LEGAL BASIS OF MILITARY SERVICE

HAC
Google Scholar
To share
Melikosimov, S. . (2024). LEGAL BASIS OF MILITARY SERVICE. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29449
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the ethical criteria of military personnel of the Armed Forces of the Republic of Uzbekistan, important organizational processes related to the organization of military service, the rights and obligations of military personnel, mutual relations between them, and the rules of internal order are discussed. is discussed.

Similar Articles


background image


304

HARBIY XIZMATNING HUQUQIY ASOSLARI

Sirojiddin Siddikovich Melikosimov

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani

1-son kasb-hunar maktabi CHKBT fani o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10669309

Annotatsiya.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy

xizmatchilari faoliyatining axloqiy mezonlari, harbiy xizmatni tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan

muhim tashkiliy jarayonlar, harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, ular o‘rtasidagi

o‘zaro munosabatlar hamda ichki tartib qoidalar to‘g‘risida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

O‘zbekiston Respublikasi,

Qurolli Kuchlari, davlat, qonun, huquq, harbiy

xizmatchilar, harbiy intizom, milliy mudofaa, askar.

LEGAL BASIS OF MILITARY SERVICE

Abstract.

In this article, the ethical criteria of military personnel of the Armed Forces of

the Republic of Uzbekistan, important organizational processes related to the organization of

military service, the rights and obligations of military personnel, mutual relations between them,

and the rules of internal order are discussed. is discussed.

Key words:

Republic of Uzbekistan, Armed Forces, state, law, law, military personnel,

military discipline, national defense, soldier.

ПРАВОВАЯ ОСНОВА ВОЕННОЙ СЛУЖБЫ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются этические критерии

военнослужащих Вооружённых Сил Республики Узбекистан, важные организационные

процессы, связанные с организацией военной службы, права и обязанности

военнослужащих, взаимоотношения между ними, правила внутреннего распорядка.

обсуждаются. обсуждается.

Ключевые слова:

Республика Узбекистан, Вооруженные Силы, государство, право,

право, военнослужащие, воинская дисциплина, оборона страны, военнослужащий.

Harbiy qurilish sohasidagi asosiy maqsad — professional armiyani, o‘z tarkibida yaxshi

tayyorlangan va ta’lim olgan, o‘z xalqiga, ona zaminiga, Prezidentiga sadoqdtli bo‘lgan, o‘z

Vatanining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qila oladigan jangchilarga ega bo‘lgan armiyani

bosqichma-bosiqch vujudga keltirishdan iborat.

Davlat mudofaa qobiliyatining eng muhim qismi uning Qurolli Kuchlaridir. Ularning

jangovar qudrati hamda bosqinchilarni qurolli mojarolar va urush boshlab yuborishdan tiyib turish


background image


305

vazifalarini bajarishga tayyor darajasida hamda mamlakat xududiga bosqinchilik qilingan taqdirda

qurol-yaroqlarning barcha turlaridan unumli foydalangan holda bosqinchilarni tor-mor qilishdan

iboratdir”,- deb ta‘kidlagan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlari Oliy Bosh

Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoev.

Bunda asosiy maqsad miqdor jihatdan uncha katta bo‘lmagan, tezkor, yaxshi

tayyorgarlikka ega, zamonaviy qurollar va texnika bilan ta’minlangan, O‘zbekiston xavfsizligini

ta’minlashga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlarni shakllantirishdir.

Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat (Oʻzbekistonda) — Oʻzbekiston

fuqarolarining Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishdan iborat faxriy burchi. 1992-yil 3-iyuldagi

12-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy kengashining 10-sessiyasi Respublika Qurolli

Kuchlarini tuzishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Bu sessiyada "Mudofaa toʻgʻrisida", "Umumiy

harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida" va "Muqobil xizmat toʻgʻrisida"gi muhim harbiy

qonunlar qabul qilindi. Harbiy qasamning yangi matni va qasamyod qildirish tartibi, shuningdek,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mudofaa ishlari vazirligini Oʻzbekiston Respublikasi

mudofaa vazirligiga aylantirish toʻgʻrisidagi farmoni tasdiklandi. Oʻzbekiston Respublikasi

Qurolli Kuchlarini toʻldirish "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida"gi

Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Unga koʻra, harbiy xizmatga

yaroqli boʻlgan va chaqiruv kuni 18 yoshga toʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmish

yigitlar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladilar. Xizmatni chaqiruvga binoan oʻtayotgan oddiy

askar, serjant va starshinalar uchun harbiy xizmat muddati — 18 oy (oliy maʼlumotli shaxslar

uchun — 12 oy). Harbiy xizmatdan boʻshatilgan, shuningdek, muddatli harbiy xizmatga

chaqirishdan ozod etilgan fuqarolar (salomatligining yomonlashgani tufayli harbiy hisobdan

chiqarilganlardan tashqari) zaxiradagilar roʻyxatiga olinadilar. Zaxiradagi harbiy xizmatga

majburlar yoshiga qarab 3 darajaga boʻlinadi. 3 daraja chegarasi umuman zaxirada boʻlish

yoshining chegarasi hisoblanadi.

Oddiy askarlar, serjant va starshinalar, praporshchiklar va michmanlarning zaxirada boʻlish

yoshining chegarasi: 1-darajadagilar uchun — 35 yoshgacha"; 2-darajadagilar uchun — 45

yoshgacha; 3-darajadagilar uchun — 50 yoshgacha.

Harbiy xizmatchilar zaxirada boʻlish yoshining chegarasiga yetgan boʻlsalar yoki

harbiytibbiy komissiya tomonidan salomatligiga koʻra harbiy xizmatni oʻtashga yaroqsiz deb


background image


306

topilsalar — harbiylar roʻyxatidan oʻchirilgan holda iyeteʼfoga chiqariladilar. Hozirgi kunda 12

oy oliy ma'lumotlilar uchun esa 9 oy etib belgilangan.

1

O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabr kuni “Umumiy harbiy majburiyat va

harbiy xizmat to‘g‘risida”gi 436–II-sonli Qonuni qabul qilindi.

Qonunning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilar huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi va

harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarni, shuningdek, harbiy xizmatchilar va harbiy

xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar hamda ular oila a’zolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish

sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonunning asosiy maqsadi harbiy xizmatchilarning huquqlari, majburiyatlari, javobgarligi

va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlarni, shuningdek, harbiy xizmatchilar va harbiy

xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar hamda ularning oila a’zolarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish

sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Qonun loyihasi bilan:

harbiy xizmat nazarda tutilgan vazirlik va idoralar, boshqa organlar va tashkilotlarning

oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarini

hamda ularning oila a’zolarini;

oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari (tinglovchilari)ni;

muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini;

safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat harbiy xizmatchilarini;

harbiy yig‘inni o‘tayotgan rezervdagi va zaxiradagi harbiy xizmatga majburlarni;

halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning oila a’zolarini huquqiy va ijtimoiy

jihatdan muhofaza qilish belgilanmoqda hamda shu kabi boshqa asosiy masalalarni tartibga

solish nazarda tutilmoqda.

“Harbiy xizmatchilar maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi

4 ta bob, 38 ta moddadan iborat.

Birinchi bobda umumiy qoidalar (qonunning maqsadi, harbiy xizmatchilarning maqomi va

ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, asosiy tushunchalar, harbiy xizmatchilar

maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi asosiy prinsiplar, harbiy xizmatchi maqomiga

ega bo‘lish va uni yo‘qotish asoslari, harbiy xizmatchilarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish

kafolatlari) yoritilgan.

1

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.(2000-2005)


background image


307

Ikkinchi bobda harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklari (harbiy unvon olish va

rag‘batlantirilish, erkin harakatlanish, lavozimga tayinlanish va xizmat joyini o‘zgartirish, jamiyat

va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish, mehnat qilish huquqi, xizmat vaqti va dam olish

huquqi, pul ta’minoti huquqi, oziq-ovqat ta’minoti, kiyim-kechak ta’minoti, uy-joy va pensiya

ta’minoti, sog‘liqni saqlash va tibbiy yordam olish, sug‘urta kafolatlari, boshqa ijtimoiy kafolatlar,

ta’lim olish huquqi, transportdan foydalanish, murojaat qilish huquqi, jismoniy kuch ishlatish,

maxsus vositalar va jangovar qurolni saqlash, olib yurish, qo‘llash, shuningdek jismoniy va yuridik

shaxslarning transport vositalaridan foydalanish, favqulodda holat va favqulodda vaziyat

sharoitlarida, jangovar harakatlar va boshqa maxsus operatsiyalar olib borilayotgan davrda harbiy

xizmatchilarga beriladigan qo‘shimcha kafolat va imtiyozlar, imtiyozli kredit bilan ta’minlanish

huquqi, moddiy yordam olish huquqi, harbiy xizmatdan bo‘shatilganda ishga joylashish huquqi,

harbiy xizmatchilar oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi) belgilangan.

Uchinchi bobda harbiy xizmatchilarning majburiyatlari va javobgarligi (umumiy

majburiyatlar, lavozimga oid va maxsus majburiyatlar, harbiy xizmatni o‘tash munosabati bilan

harbiy xizmatchilarning ayrim huquqlarini cheklash, harbiy xizmatchilarning javobgarligi)

belgilangan.

To‘rtinchi bobda yakunlovchi qoidalar (harbiy xizmatchilarning maqomi va ularni ijtimoiy

himoya qilish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish, nizolarni hal etish, harbiy

xizmatchilarning maqomi va ularni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik

uchun javobgarlik, qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini

ta’minlash, qonunchilikni ushbu qonunga muvofiqlashtirish, qonunning kuchga kirishi)

yoritilgan.

2

Harbiy jamoadagi do‘stlik, askariy birodarlik axloqiy tarbiyaning ijtimoiy-ruhiy sifatini

o‘zida aks ettiruvchi ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli

Kuchlarining Ichki xizmat nizomida milliy odob-axloq me’yorlari va an’analarimizdan kelib

chiqqan holda harbiy xizmatchilar askariy birodarlikni e’zozlashga, o‘z hayotini ayamasdan

o‘rtoqdarini xavf- xatardan qutqarishga, ularga so‘z va ish bilan yordam berishga, har birining or-

nomusi va qadr-qimmatini hurmat qilishga, o‘ziga va boshqa harbiy xizmatchilarga nisbatan

qo‘pollik va taxqirlashlarga yo‘l qo‘ymaslikka, ularni noloyiq qilmishlardan tiyib qolishga majbur

deb ko‘rsatilgan. Askariy birodarlikning muqaddas qoidalariga so‘zsiz amal qilish har bir Vatan

2

https://kun.uz/uz/news/2023/11/02/harbiy-xizmatchilar-maqomi-togrisidagi-qonun-loyihasi-elon-qilindi


background image


308

himoyachisining burchidir. Harbiy xizmatchilar estetik, ma‘naviy-axloqiy va vatanparvarlik

tarbiyasida o‘qituvchilar, olimlar, ijodkorlar va san‘atkorlar, atoqli kishilar, faxriylar ishtirokidagi

davra suhbatlari ham muhim ahamiyatga ega va bu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish

maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonuni.

https://lex.uz/

2.

O‘zbekistоn Respublikasi Kоnstitutsiyasi, 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston

Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

3.

12.12.2002 yildagi 436-II-sonli “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat

to’g’risida”gi O‘zbekistоn Respublikasi qоnuni.

4.

03.07.1992 yildagi 641-XII-sonli “Mudоfaa to‘g‘risida”gi O‘zbekistоn Respublikasi

qоnuni.

5.

09.01.2018 yilda O‘RQ-458-sonli “Mudofaa Doktrinasi to‘g‘risida”gi O‘zbekistоn

Respublikasi qоnuni.

6.

O‘zbekistоn Respublikasi Qurоlli Kuchlarining umumharbiy nizоmlari. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining 09.10.1996 yildagi PF-1571-sonli Farmoni.

7.

Umumiy taktika.Tоshkent, 2004 yil.

8.

Quruqlikdagi qo‘shinlarning Jangоvar nizоmi. Tоshkent, 2004 yil.

9.

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.(2000-2005)

10.

https://lex.uz/acts/-78717

11.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Umumiy_harbiy_majburiyat_va_harbiy_xizmat

12.

https://kun.uz/uz/news/2023/11/02/harbiy-xizmatchilar-maqomi-togrisidagi-qonun-

loyihasi-elon-qilindi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов