PROBLEMS OF TEACHING CLASSIC LITERATURE AT SCHOOL

HAC
Google Scholar
f
910-912
0
0
To share
Norqulova, S. (2024). PROBLEMS OF TEACHING CLASSIC LITERATURE AT SCHOOL. Modern Science and Research, 3(2), 910–912. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30413
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, some comments on the problems of teaching classical literature at school and the given excerpts are given. In the course of the article, some of the shortcomings have been touched upon, and suggestions and comments have been made as a solution.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

910

MAKTABDA MUMTOZ ADABIYOTNI O’QITISH MUAMMOLARI

Shahnoza Norqulova

PhD, Termiz davlat universiteti o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10888133

Annotatsiya.

Mazkur maqolada maktabda mumtoz adabiyotni o’qitish muammolari va

berilgan parchalar yuzasidan ayrim mulohazalar keltirib o’tilgan. Maqola davomida yo’l
qo’yilgan ba’zi kamchiliklarga to’xtalib o’tilgan hamda yechim sifatida taklif, mulohazalar
keltirib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

mumtoz adabiyot,

adabiyot darsliklari, Alisher Navoiy, Zahiriddin

Muhammad Bobur, to’g’rilik va egrilik.

PROBLEMS OF TEACHING CLASSIC LITERATURE AT SCHOOL

Abstract.

In this article, some comments on the problems of teaching classical literature at

school and the given excerpts are given. In the course of the article, some of the shortcomings
have been touched upon, and suggestions and comments have been made as a solution.

Key words:

classic literature, literature textbooks, Alisher Navoi, Zahiriddin Muhammad

Babur, straightness and crookedness.

ПРОБЛЕМЫ ПРЕПОДАВАНИЯ КЛАССИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ В ШКОЛЕ

Аннотация.

В статье даются некоторые комментарии по проблемам

преподавания классической литературы в школе и приводятся отрывки. В ходе статьи
были затронуты некоторые недостатки, а также высказаны предложения и замечания в
качестве решения.

Ключевые слова:

классическая литература, учебники литературы, Алишер Навои,

Захириддин Мухаммад Бабур, прямолинейность и кривизна.

O’rta maktablarning adabiyot darsliklarida mumtoz adabiyotning o’qitilish muammosi

dolzarb bo’lib, yosh avlodni tarbiyalashda muhim qirralarni namoyon etadi. Masalan 5-sinfning
adabiyot darsligida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur siymolari o’tiladi. “Hayrat
ul-abror” dostonining o’ninchi maqolati va “Sher bilan durroj” hikoyati o’rganiladi. Birinchi
navbatda maqolat va hikoyatning asl matni beriladi, so’ngra xuddi shu maqolat va hikoyatning
nasriy bayoni, ya’ni ma’nosi keltiriladi.

Endi darslikdagi ana shu Alisher Navoiy qismini bir boshdan ko’rib chiqaylik, avvalo,

shoir tarjimai holi qisqacha bayon etiladi. So’ng aytilgani kabi “Hayrat ul-abror” dostonidan
o’ninchi maqolat va hikoyat beriladi. Uning izidan maqolat va hikoyatning nasriy mazmuni
keltirilib, uning tushunilishi yengillashtiriladi. Shundan keyin dostondan to’g’rilik va egrilik
to’g’risida degan qism keladi. Bu qismda “Hayrat ul-abror” dostoni 63 bobdan iborat ekani,
turli mavzular sharhiga bag’ishlangan 20 ta maqolat borligi va shu mavzularga mos 20 ta
hikoyat mavjudligi gapiriladi.

Ana shu to’g’rilik va rostlik haqida tushunchalar izohi berilgan qism ancha o’rinli.

Chunki bu qism 5-sinf bolalariga to’g’rilik va rostlik xususida katta tasavvur beradi va ularni
shu ruhda tarbiyalashda ahamiyati jihatidan ancha muhim.

Mavzu oxirida “Savol va topshiriqlar” qismi beriladi, ularning miqdori 26 ta.

Savollarning darajasi 5-sinf bolalari saviyasiga moslab tuzilgan, lekin ochig’i ba’zi topshiriqlar


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

911

og’irroq tuyuladi. Masalan, “Alisher Navoiy siymosining milliy-ma’naviy hayotimizda tutgan
o’rni haqida so’zlab bering”, “Navoiy she’riyati qanday to’plamlarda jamlangan?” va
boshqalar. Bundan tashqari xamsanavislik an’anasi, shoirning keksaligi va asarlari, majoziy
obrazlar kabi savollar ham 5-sinf o’quvchilariga og’irlik qiladi. Basharti savol va topshiriqlar
qismi o’qituvchiga mo’ljallangan bo’lsa, bu o’rinli, lekin savollarni o’qituvchi va o’quvchi,
ya’ni ustoz va shogirdlar bahamjihat hal etsa, bu to’g’ri. Takror aytamiz savollar 5-sinf bolasi
uchun og’irlik qiladi, umuman, savol va topshiriqlarni soddalashtirish ma’qul.

Xulosamiz shuki, Alisher Navoiy mavzui 5-sinfda ilk bor o’tilishi hisobga olinsa,

oson yo’ldan borish lozim. Shoir tajimai holining birinchi rejada berilishi to’g’ri, lekin
o’ninchi maqolat va hikoyatning asl matni bilan ularning nasriy bayonlari o’rin almashgani
ma’qul. Boisi doston matni 5-sinf bolasiga og’irlik qiladi, shuning uchun bolalarga oldin
maqolat va hikoyatning mazmuni tushuntirilsa yaxshi bo’ladi. So’ngra doston matniga o’tilsa
bo’ladi, lekin doston matni uchun maxsus lug’at zarur. Chunki matnda tushunilishi og’ir
so’zlar juda ko’p, demak lug’atni hatto oldin berib borsa ham bo’ladi.

Yana bir niyatimiz shuki, ustoz emas, balki shogirdlar faollashtirilishi lozim, bu esa

ko’zlagan maqsad sari yo’lni osonlashtiradi.

Eslatilganidek, Alisher Navoiy ijodidan so’ng Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti

bilan tanishtiruv boshlanadi. Birinchi, Bobur hayot yo’li berilgan, uning og’ir va ziddiyatli
hayot yo’li o’quvchilarda chuqur taassurot qoldiradi. Boburning alamli yillari, tortgan
azoblari, asosan, uning hayot yo’liga chizgilar beruvchi ruboiylari orqali ochib beriladi. Ayni
shu ruboiylarning nasriy bayoni, uning mazmuni tag mag’zi o’quvchiga sodda tarzda
tushuntirib beriladi. Boburning 5ta shu yildagi ruboiylari alohida urg’u berilgan holda
tushuntiriladi va o’quvchida kuchli taassurot qoldiradi.

Shu bilan birga Boburning ruboiylari o’quvchilarga mustaqil o’qish uchun havola

etiladi. Bu ruboiylar 22 ta bo’lib, qiyin so’zlar lug’ati ham berib boriladi. Lug’at holida
beriladi va o’sha so’zning mazmunini to’la shu o’rinning o’zida bilib oladi. Bu esa, shubhasiz,
o’sha ruboiyning mazmunini anglab olishda kalit vazifasini o’tagan. Lekin baz’i ruboiylar
bolalar uchun o’g’irlik qiladi, ruboiylarning ma’nosiga tushunmaslik esa, tabiiyki,
anglashilmovchiliklarga sabab bo’ladi. Shu bois ruboiylarning tushunarli, oson anglashga
moslarini tanlashga harakat qilishi lozim edi. Shu xil anglashili mushkul ruboiylarning
nasriy bayoni berilsa, ma’qul bo’lar edi, chunki o’quvchini qiyin ahvolga solib bo’lmaydi.

Ruboiylar izidan ruboiyga doir nazariy ma’lumot beriladi va qofiya hamda radif

xususida mo’jaz tushuncha beriladi. Ruboiyning qofiyalanish usuli, qofiya odatan birinchi,
ikkinchi, to’rtinchi misralarda kelib, uchinchi misraning ochiq qolishi kuzatiladi. Goho
ruboiyda har to’rtala misrada qofiyaning ham mavjudligi kuzatiladi va bu xil ruboiylarning
nomlanishi aytilganda maqsadga muvofiq bo’lar edi. Lekin darslikda bular ochiq qoldirilgan,
vaholanki 5-sinf bolasi uchun bu xil ma’lumotlar og’irlik qilmaydi. Chunonchi, ma’lumot
uchun to’rt misrasi ham qofiyalangan ruboiy taronai ruboiy deyilish aytilsa yomon bo’lmas
edi.

Shundan so’ng savol va topshiriqlar beriladi, ularda Boburning kimligi, avlodlari,

ajdodlari, ruboiylari haqida so’raladi. Nihoyat ana shular asosida yozma ish tayyorlash
topshiriladi, bu esa g’oyatda to’g’ri vazifadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

912

Yuqoridagilardan xulosa shuki, Bobur hayoti va ijodiy faoliyati to’g’ri yoritilgan,

bolalarga moslab tushuncha berilgan. Ammo qofiya va radiflarning ma’nolari, ya’ni misraning
oxiri va izidan bormoq (qofiya), otga mingashmoq (radif) kabilar aytilsa yomon bo’lmas edi.
Bu hodisalar o’quvchi bolalarning tushunchasini shakllantiradi va ruboiy haqidagi
ma’lumotlarda o’zbek mumtoz adabiyoti namoyondasi Lutfiy ruboiylari ham eslatib o’tilishi
joiz deb bilamiz. Bu xil ma’lumotlar bolalar tushunchasiga ijobiy ta’sir qiladi va ularning
tushunchasini charxlaydi, albatta.

Bizningcha, 5-sinf darsligida mumtoz siymolarga kam o’rin ajratilgandek tuyuladi,

boisi Navoiy va Bobur ijodining berilishi kamlik qiladi. Qolaversa, Navoiy va Boburlarning
rasmi masalasida ham e’tirozimiz bor. Sababi darsliklardagi rasmlar talab darajasida emas.
Vaholanki, Navoiy va Boburlarning o’z zamondoshlari tomonidan chizilgan suratlari
zamonimizgacha yetib kelgan. Ana o’sha rasmlar darslik sahifasidan o’rin olsa nur ustiga a’lo
nur bo’ladi. Chunki rasm va tasvirlar bolaga ko’proq ta’sir o’tqaza oladi hamda xotirada
uzoq saqlab qoladi.

Achinarlisi shundaki, maktab darsliklarining 6-7-8-sinflar uchun mo’ljallangan darslik

kitoblarida ham mumtoz siymolarga juda oz o’rin ajratilgan. Masalan, 6-sinf darsligida mumtoz
siymolardan Alisher Navoiy, Rabg’uziy, Gulxaniy kabilar ijodi mavjud. 7-sinf darsligida esa
Alisher Navoiy, Turdi Farog’iy, Uvaysiy, 8-sinf darsligida Yusuf Xos Hojib, Lutfiy, Navoiy,
Nodira ijodi berilgan. Sirtdan qaraganda mumtoz siymolarga kam e’tibor berilgandek tuyuladi.
Aslida ham shunday, boisi mumtoz adabiyotimizning qolgan qator siymolari nechundir
e’tibordan chetda qoldirilgan.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов