USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE TOPIC "COMPLEX PROBLEMS" 1ST GRADE

HAC
Google Scholar
To share
Rajabova, L., & Karomatova, R. (2024). USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE TOPIC "COMPLEX PROBLEMS" 1ST GRADE. Modern Science and Research, 3(2), 1032–1036. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/31328
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Starting from the new academic year, all 1st-4th graders are expected to study on the basis of new generation textbooks, and more than 70 million copies of 770 textbooks for primary graders have been published. New assignments and problem solving will definitely require more active methods. This article presents several methods and didactic games that can be used to teach the topic "Complex problems" in the 1st grade.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1032

1-SINF “MURAKKAB MASALALAR” MAVZUSINI O’RGATISHDA INTERFAOL

USULLARDAN FOYDALANISH

Rajabova Lobar Choriyevna

Buxoro davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi.

Karomatova Rahima Bahodirovna

Boshlang‘ich ta’lim 1BT-22 guruh talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11058520

Annotatsiya.

Yangi o‘quv yilidan boshlab barcha 1-4-sinf o‘quvchilari yangi avlod

darsliklari asosida tahsil olishi nazarda tutilgan bo‘lib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 770
nomdagi darsliklari 70 milliondan ortiq nusxada chop etildi. Yangi topshiriqlar, masalalarni
yechishda albatta inerfaol usullar kerak bo‘ladi. Ushbu maqolada 1-sinfdagi “Murakkab
masalalar” mavzusini o‘rgatishda foydalanish mumkin bo‘lgan bir nechta metodlar va didaktik
o‘yinlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

murakkab masala, mantiqiy tafakkur, metod, didaktik o‘yinlar,

STEAM.

USE OF INTERACTIVE METHODS IN TEACHING THE TOPIC "COMPLEX

PROBLEMS" 1ST GRADE

Abstract.

Starting from the new academic year, all 1st-4th graders are expected to study

on the basis of new generation textbooks, and more than 70 million copies of 770 textbooks for
primary graders have been published. New assignments and problem solving will definitely
require more active methods. This article presents several methods and didactic games that can
be used to teach the topic "Complex problems" in the 1st grade.

Key words:

complex problem, logical thinking, method, didactic games, STEAM.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ПРЕПОДАВАНИИ

ТЕМЫ «СЛОЖНЫЕ ЗАДАЧИ» 1 КЛАСС.

Аннотация.

С нового учебного года все учащиеся 1-4 классов будут учиться на

основе учебников нового поколения, издано более 70 миллионов экземпляров 770 учебников
для учащихся младших классов. Новые задания и решение проблем определенно потребуют
более активных методов. В данной статье представлены несколько методов и
дидактических игр, которые можно использовать при преподавании темы «Сложные
задачи» в 1 классе.

Ключевые слова:

сложная задача, логическое мышление, метод, дидактические

игры, STEAM.

Boshlang‘ich ta’lim-ta’limning poydevori. joriy o‘quv yilida 1-4-sinflarning o‘quvchilari

yangi darsliklar bilan ta’minlanib, darslar davomida fanlardan mavzularni o‘rganish bilan bir
qatorda darslikdagi rang-barang rasmlar, qiziqarli rebuslar, mantiqiy topshiriqlar hamda loyihalar
bilan ishlashni o‘zlashtirmoqda.

1-sinf darsliklari 2023-2024-o‘quv yilida butkul yangilandi, shu sababli o‘qtuvchilar

zimmasiga yanada ko‘proq vazifa va mas’uliyat yuklandi. Chunki yangi darsliklardagi mashqlar
soni ko‘paygan hamda qiyinlashgan. Mazkur darsliklarda zamonaviy yondashuvlardan biri -
STEAM ta’limi tizimi targ‘ib qilinmoqda. Hozirgi kunda bolalarda mantiqiy fikrlay olish
ko‘nikmasi shakllantirish asosiy maqsadlardan biridir.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1033

Darslarni yanada tushunarli qilib o‘tish uchun, avvalo bolalarni darsga qiziqtira olish

hamda, dars davomida bolalarni zeriktirib qo‘ymaslik o‘qtuvchining asosiy vazifalaridan biridir,
ayniqsa endigini maktab shart-sharoitiga moslasha boshlagan 1-sinf o‘quvchilariga dars o‘tish
jarayonlarida qiziqarli metodlar, didaktik o‘yinlar, dam olish daqiqalari o‘tkazish maqsadga
muvofiq bo‘ladi, albatta.

Ushbu maqolada 1-sinf Matematika darsligidagi 98-mavzusi (Murakkab masalalar)ni

qanday metodlar, didaktik o‘yinlar va dam olish daqiqalari bilan o‘tkazish mumkinligini ko‘rib
chiqamiz.

Dars boshlanadi. O‘quvchilar bilan salomlashilib, barcha tashkiliy ishlar bajarilgach,

o‘tgan mavzu eslanadi.

O‘tgan mavzu: Ikki amalli masalalar yechish. Bunda “Men nechchiman?” didaktik

o‘yinini qo‘llash mumkin. Bu o‘yinda sinfdan 2 ta (agar mazkur didaktik o‘yin ilk bor
o‘tkazilayotgan bo‘lsa) yoki 3ta (agar sinf o‘quvchilari bu o‘yin bilan yaxshi tanish bo‘lsa)
o‘quvchi doskaga chiqariladi va bir-biriga orqasini qilgan holda o‘tiradi. O‘qituvchi tomonidan
stikerlarga son yozilib ularning peshonalariga yopishtiriladi. Masalan bir o‘quvchiga 7, ikkinchi
o‘quvchiga 8. O‘qituvchi ikkala sonning yig‘indisini bolalarga aytadi: “Sizlarning raqamlaringiz
yig‘indisi 15. Bir-biringizga qarang.” Shu buyruqdan so‘ng o‘quvchilar bir-birlarining
peshonalaridagi sonni ko‘rib, o‘zlarining peshonalaridagi sonni topishlari kerak. Kim birichi topsa
“Men 8 man yoki men 7 man” deyishi kerak. Birinchi topgan o‘quvchi g‘olib sanaladi. Bu qiziqarli
didaktik o‘yinni nafaqat birinchi sinflarda, balki yuqori sinf darslarida qo‘llasa ham bo‘ladi.
Mazkur metod o‘quvchilarni hayolda tez hisoblash qobiliyatlarini oshiradi.

Yangi mavzuni tushuntirish qismiga o‘tamiz. Mavzuga kirish qismda matematik

boshqotirma berilgan. Hozirda ko‘pgina boshlang‘ich sinf xonalarida televizor mavjud. O‘qituvchi
tomonidan bu boshqotirmani yechishda AKTdan foydalanilsa bolalar uchun ham tushunarli ham
qiziqarli bo‘ladi. Bunda boshqotirma multimedia orqali tuzilishi hamda sinf bilan birga yechilishi
kerak. Masalan: 49 ostidaga bitta son ma’lum 26, bittasi esa noma’lum. Bolalar bilan noma’lum
son 23 ligi topilgach bo‘sh katak ichida 23 paydo bo‘ladi va bolalarda to‘g‘ri topilgan son uchun
o‘zlariga qarsak chalishadi. Shu tarz har bitta son topilgach televizorda qo‘yilgan multimedia
orqali javobi paydo bo‘lib boraveradi va o‘quvchilar o‘z javoblar bilan tekshirishadi. Quyida
boshqotirmani ko‘rishingiz mumkin:

1-mashq: To‘g‘ri ketma-ketlikni tuzing.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1034

Ushbu mashqa hafta kunlari har xil tartibda qo‘yilgan o‘quvchi esa hafta kunlarini tartib

bilan terishi kerak. Bu mashqni sinf bilan birga ishlash mumkin. O‘qituvchi kitobda berilgan rasm
singari stikerlarga hafta kunlarini yozib, stol ustiga qo‘yadi va istalgan 7 ta o‘quvchini doskaga
birin-ketin chaqiradi. O‘quvchilar stol ustidagi hafta kunlari yozilgan rangli stikerlarni olib maxsus
qo‘shimcha doskaga tartib bilan yopishtirishlari kerak. 1-o‘quvchi 1-hafta kunini 2-o‘quvchi 2-
hafta kunini va h.k.

Barcha kunlar yopishtirib bo‘lingach sinfdagi qolgan o‘quvchilardan “To‘grimi?” deya

so‘raladi. Tasdiq javobi olingach, doskaga chiqqan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

Rag‘batlantirishda bolalar asosan nima bilan rag‘batlantirilgan bo‘lsa oldingi dars

jarayonlarida o‘sha bilan rag‘batlantiriladi. Misol uchun stikerlar, origami usulida yasalgan
yulduzchalar, plastmassadan yasalgan sabzavotlar yokida mevalar va h.k.

2-mashqdagi masala yozma bajarilishi kerak. Buning uchun o‘qituvchi doskaga

yopishtirilgan hafta kunlariga ishora qilib masala shartini o‘qib, tushuntiradi va birinchi bo‘lib
daftariga chiroyli yozgan besh kishi baholanishi aytiladi. Ilk beshta o‘quvchi masalani yechib
bo‘lgach, “Tengdosh” metodi orqali, balki tushunmay qolgan, balki ulgurmay qolgan barcha
o‘quvchilarga yana bir bor tushuntiriladi. Mazkur metod ilk 5 ta o‘quvchidan eng yaxshi tushungan
o‘quvchi doskaga chiqariladi va masalani qanday yechganini tushuntirib beradi. O‘quvchilar
ayrim hollarda o‘qituvchi tomonidan emas, balki aynan, o‘zlarining tengdoshlari tomonidan
tushuntirilgan masalani yaxshiroq tushunishlari mumkin. Bejizga xalqimiz orasida “Bola tilini
bola tushunadi” degan maqol mavjud emas,

Keyingi 3-mashq ham xuddi 2-mashq singari tartibda o‘tadi.
4-mashq doskada bajarilsa yaxshi samara beradi. Bunda darsda kam qatnashadigan yokida

o‘zlashtirishi pastroq bo‘lgan o‘quvchilarni doskaga chiqarish maqsadga muvofiq. Qolgan
o‘quvchilar esa daftarlariga mustaqqil bajarishadi. Doskadan oldin mashqni bajarib bo‘lgan va
doskaga chiqqan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.

Darsning bu qismida ozgina dam olish daqiqasi qilish ayni muddao bo‘ladi. Chunki jajji

o‘quvchilar ancha charchashgan bo‘ladi. Bunda bir qancha quvnoq qisqa o‘yinlar va she’rlardan
foydalanish mumkin, ayniqsa fiziominut o‘tkazilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan,
o‘quvchilar o‘rnilaridan turishadi. O‘qituvchi quyidagi so‘zlarni aytib qo‘llari bilan mos
harakatlarni ko‘rsatadi, o‘quvchilar esa uni takrorlashadi.

Shahrimizda hozir yomg‘irdan oldingi sokinlik (ko‘rsatkich barmoq burun ustiga qo‘yilib

ozgina egilishadi), yomg‘ir tomchilay boshladi(barmoqlar yordamida tomchi ovozlari
o‘xshatiladi), yomg‘ir tezlashdi(qo‘llarimizni X shaklida o‘tqazib ko‘kraklarimizga urib ovoz
chiqaramiz), jala quydi( qo‘llar bilan tizza ustiga urilib ovoz chiqariladi), chaqmoq(ozgina
sakraymiz), chaqmoq( sakraymiz), yomg‘ir sekinlashdi, yomg‘ir tindi va quyosh o‘z nurlarini
sochgani chiqdi( qo‘llarimizni yuqoriga ko‘taramiz va silkitamiz).

5-6-mashqlar yuqoridadi 2-3-mashqalar singari bajarilishi mumkin.
7-mashqda rangli aylanalar orqali qonuniyat ko‘rsatilgan. Ushbu mashqni AKT vositlari

yordamida multimedia shaklida tushuntirsa ham bo‘ladi yoki doskaga kvadrat chiziladi va rangi
qog‘ozdan aylana qirqib olib tayyorlangan bo‘ladi. O‘qituvchi bolalarga kitobda berilgan
qonuniyatni yacshiroq tushuntirish uchun 3 ta kvadratdagi aylanalarni bitta kvadratda aylanalarni
harakatlantirib tushuntirsa bolalar qiynalmay qonuniyat mohiyatini anglab, o‘z kitoblariga


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1035

aylanalarni chizib bo‘yashadi. Yangi bo‘lgan darsliklarning eng diqqatga va e’tirofga sazovor joyi
bu aynan matematika darsida bolalar rangili qalamlar bilan ishlashlari, kitoblarini o‘ziga
chizishlari mumkin. Bu albatta, STEAM ta’lim tizimidagi Art va Mathematics bo‘limlarining
integratsiyalashuvi.

8-mashqni sinf bilan birgalikda ishlasa bo‘ladi, ammo o‘qtuvchi yetarli o‘quvchilarni

baxolay olmagan bo‘lsa, ushbu mashqni mustqail ish sifatida bersa ham bo‘ladi.

Yuqorida keltirilgan dars ishlanmasidagi barcha metodlar, didaktik o‘yinlar va dam olish

daqiqasidagi fiziominut albatta, 45 daqiqa uchun mo‘ljallanmagan. Ushbu maqolada aynan shu
mavzuni qaysi usullar orqali o‘tish mumkinligi haqida fikr yuritilgan.

Xulosa qiladigan bo’lsak,


REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5 sentyabrdagi “2018–2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi №PQ–3931- son qarori

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash
to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni

3.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Mirziyoyev Sh. M . Milliy taraqqiyot yo‘limizni
qa’tiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –T.: O‘zbekiston.2017-yil.

4.

Matematika. 1-sinf darslik. T.: Novda nashriyoti. 2023-yil

5.

Choriyevna, K. R. B. R. L. (2023). STEAM TA’LIMIDAN AMALIY ISHLARNI
TASHKIL QILISH METODIKASI.

Confrencea

,

12

(12), 251-257.

6.

Rajabova, L., & Shavkatova, N. (2023). METHODS OF USING MARIA
MONTESSORI

METHODOLOGY

IN

THE

STEAM

EDUCATIONAL

APPROACH.

Modern Science and Research

,

2

(12), 387-391.

7.

Ochilova, L., & Rajabova, L. (2023). STEAM USULI-TA’LIM JARAYONIDA
INNOVATSION

TEXNOLOGIYA

SIFATIDA.

"

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ

АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал

,

1

(3).

8.

Rajabova, L. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “STEAM”
TEXNOLOGIYASINI TADBIQ ETISH.

ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ

(buxdu. uz)

,

7

(7).

9.

RAJABOVA, L. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “STEAM”
TEXNOLOGIYASINI TADBIQ ETISH.

ЭКОНОМИКА

, 527-530.

10.

Rajabova, L. (2020). Steam ta’lim dasturi asosida matematika masalalarini yechishning
ilg‘or usullari.

центр научных публикаций (buxdu. Uz)

,

1

(1).

11.

Temirovna, O. L. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING OF
CHILDREN IN SOLVING NON-STANDARD PROBLEMS.

Journal of Modern

Educational Achievements

,

10

(1), 294-300.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientifijournal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1036

12.

Temirovna,

O.

L.,

&

Laylo,

X.

(2023).

BOSHLANG'ICH

SINFLAR

O‘QUVCHILARINING QIZIQARLI MASALALARNI YECHISH FAOLIYATINI
SHAKLLANTIRISH USULLARI.

PEDAGOGS jurnali

,

1

(1), 748-748.

13.

Temirovna, O. L. (2023). KASRLAR MAVZUSINI O‘RGATISHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH.

PEDAGOGS jurnali

,

1

(1), 743-743.

14.

Ochilova, L. T. (2022). MATEMATIKADAN IJODIY TAFAKKURNI O ‘STIRISHDA
TRIZ PEDAGOGIKSIDAN FOYDLANISH.

Экономика и социум

, (6-2 (97)), 178-

181.

15.

Temirovna, O. L. (2023). ADVANTAGES OF USING THE PROBLEM LEARNING
METHOD IN MATHEMATICS LESSONS IN THE PRIMARY SCHOOL.

Journal of

Modern Educational Achievements

,

7

(7), 403-407.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5 sentyabrdagi “2018–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi №PQ–3931- son qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmoni

O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Mirziyoyev Sh. M . Milliy taraqqiyot yo‘limizni qa’tiyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –T.: O‘zbekiston.2017-yil.

Matematika. 1-sinf darslik. T.: Novda nashriyoti. 2023-yil

Choriyevna, K. R. B. R. L. (2023). STEAM TA’LIMIDAN AMALIY ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI. Confrencea, 12(12), 251-257.

Rajabova, L., & Shavkatova, N. (2023). METHODS OF USING MARIA MONTESSORI METHODOLOGY IN THE STEAM EDUCATIONAL APPROACH. Modern Science and Research, 2(12), 387-391.

Ochilova, L., & Rajabova, L. (2023). STEAM USULI-TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYA SIFATIDA. " ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ АКМЕОЛОГИЯ" международный научно-методический журнал, 1(3).

Rajabova, L. (2021). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “STEAM” TEXNOLOGIYASINI TADBIQ ETISH. ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz), 7(7).

RAJABOVA, L. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA “STEAM” TEXNOLOGIYASINI TADBIQ ETISH. ЭКОНОМИКА, 527-530.

Rajabova, L. (2020). Steam ta’lim dasturi asosida matematika masalalarini yechishning ilg‘or usullari. центр научных публикаций (buxdu. Uz), 1(1).

Temirovna, O. L. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING OF CHILDREN IN SOLVING NON-STANDARD PROBLEMS. Journal of Modern Educational Achievements, 10(1), 294-300.

Temirovna, O. L., & Laylo, X. (2023). BOSHLANG'ICH SINFLAR O‘QUVCHILARINING QIZIQARLI MASALALARNI YECHISH FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH USULLARI. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 748-748.

Temirovna, O. L. (2023). KASRLAR MAVZUSINI O‘RGATISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. PEDAGOGS jurnali, 1(1), 743-743.

Ochilova, L. T. (2022). MATEMATIKADAN IJODIY TAFAKKURNI O ‘STIRISHDA TRIZ PEDAGOGIKSIDAN FOYDLANISH. Экономика и социум, (6-2 (97)), 178-181.

Temirovna, O. L. (2023). ADVANTAGES OF USING THE PROBLEM LEARNING METHOD IN MATHEMATICS LESSONS IN THE PRIMARY SCHOOL. Journal of Modern Educational Achievements, 7(7), 403-407.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов