Authors

  • Gulshod Umarova
  • Dinora Xayrullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.32363

Abstract

Economic education is very important for preschool children. Every parent wants to send their child to the most knowledgeable, highly enlightened, skillful, creative educator. The article talks about the peculiarity of giving economic nature to preschool children, ways of using new pedagogical technologies to teach economic concepts in preschool educational organizations.

background image


284

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA IQTISODIY TARBIYA BERISHNING

O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Umarova Gulshod Abdujabbarovna

Guliston davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi.

Xayrullayeva Dinora Azamatjon qizi

Guliston davlat pedagogika instituti 1-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11186667

Annotatsiya.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda iqtisodiy tarbiyaning ahamiyati juda katta

hisoblanadi. Наг bir ota-ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak ma’rifatli, mahoratli, ijodkor

tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy

tabiya berishning o‘ziga xosligi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida iqtisodiy tushunchalarni

berishda yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanish yo‘llari xususida so‘z yuritildi.

Kalit so'zlar:

Iqtisodiy tarbiya, oila, iqtisodiy funksiya, o‘rta guruh, katta guruh, yerosti

va yerusti boyliklari.

FEATURES OF ECONOMIC EDUCATION FOR PRESCHOOL CHILDREN

Abstract.

Economic education is very important for preschool children. Every parent wants

to send their child to the most knowledgeable, highly enlightened, skillful, creative educator. The

article talks about the peculiarity of giving economic nature to preschool children, ways of using

new pedagogical technologies to teach economic concepts in preschool educational organizations.

Key words:

Economic education, family, economic function, middle group, large group,

land and land wealth.

ОСОБЕННОСТИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ ДЕТЕЙ

ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Аннотация.

Экономическое образование очень важно для детей дошкольного

возраста. Каждый родитель хочет отдать своего ребенка к самому знающему,

высокообразованному, умелому и творческому педагогу. В статье говорится об

особенности придания экономического характера детям дошкольного возраста, способах

использования новых педагогических технологий при обучении экономическим понятиям в

дошкольных образовательных организациях.

Ключевые слова.

Экономическое образование, семья, экономическая функция,

средняя группа, большая группа, земля и земельное богатство.


background image


285

Bugungi kunda ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish va texnologiya sohalarining mavjud

taraqqiyoti zamonaviy jamiyat qiyofasini belgilab bermoqda. Zamonaviy jamiyatning eng muhim

xarakterli jihati uning barcha sohalarida globallashuvning ko‘zga tashlanayotganligidir.

Globallashuv o‘z-o‘zidan tezkor harakatlanish, zarur axborotlarni zudlik bilan qo‘lga

kiritish, ularni qayta ishlash va amaliyotga samarali tatbiq qilishni taqozo etadi. Ta’lim sohasidagi

islohotlarning mazmunida yosh avlodga ilmiy bilimlarni berish, ularda keng dunyoqarashni

shakllantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga nisbatan yangi talablarning

belgilanganligi pedagogik faoliyatni tashkil etishga nisbatan innovatsion yondashuvni qaror

toptirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Bunga asos sifatida Respublikamiz Prezidenti

Sh.Mirziyoyevnining yaqin besh yildagi, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasini isloh qilinishiga

oid bir qator hujjatlarni tasdiqlab, uni amaliyotga tadbiq etganliklarini ko‘rsatish mumkin.

Keltirilgan fikrlarga asoslangan holada maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatiga tadbiq

etish masalasi hozirgi kunda ham dolzarb masalalardan sanaladi.

Iqtisodiy tarbiya avvalambor oiladan boshlanadi. Keyinchalik Maktabgacha ta'lim

tashkilotlarida tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarga tarbiyaning mazmun mohiyati

tushuntirib boriladi. Tarbiyachi bolalarga iqtisodiy tarbiyani o‘yin mashg‘ulotlari asosida ham

o‘rgatib boradi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim berish, ularning mantiqiy fikrlash

doiralarini o‘stirish, ishbilarmonlik, tejamkorlik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan jarayon

hisoblanadi. O‘rta guruh bolalariga ilk iqtisodiy tushunchalarni berish quyidagi bo‘limlar: Inson

va uning ehtiyojlari; Inson va iqtisod; Pul, mahsulotlarni sotib olish va ayirboshlash asosida tashkil

etiladi. Inson va uning ehtiyojlari haqida tushuncha berishda, inson uchun zarur bo‘lgan hayotiy

ehtiyojlar (kiyim-kechak, oziq-ovqat va hokazo), tejamkorlik haqida (suvni, vaqtni tejash),

maktabgacha ta‟lim tashkilotlaridagi va uydagi jihozlardan (o‘yinchoq, kitob va hokazo)

tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish vaqt haqida ilk tushuncha berish orqali vaqt tejash haqida

tushunchalar beriladi. Bu tushunchalarni berish orqali tevarak-atrofdagi buyum va xomashyolar,

ularning xilma-xil sifatlariga, uy-ro‘zg‘or buyumlari (ko‘rpa-to‘shak, ko‘rpacha, yostiq, choyshab,

idish- tovoqlar) ularni bir-biridan farqlash va umumlashtirish, ustki kiyimlar turlari haqida

tasavvurlarini aniqlash va kengaytirishadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishdan asosiy maqsad bu bolaning

tejamkor bo‘lishi, narsalarning qadr-qimmatini bilishi uchundir. Iqtisodiy tarbiya berish asosan

o‘rta guruhlardan boshlanadi. O‘rta guruhdagi bolalarda bozor haqida bozordagi jarayonlar haqida


background image


286

tushunchalarni shakllantirish kerak. Katta guruhdagi bolalarda bozor, sotuvchi, xaridor,

mahsulotlarni ayirboshlash, pul birliklarini to'liq holda o'rgatish zarur.

Ibn Sino materiyanining eng sodda bo‘laklarga bo‘linmaydigan shakli to‘rt unsur: havo,

olov, suv, tuproqdan iborat, ularning o‘simlik, hayvonot olamiga ta’siri bebaho boyliklarni asrab-

avaylash kerakligi to‘g‘risida o‘zining “Aqsom ul-ulum ul-aqliya” (aqliy bilimlar tasnifi) asarida

fikr yuritadi.

Amir Temur mamlakatning iqtisodiy ahvolini ko‘tarishda savdoning ahamiyatini tushunib

bozorlar, rastalar, turli-tuman ustaxonalar barpo ettirib xalq hunarmandchilik san’atini taraqqiy

ettirdi. Shuningdek, xalq farovonligi, mamlakat obodonchiligi yo‘lida suv omborlari, to‘g‘onlar

qurishga, yangi yerlarni o‘zlashtirishga e’tibor berdi. Amir Temurning soliqlar haqidagi qoidasi

muhim ahamiyatga egadir.

A.N.Forobiy “Baxt-saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z

mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib

keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”.

A.Avloniy “Iqtisod deb, pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur” yana

“Hozirgi 64 zamonda maqsadga yetmoq, xalqqa maqbul bo‘lmoq uchun ilm va mol lozimdur”

kabi qimmatli g‘oyalarni olg‘a surgan. Masalan, uning quyidagi fikrlarini ko‘raylik:

“Amerikaliklar bir dona bug‘doy ekib, yigirma qadoq bug‘doy olurlar, yevropaliklar o‘zimizdan

olgan 5 tiyinlik paxtamizni o‘zimizga 25 tiyinga soturlar. Ammo biz osiyoliklar, xususan,

turkistonliklar, dumba sotib, chandir chaynaymiz: qaymoq berub, non o‘rniga kesak tishlaymiz,

so‘zning qisqasi, hozirgi zamonga muvofiq kishi bo‘lmak uchun ilm va ma’rifat ila barobar

iqtisod, insof tugamas sa’i, bitmas g‘ayrat lozimdir”.

Iqtisodiy tarbiya bu oilaning asosiy funksiyalaridan biri ham hisoblanadi. Oilada bolalar

ota-ona pulni qanchalik tejab ishlatishini ko‘rsa kelajakda ular ham xuddi shunday tejamkor

bo‘ladi. Ota-ona oila uchun kerakli biror bir narsa, keyinchalik olinishi kerak bo‘lgan xomashyo

uchun ham oldindan pul yig‘ib borishlari bolani iqtisodiy tarbiyasiga yanada yaxshi ta’sir

ko‘rsatadi. Umuman olib aytganda oila tejamkor bo‘lishi va kelajakda farzandlari ham shunday

bo‘lib yetishishi yaxshi tarbiyalanganliklaridan dalolat beradi.

Shu o‘rinda oila davlatga bitta farzandni voyaga yetkuzganga qadar bitta ,,Nexia”

avtomobili miqdoriga teng darjada iqtisodiy foyda keltiradi. Bolalarga yerosti va yerusti boyliklari

haqida aytib ularni ham tejash kerak ekanligini tushuntirish muhim. Suvni ham tejab ishlatish

iqtisodiy tarbiyaning bir shaklidir. Bularni maktabgacha yoshdagi bolalarga o‘yin mashg'uloti


background image


287

asosida ham o‘rgatamiz. Iqtisodiy tarbiyani har bir bolaga izchil ravishda o‘rgatib borish

tarbiyachining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Ubaydullayeva. Z. Maktabgacha ta'lim muassasasalarida iqtisodiy tarbiyani tashkil etish.

Toshkent.2022.

2.

O‘zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga

qo‘yiladigan davlat talablari. – T., 2018.

3.

Umarova, G. (2024). METHODOLOGY FOR THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC

AND AESTHETIC EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Modern Science and

Research, 3(2), 913-918.

4.

Umarova, G. (2023). PREPARING STUDENTS OF PRESCHOOL EDUCATION TO

DEVELOP THEIR ARTISTIC AND AESTHETIC ABILITIES ON THE BASIS OF ART

EDUCATION IN CHILDREN. Modern Science and Research, 2(12), 229-232.

5.

Umarova, G. (2023). ENHANCING METHODOLOGY FOR PREPARING

PRESCHOOL STUDENTS FOR ARTISTIC AND AESTHETIC EDUCATION.

Евразийский журнал академических исследований, 3(12 Part 2), 49-52.

6.

Umarova, G. A. (2022). FORMATION OF AESTHETIC CULTURE OF PRESCHOOL

CHILDREN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 552-558.

7.

Ergashev, R. N., Umarova, G. A., Taylokova, G. M., Eshonkulova, M. K., & Urakboevna,

Z. (2021). FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE IN FUTURE

LECTURERS.

湖南大学学

(

自然科学版

), 48(12).

References

Ubaydullayeva. Z. Maktabgacha ta'lim muassasasalarida iqtisodiy tarbiyani tashkil etish. Toshkent.2022.

O‘zbekiston respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. – T., 2018.

Umarova, G. (2024). METHODOLOGY FOR THE DEVELOPMENT OF ARTISTIC AND AESTHETIC EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Modern Science and Research, 3(2), 913-918.

Umarova, G. (2023). PREPARING STUDENTS OF PRESCHOOL EDUCATION TO DEVELOP THEIR ARTISTIC AND AESTHETIC ABILITIES ON THE BASIS OF ART EDUCATION IN CHILDREN. Modern Science and Research, 2(12), 229-232.

Umarova, G. (2023). ENHANCING METHODOLOGY FOR PREPARING PRESCHOOL STUDENTS FOR ARTISTIC AND AESTHETIC EDUCATION. Евразийский журнал академических исследований, 3(12 Part 2), 49-52.

Umarova, G. A. (2022). FORMATION OF AESTHETIC CULTURE OF PRESCHOOL CHILDREN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(6), 552-558.

Ergashev, R. N., Umarova, G. A., Taylokova, G. M., Eshonkulova, M. K., & Urakboevna, Z. (2021). FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE IN FUTURE LECTURERS. 湖南大学学报 (自然科学版), 48(12).