THE ROLE OF FINE ART IN THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC CULTURE AND SPIRITUALITY OF A PERSON

HAC
Google Scholar
To share
Komilov, F. (2024). THE ROLE OF FINE ART IN THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC CULTURE AND SPIRITUALITY OF A PERSON. Modern Science and Research, 3(2). Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29571
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides methodical help in teaching the secrets of teaching visual arts in elementary grades and describes some rules necessary in the creative process.

Similar Articles


background image


403

SHAXSNING BADIIY MADANIYATI VA MA’NAVIYATINI RIVOJLANISHIDA

TASVIRIY SAN’ATNING O‘RNI

Komilov Farruhbek

Andijon davlat universiteti 4-bosqich Tsmg sirtqi 401-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10684766

Annotatsiya.

Ushbu

maqola Boshlang‘ich sinflarda tasviriy san’atni o‘qitishning sir

asrorlarini o’rgatishda metodik yordam beradi hamda ijod jarayonida kerak bo’luvchi bir qancha

qoidalarni bayon etadi.

Kalit so’zlar

: tasviriy san’at,kompozitsiya, tabiat, teatr, kino, qalam, qog’oz,buyum,

borliq.

THE ROLE OF FINE ART IN THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC CULTURE AND

SPIRITUALITY OF A PERSON

Abstract.

This article provides methodical help in teaching the secrets of teaching visual

arts in elementary grades and describes some rules necessary in the creative process.

Key words:

fine art, composition, nature, theater, cinema, pen, paper, object, existence.

РОЛЬ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В РАЗВИТИИ ХУДОЖЕСТВЕННОЙ

КУЛЬТУРЫ И ДУХОВНОСТИ ЧЕЛОВЕКА

Аннотация.

В данной статье оказана методическая помощь в обучении секретам

преподавания изобразительного искусства в начальных классах и описан ряд правил,

необходимых в творческом процессе.

Ключевые слова:

изобразительное искусство, композиция, природа, театр, кино,

перо, бумага, предмет, существование.

Insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismi san’atdir. U musiqa, teatr, kino, badiiy

adabiyot, xoreografiya, tasviriy va amaliy bezak san’ati kabi boshqa turlarini o‘z ichiga oladi.

San’atning har bir turi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni aks ettirishda har xil vositalardan

foydalanadi, masalan, adabiyot - so'zdan, musiqa - tovushlardan, tasviriy san’at - rang va

chiziqlardan va hokazo. Shu bilan birga, har bir san’at turi o‘z ichida yana xillarga va janrlarga

bo‘linadi. San’atni tushunish, uning kishilar hayotidagi rolini aniqlash masalasi butun madaniyat

tarixi davomida keskin bahs, tortishuvlarga sabab bo'lib kelgan. San’atning eng qadimiy va keng

tarqalgan turlaridan biri - tasviriy san’atdir. Odatda real borliqni badiiy obrazlarda, mavjud

predmetlami tabiiy shaklini o‘ziga o‘xshatib umumlashtirib ifodalaydi hamda predmetlaming

hajmi, o‘zaro fazoviy joylashuvini va hokazolarda aks ettiradi.


background image


404

San’atkor o‘z asarida voqea, hodisa, holatning ma’lum bir zumdagi ko‘rinishini ifodalab,

u tasvir orqali rivojini, mohiyatini ochib berishga intiladi, kishilaming ma’naviy qiyofasi,

psixologik holati va boshqa fikrlarni ilgari suradi va tasawur qiladi. Rassom biror shaxsni rasmini

ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o‘ziga o‘xshatishga ishtilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu

ishlayotgan tasvir orqali avvalo o'zining fikr va tuyg'ularini tomoshabinga yetkazishga harakat

qiladi. Ishlamoqchi bo’lgan tasvirida avvalom bor g‘oyasiga mos mavzu, syujet tanlaydi, voqea

kompozitsiyasini quradi, shu yo‘lda izlanadi, dastlab hayotni o‘rganib, naturani kuzatib, eskizlar

chizadi, etyudlar yaratadi. Rassomlik san’atida predmetlaming shakli, hajmi, rangi, ularning

o‘zaro muvozanatini to‘g‘ri ko‘rsatishda rasmni aniq va to‘g‘ri ishlashning juda muhim ahamiyati

bor. San’atkor o‘z asarida real borliqda uchraydigan, balki inson fantaziyasi mahsuloti bo‘lgan

voqea va predmetlar ham aks ettirilishi, hayotda mavjud bo‘lgan hodisalarning ayrim jihatlari

o‘zgartilib.

bo‘rttirib ko‘rsatishi ham mumkin.

Bundan ko‘rinib turibdiki, tasviriy san’at asarlari

1.

insondagi ajoyib fazilat

2.

borliqni bilish, uni o‘rganish va sirlarini ochishga bo‘lgan ehtiyojlami qondirishga ta’sir

ko‘rsatadi.

Tasviriy san’at inson ongiga tezda ta’sir etib, unda ezgu hislar uyg‘otadigan, kishini

ruhlantirib, ma’naviy olamini boyitadigan san’at turiaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san’at

inson shaxsining shakllanishiga va kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. Pedagogika

instituti va universitetlarining pedagogika va boshlang‘ich ta’lim metodikasi fakultetlarida ta’lim

oluvchi talabalar tasviriy san’atdan maxsus bilim va malakalarga ega bo’lishi o‘quvchilarni badiiy-

ijodiy qobiliyatlarini, badiiy didni, rang sezishni, fazoviy tasavvurini, buyuk rassomlar asarlarini

go‘zalliklarini ko‘ra bilishga va ulami hissiy idrok etishga olib keladi. Tasviriy san’at o‘qitish

metodikasi bo‘yicha bilimlarga ega bo’lish, ayniqsa, O‘zbekistonda va chet ellarda fanning

o‘qitish tarixi, o‘quv fanning maqsad va vazifalari, ta’limning mazmuni, shakllar, usullari haqida

chuqur bilimlarga ega bo‘lish tasviriy san’at o‘qituvchi faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb

etadi. Ma’lumki, bugungi o‘quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizayn- konstmktor, muhandis,

shifokor, o‘qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo‘ladilar.

Ulami har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo‘ladi. Hatto uy bekasi ham rasmni

ko‘ra olishi, tushunishi, bu zamonning eng zarur faoliyatidir. Hozirgi davrda har bir erkak zoti

mashina haydashni, texnika bilan shug‘ullanishiga, uy bekalarini esa dazmol, tikuv mashinasi,

radio, televizor, kir yuvish mashinalari, muzlatgich, elektr plita, sut, qaymoq olish mashinalari


background image


405

kabi yuzlab texnik buyumlar bilan shug‘ullanadilar. Ularga bu asbob-texnika vositalarini ishlatish

va ularni sozlash ucliun grafik bilim va malakalar darkor. Shu boisdan har bir kishi rasm chizishni,

grafik tasvirlarini bilishi maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda har bir shaxsni grafik bilimga ega

bo‘lishi uning o‘ziga ham, jamiyatga ham suvdek zarur. Shunga ko‘ra fransuz faylasufi Didro,

bundan qariyb 300 yillar avvaldanoq, - «Qaysi bir mamlakatda rasm chizislini o‘qish-yozish kabi

bilsalar edi, bu mamlakat barcha sohalarda har qanday mamlakatni quvib yetadi va oitda qoldiradi»

- degan edi.'

Tarix shohidkim, jahonga mashhur geograflar, tarixchi, adabiyotchi, shoir, yozuvchilar,

konstruktor va boshqa soha allomalari rasm chizishni juda yaxshi bilganlar. Shunga ko‘ra Beruniy,

Ibn Sino, Ulug‘bek, Gyote, Gyugo, Anderson, Pushkin, Tagor, Mikluxo-Maklay, Mendeleev,

B.Zokirov kabi turli soha ijodkorlari rasm chizish bilan jiddiy shug‘ullanib kelganlar. Xullas, har

bir sohani ijodkori uchun rasm chizishni bilish unga katta ijodiy imkoniyat va ozuqa beradi.

Agar har bir o‘qituvchi rasm chizishni bilganda edi, ular dars berishda yuksak samaralarga

erishardi, dars mashg'ulotlarini o'zlashtirish ham o‘quvchi uchun juda oson va yengil bo’lardi,

hatto o‘zlashtirmovchi o‘quvchini bo’lishi ancha qiyin bo’lardi. Shularga ko‘ra bugungi maktab

o‘quvchilariga badiiy bilim va malaka berishga katta e’tibor berilmoqda.

Rasm chizishni o'rganish uchun alohida iqtidor, iste’dod kerakmi?! Agar astoydil istasa,

har kim, qobiliyatidan qat’i nazar savodli chizishga o'rgana oladi. Chizishni o‘rganish, savodli

yozish yoki maktab matematika kursini o‘zlashtirishga qaraganda murakkab emas. Faqat intilish

va asosiysi - yaxshi iroda, rasm istalgan kasb, istalgan mashg‘ulot egasiga zarurligini tushunish

kerak.

Chizishni bilgan san’atning barcha turlarini tushunadi, unga avval odatiy ko‘ringanlarning

barchasida go‘zallikni ko‘ra biladi: uning fikrlash doirasi keng, ma’naviy dunyosi boy, u qiziqarli

va shodon hayot kechiradi. Chizishni bilish ko‘pchilikka: geograf, botanik, geolog, arxitektor,

uchuvchi va boshqalarga amaliy jihatdan ham kerak. Masalan, II jahon urushi qahramonlaridan

biri - 62 fashist samolyotini urib tushirgan (o‘zi biror marta hatto yaralanmagan uchuvchi Ivan

Nikitovich Kojedub havo jangi texnikasida unga rasm chizish malakalari ko‘maklashganini

ta’kidlagan. Rasm chizish tufayli unda snaypercha ko‘z o‘tkirligi, idrok tezligi va reaksiya tezligi

rivojlangan. Axir rassom harakatlanayotgan predmetni nafaqat tez ilg‘aydi, balki uni tez chizadi

ham. Kojedub dushmanlaridan reaksiya tezligi va aniqligida ustun va shu sababli g‘alaba qilar edi.

Muhandis, pedagog, jarroh, astronom ishida rasm chizish foyda bermaydimi. Buyuk olim, adib va

san’at arboblariga (Lomonosov, Lermontov, Shevchenko, Siolkovskiy, Timiryazev) tasviriy


background image


406

vositalami egallaganlik-lari muhim kashfiyotlarda, durdona badiiy asarlar yaratishda

ko‘maklashgan. San’at barcha kasb egalariga do‘st va hamkor bo'la oladi.

Rassomlaming ko‘zi o‘tkirligi, idrok va reaksiya tezligi yaxshi ma’lum:

-

rassom N. Jukov bilyardda doim g'olib bo’lishi bilan faxrlangan;

-

ertakchi rassom Viktor Vasnetsov gorodkini yuqori mahorat bilan o'ynashi ko'pchilikni lol

qoidirgan;

-

manzarachi I.Levitan miltiqdan Vilgelm Telldek otgan - «o‘qni o‘qqa» joylagan;

-

XVI asr italyan zargar va haykaltaroshi Benvenuto Chellini artilleriyachi sifatida janglarda

qatnashgan. «Mening rasm chizishim va ajoyib mashg‘ulotlarim yozadi u,

-

va musiqa chalish go‘zalligi, barchasi shu qurollarda «chalishimda» ketdi».

Darhaqiqat, ko‘z o‘tkirligi talab etiladigan o‘rinlarda rassomlar oson g‘olib boiishadi.

Mikelandjelo aytganidek, san’at ulaming ko‘zlarida sirkul va chizg’ichni bir paytning o‘zida

joylashtirishga o'rgatgan. Ram chizish nafaqat ko‘rish idroki tezligini, balki yaxshi ko‘rish

xotirasini ham shakllantiradi. Razvedkasi logann Vays (Sasha Belov) maxfiy hujjatlaming ko‘plab

sahifalarini bir ko‘rishda eslab qolgani ko‘pchilikka ma’lum. Mo‘jizami. Yo‘q mo‘jiza emas,

mashq qilishi.

Rassomlar hamisha ko‘rish xotirasi kuchliligi bilan shuhrat qozonib kelgan. I. Levitan

o‘rtoqlarini lol qoldirgan. Qish tunida bir guruh rassomlar o‘rmonga sayrga otlanishadi. Ular

ertaklardagidek go‘zal manzaraga guvoh bo‘lishadi

- moviy, oy shu’lasi yoritib turgan qorda kul rang-pushti jemovlar va ular uzra qorga o‘rangan

qarag‘aylar. Hamma manzaradan bahra olib, uy-uyiga tarqaydi. Oradan bir necha kun o‘tib,

rassomlardan biri Levitan ustaxonasida kartinani ko'radi: xuddi o'sha tungi manzara

- moviy qordagi kul rang-pushti jemovli manzara. Levitan uni, razvedkachi Vays maxfiy

hujjatlami eslab qolgani kabi eslab qolgan va xotiradan chizgan. Rassom Ayvazovskiy shunday

ko‘rish xotirasiga ega ediki, dengiz ko‘rinishlarini o‘z ustaxonasiga qamalib olib tasawuri bo‘yicha

chizardi. Hikoya qilishlaricha, u Peterburgdagi bir kvartiradan ketayotib, devorda kiyim ilgich

ostiga o‘z po‘stinini shunday chizib qo‘yganki, uy egasi ijarachi po‘stinini unutib qoldiribdi, degan

xayolga borgan. Faqat yaqinroq kelganidagina, po'stin chizib qo‘yilganini fahmlagan. Shunday

qilib, barchaning san’at va go'zallik olamini bilishi ta’limning barcha sohalarida jadal

rivojlanishga olib keladi.

Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashda tasviriy san’at 0‘qitish metodikasi asosiy

predmetlardan biri hisoblanadi va o‘z oldiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi:


background image


407

1. Talabalarga tasvirlash asoslarini o‘rgatish, ya’ni badiiy ijodning psixologik asoslari bilan

bog‘liq bo‘lgan jarayonlar - qiziqish, diqqat, idrok va sezish, xotira va tasavvurni yaxshi bilishi

bolalar badiiy ijodini faollashtirishda foydalanishga o‘rgatish.

2. Talabalarning badiiy ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, ularning badiiy didini tarbiyalash,

borliqdagi va san’atdagi go‘zalliklarni ko‘ra bilishga o‘rgatish.

3. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tasviriy san’at darslarini olib borishga tayyoriash va shu bilan birga

mashg‘ulotlarni hayot bilan bog‘lab o‘tishga o‘rgatish.

4. Sharq mumtoz san’ati, hozirgi zamon o‘zbek tasviriy san’ati, sharq xalqlari va xorijiy

mamlakatlar san’atlaii haqida qisqacha ma’lumot berish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16- avgust qaroriga ko‘ra

1999-2000 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida barcha fanlar qatori tasviriy

san’at ta’limi bo‘yicha ham davlat standartlari joriy etildi. Davlat ta’lim standartlarini ishlab

chiqilishi avvalo O‘zbekistonning mustaqilligi, uning jahon hamjami- yatiga faol kirib

borayotganligi bilan bog‘lanadi. Mazkur standartlar O‘zbekiston tarixida birinchi bor yaratilishi

bo‘lib, u respublikamiz maktablarida ta’limni yuqori ilmiy-metodik asosda tashkil etish hamda uni

jahon standartlari darajasiga olib chiqishga sharoit yaratadi. Davlat standartiga ko‘ra tasviriy san’at

ta’limi mazmuni boshlang‘ich sinflarda quyidagi to‘rt yo‘nalishda bayon etilgan:

1. Borliqni idrok etish.

2. San’atni idrok etish.

3. Naturaga qarab tasvirlash.

4. Kompozitsiya.

Tasviriy san’at o‘quv predmetining maqsadi o‘quvchilarda ma’naviy madaniyatning

ajralmas qismi hisoblangan badiiy madaniyatni, tasviriy savodxonlikni shakllantirishdan iborat.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha tasviriy san’at o‘quv predmetini o‘qitishda har bir o‘qituvchi asosiy

e’tibomi nimalarga qaratilishini bilib olishi kerak bo‘ladi.

Tasviriy san’atni o‘qitishda o‘qituvchining e’tibor berishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar

quyidagilardan iborat:

- borliqdagi va san’atdagi go‘zalliklami ko‘ra bilish, idrok etish va qadrlashga o‘rgatish;

- badiiy - ijodiy qobiliyatni o‘stirisli;

- tasviriy san’at qonun-qoidalarining oddiy nazariy asoslarini o‘rgatish;

- tasviriy malaka (rasm ishlash, haykal yasash v.b.)lami rivojlantirish;

- estetik va badiiy didni o'stirish;

- bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish;


background image


408

- bolalarga tasviriy, amaliy va me’morlik san’ati yuzasidan asosiy tushunchalar berish san’atning

turlari, janrlari, oqimlar, atama va iboralar v.b.);

- san’atga qiziqishni o'stirish va unga nisbatan muhabbatni tarbiyalash;

- tasviriy, amaliy san’at asarlarini badiiy idrok etishni va undan estetik zavqlanish hissini

tarbiyalash;

- bolalarda badiiy kasb-hunarlar haqida tasavvurlami shakllantirish.

Bu vazifalar maktabda tasviriy san’at darsini oiib bomvchi har bir o‘qituvchini mutaxassis

bo‘lishligini talab etadi. Chunki, standart mazmuni mutaxassis o‘qituvchilar uchun mo‘Ijallab

tuzilgan. Tasviriy san’at ta’Iimi davlat standarti san’atning uch turi - tasviriy, amaliy va

me’morchilik san’atlari mazmunini aks ettirgan bo'lib, u avvalo milliy o‘zbek san’atini, uning

badiiy an’analarini, ayrim mashhur o‘zbek tasviriy, amaliy, me’morchilik san’atlari ustalarining

hayoti va ijodini, O‘zbekistonda san’atning bu turlari rivoj topgan markazlarni, O‘zbekistondagi

yirik san’at muzeyiarini bilish tasviriy san’at o‘quv predmetini vazifalaridan biri ekanligini qayd

qiladi. Bundan maqsad milliy san’at vositasida o‘quvchilarga badiiy ta’lim berish bilan bir qatorda

ularda shaxsni estetik, axloqiy va mehnat tarbiyasini amalga oshirishdan iboratdir. Milliy o‘zbek

san’atini chet el va jahonning hozirgi zamon ilg‘or san’atiga qaraganda kengroq va . chuqurroq

o'rgatishdan maqsad har bir o‘zbek o‘quvchisi o‘z xalqining tarixini, adabiyotini bilishi shart

ekanligi kabi, uning san’atini ham nisbatan kengroq bilishiga erishishdir. Milliy san’at ta’lim

mazmunida poydevor bo’lishi lozim.

Ularni o‘rganmasdan turib, yoshlarimiz badiiy madaniyatli shaxs bo‘la olmaydi. Aks holda

milliy qobiqqa o‘ralashib qolish oqibatida ular jahon standartlari darajasiga chiqaolmaydilar.

Ayniqsa, yoshlarimiz qadimgi Misr, Yunoniston, Hindiston me’morchiligi, Afg‘oniston, Iroq,

Turkiya miniatyura rangtasvir asarlari, Yevropada Uyg‘onish davri tasviriy san’ati, rivojlangan

G‘arb mamlakatlarining hozirgi zamon tasviriy va me’morchilik san’ati namunalarini

o‘rganmasdan va bilmasdan turib madaniylashgan shaxs bo‘lish mumkin emas. Tasviriy, amaliy,

me’morchilik san’atlari bo'yicha atama va iboralar, tushuncha va ma’lumotlar o‘zlashtirilishi

lozim bo'lgan malakalarni o‘z ichiga oladi. Bu materillarni bolalar tomonidan o‘zlashtirilishini

nazorat qilish esa ulaming bilimlarini tekshirishga doir test materiallarini, bolalar tomonidan

bajarilgan tasviriy ishlarni baholash mezonlari va boshqa materiallar tayyorlash alohida ahamiyat

kasb etadi. Ular o‘z o‘rnida o‘quvchilarning bilim va malakalarini tez va oson baholash imkonini

beradi.

Davlat ta’lim standartlari bo’yicha boshlang’ich maktablarning to‘rtinchi sinflni bitiruvchi

o‘quvchilar bevosita quyidagilarni bilishlari lozim:


background image


409

Tasviriy san’at darslarida ishlatiladigan ish qurollari va materiallarni - albom, qalam,

mo‘yqalam, stek, bo‘yoq, palitra, guash, akvarel;

- rang nomlarini;

- kishilar hayotida tasviriy san’atning tutgan o‘mi, uning asosiy turvajanrlarini;

- rasm ishlash jarayonlarining o‘ziga xos go‘zalliklarini;

- avvalgi sinfdagiga nisbatan qo‘shimcha bir qator rassomlar va haykaltaroshlaming ismi-

familyasini, ulaming asarlari nomlarini;

- bu asarlarda tasvirlangan voqea-hodisalardagi go‘zalliklami ko‘ra bilish va asar mazmunini

so‘zlab berishni;

- tasviriy san’at iboralarini (iliq, sovuq, axromatik va xromatik rang nomlarini);

- dekorativ haykaltaroshlikda qoilaniladigan dekorativ element- laming nomini;

- tabiiy materiallarning nomlari va ulami mashg'ulotga tayyorlaslini. Boshlang’ich maktablarning

to*rtinchi sinflarini bitiruvchi o‘quvchilar quyidagi malaka va ko’nikmalarni o‘zlashtirishlari

lozim:

Ko‘nikmalar:

- o‘z ish joyini mashg‘ulotga tayyorlash;

- qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlay olish;

- to‘g‘ri va qiya ko‘rinishdagi chiziqlami qiynalmasdan o‘tkaza olish;

- borliqni idrok etishdan oigan taassurotlarini ishlagan rasmlarida aks ettira olish;

- rasm chizib boüngach, qog‘oz sirtini suv bilan yuvib bo‘yash jarayoniga tayyorlash;

- suv bo‘yoq (akvarel) bilan ishlash tartibini (suvbo‘yoq bilan ishlashdan oldin unga suv tomizib

chiqish, mo‘yqalamni bo‘yoqqa tez- tez botirib turishni);

- ranglaming murakkab tuslarini hosil qila olish (masalan, ko‘kish. yashil, qizg‘ ish, jigarrang,

qoramtir va h.k.);

- mo'yqalanini ish tugagandan so‘ng tozalab yuvib qo‘yish;

- o‘z ish joyini yigMshtirib qo‘yish;

Malakalar:

- haykaltaroshlikdan 2-3 ta figurali yaxlit kompozitsiya tuza olishni;

- loydan yoki plastilindan haykallar ishlashda alohida-alohida, «yaxlit» va «aralash» ishlov berish

usullaridan foydalana olishni;

- ranglaming murakkab tuslarini hosil qilish (masalan, ko‘kish yashil, qizg‘ish, jigarrang, qoramtir

va h.k.);

- rasmda narsalarni kompozitsiya qonuniyatlariga bog‘liq ravishda joylashtirishni;


background image


410

- dekorativ ishlarda asimmetrik tasvirlami ifodalashda muvozanatni saqlay olishni;

- o‘simliksimon naqsh elementlaridan mustaqil naqsh kompozitsiyasini tuza olishni;

- tabriknoma kompozitsiyalarini ishlay olishni.

Tasviriy san’at darslarining mazmuni

«Tasviriy san’at» o‘quv predmeti ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri

bo’lgan badiiy madaniyatni uyg‘un rivojlanishga xizmat qiladi va shaxs uchun muhim bo’lgan

qator sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa o‘quvchilarni milliy merosni o‘zlashtirish

hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Maktabda tasviriy san’at darslarida mashg'ulotlarning quyidagi turlari bo‘yicha ishlar olib

boriladi;

Borliqni idrok etish;

San’atni idrok etish;

Naturaga qarab tasvirlash;

A) Naturadan rasm ishlash.

B) Naturadan haykal ishlash. Kompozitsiya;

A) Rangtasvir kompozitsiyasi.

B) Dekorativ kompozitsiya.

V) Haykaltaroshlik kompozitsiyasi.

Mazkur o‘quv predmetidagi ta’lim va tarbiya asosan ikki bo‘limdan (amaliy va nazariy)

tashkil topadi:

Amaliy ishlar birinchi sinfdan to‘rtinchi sinfgache, asosan. to'rtta o‘quv masalalarini hal

qilishga qaratiladi;

1. Kompozitsion faoliyat.

2. Rang va bo‘yoqlar.

3. Shakl, proportsiya, konstruksiya.

4. Fazo (makon).

Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan amaliy mashg‘ulotlar jarayonida bolalarda qatiylik,

faoliik, o‘z kuchiga ishonch hosil qilinadi, shuningdek, ijodkorlik, mustaqil fikr yuritish va ishlash

qobiliyatlarini tarbiyalash yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu o‘rinda o‘quvchilar vazifani ko‘rgazmali

tarzda, obrazlar orqali idrok etishlari talab etiladi. Boshlang‘ich sinflarda bo'yoq bilan ishlash

mashg‘ulotlarida ranglarning turli tus va och-to‘qligini farqlay bilishga, kerakli ranglarni tanlay

olishga o‘rgatish asosiy vazifadir. Bu sinflarda ko‘proq guash, akvarel bo‘yog‘idan foydalaniladi

va ularni esa aralashtirib ham ishlatish mumkin. Dasturda qadimgi va hozirgi zamon o‘zbek


background image


411

tasviriy san’atini o‘rganishga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, u birinchi sinfdan boshlab oxirgi

sinfgacha katta o‘rinni egallaydi. Bunda har bir mashg‘ulotlarda o‘zbek xalq amaliy san’ati, O‘rta

Osiyo va o‘zbek tasviriy san’ati asarlari, hozirgi o‘zbek tasviriy va amaliy san’ati namunalaridan

keng foydalaniladi. O‘quv predmetining, amaliy san’at, xususan xalq amaliy san’atiga katta o‘rin

beriladi. Birinchi sinfdan boshlab turli naqsh namunalari chizdiriladi. O‘qituvchi tomonidan

tavsiya etilgan naqsh sxemalari va elementlari asosida bolalar turli predmetlar uchun naqsh

ishlaydilar. Mustaqil ravishda butunlay ijodiy naqshlar tuzadilar, dekorativ bezak ishlarini

bajaradilar. Bu vazifalarni bajarishda bolalar asosiy e’tibomi dekorativ kompozitsiyalarni chiroyli

ko‘rinishda tuzish va rang tuslarini to‘g‘ri tanlashga qaratadilar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов