudom hirs domida…

“Samandar Vohid ijodidagi bosh mavzu ona qishloq, Vatan, muhabbatdir, –deya uqtiradi

Sadriddin Salim Buxoriy. – Shoir vafoni, hayoni, iboni, sadoqatni sog‘inadi. Behayoni ko‘rganda
hayo, riyokorni ko‘rganda e’tiqod, mansabparastni ko‘rganda uzlat, ta’magirni ko‘rganda qanoatni
sog‘inadi, qo‘msaydi: hayoli, e’tiqodli, qanoatli odamlar ko‘zingga avliyoday bo‘lib ko‘rinadi.
Menimcha, haqiqiy SHOIRLAR hayo, e’tiqod, sadoqat, vafo, qanoat qo‘rg‘oni hisoblanadi”

6

.

3

Ko‘rsatilgan asar. – B. 4.

4

Ko‘rsatilgan asar. – B. 4.

5

Vohidov S. Saylanma. 1-jild. // Sadriddin Salim Buxoriy “Sarhisob” maqolasidan. – Buxoro, – B. 398-399.

6

Ko‘rsatilgan asar. – B. 400-401.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

472

Samandar Vohid qo‘rg‘oni abadul-abad mustahkam va sobitligini uning ko‘rkam va

jozibador, serjilo va maftunkor she’riyati orqali anglab yetamiz. Uning ash’orlarini qayta mutolaa
qilganingiz sari Ona–Zaminni, jonajon Vatanni, so‘lim Tabiatni tobora sevaverasiz, ularga
nisbatan muhabbatingiz tobora oshaveradi…







References

Ko‘rsatilgan asar. – B. 4.

Ko‘rsatilgan asar. – B. 4.

Vohidov S. Saylanma. 1-jild. // Sadriddin Salim Buxoriy “Sarhisob” maqolasidan. – Buxoro, – B. 398-399.

Ko‘rsatilgan asar. – B. 400-401.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов