Authors

  • Dilyafruz Jumamuratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.33311

Abstract

Ushbu ilmiy maqolamizda biz bolalar mavzusining ommaviy axborot vositalarida yoritilishining o'ziga xos xususiyatini gazeta va jurnallar nashrlari misolida oʼrganamiz.

background image


499

BOLALAR MAVZUSINING OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA

YORITILISHINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATI. (GAZETA VA JURNALLAR

MISOLIDA)

Dilyafruz Jumamuratova

Berdaq nomidagi Qaraqalpoq Davlat Universiteti Qoraqalpoq filologiyası va Jurnalistika

fakulteti 2-kurs studenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11304865

Annotatsiya.

Ushbu ilmiy maqolamizda biz bolalar mavzusining ommaviy axborot

vositalarida yoritilishining o'ziga xos xususiyatini gazeta va jurnallar nashrlari misolida

oʼrganamiz.

Kalit soʻzlar:

Bolalar publitsistikasi,"Bolalar yo'ldoshi" , "Bolalar dunyosi",

"G'uncha.uz", "Gulxan.uz","Dono word" , "Jajji akademik", "Jetkinshek".

THE PECULIARITY OF COVERAGE OF THE CHILDREN'S TOPIC IN THE MASS

MEDIA. (IN THE CASE OF NEWSPAPERS AND MAGAZINES)

Abstract.

In this scientific article, we will study the peculiarity of coverage of the children's

topic in the mass media on the example of newspaper and magazine publications.

Key words:

Children's journalism, "Children's placenta", "Children's world",

"Guncha.uz", "Gulkhan.uz", "Wise word", "Jajji academician", "Jetkinshek".

ОСОБЕННОСТЬ ОСВЕЩЕНИЯ ДЕТСКОЙ ТЕМЫ В СРЕДСТВАХ МАССОВОЙ

ИНФОРМАЦИИ. (В СЛУЧАЕ ГАЗЕТ И ЖУРНАЛОВ)

Аннотация.

В данной научной статье мы изучим особенность освещения детской

темы в средствах массовой информации на примере газетных и журнальных публикаций.

Ключевые слова:

Детская журналистика, «Детская плацента», «Детский мир»,

«Гунча.уз», «Гульхан.уз», «Мудрое слово», «Джаджи академик», «Жеткиншек».

Bolalar mavzusin ommaviy axborot vositalarida aks ettirish va keng ommaga yetkazish,

ijtimoiy-siyosiy va axborot tayyorlash va uni uzatish jarayonlariga qaraganda biroz

mukammalroq.Sababi bolalar dunyosin tushinish va to'g'ri anglash,ularni yetuk shaxs darajasida

tarbiyalash,ijodini

keng

tadbiq

etish

uchun,

avvalo

ularning

auditoriyasini,yosh

darajasini,qiziqishlarin va ulgʼayish muhitini hisobga olgan holda harakat qilishlari kerak.

Bolalar mavzusini yoritish,o'zbek jurnalistikasi,tarixi va rivojlanish bosqichlari,ya'ni

bolalar publitsistikasi bilan bogʻliq.U dastlab jamiyatning bolalarga bo'lgan munosabatini

tushundiruvchi xodisa sifatida xalq og'zaki ijodida uchraydi.Eng avvalgi bolalar turmushini o'zida


background image


500

aks ettirgan maqolalar,asarlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ijod qilgan jadidlar asarlarida

keltirilgan. Masalan: Abdurauf Fitratning 1917-yili nashr qilingan "Oʻquv.Ibtidoiiy maktablarning

so'nggi sinfi uchun" to'plamiga kiritilgan"Yurtimiz.Arislon bilan botir " nomli maqolasi bolalar

uchun yozilgan boʻlib, bu maqolada o'sha yillari o'lkada yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy

o'zgarishlarni oddiy va tushunarli tilda bolalarga yetkazgan. O'zbekistonda XX asr boshlarida

paydo bo'lgan dastlabki bolalar nashrlari :

"Yosh turkistonchilar"

"Bolalar tovushi"

"Bolalar yo'ldoshi "

"Bolalar dunyosi"

"O'zgarish bolalari"

O'sib kelayotgan yosh avlodning yetuk bilim, yuqori ma'aviyat egalari bo'lib yetishishida

bolalar matbuoti,bolalar nashrlarining o'rni beqiyosdir. Bugungi kunda bolalar mavzusin

yoritishga asoslangan bolalar nashrlarining soni yildan-yilga ortib bormoqda.O'zbekiston

Respublikası prezidenti tomonidan qabul qilingan "2022-2026-yillarda Maktab taʼlimini

rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash haqida" gi farmonga asoslanib, maktab yoshidagi

bolalarning savodxonlik darajasini oshirish, ijodiy faoliyatini rivojlantirish va ularning

qiziqishlariga qarab, turli yo'nalishdagi to'garaklarni tashkil etish, qonun-hujjatida keltirilgan.

Mana shu farmonga muvofiq,bolalar matbuotini yanada takomillashtirish boʻyicha keng koʻlamli

ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekistonda bolalar matbuoti 1919-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.Masalan:

"Bolalar yo'ldoshi"(1919),"Tong"(1920),"Bolalar dunyosi"(1921),"Bilim o'chog'i"(1922-1923),

"Uchqun"(1923), "Yosh kuch"(1929-1937) jurnallari dunyo yuzini koʻrdi.

"Bolalar yo'ldoshi" jurnalı- 1919-yili Samarqandda totarlar maktabining o'qituvchisi va

boshlig'i Xabir Abdullayevning boshchiligida nashr etilgan.Bu jurnalga javobgar Abdurashid

Abdujabbor o'g'li edi. Bolalarga asoslanib nashr etilgen birinchi jurnal edi.Lekin bul jurnal 100-

soni chiqqandan soʻng o'z faoliyatini yakunlaydi.Sababi shu davrda ijtimoiy-siyosiy voqealarini

yoritish bilan birga,bolalar mavzusini yoritishga ham maʼlum darajada cheklovlar o'rnatilgan edi.

Mamlakatimizda 1929-yildan boshlab,"Lenin uchquni"(hozirgi Tong yulduzi")

gazetasi,"Pioner Vostoka"("Yosh kuch") jurnallarining muntazam ravishdagi nashrlar faoliyati

yo'lga qo'yildi. Mustaqillikga erishganimizdan soʻng, bolalar nashrlari roʻyxati bir qancha ortti.

Masalan: 1958-yildan buyon va hozirgi kunda ham faoliyat koʻrsatib kelayotgan "Gʼuncha"

jurnali", 1929-yilda birinchi marta "Yosh kuch" nomi bilan chiqa boshlagan,lekin ikkinchi jahon


background image


501

urushi yillari, ya'ni 1941-yili faoliyatini toʻxtatgan,1957-yilda "Pioner" nomi bilan nashr etilgan

va shu yilning oʻzida "Gulxan" nomiga oʼzgartilgan, 1929-yili "Lenin uchquni", 1992-yili "Tong

yulduzi" nomi bilan chiqa boshlagan jurnallar bugungi kunda ham oʻz faoliyatini yuritib

kelmoqda.Yuqorida nomi keltirilgan gazeta va jurnallarning barchasi-bolalar dunyo qarashini

kengaytirish,ijodini qoʻllab-quvvatlash, bolalar turmushida yuz berayotgan oʼzgarish va

yangiliklarini yoritishni maqsad qilgan.

"Gʼuncha" jurnali 1958-yilda oʼz faoliyatini boshlagan va bugungi kunda ham muntazam

ravishda nashr etilib kelayotgan maktab yoshigacha boʻlgan bolalar turmushini oʼzida aks ettirgan,

badiiy - adabiy bezakli Respublika jurnali.

Muassis: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston matbuoti va axborot

agentligi.

Jurnal: "Gʼunchaoy isteʼdodlari", "Oltin koʻprik" , "Sheʼr kulcha", "Qogʼozdagi kamalak",

"Topgan topaloq", "Jolly English", "Изучаем русский язык " rukni ostida oʼz maqolalarini

bolalar auditoriyasiga ulashadi .

Jurnalga 1958-1962-yillari Abdusodiq Irisov, 1962-1967-yili Sobir Yunusov,1967-1971-

yili Anvar Bo'riboyev,1971-1996-yili Yayra Sadullaeva, 1996-2000-yili Erkin Malikov,2000-

2007-yili Yoqutxon Rahimova,2007-2008-yili Umida Abduazimova, 2009-yildan buyon Dilfuza

Shomalikova muharrirlik qilib kelmoqda. "G'uncha" jurnalining 2024-yil 2-aprel kungi 4-sonida

"2-aprel Xalqaro bolalar kitoblari kuni" munosabati bilan "Bolalar bu kitoblarni o'qing: G'afur

G'ulom "Shum bola", Aleksey Tolstoy "Buratino va oltin kalit", "Eng kitobxon mamlakat",

"Fazodagi kutubxona" sarlavhasi ostida maqolalar keltirilgan.

Hozirgi kunda bolalar nashrlarining internet saytlari ham oʻz faoliyatini yuritib kelmoqda.

Masalan: "Gulxan", "Gʼuncha", "Dono Word" , "Jajji akademik" jurnallarining internettagi veb-

sahifasi www.gulxan.uz, www.gʼuncha.uz, www.dono.uz veb-saytlarining ishga tushishi bolalar

internet jurnalistikasining oʼziga xos tarafi bor ekanligi aniqlangan.

"Gulxan" jurnalining internettagi veb-saytı w.w.w.gulxan.uz 9 boʻlimdan iborat:

"Daholarning yoshligi", "Mashhurlar bolaligi", "Iste'dod millat mulki" , "Nishona", "Mulohaza

uchun mavzu", "English time" , "Qizlarjon", "Sog'lomjon".

Bosh muharrir : Zahro Hasanova.

Maktab yoshidagi bolalar uchun moʻljallangan oylik jurnal.

Gulxan.uz veb-saytining 2024-yil 4-sonida "Qodiriyni o'qib", "Tabiatning chin farzandi" ,

"Nayrangboz", "Barhayot shoir" sarlavhasi ostida maqolalar keltirilgan.


background image


502

Qoraqalpogʻiston Respublikasi da ham bolalar nashrlari yoʼlga qoʼyilgan.Bolalar va yosh

oʻsmirlar uchun moʻljallangan nashr "Jetkinshek" gazetasi 1932-yildan buyon faoliyat yuritib

kelmoqda.Jetkinshek gazetasida faqat gina bolalar ijodi berilib qoʼymastan, ularning erishayotgan

yutuqlari,yosh oʻsmirlarga yaratilib berilayotgan eʼtibor va imkoniyatlar,oʻzgarishlar keng

ommaga ulashilib kelmoqda.

Shiori: Jigerli bol jastan balam

Bosh muharrir: Zuhra Isakova.

Xulosa qilib aytganda,bolalar mavzusining ommaviy axborot vositalarda keng koʻlamda

yoritilishi,kelajagimiz boʼlgan yosh avlodning yetuk shaxs, yuqori mana'viyat egalari boʻlib

yetilishi uchun asos boʻlib xizmat etadi.Xalqimiz tomonidan bolalarga qaratilgan eʼtibor va

gʻamxoʻrlik, prezidentimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlarning barchasi, mamlakatimizda

bolalar huquqlarining kafolatlanganidan darak beradi.

REFERENCES

1.

N.Qosimova

Q.Xidirov

A.Safarov

X.Saidov

Yu.Ortiqova

M.Isomiddinova

N.Do'simbetova M.Abduraxmanova M.Saidova. Ixtisoslashgan jurnalistika.IX jild.

Toshkent."O'zbekiston".2019

2.

"Gulxan " jurnali.2024-yil 4-soni

3.

"G'uncha" jurnali 2024-yil 4-soni

4.

www.gulxan.uz

5.

www.g'uncha.uz

References

N.Qosimova Q.Xidirov A.Safarov X.Saidov Yu.Ortiqova M.Isomiddinova N.Do'simbetova M.Abduraxmanova M.Saidova. Ixtisoslashgan jurnalistika.IX jild. Toshkent."O'zbekiston".2019

"Gulxan " jurnali.2024-yil 4-soni

"G'uncha" jurnali 2024-yil 4-soni

www.gulxan.uz

www.g'uncha.uz