THE ROLE OF THE PRESS IN DELIVERING NEWS QUICKLY TO THE MASSES. ON THE EXAMPLE OF (HURRIYAT) NEWSPAPER.

HAC
Google Scholar
To share
Jumamuratova, D. (2024). THE ROLE OF THE PRESS IN DELIVERING NEWS QUICKLY TO THE MASSES. ON THE EXAMPLE OF (HURRIYAT) NEWSPAPER. Modern Science and Research, 3(2), 69–72. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/30156
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this scientific article, we will consider the role of the press and its unique features in conveying the latest news to the public using the example of "Hurriyat" newspaper.


background image


69

YANGILIKLARNI TEZKOR OMMAGA YETKAZISHDA MATBUOTNING O'RNI.

(HURRIYAT) GAZETASI MISOLIDA.

Dilyafruz Jumamuratova.

Berdaq nomidagi QDU Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti

2-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10826164

Annotatsiya

. Ushbu ilmiy maqolamizda eng so'ngi yangiliklarni ommaga yetkazishda

matbuotning oʻrni va o'ziga xos xususiyatini "Hurriyat" gazetasi misolida ko'rib chiqamiz.

Kalit so'zlari:

onlayn nashr, veb-sahifa, auditoriya, "The New York Times", "Vashington

Post", "Daily Telegraph", OAV ", Yangi O'zbekiston", "O'zbekiston Ovozi", "Xalq so'zi".

THE ROLE OF THE PRESS IN DELIVERING NEWS QUICKLY TO THE

MASSES. ON THE EXAMPLE OF (HURRIYAT) NEWSPAPER.

Abstract.

In this scientific article, we will consider the role of the press and its unique

features in conveying the latest news to the public using the example of "Hurriyat" newspaper.

Keywords:

online edition, web page, audience, "The New York Times", "Washington Post",

"Daily Telegraph", mass media, "New Uzbekistan", "Voice of Uzbekistan", "People "Zi".

РОЛЬ ПРЕССЫ В БЫСТРОМ ДОНЕСЕНИИ НОВОСТЕЙ ДО МАСС

(НА ПРИМЕРЕ ГАЗЕТЫ «ХУРРИЯТ»).

Аннотация.

В данной научной статье мы рассмотрим роль прессы и ее уникальные

особенности в донесении до общественности последних новостей на примере газеты

«Хуррият».

Ключевые слова:

интернет-издание, веб-страница, аудитория, «Нью-Йорк Таймс»,

«Вашингтон Пост», «Дейли Телеграф», СМИ, «Новый Узбекистан», «Голос Узбекистана»,

«Люди «Зи».

Ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy, siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni,

o'zgarishlarni keng ommaga taqdim etishda televideniye, radio, internet bilan birgalikda

matbuotning ham oʻrni beqiyosdir.

Televideniye auditoriyani o'ziga jalb qilishi uchun 40 yil, radio 20 yil davomida mehnat

qilgan bo'lsa, internet keng ommaga kirib kelgan dastlabki yillaridayoq, barchaning e'tiborini jalb

qila oldi. Bugungi kunda internetda: onlayn nashrlar, veb-sahifalar kunning eng qaynoq

yangiliklarni ommaga yetkazishda peshqadamlik qilmoqda.


background image


70

Mamlakatimizda OAV ning biri boʻlgan matbuot yaʼni gazeta va jurnallarga bo'lgan

ehtiyot borgan sari kamayib bormoqda. Ammo jahon matbuotiga nazar tashlasak, gazetalarning

har kuni va millionlab nusxalarda chop etilayotganini ko'rishimiz mumkin.

Masalan: Xitoy davlati (96.6 mln nusxa), Hindiston (78.7 mln nusxa), Yaponiya (69.7 mln)

nusxada kunlik gazetalarni nashr etib kelmoqda.

AQSh matbuotida "The New York Times", "The Vashington Post", Britaniyada "Daily

Telegraph" gazetalari eng yetakchi nashrlarning biri hisoblanadi. Jahon matbuoti qatori yurtimizda

ham har xil sohaga ixtisoslashgan gazetalar nashr etilib kelinmoqda. Masalan: Yangi O'zbekiston"

gazetasi siyosiy sohada, "Xalq so'zi", "O'zbekiston Ovozi" gazetalari ijtimoiy sohada, "Maʼrifat"

gazetasi ta'lim sohasida, "Yoshlar Ovozi" gazetasi yoshlar hayotidagi o'zgarish va islohotlarni

o'quvchi e'tiboriga havola etmoqda.

Ulug' maʼrifatparvar bobolarimiz, yaʼni jadidlar tomonidan tashkil etilgan "Taraqqiy",

"Najot", "Xurshid" gazetalarining yana biri boʻlgan," Hurriyat" gazetasi bugungi kunda ham o'z

faoliyatini olib bormoqda. Bu gazetaning yana bir eʼtiborli jihati shundaki, u faqat yangidan - yangi

o'zgarish va ijobiy jarayonlarni yoritish bilan birga, xato va kamchiliklarni terang anglagan holda

o'z faoliyatini yuritib kelmoqda.

Hurriyat gazetasi yurtimizda 1917-yilning aprelidan siyosiy, adabiy, iqtisodiy, ilmiy gazeta

sifati bilan, Samarqandda haftasiga ikki martadan chiqa boshladi. Samarqand jadidlari tomonidan

nashr etila boshlagan. Ushbu gazetaga: Akobir Shomansurov, Mardonqul Shomuhammedov,

Abdurauf Fitrat, Hoji Muin Shukrullo muharrirlik qilishgan. Samarqand jadidlari tomonidan

tashkil etilgan "Zarafshon" shirkati kutubxonasining asosiy sarmoyasi shu gazetaga sarflangan."

Hurriyat" 1917-1918-yillarda Turkiston o'lkasidagi, Toshkent, Samarqand shaharlaridagi

siyosiy jarayonlarni yoritishda asosiy manbalardan biri hisoblangan.

Hurriyat gazetasida: Mahmudxo'ja Behbudiy (" Buxoro voqealari", "Ittifoq kerak"),

Abdurauf Fitrat ("Yurt qayg'usi", "Musulmonlar g'aflatda qolmang"), Saidrizo Alizoda,

Saidahmad Siddiqiy va boshqa ziyolilar, o'z maqolalari bilan muntazam qatnashib turgan.

Gazeta 1918-yil 30-aprelida 87-soni nashr etilganidan so'ng Milliy ishlar komissarligi

tomonidan to'xtatilgan.

Hurriyat - ijtimoiy, siyosiy, huquqiy yo'nalishdagi mustaqil gazeta sifatida,1996-yil 27-

dekabrdan qayta nashrdan chiqa boshlaydi. Gazetaning 1-soni Karim Bahriyev bosh

muharrirligida chop etilgan.

Muassis: O'zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi.

Shiori: O'zingni angla.


background image


71

Gazeta: "Fikr", "Mulohaza", "Tafakkur", "Maʼrifat", "Huquq", "Jurnalist tekshiruvi" kabi

ruknlarda eng sara maqolalar chop etiladi.

1996-2002-yillarda gazetaga yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad muharrirlik qildi.

Ijtimoiy, siyosiy mavzularda: V.Alimasov, Z.Islomiddinov, O.Hayitov, huquqiy mavzuda

A.Jonuzoqov, manaviy-marifiy mavzuda: N.Hasanov, I.Ubaydullayevalar qiziqarli maqolalari

bilan qatnashib kelmoqda.

2005-yilga kelib, chop etilgan nusqalar soni 5000 donani tashkil etgan.

2002-2003-yillari gazeta nashirini, shoir Amirqul Karim boshqardi.2003-yil mart oyidan

2007-yil sentyabr oyiga qadar Hurriyat gazetasi muharriri sifatida Ismat Xudoyorov faoliyat

koʻrsatdi.

2007-2010-yillarda Abdurasul Jumaqulov gazetaga muharrirlik qildi. 2010-2019-yillar

oralig'ida Qulmon Ochildiyev Hurriyat gazetasi muharriri sifatida o'z faoliyatini olib bordi.

2019-yil o'z arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi.

Shu yili iqtisodiy sabablar tufayli gazeta o'z faoliyatini toʻxtatadi.

2020-yilga kelib, o'z faoliyatini qaytadan boshlaydi.

Bugungi kunda gazeta muharriri: Abdurasul Jumaqulov.

Hurriyat gazetasining boshqa gazetalardan ustunroq tarafi shundaki, u o'tmish va bugunni

birlashtirgan holda, o'z faoliyatini olib boradi.

Gazeta A-2 formatda 8 sahifadan iborat.

2024-yil 24-yanvar chorshanba kuni nashr etilgan sonida "Og'riq", "Uyushma faoliyati",

"Aks-sado", "Oliy talim","Mushoqoda", "To'lqin", "Nigoh" kabi ruknlar ostida: "Ziyoli ziyoliga

hamisha muxtoj, lekin...", Ulug' marifatparvarga ehtirom", "Ekologiya posbonlari nega jim",

"Yoshlar xalqimizning asosiy tayanchi" kabi maqolalar chop etilgan. Ushbu maqolalar ichida

e'tiborimni tortgan maqola- "Ziyoli ziyoliga hamisha muxtoj, lekin..." sarlavhasi ostida chop

etilganidir. Sababi bu maqolada bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lgan, ilmsizlik,

gazeta va jurnallar sotiladigan do'konlarning kamayib ketishi haqida so'z boradi. Muallif ushbu

maqolani quyidagicha izohlashni boshlaydi:

"Yangi gazeta sotib olmoqchi bo'lib yo'lga chiqdim. "Shahriston" bekati yonidagi Matbuot

do'koniga qaray mashinada yo'lga chiqdim. O'z manzilimga yetib keldim. Matbuot deb yozib

qo'yilgan qadrdon do'konning ko'rinishi mazmun-moxiyati tamoman o'zgarib ketibdi.

Peshoynasining bir tomoniga: Menyu: Popkorn 14990, Chips 4990, ikkinchi tomoniga: shokolad

12990, mandarin 9990, deb ro'yxatlar keltirilgan.

Hattoki shu yerda pensioner va o'qituvchilarga ish topib berish xizmati ham bor ekan.


background image


72

Butun boshli marifatxonani ovqatlanish joyiga aylantirib olgani, men uchun kutilmagan

vaziyat edi. Hattoki bu kabi barcha yozuvlar rus tilida yozilgani edi. Biz aholining turmush tarzi

va oylik xarajatini hisobga olib, gazeta va jurnallarga ixtiyoriy ravishda yozilish imkonini

berdik,lekin bu vaziyat gazeta va jurnallarga bo'lgan ehtiyotning yildan-yilga kamayib ketishiga

sabab bo'ldi."

Haqiqatan ham bunday achinarli holatni qanday izohlash mumkin. "O'z tarixini

bilmaydigan insonning, kelajagi ham qorang'udir", deyilganidek, Hurriyat gazetasining buguni va

tarixini o'rganish, hammamizning vazifamizdir. Ulug' maʼrifatparvar bobolarimiz yoqqan ilm

chirog'in hech qachon, o'chirmasligimiz kerak.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 22-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Respublika

Maʼnaviyat va maʼrifat kengashida shunday deydi: "Ilgari o'z maqsad va manfaatlarini diplomatiya

va siyosat bilan himoya qilib kelgan, dunyodagi qudratli markazlar endi ochiqchasiga, bosim

oʻtkazish, to'qnashuv yo'liga o'tgani, bunday o'ta ziddiyatli jarayonlarning taʼsiri Markaziy Osiyo

davlatlarini ham chetlab oʻtmadi. Mana shunday, ziddiyatli vaziyatlardan xoli boʻlish uchun, eng

avvalo, yoshlarimizni ziyoli qilib tarbiyalashimiz kerak. "Shu sababli yoshlarimizning ilimli

bo'lishida matbuotning oʻrni beqiyosdir. Ziyo manbalaridan doimiy xabardor boʻlishimiz uchun,

gazeta va jurnallardagi yangiliklarni o'qib, muntazam ravishda tanishib borishimiz kerak. Sababi

matbuot -bu xalqning ko'zgusidir.

REFERENCES

1.

Hurriyat gazetas.

2.

Hurriyat gazetasi 2024-yil.24-yanvar soni.

3.

Marifat gazetasi.2023-yil.

4.

Yangi O'zbekiston gazetasi.2023-yil.

5.

Qosimova N, Xidirov Q, Safarov A, Saidov X, Ortiqova Yu, Isomiddinova M,

Dosimbetova N, Abduraxmonova M, Saidova M. Ixtisoslashgan jurnalistika. IX том. –

Toshkent: “O’zbekiston”, 2019.

References

Hurriyat gazetas.

Hurriyat gazetasi 2024-yil.24-yanvar soni.

Marifat gazetasi.2023-yil.

Yangi O'zbekiston gazetasi.2023-yil.

Qosimova N, Xidirov Q, Safarov A, Saidov X, Ortiqova Yu, Isomiddinova M, Dosimbetova N, Abduraxmonova M, Saidova M. Ixtisoslashgan jurnalistika. IX том. – Toshkent: “O’zbekiston”, 2019.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов