Authors

  • Dilyafruz Jumamuratova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.36038

Abstract

Ushbu ilmiy maqolamizda biz sport mavzusiga oid yangilik va koʻrsatuvlarni tayyorlash va efirga uzatish mexanizmini Sport telekanali va ushbu telekanalda faoliyat yuritib kelayotgan koʼrsatuvlar tahlili misolida oʼrganamiz.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

229

SPORT MAVZUSIGA OID KOʻRSATUVLARNI TAYYORLASH VA EFIRGA

UZATISH MEXANIZMI.

(SPORT TELEKANALI MISOLIDA)

Dilyafruz Jumamuratova

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Qoraqalpoq filologiyası va Jurnalistika fakulteti 3-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12810110

Annotasiya.

Ushbu ilmiy maqolamizda biz sport mavzusiga oid yangilik va koʻrsatuvlarni

tayyorlash va efirga uzatish mexanizmini Sport telekanali va ushbu telekanalda faoliyat yuritib
kelayotgan koʼrsatuvlar tahlili misolida oʼrganamiz.

Kalit soʻzlar:

Sport tv, "Sport onlayn", "Match bot", "Sogʼlomjon-polvonjon", "Gʻalabaga

bir qadam", "Boʻlajak chempion", "Harakatda boʼl", "Superliga olami." Hudud vaqti".

A MECHANISM FOR PREPARING AND BROADCASTING SPORTS PROGRAMS.

(IN THE EXAMPLE OF SPORTS TV CHANNEL)

Abstract.

In this scientific article, we will study the mechanism of preparation and

broadcasting of sports news and programs on the example of the Sport TV channel and the analysis
of the programs currently operating on this channel.

Keywords:

Sport tv, "Sport online", "Match bot", "Healthy wrestler", "One step to victory",

"Future champion", "Be on the move", "World of Super League." Zone Time".

МЕХАНИЗМ ПОДГОТОВКИ И ТРАНСЛЯЦИИ СПОРТИВНЫХ ПРОГРАММ.

(НА ПРИМЕРЕ СПОРТИВНОГО ТЕЛЕКАНАЛА)

Аннотация.

В данной научной статье мы изучаем механизм подготовки и выхода в

эфир новостей и программ на тему спорта на примере анализа программ, действующих в
настоящее время на телеканале «Спорт».

Ключевые слова:

Спорт ТВ, «Спорт онлайн», «Матч-бот», «Здоровый борец»,

«Один шаг до победы», «Будущий чемпион», «Будь в движении», «Мир Суперлиги». Зонное
время».

Sport olamida sodir boʻlayotgan eng muhim voqealarni izlash, tahlil qilish va efirga uzatish

jarayonlari jurnalist faoliyatida oʻziga xos malaka va mahoratni talab etadi. Bunda sport mavzusini
yoritish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohalarni yoritishdan tubdan farq qiladi. Sababi sport
mavzusini keng ommaga taqdim etishda muxbir jurnalistika janrlari, tili va uslubini bilishi bilan
birga, tahlil qilayotgan sport turi boʻyicha maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Odatda sportga
ixtisoslashgan telekanallar muxbirlari u yoki bu sport turini chuqur oʻrgangan, terma jamoa
yetakchi sportchilari va ularning bosh murabbiylari bilan doimiy muloqatda boʻlib turadi.

Sportchilarning erishgan yutuqlari, qaysi musobaqa yoki olimpiya oʻyinlarida ishtirok

etgani va ularning kelajakdagi rejalari haqida maʼlumot toʻplaydi. Sport oʼyinlari paytida voqea
va hodisalar soniyalar ichida oʻzgarishi mumkin. Shu sababli ham sport musobaqalarida
ishtirokchi atletlar roʻyxati oʻzgarmaydi, lekin natijalar kutilmagan boʻladi. Masalan, kimdir
finalga chiqadi, boshqasi esa jarohat olib, oʼyin maydonini tark etadi.

Mana shunday vaziyatlarda jurnalist oʼz respondentini suhbatga torta olishi va tayyorlagan

reportajini tezkor ravishda efirga uzatishi kerak. Sport sohasi boshqa sohalarga qaraganda oʻzining


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

230

jonliligi bilan ajralib turadi. Sababi koʻplab olimpiya va terma jamoa oʼyinlari toʻgʻridan-toʻgʻri
efirga uzatiladi. Sharhlovchi jurnalist esa, oʼyin jarayonlarini bevosita sharhlashga harakat qiladi.

Ayniqsa sport oʼyinlari haqida batafsil maʼlumotlarni auditoriyaga jonli ravishda yetkazish

jurnalistdan ancha bilim va koʻnikmani talab etadi. Sport mavzusiga oid eng soʻnggi yangiliklarni
tezkor tarzda keng ommaga taqdim etishda yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan sportga
ixtisoslashgan telekanallar yetakchilik qilib kelmoqda. Shu oʻrinda "Sport teleradiokanali" ning
oʼrni beqiyosdir. Sport telekanali "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-
noyabrdagi Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi
qaroriga binoan tashkil etildi. Sport teleradiokanalining asosiy maqsad va vazifalari
quyidagilardan iborat:

1. Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga,

mamlakatimizda va chet ellardagi muhim sport tadbirlarini, respublika sportchilarining yutuqlarini
yoritishga yoʻnaltirilgan telekoʻrsatuvlarni tayyorlash;

2. Sogʻlom turmush tarzini keng ommalashtirish, bolalar sporti va oilaviy sportni ommaviy

tadbiq etish, milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini qayta tiklashga qaratilgan tele dasturlarni
tayyorlash;

3. Xorijiy teleradio kompaniyalarning eng yaxshi dasturlarini, shu jumladan, jahon sporti,

olimpiya harakati va xalqaro sport tashkilotlari faoliyatiga bagʻishlangan dasturlarni olib
koʻrsatish;

4. Xalqaro miqyosdagi sport musobaqalarini toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiya qilishni tashkil

etish.

Telekanal tashkil etilgan dastlabki yillarida:

"Поколения XXI", " Start", "Sport

onlayn", "Sogʼlomjon-polvonjon", "Match bot", "Texnosport", "Sport yangiliklari"

kabi

koʻrsatuvlar efirga berilgan. Bu koʼrsatuvlar tarkibidagi "

Sogʼlomjon-polvonjon"

koʼrsatuvi

bolalar hayoti va ular orasida sogʻlom turmush tarzini tahlil qilishni maqsad qilgan boʻlsa, "Sport
onlayn" koʼrsatuvi Jahon chempionati va sport musobaqalarini toʻgʻridan-toʻgʻri tamosha qilish
imkonini beradi. Sport olamida yuz berayotgan eng soʻnggi yangiliklar sharhi bilan oʻzbek tilida
"Sport yangiliklari" va rus tilida efirga uzatiladigan "Новости спорта" teledasturlari orqali
yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Ushbu telekanalning

2024-yil 17-iyul

kuni efirga

berilgan koʻrsatuvlar tarkibi quyidagilardan iborat:

"Harakatda boʼl", "Tanlov", "Boʻlajak

chempion", "Superliga olami", "Gʼalabaga bir qadam", "Hudud vaqti", "Kibersport",
"Sport yangiliklari " va "Bizning kurash".

Yosh avlodning sportga boʻlgan qiziqishlarini keng ommaga taqdim etish va kichik

yoshdagi bolalar yutuqlarini tomoshabinlar eʼtiboriga havola etish va shu orqali sport bilan
shugʻullanuvchilar safini kengaytirishni: " Boʻlajak chempion", "Harakatda boʼl" koʼrsatuvlari
oʼzida mujassam etgan.

"G'alabaga bir qadam" koʼrsatuvining 2024-yil 2-aprel kuni efirga berilgan sonida

"Bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish" sport turi boʻyicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 8 karra
Jahon chempioni, 3 karra Osiyo chempioni, jahon rekordchisi Islom Hokimjanov haqida soʻz
etiladi.

Koʼrsatuv boshlovchisi: Mirzufar Sharipov.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

231

Koʼrsatuv boshida jurnalist oʻz suhbatdoshiga bu sport turiga boʼlgan qiziqishi va unga

qoʻygan ilk qadami qachon boshlangangligi haqida savol beradi. Keyin esa bu sport turiga qanday
talablar qoʻyilishi haqida batafsil tarzda oʼz respondentiga yuzlanadi.

"Gʼalabaga qoʻygan ilk qadamim yaqinlarimning va murabbiylarimning menga bildirgan

ishonchi va qoʻllab-quvvatlashi orqali boshlandi", deydi koʼrsatuv qahramoni Islom Hokimjanov.

Jurnalist Mirzufar Sharipov efirga tayyorlagan ushbu koʼrsatuvi davomida respondentiga

juda yaxshi va mazmunli savollari bilan murojaat qiladi va shu orqali auditoriyani oziga jalb etadi.

Oʻzbekiston Respublikasida boʻlib oʻtadigan futbol chempionati va unda Oʻzbekiston

Futbol terma jamoa sportchilarining ishtiroki, oʼyin maydonida yuzaga kelgan vaziyatlar haqida
"Futbol olami" koʼrsatuvi soʼz etadi. Koʼrsatuv boshlovchisi: Abror Imomxoʻjayev.

Koʼrsatuvning 2024-yil 18-iyun kuni efirga berilgan sonida Superliganing 11-turi

boshlanishidan oldin 6-turning Dinamo Olimpik ishtirokida qoldirilgan uchrashuvi haqida soʻz
boradi.

Umumlashtirib aytganda Sport mavzusi va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirish

va keng ommaga taqdim etish har bir sport jurnalistidan oʼziga xos malaka va tajribani talab etadi.

Sababi har bir sport turining oʼziga xos xususiyatlari bor. U haqida batafsil maʼlumot

toʻplash, tahlil qilish va efirga uzatish yurtimizda sport jurnalistikasi va sport sohasining yanada
yetilishib rivojlanishiga asos boʻladi.


REFERENCES

1.

N.Qosimova, Q.Xidirov, A.Safarov, X.Saidov, Yu.Ortiqova, M.Isomiddinov,
N.Dosımbetova, M.Abduraxmanova, M.Saidova. Ixtisoslashgan jurnalistika. IX jild.
Toshkent."Oʻzbekiston".2019.

2.

Roʻziev.F, Joʻrayeva.X Telejurnalistga tavsiyalar.T."Sharq" 2013.

3.

3.Nurmatov A, Toʼxtaeva N. SHarhlash jurnalistikasi.T. "Bayaz".2013.

4.

Doʻstmuhammad.X. Axborot-mojiza joziba falsafa. "Yangi asr avlodi". 2013.

5.

Sport Tv. "Gʻalabaga bir qadam" koʼrsatuvi.

6.

Sport Tv. "Superliga olami" koʼrsatuvi.

7.

Sport Tv. "Sogʻlomjon-polvonjon" koʼrsatuvi.

References

N.Qosimova, Q.Xidirov, A.Safarov, X.Saidov, Yu.Ortiqova, M.Isomiddinov, N.Dosımbetova, M.Abduraxmanova, M.Saidova. Ixtisoslashgan jurnalistika. IX jild. Toshkent."Oʻzbekiston".2019.

Roʻziev.F, Joʻrayeva.X Telejurnalistga tavsiyalar.T."Sharq" 2013.

3.Nurmatov A, Toʼxtaeva N. SHarhlash jurnalistikasi.T. "Bayaz".2013.

Doʻstmuhammad.X. Axborot-mojiza joziba falsafa. "Yangi asr avlodi". 2013.

Sport Tv. "Gʻalabaga bir qadam" koʼrsatuvi.

Sport Tv. "Superliga olami" koʼrsatuvi.

Sport Tv. "Sogʻlomjon-polvonjon" koʼrsatuvi.