ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
977
HADYA SHARTNOMASI TUSHUNCHASI, HUQUQIY BELGILARI VA PREDMETI
VA UNING HADYADAN FARQLI JIHATLARI
Xudoynazarova Ozoda Mizrob qizi
Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi
Telefon:+998(93) 506 22 06
O‘razaliyeva Rushana Abduvahobovna
Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi
Telefon:+998(91) 856 05 10
https://doi.org/10.5281/zenodo.11274349
Annotatsiya. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo‘yicha hadya
shartnomasi tushunchasi, mohiyati, huquqiy belgilari, predmeti va uning hadyadan farqli jihatlari
tahlil etilgan. Shuningdek, mazkur shartnoma turi bilan bog‘liq xorijiy tajribalar o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar.
Vasiyatnoma
,
meros guvohnomasi
,
ko‘chmas mulk
,
hadya qiluvchi va
oluvchi
,
kadastr hujjatlari
, jamoat xavfsizligi,
merosxo‘r, xayr-ehson,
ashyoni tekinga mulk qilib
berish, rasmiy hadya
.
THE CONCEPT, LEGAL SIGNS AND SUBJECT OF A GIFT CONTRACT AND ITS
DIFFERENT ASPECTS FROM A GIFT
Abstract. This article analyzes the concept, essence, legal signs, subject of the gift contract
according to the legislation of the Republic of Uzbekistan and its different aspects from the gift.
Also, foreign experiences related to this type of contract were studied.
Keywords. Will, certificate of inheritance, real estate, donor and recipient, cadastral
documents, public security, heir, donation, free transfer of property, official gift.punishment,
compulsory community service, correctional work.
ПОНЯТИЕ, ПРАВОВЫЕ ПРИЗНАКИ И ПРЕДМЕТ ДОГОВОРА ДАРЕНИЯ И ЕГО
ОТЛИЧНЫЕ АСПЕКТЫ ОТ ДАРЕНИЯ
Аннотация. В данной статье анализируются понятие, сущность, юридические
признаки, предмет договора дарения по законодательству Республики Узбекистан и его
различные аспекты от дарения. Также был изучен зарубежный опыт, связанный с данным
видом контракта.
Ключевые слова. Завещание, свидетельство о наследстве, недвижимость,
даритель и получатель, кадастровые документы, общественная безопасность, наследник,
дарение, безвозмездная передача имущества, официальный подарок.
Sovg‘aning katta kichigi bo‘lmaydi, degan gap bor. Ammo rasman, qonun nuqtayi
nazaridan qaraganda, shunday sovg‘alar ham mavjudki, ularni shunchaki samimiyat bilan tutqizib,
tashakkur bilan qabul qilish orqaligina ish bitmaydi. Bunday sovg‘alarni taqdim etishda notarial
idoralar ishtirok etib, maxsus shartnoma tuzish kerak bo‘ladi. Bu hadya shartnomasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 502-moddasida belgilanishicha, hadya
shartnomasi deb, ashyoni tekinga mulk qilib berish, mulk huquqini berish yoki bu majburiyatlarni
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
978
olishga aytiladi. Hadya shartnomasida shaxs va beriladigan narsa aniq ko'rsatilishi kerak. Hadya
qiluvchining vafotidan keyin topshirishni nazarda tutuvchi shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi.
Chunki bu hadya emas, vasiyatnoma me’yoriga to‘g‘ri keladi. Hadya shartnomasida
ko‘zda tutilgan mulk taraflar tomonidan shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi.
Vasiyatnoma bergan shaxs to vafot etgunicha o‘z mulkining haqiqiy egasi hisoblanadi va
uni istagan vaqtda bekor qilishi, o‘zgartirishi yoki to‘ldirishi mumkin. Hadya shartnomasi esa,
sovg‘ani qaytib olmaganlaridek, imzolangan zahotiyoq ikkinchi taraf mulkiga o‘tib ketadi va qaror
o‘zgartirilmaydi.
Hadya qilishni niyat qilgan inson hali shartnoma tuzilmasdan olamdan o‘tib qolsa, bo‘lajak
hadya egasi mulkni talab qilib olish huquqiga ega emas. Bu shunchaki va’da hisoblanadi. Agar
notarial idorada ish boshlangan, shartnoma tuzish harakatlari amalga oshirilgan bo‘lsa, ishni
marhumning yaqinlari meros guvohnomasini rasmiylashtirish orqali davom ettirishlari mumkin.
Hadya shartnomasi quyidagi huquqiy belgilarga ega:
Shartnoma asosida ko‘chmas mulk, xususan, uy hadya qilingan holatlari amaliyotda ko‘p
kuzatilgani uchun, ba‘zi insonlar boshqa narsalar bilan hadya shartnomasini tuzish mumkin emas,
deb hisoblaydilar. Aslida rasmiy hadya avtomashina, qimmatbaho qog‘oz, qimmatbaho buyum,
ko‘p miqdordagi pul ham bo‘lishi mumkin. Qonunda ko‘chmas mulk va avtomototransportlarni
hadya qilinganda notarial tartibda tasdiqlanishi majburiy shart sifatida belgilangan. Mazkur
toifadagi shartnomalardan tashqari har qanday shartnoma turlarida taraflar o‘zlarining xohish
irodalariga qarab o‘zaro kelishishlari yoki notarial tartibda tasdiqlatishlari mumkin.
Hadya shartnomasi uchun quyidagi zaruriy omillar mavjud:
• shartnomani tasdiqlashda har ikkala tomon: hadya qiluvchi va oluvchi qatnashishi;
• har ikkala tomonning xohish-irodasi;
• tomonlarning amaldagi, muddati o‘tmagan pasport ma’lumotlari, doimiy yo vaqtincha
ro‘yxatga olingan yashash joylari;
• hadya qilinayotgan ko‘chmas mulk (uy)ning kadastr hujjatlari, uy rejasi, maydoni, qavati,
nechta xonadan iborat ekanligi, xonadon manzili, joylashgan joyi, uy daftari, uy turi (hovli yoki
ko‘p qavatli uy) haqidagi to‘liq ma’lumot;
• egalik huquqini belgilovchi hujjatlar (turli hil shartnomalar, guvohnomalar, hokim yo sud
qarorlari, davlat dalolatnomasi, uy-joy kooperativlari ma’lumotnomalari va boshqalar);
• hadya qilinuvchi imoratning loyihaviy rejasi, ko‘chmas mulk joylashgan tumandagi
kadastr bo‘limining belgilangan tartibdagi ma’lumotnomasi, turar joyidan, suv, gaz, elektr
energiya, telefon va boshqa to‘lovlardan qarzi yo‘qligi to‘g‘risida kommunal bo‘limdan ma’lumot;
Real
Tekinga
tuziladigan
Bir
tomonlama
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
979
• hadya beruvchi turmush o‘rtog‘ining roziligini bildiruvchi yozma ariza.
Hadya shartnomasi shartnomada ko‘rsatilgan predmetga nisbatan mulk huquqini bir
shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tishini nazarda tutuvchi bitimlar toifasiga kiradi. Hadya shartnomasi
tekinga tuziladi, agar hadya shartnomasidan ma’lum bir manfaat yoki naf olish ko‘zda tutiladigan
bo‘lsa, mazkur shartnoma hadya shartnomasi sifatida qayd etilmaydi. Bundan tashqari, ashyo yoki
huquq muqobil berilganida yo bo‘lmasa, muqobil majburiyat mavjud bo‘lganida bunday
shartnoma ham hadya deb tan olinmaydi va bunday shartnomalarga O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksining bitimni haqiqiy emas deb nomlangan normalari qo‘llaniladi.
Hadya shartnomasida hadya narsasi aniq ko‘rsatilishi lozim. Biron-bir shaxsga ashyoni
yoki mulk huquqini tekinga berishni yoki biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni
va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar va’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda
aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish
maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa, hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Biron-bir
shaxsga
ashyoni
yoki
mulk
huquqini
tekinga
berishni
yoki
biron-bir shaxsni mulkiy majburiyatdan ozod etishni va’da qilish (hadya etishni va’da qilish), agar
va’da tegishli shaklda berilgan bo‘lsa va kelajakda aniq shaxsga ashyo yoki mulkiy huquqni
tekinga berish yoki uni mulkiy majburiyatdan ozod qilish maqsadi aniq ko‘rinib turgan bo'lsa,
hadya shartnomasi deb tan olinadi.
Amaldagi Fuqarolik kodeksi normalari hadya shartnomasini tuzish shakliga bir qancha
talablarni qo‘yadi. Misol uchun ba’zi hadya shartnomalarni og‘zaki tuzish mumkin. Lekin ko‘char
mulkni hadya qilish shartnomasi:
- hadya qiluvchi yuridik shaxs bo‘lganida;
- fuqarolar o‘rtasida bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summaga
shartnoma tuzilayotganda;
- shartnomada kelajakda hadya etish va’da qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi
lozim.
Ya’ni bu kabi shartnomalarni og‘zaki tuzilishi uning haqiqiy emas deb topilishiga sabab
bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, hadya shartnomasiga oid qonunchilik hujjatlari talablarini
buzilishi hadya shartnomasini haqiqiy emasligiga olib keladi.
Hadyani topshirish uni taqdim qilish, ramziy topshirish (kalit va hokazolarni taqdim qilish)
yoki huquqni belgilaydigan hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Hadya qilish,
ayni paytda hadyani oluvchiga topshirish og‘zaki amalga oshirilishi mumkin. Ko‘chmas mulkni
hadya qilish shartnomasi hadya qiluvchi yuridik shaxs bo‘lganida, fuqarolar o‘rtasida bazaviy
hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda, shartnomada
kelajakda hadya etish va’da qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim.
Agar hadya shartnomasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, hadyani qabul qilishni rad etish
ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
2. Shartnomada qatnashuvchi taraflar, ularning huquq va majburiyatlari
Hadya shartnomasida taraf sifatida jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va davlat birdek
ishtirok etishi mumkin. Hadya shartnomasida taraflar hadya qiluvchi va hadya oluvchi deb
nomlanib, muomala layoqatiga ega bo‘lishi lozim.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
980
Muomalaga layoqatsiz shaxslar tomonidan hadya shartnomalari ularning vasiylari orqali
imzolanishi lozim. Istisno tartibda aytishimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 29-moddasiga asosan, o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga
yetmagan shaxslar o‘zlari mustaqil ravishda hadya oluvchi, hadya qiluvchi bo‘lishlari va hadya
shartnomasini o‘zlarining ish haqi va stipendiyalariga tayangan holda tuzishlari mumkin. Lekin
ular mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ashyolarni tasarruf qilish huquqiga ega emaslar. Bunday
bitimlar voyaga yetmaganlar tomonidan amalga oshirilishi uchun ularning qonuniy vakillarining
roziligi talab qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 505-moddasida hadya
shartnomasi tuzish uchun belgilangan cheklovlar mavjud.
Yuridik shaxs xo‘jalik yuritish yoki
operativ boshqarish huquqi asosida o‘ziga qarashli bo‘lgan ashyoni, agar qonunda boshqacha tartib
nazarda tutilgan bo‘lmasa, mulkdorning roziligi bilan hadya etishga haqli. Bu cheklash qiymati
katta bo‘lmagan odatdagi sovg‘alarga taalluqli emas.
1
Fuqarolik qonun hujjatiga asosan, er-xotin o‘rtasida hadya shartnomasi tuzilishiga cheklov
qo‘yilmaydi. Hadya qilingan mol-mulk faqat o‘sha shaxsning o‘ziga tegishli hisoblanadi va undan
haq undirilishiga yoki boshqacha tarzda o‘zlashtirishga faqat mulkdorning roziligi bilangina yo‘l
qo‘yiladi.
Quyidagi holatlar qayd etilganda hadya shartnomasi bekor bo‘lishi mumkin:
1. Har ikkala tomon o‘z xohishi bilan rozi bo‘lsa hadya shartnomasi bekor qilinadi.
2. Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining
hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud
tartibida yo‘l qo‘yiladi.
3. Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o‘ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari
sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega. Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi
uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo'lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay
yo‘q bo‘lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga
haqli.
Hadya shartnomasida hadya oluvchi hadya qiluvchidan oldin vafot etgan taqdirda hadya
qiluvchining hadyani bekor qilish huquqi shart qilib qo‘yilishi mumkin. Hadya bekor qilingan
taqdirda hadya oluvchi hadya qilingan ashyoni, agar u hadya bekor qilingan paytda asl holatda
saqlanib qolgan bo‘lsa, qaytarishi lozim. Hadya shartnomasini bajarishdan bosh tortish va hadyani
bekor qilish to‘g‘risidagi qoidalar og‘zaki tuzilgan hadya shartnomalariga nisbatan qo‘llanmaydi.
Qonunchilikka muvofiq, qurollar yoki shu kabi jamoat xavfsizligiga xavf soluvchi
buyumlarni hadya qilish mumkin emas. Hadya qiluvchi hadya qilingan xonadonda oila a’zosi
sifatida istiqomat qilishga haqlidir. Hadya qiluvchi hadya evaziga nimadir talab qilishga haqli
emas.
Hadya shartnomasining vasiyatnomadan asosiy farqi fuqarolik qonunchiligida hadyani
hadya oluvchiga hadya qiluvchining vafotidan keyin oshirilishini nazarda tutuvchi shartnoma tan
olinmaydi. Bunday holatda hadyaga nisbatan vasiyatnoma to‘g‘risidagi qoidalar qo‘llanadi.
Hadyaning vasiyatnomadan yana bir asosiy farqi shundaki, mulk hadya qiluvchining
tirikligida topshiriladi.
1
http://www.lex.uz
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
981
3. Xayr-ehson
Xayr-ehson hadya shartnomasining bir ko‘rinishi hisoblanadi, bunda xayr-ehson
umumfoydali maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
511-moddasiga ko‘ra xayr-ehson fuqarolarga, davolash, tarbiya, ijtimoiy himoya muassasalariga
va shunga o‘xshash boshqa muassasalarga, xayriya, ilmiy va o‘quv muassasalariga, fondlarga,
muzeylar va boshqa madaniyat muassasalariga, jamoat birlashmalari va diniy tashkilotlarga,
shuningdek davlatga va boshqa fuqarolik huquqi subyektlariga qilinishi mumkin. Xayr-ehson
qilingan mol-mulk kelgusida uni qabul qilgan shaxsning mablag‘lari jumlasiga kiradi, uning
operativ boshqaruviga o‘tadi.
Xayr-ehsonning prеdmеti fuqarolik muomalasida bo‘lgan obyektlar, ya’ni pullar, qimmatli
qog‘ozlar, mol-mulklar, ashyolar, binolar, inshootlar (ularning bir qismi), avtomobillar va
hokazolar bo‘lishi mumkin. Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsa (ya’ni uchinchi shaxs) ning
ruxsati yoki roziligi talab qilinmaydi.
Xayr-ehsonni qabul qilishga biror kimsaning ruxsati yoki
roziligi talab qilinmaydi.
Xayr-ehson qiluvchi mol-mulkni fuqaroga xayr-ehson qilganida bu mol-mulkdan ma’lum
bir maqsadda foydalanishni shart qilib qo‘yishi lozim, yuridik shaxslarga xayr-ehson qilganda esa
bu shartni qo‘yishi mumkin. Bunday shart bo‘lmaganida mol-mulkni fuqaroga xayr-ehson qilish
oddiy hadya deb hisoblanadi, qolgan hollarda esa xayr-ehson qilingan mol-mulkdan hadya oluvchi
uning vazifasiga muvofiq foydalanadi.
Aniq maqsadda foydalanishga mo‘ljallangan xayr-ehsonni qabul qilib olayotgan yuridik
shaxs xayr-ehson qilingan mulkdan foydalanish bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalarning
alohida ro‘yxatini yuritishi lozim.
Agar xayr-ehson qilingan mulkdan xayr-ehson qiluvchi ko‘rsatgan maqsadda foydalanish
vaziyat o‘zgarganligi tufayli mumkin bo‘lmay qolsa, mulkdan boshqa maqsadda faqat xayr-ehson
qiluvchining roziligi bilan, mol-mulkni xayr-ehson qilgan fuqaro vafot etgan bo‘lsa yoki mulkni
xayr-ehson qilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoxud tugatilgan bo‘lsa –– sud qaroriga
muvofiq foydalanish mumkin.
Xayr-ehson qilingan mulkdan xayr-ehson qiluvchi ko‘rsatgan maqsadga zid holda
foydalanish xayr-ehson qiluvchiga, uning merosxo‘rlariga yoki boshqa huquqiy vorisiga xayr-
ehsonni bekor qilishni talab qilish huquqini beradi.
REFERENCES
1.
2.
3.
4.
5.
6.
