THE SCIENCE OF RELIGION

HAC
Google Scholar
To share
Bahronov, F. (2024). THE SCIENCE OF RELIGION. Modern Science and Research, 3(2), 1209–1211. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29654
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Information about the emergence, development, spread of Tariqat science in Central Asia and its content is provided. The essence of the science of Tariqat, the ideas of purifying the heart, giving thanks for all the blessings, and giving it away, are highlighted. In addition, it should be mentioned that there is information about scholars and scholars of the science of tariqat.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1209

TARIQAT ILMI

Bahronov Firdavs Farrux o'g'li

Osiyo xalqaro Universiteti talabasi.

baxranovfirdavs@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10712892

Annotatsiya.

Tariqat ilmining vujudga kelishi, rivojlanishi, O’rta osiyoda yoyilishi hamda

uning mazmuni haqidagi ma'lumotlar berilgan. Tariqat ilmining asliyati qalbini poklash, bor
ne'matlarga shukronalik keltirish va uni uqtirish haqidagi fikrlar yoritilgan. Qo'shimcha qilib shu
aytib o'tish kerakki, tariqt ilmining olimlari va ulamolari haqida ma’lumotlar mavjud.

Kalit so'zlar:

Islom dini, tariqat, so'fiylik, tarki dunyo qilish (zuhd), tavakkul, Yassaviya,

Kubraviya, komillik, Naqshbandiya, pir, Xo’jagon, zikr, poklik, taqvo, kamtarlik, aqida, tanazzul,
ruhiyat, sunnat, zohidlik, mutassiblik, tarki dunyo.

THE SCIENCE OF RELIGION

Abstract.

Information about the emergence, development, spread of Tariqat science in

Central Asia and its content is provided. The essence of the science of Tariqat, the ideas of
purifying the heart, giving thanks for all the blessings, and giving it away, are highlighted. In
addition, it should be mentioned that there is information about scholars and scholars of the
science of tariqat.

Key words:

Islam, tariqat, Sufism, leaving the world (zuhd), tawakkul, Yassawiya,

Kubrawiya, perfection, Naqshbandiya, pir, Khojagan, zikr, purity, piety, humility, creed,
decadence, spirituality , circumcision, asceticism, bigotry, leaving the world.

НАУКА О РЕЛИГИИ

Аннотация.

Даны сведения о возникновении, развитии, распространении науки о

религии в Средней Азии и ее содержании. Выделены суть науки Тарикат, идеи очищения
сердца, благодарения за все блага и раздачи его. Кроме того, следует упомянуть, что
имеются сведения об ученых и ученых науки Тарикат.

Ключевые слова:

Ислам, тарикат, суфизм, уход из мира (зухд), таваккуль, Яссавия,

Кубравия, совершенство, Накшбандия, пир, Ходжаган, зикр, чистота, благочестие,
смирение, вера, упадничество, духовность, обрезание, аскетизм, фанатизм, покидая мир.

Yurtimizga islom dini kirib kelishi va chuqur o'rganilishi oqibatida yuzaga kelgan tariqat

ilmi haqidagi o'tmishga nazar tashlashdan oldin tariqat haqida ozgina to'xtalamiz. Tariqatga
qadam qoʻyish — tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pir-murshid
(eshon)ga topshirishdan boshlanadi. Ruhni poklash, qalbini poklash tariqat ilmining asoslaridan
hisoblanadi. Tariqat ilmining olimi bizga nafsimizning ibodatini o'rgatadi va o'zi ham nafsining
ibodati bilan band bo'ladi. Undan keyin Tariqat yoʻlida soʻfiy yana bir necha bosqich
(maqom)larni, jumladan doim kambag‘allikda, tasodifiy rizq hisobiga yashash (faqr), tarki dunyo
qilish (zuhd), har narsani faqat xudoga solish (tavakkul), uni sevish va unga intilish (muhabbat,
shavq) va boshqa bosqichlarni oʻtaydi.[1.1]

Soʻfiylikning baʼzi yoʻnalishlari insonni nafaqat zohidlik, balki mutaassiblik yoʻliga ham

yetaklaydi. Soʻfiylikda Tariqatlar gʻoyatda koʻp boʻlgan. Sufiy yoki solik tirikchilikning barcha
tashvishlaridan voz kechishi, doim kambagʻallikda qanoat qilib yashashi, tarkidunyo qilishi, har


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1210

narsani xudodan deb bilishi, xudoni sevishi va unga intilishi, ixtiyorini pir, murshidga topshirishi
lozim. Garchi tasavvuf maktablarining tashkil topishi dastlab Kufa, Bag‘dod, Basra, Misr kabi
islom dini keng tarqalgan hududlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, lekin keyinchalik, XI-XII asrlarga
kelib, O‘rta Osiyoda butun islom olami miqyosida umume’tirof etilgan Yassaviya, Kubraviya,
Xojagon kabi nufuzli mustaqil tariqatlar vujudga kelgan.

O‘rta Osiyoda keng tarqalgan har qaysi tariqat shu mintaqada azaldan mavjud bo‘lgan diniy

rasm-rusumlar ta’siridan chetda qolmay, balki ularning mahalliy urf-odatlarini o‘zlashtirish
jarayonida o‘z ta’sirini ham ko‘rsata olgan. Shayxlarning jamiyatning ma’naviy va siyosiy jihatdan
rivojlanishiga bo‘lgan mas’uliyati keyinchalik boshqa tariqatlar uchun ham odatga aylangan. O‘rta
Osiyodagi tasavvuf tariqatlari shayxlarining faoliyati mintaqaning ijtimoiy, siyosiy va diniy
holatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Tarixiy yondashuv, tizimlilik, vorisiylik va qiyosiy tipologik tahlil
tadqiqotning metodologik asosini tashkil etadi.[2.1]

Komillik, komil inson g‘oyalarining dastlabki kurtaklari tasavvuf tariqatlariga borib

taqaladi.

Tasavvuf tariqatlari musulmonlar axloqi va dunyoqarashini shakllantirishga katta taʼsir

koʻrsatib, ularning nafaqat ruhiy-maʼnaviy, balki ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli dunyo boʻylab tasavvuf tariqati bilan bogʻliq
jarayonlar ustuvor mavzular sifatida oʻrganib kelinmoqda. Islom olamidagi qator ilmiy tadqiqot
markazlarida tasavvuf taʼlimoti, tariqatlar ichida naqshbandiyaning oʻrni, ijtimoiy-siyosiy
jarayonlar bilan bogʻliqligi, yoyilishi, maʼnaviy silsilasi, tariqat namoyandalarining oʻzaro
munosabati, zikrning maxfiy va jahriy koʻrinishlari ulkan hududlar boʻylab keng tarqalishiga doir
tadqiqotlar olib borilgan.[3.1]

Tasavvuf tariqatlari insonlarni ruhan poklanishga, halolikka, haqiqat yo'lidan yurishga,

undovchi insoniy, axloqiy tamoyillarni shakllantiruvchi yo'ldir. Tarixdan ma'lumki, ushbu yo'l
asosida yashagan, insonlarni to'g'ri yashashga chorlagan, insonlar hayotini, faoliyatini,
yengillashtirgan, ularga naf keltirgan ne-ne buyuk siymolar mavjud. Ularning hayot faoliyati ibrat
maktabi vazifasini o'taydi.

Bu kabi ajdodlarga misol qilib buyuk sarkarda, Temuriylar davlati asoschisi -Amir Temur

xazratlarini, o'z davrida valiy darajasida uluglangan xazrat Xoja Ubaydulloh Axrorni, g'azal
mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlarini keltirish mumkin. Tasawuf tariqatlari tarixiga
nazar solinsa, undagi goyalar, ta'limotlar necha asrlar davomida axloq singari zamon o'zgargani
sayin u ham sayqallanib, takomillashib borgan. Quyida ushbu tarixiy jarayonga qisqacha to'xtalib
o'tiladi.[4.1.]

Zamoni saodatda va undan keying dastlabki vaqtlarda aqoid, fiqh kabi islomiy ilmlar qatori

tasavvuf ham alohida ajralib chiqmagan edi. U davrdagi musulmonlar Rasululoh sallohu alayhi
vasallamning hayotlik chog'larida barcha narsada u zotning o'zlariga ergashar edilar.

Keyinchalik esa sahobalar o'zlari Qur'on va sunnatdan kerakli xulosalarni olib, amal qilib

yurdilar. O'sha paytda ruhiy kamolotga, zikr va zohidlikka moyil zotlar turli oyat va hadislardan
o'zlari uchun dalil topib, mazkur ishlarni o'z hayotlariga tatbiq qildilar. [5.1]

Tasavvuf tariqatlarining insoniyat ma'naviyatini yuksaltirishga qo'shib kelayotgan benazir

hissasi butun dunyo xalqi tomonidan e'tirof etilsada, ba'zan islom olamida tasavvufga salbiy nazar
bilan qarash, uning tariqatlari, mashoyixlar va karomatlarini inkor etish ko'zga tashlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 2 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1211

Burhoniddin al Biqoiy (1406-1480)ning "Tasawuf inqirozi", Abdurahmon Dimashqiyaning

"Naqshbandiya tahlili" kitobi va boshqa kitoblarda tasavvufning barcha tariqatlari va ularga doir
asarlar hamda mashoyixlar qattiq tanqid qilingan. Mustaqillik yillaridan beri o'zbekistonda
tasawuf tariqatlarini o'rganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atoqli mashoyixlarning
maqbaralarini qayta qurish va ta'mirlashga ahamiyat berilmoqda.

Darhaqiqat, tasavvuf tariqatlari musulmonlar axloqi va dunyoqarashini shakllantirishga

katta taʼsir koʻrsatib, ularning nafaqat ruhiy-maʼnaviy, balki ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida
ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli dunyo boʻylab tasavvuf tariqati bilan bogʻliq
jarayonlar ustuvor mavzular sifatida oʻrganib kelinmoqda.

Islom olamidagi qator ilmiy tadqiqot markazlarida tasavvuf taʼlimoti, tariqatlar ichida

naqshbandiyaning oʻrni, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar bilan bogʻliqligi, yoyilishi, maʼnaviy silsilasi,
tariqat namoyandalarining oʻzaro munosabati, zikrning maxfiy va jahriy koʻrinishlari ulkan
hududlar boʻylab keng tarqalishiga doir tadqiqotlar olib borilmoqda. [6.1]

Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, tariqat islom shariati talablarini ham

ixlos bilan bajargan holda zuhd, taqvo, kamtarlik kabi oliyjanob fazilatlarni o'zida mujassam etib,
nafsni poklash yo'li bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iborat. Tariqat ilmida
inson qalbni poklaydi, bu dunyo boyligidan vos kechadi.

Tasavvuf tariqatlari axloqiy Naqshbandiya ta'limoti goyalari insoniyatni kamolotga

yetaklaydi va tanazzuldan asraydi. Olib borilgan tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, Bahouddin
Naqshbandning ta'limiy-axloqiy merosidan maqsadga muvofíq hamda samarali foydalanish,
alloma g'oyalarini o'rganish jarayonida o'quvchi va talabalarning yosh psixologik xususiyatlarini
hamda qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish, alloma qarashlari mohiyatidan to'laqonli xabardor
bo'lishlari o'rganilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega bo'lishini ta'minlaydi.

Bahouddin Naqshband ta'limiy-axloqiy merosi g'oyaviy diniy, falsafiy, madaniy ta'lim-

tarbiya ildizidir va milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi ozod va obod Vatan, erkin va faro
von hayotni ta'minlashga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Ijodiy Parvoz” 2018 y aprel 4(60) son

2.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol,
2019.54-B.

3.

3.A. Sh. Juzjoniy. Tasavvuf va inson. Toshkent. 2001.67-B.

4.

4.Buxoriy Sadriddin Salim. Bahouddin Naqshband yoki yetti pir.Buxoro.2006.90-B.

5.

5.Voxidov R, Maxmudov M, Azimov Yu. Ulug„ Xojaning ibrat va hikmatlari.

6.

Pedagogik mahorat, 2005.112-B.

7.

Агзамова, Н. Ш. (2018). Этические взгляды восточных мыслителей как важный
фактор формирования духовной жизни общества.

References

Ijodiy Parvoz” 2018 y aprel 4(60) son

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol, 2019.54-B.

3.A. Sh. Juzjoniy. Tasavvuf va inson. Toshkent. 2001.67-B.

4.Buxoriy Sadriddin Salim. Bahouddin Naqshband yoki yetti pir.Buxoro.2006.90-B.

5.Voxidov R, Maxmudov M, Azimov Yu. Ulug„ Xojaning ibrat va hikmatlari.

Pedagogik mahorat, 2005.112-B.

Агзамова, Н. Ш. (2018). Этические взгляды восточных мыслителей как важный фактор формирования духовной жизни общества.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов