DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF PRODUCT PRODUCTION SUPPORT AND LOCALIZATION

HAC
Google Scholar
To share
Mirzabayev, X. (2024). DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF PRODUCT PRODUCTION SUPPORT AND LOCALIZATION. Modern Science and Research, 3(2), 50–55. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/29709
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the concept of localization of production, the opinions of economists, the production of products based on localization in the regional economy, the benefits given by the government to manufacturers of products that replace imports, the role of product production through localization for society are considered.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

50

MAHSULOT ISHLAB CHIQARISHNI QO‘LLAB QUVVATLASH VA

MAHALLIYLASHTIRISHNI RIVOJLANTIRISH YO‘NALISHLARI

Mirzabayev Xusniddin Muhamadjonovich

Namangan muhandislik texnologiya instituti 1-bosqich doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10735238

Annotatsiya.

Ushbu maqolada, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish tushunchasi

iqtisodchi olimlar fikrlari, mintaqa iqtisodiyotida mahalliylashtirish asosida mahsulot ishlab
chiqarish, import o‘rnini bosuvchi maxsulot ishlab chiqarishuvchilarga xukumat tomonidan
berilayotgan imtiyozlar, mahalliylashtirish orqali mahsulot ishlab chiqarishni jamiyat uchun
tutgan o‘rni ko‘rib chiqilgan.

Kalit so’zlar:

mahalliylashtirish, raqobatbardosh mahsulot, import o‘rnini bosuvchi

mahsulot, eksporga yo‘naltirilgan mahsulot.

DIRECTIONS FOR THE DEVELOPMENT OF PRODUCT PRODUCTION SUPPORT

AND LOCALIZATION

Abstract.

In this article, the concept of localization of production, the opinions of

economists, the production of products based on localization in the regional economy, the benefits
given by the government to manufacturers of products that replace imports, the role of product
production through localization for society are considered.

Key words:

localization, competitive product, import-substituting product, export-oriented

product.

НАПРАВЛЕНИЯ РАЗВИТИЯ ПОДДЕРЖКИ И ЛОКАЛИЗАЦИИ

ПРОДУКЦИОННОГО ПРОИЗВОДСТВА

Аннотация.

В данной статье рассмотрено понятие локализации производства,

мнения экономистов, производство продукции на основе локализации в региональной
экономике, льготы, предоставляемые государством производителям продукции,
замещающей импорт, роль производства продукции посредством локализации для
общество считаются.

Ключевые слова:

локализация, конкурентоспособный товар, импортозамещающий

товар, экспортоориентированный товар.

Keyingi yillarda dunyo davlatlari orasida raqobatning keskinlashuvi, xalqaro bozorlarda

innovatsiya darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarga talabning ortishi xususan, jahon bozorlarida
fan-texnika sig‘imi yuqori mahsulotlarga ehtiyojning kuchayishi dunyo davlatlarining milliy
eksport tarkibida yuqori texnologiyali mahsulotning ulushini ko‘paytirishga bo‘lgan intilishlarini,
bu esa milliy iqtisodiyot tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish zaruriyatini yanada kuchaytirdi.

Iqtisodiy taraqqiyot va iqtisodiy faoliyat yuritishning barcha muammolari ikki fundamental

vazifani xal etish bilan bog‘lanadi. Insoniyat ehiyojlarining cheksizligi va uni qondirish hamda
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun cheklangan iqtisodiy resurslardan samarali foydalanish
vazifasi turadi. Har qanday jamiyat cheklangan resurslarni ishlab chiqarish tarmoqlari o‘rtasida
qay darajada samarali, to‘g‘ri taqsimlash hamda turli ne’matlarning qancha miqdorda ishlab
chiqarishi lozimligini anglashi muhim hisoblanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

51

Iqtisodiy ne’matlar bir-birini o‘rnini to‘ldiruvchi ne’matlardir, chunki ularning jami hayot

davomiyligi uchun zarur. Ehiyojlar kishilarning yashashi uchun kerak bo‘lgan birlamchi zaruriy
ne’matlardan (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy) va ikkilamchi xizmatlar (dam olish ehiyojlari,
teatr, sport va x.k.)dan iborat bo‘ladi. Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish uchun iqtisodiy
resurslardan foydalaniladi va o‘z navbatida ularni ishlatish natijasida tovar va xizmatlar yaratiladi.
Shunga ko‘ra resurslar moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishning muhim omillari hisoblanadi.

Mavjud mahalliy xomashyo bazasi asosida import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab

chiqarishni yo‘lga qo‘yish, jamiyatning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlay olishida sezilarli
ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bu sharoitida mamlakat iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda ishlab
chiqarishni mahalliylashtirish ko‘lamini yanada chuqurlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda oziq-ovqat va iste’mol tovarlari hamda talab yuqori

bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish tadbirlari alohida ahamiyat
kasb etadi. Mahalliylashtirish dasturi o‘z mazmuniga ko‘ra korxonalarda zamonaviy talablarga
javob beruvchi, raqobatbardosh va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini
oshirish, imkon qadar import hajmini qisqartirish, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish,
yangi ish joylarini yaratish kabi maqsadlarni namoyon etadi. Mahalliylashtirish dasturlarini
amalga oshirish borasida to‘plagan tajribalar iqtisodiyotning tashqi omillarga bog‘liqligini
kamaytirish, ichki talabni shakllantirish va bozorni zarur iste’mol tovarlari hamda butlovchi
mahsulotlar bilan to‘ldirish, valyuta zaxiralarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, aholi
bandligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.

Shuningdek, mahalliy iste’mol bozorlarini sifatli tovarlar bilan to‘ldirish, bozordagi zaruriy

muvozanatni ta’minlash, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish, hozirda nihoyatda muhim bo‘lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish kabi
muammolarni samarali yechishning yetakchi vositalaridan bir bo‘lmoqda. Demak, yuqorida
nazarda tutilgan jarayonlar mamlakatlarning ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion tarzda
rivojlantirishni talab etmoqda.

“Mahalliylashtirish - (ingliz tilida “localization” lotin tilining “locus” so‘zidan olingan

bo‘lib, “joy, makon” ma’nolarini ifodalaydi) - muayyan bir joyga tegishli bo‘lmoq, tarqalib
ketishni cheklash, me’yor va chegaralarni qurish” degan ma’noni anglatadi. A.M.Vazyanskiy
ishlab chiqarishni mahalliylashtirish haqida quyidagi fikrni bildiradi: “Ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish - asl xorijda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni boshqa mamlakat hududida
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish jarayoni”[1].

Iqtisodiyotda amalga oshiriladigan tub tarkibiy o‘zgarishlarning muhim yo‘nalishlaridan

biri import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish va
rivojlantirish hisoblanadi. Import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltiruvchi ishlab chikarishni
vujudga keltirish uchun quyidagi bosqichlarda ishlar amalga oshiriladi ya’ni, mamlakatga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokida qo‘shma
korxonalar yoki sof chet el kapitaliga asoslangan korxonalar tashkil etish asosida yangi turdagi,
ilgari mamlakatda bo‘lmagan mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etiladi. Navbatdagi bosqichda
mamlakatda va uning hududlarida mazkur tayyor mahsulotlarning ba’zi butlovchi qismlarini
mahalliy xom ashyo asosida ishlab chiqarish uchun yangi qo‘shma korxonalar, milliy korxonalar
tashkil etilib, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

52

Bunday mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilib, tayyor mahsulot tannarxidagi ulushi
bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Ushbu ishlar mehnat taqsimotining rivojlantirilib, chuqurlashtirilib borishi, ishlab

chiqarishni ixtisoslashtirilishi asosida uning kooperatsiyalashuvi, ya’ni sanoat kooperatsiya
aloqalarining kengaytirilib borishi yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mehnat taqsimoti va ishlab
chiqarishning ixtisoslashuvi, sanoat kooperatsiyalarining rivojlanishi asosida mamlakat va uning
hududlarida raqobatbardosh, import o‘rnini bosuvchi, eksportga yo‘naltirilgan yangi ishlab
chiqarishlarning tashkil etilishi jarayonlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish deb atash
mumkin.

Mahalliylashtirish dasturlari: o‘zining majmuaviyligi va keng qamrovliligi bilan

xarakterlanib, unda qisqa va o‘rta muddatli davrlarda sanoatni barqaror rivojlantirishning prognoz
parametrlari, sanoat tuzilmasini takomillashtirish masalalari, tarmoqlararo kooperatsion aloqalarni
yaxshilash va mahalliylashtirishni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyot raqobatdoshligini tubdan
oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo‘llab - quvvatlashni kuchaytirish, biznes
va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama
rag‘batlantirish hamda eksport faoliyatiga yangi ishtirokchilarni jalb qilish va yangi bozorlarga
kirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini

liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal
rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilmoqda.

Respublikamizda mahalliylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan real sektor

vakillariga bir qator imtiyozlar, jumladan, bojxona va soliq imtiyozlari, banklar tomonidan
maqsadli kreditlar ajratib kelinmoqda. Jumladan 2024 yil 1 iyuldan boshlab nufuzli xalqaro
brendlar bilan ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga, uch yil davomida nufuzli xalqaro
brendlar ostida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchun zarur bo‘lgan barcha xomashyolar
mahalliylashtirish darajasini kamida 60 foizga yetkazish sharti bilan bojxona bojidan ozod
etililishi belgilangan[2].

Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki ularni mahalliy ishlab

chiqaruvchilardan xarid qilishdan asosiy maqsad bu mahsulot tannarxini kamaytirish va valyuta
zaxirasini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.

Eksportbop va import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, yuqori qo‘shilgan

qiymat yaratishga yo‘naltirilgan sanoat siyosatini yuritish zarur. Mavjud xomashyo va
imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirish va
ko‘lamini keskin kengaytirish ushbu sanoat siyosatining negizi bo‘lishi kerak.

Mahalliylashtirishni qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqilar ekan, bunday loyihalarni

amalga oshirishda xukumat tomonidan kafillik berish va kredit foiz stavkasini qisman qoplash
tizimidan foydalanish o‘z samarasini berib kelmoqda.

Shuningdek, bojxona to‘lovlarini 120 kungacha uzaytirib to‘lash, ishlab chiqarishni

mahalliylashtirgan korxonalarning tayyor mahsulotlarini sertifikatlash va standartlashtirish
masalalarida ko‘maklashish tadbirkorlarga qo‘shimcha imkoniyat mavjudligini bildiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

53

“Davlat xaridlarida mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish va rag‘batlantirish, tashqi

savdoni tarif usuli bilan boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha ham ustuvor vazifalar
belgilandi”.[3]

Hukumat tomonidan yaratib berilgan sharoitlar hisobiga bugungi kunda Namangan

viloyatda jami 73 ta kichik sanoat va 2 ta erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilib, hozirga qadar ushbu
sanoat zonalariga qiymati 1,2 mlrd. dollarlik 1 300 tadan ortiq loyihalar joylashtirilgan. Hozirga
qadar qiymati 475 mln. dollarlik 835 ta loyihalar ishga tushirilib, 50 mingta yangi ish o‘rinlari
yaratildi [4].

Mazkur sanoat zonalariga birinchi navbatda import o‘rnini bosadigan, mahalliylashtirilgan

mahsulotlar ishlab chiqaradigan loyihalarni joylashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2023
yilda sanoat zonalaridagi ishga tushgan loyihalarda jami 4,9 trln.so‘mlik, shundan 513,2
mlrd.so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, 45,4 mln. dollar importning oldi
olinishiga erishildi.

Shu bilan birgalikda, Namangan viloyatida 25 ta korxona tomonidan 50 turdagi Yangi

mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Quyosh batareyali ko‘cha yoritish chiroqlari, Tugmalar, Plastik ilgich

(vыshelka), Sun’iy sintetik tola, Polietilen quvurlar, Sport kiyimlar va buyumlari, Yuqori
kuchlanishdagi elektr tarmoqlari ehtiyot qismlari, Tibbiyot uchun bir martalik probirkalar va
qo‘lqoplar, Elektrod, Gazoanalizatorlar, Avtomobillar uchun elektron butlovchi qismlari, Bolalar
o‘yinchoqlari, Havo-moy sovutkichli kondensatorlar, Emallangan vanna va dush poddonlari,
Yelimlar (silikat natriya), Maxsus texnikalar (motosikl), Avtomobillar uchun akkumlyatorlar,
Bolalar tagliklari, Poyabzal tagliklari va boshqalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Natijada, 2023 yil yakuni bilan 80 ta loyihada jami 1,9 trln. so‘mlik mahalliylashtirilgan

mahsulotlar ishlab chiqarildi va 2022 yilga nisbatan 135,1 foiz o‘sishi ta’minlandi.

Namangan viloyatida 2018-2023 yillarda mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish

dinamikasi to‘g‘risida ma’lumot

Ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

2018

yil

2019

yil

2020

yil

2021

yil

2022 yil

2023 yil

2018 yilga

nisbatan

1.

Mahalliylashtirilgan
mahsulot

ishlab

chiqarish hajmi

mlrd.so‘m

19,9

109,7

234,4

569,1

1374,6

1862,2

93,4 barobar

mln.dollar

1,1

4,9

11,0

52,7

121,6

164,7

93,4 barobar

2.

Yangi

turdagi

mahsulot soni

birlik

7

9

12

20

23

25

3,2 barobar

3.

Loyiha soni

birlik

16

13

46

59

75

80

5 barobar

4.

Korxonalar soni

birlik

7

4

28

44

61

62

8,8 barobar

Viloyatning import mahsulotlari tahlil qilinganda, 2023 yilning 10 oyi davomida jami 509

mln.dollar mahsulotlar importi amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 80,6
mln.dollarga yoki 18,8 foizga ko‘paygan. Hududiy korxonalar tomonidan jami 289 turdagi 209
mln. dollarlik mahsulotlar importi amalga oshirilib, 2022 yil mos davriga nisbatan 4,3 mln.
dollarga yoki 102,1 foizga ortgan. Bu o‘z navbatida imort o‘rnini bosuvichi, raqobatbardosh
mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarish zarurati yuqoriligidan dalolat bermoqda.

Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish davlat iqtisodiyoti uchun har jihatdan foydalidir. Bu

birinchi navbatda valyuta zaxiralarini tejash va ulardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha ish


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

54

o‘rinlari yaratish va tarmoqning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, xarajatlarni
kamaytirishga, buyumlarning tashishga bo‘lgan ehtiyojlarini qisqartirishga, muhimi materiallarni
yetkazib berish uchun zarur vaqtni tejab, ishlab chiqarishdagi uzilishlar xavfini bartaraf etadi.

Mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tarmoqlararo sanoat

kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirish iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri
hisoblanadi.

Ichki imkoniyatlardan foydalanib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi loyihalar

evaziga mahsulot turlarini ko‘paytirish, import o‘rnini to‘ldirish bu kabi mahsulotlarni
korxonaning o‘zida ishlab chiqarish lozimligini ko‘rsatmoqda. Shu bois, bugungi o‘zgaruvchan
sharoitda iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlashning eng samarali yo‘li – ichki
imkoniyatlarni ishga solish, ya’ni import bo‘layotgan tayyor mahsulotlarni yurtimizda ishlab
chiqarish va mahalliy sanoatni yanada rivojlantirishdir. Bu borada sanoat kooperatsiyasi va
mahalliylashtirishni yanada kengaytirish masalasi dolzarb bo‘lib qolmoqda.

REFERENCES

1.

Кузнецов В.П., Вазъянский А.М. Локализация производства как инструмент
повышения экономической эффективности организации / Вестник Череповецкого
государственного университета.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2024 yildagi «O‘zbekiston-2030»
strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat
dasturi to‘g‘risida PF-37-son Farmoni

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 17 sentabr kuni
sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini
kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan.

4.

Namangan viloyat hokimligining matbuot xizmati ma’lumotlari asosida

5.

Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: «O‘zbekicton»
NMIU, 2022. – 137 b

6.

Кузнецов В.П., Вазъянский А.М. Локализация производства как инструмент
повышения экономической эффективности организации / Вестник Череповецкого
государственного университета.

7.

Elov D.A., Ochilov N.Ya. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish omillari va rivojlanish
tamoyillari. Iqtisod va moliya ilmiy - amaliy jurnali. №8, 2013 - 47 b., Elov D.A., Ochilov
N.Ya. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning xorij tajribasi. №10, 2013 - 45 b.

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2024 yildagi «O‘zbekiston-2030»
strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat
dasturi to‘g‘risida PF-37-son Farmoni

9.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 17 sentabr kuni
sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini
kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan.

10.

Namangan viloyat hokimligining matbuot xizmati ma’lumotlari asosida


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

55

11.

O‘zbekiston

Respublikasi

Davlat

statistika

qo‘mitasi

ma’lumotlari.

Namangan

viloyati

hokimligi

Iqtisodiyot

bosh

boshqarmasi

va

statistika

boshqarmasi ma’lumotlari.

12.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN
TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF
EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education , (6-3 (109)), 56-61.

13.

Kiyamov, A., Khakimova, M., Ochilova, M., Razzakov, T., & Begimkulov, F. (2023).
Roller-combing machine for preparation of combs. In E3S Web of Conferences (Vol. 390).
EDP Sciences.

14.

Juliev, M., Ng, W., Mondal, I., Begimkulov, D., Gafurova, L., Hakimova, M., ... &
Saidova, M. (2023). Surface displacement detection using object-based image analysis,
Tashkent region, Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

References

Кузнецов В.П., Вазъянский А.М. Локализация производства как инструмент повышения экономической эффективности организации / Вестник Череповецкого государственного университета.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2024 yildagi «O‘zbekiston-2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-37-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 17 sentabr kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan.

Namangan viloyat hokimligining matbuot xizmati ma’lumotlari asosida

Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. – Toshkent: «O‘zbekicton» NMIU, 2022. – 137 b

Кузнецов В.П., Вазъянский А.М. Локализация производства как инструмент повышения экономической эффективности организации / Вестник Череповецкого государственного университета.

Elov D.A., Ochilov N.Ya. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish omillari va rivojlanish tamoyillari. Iqtisod va moliya ilmiy - amaliy jurnali. №8, 2013 - 47 b., Elov D.A., Ochilov N.Ya. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishning xorij tajribasi. №10, 2013 - 45 b.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2024 yildagi «O‘zbekiston-2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-37-son Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2019 yil 17 sentabr kuni sanoatni jadal rivojlantirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va ko‘lamini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan.

Namangan viloyat hokimligining matbuot xizmati ma’lumotlari asosida

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

Namangan viloyati hokimligi Iqtisodiyot bosh boshqarmasi va statistika

boshqarmasi ma’lumotlari.

Khakimova, M. Kh. (2021). USING THE “BRAINSTORMING” METHOD IN TEACHING SOIL SCIENCE AS A FACTOR OF ACHIEVEMENT OF EFFECTIVENESS. Bulletin of Science and Education , (6-3 (109)), 56-61.

Kiyamov, A., Khakimova, M., Ochilova, M., Razzakov, T., & Begimkulov, F. (2023). Roller-combing machine for preparation of combs. In E3S Web of Conferences (Vol. 390). EDP Sciences.

Juliev, M., Ng, W., Mondal, I., Begimkulov, D., Gafurova, L., Hakimova, M., ... & Saidova, M. (2023). Surface displacement detection using object-based image analysis, Tashkent region, Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 386). EDP Sciences.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов