ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
680
FITRAT VA UNING MATNSHUNOSLIKKA DOIR ISHLARI
Xongeldiyeva Sevara Shuxrat qizi
O’zbek filologiyasi fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish:
o’zbek tili ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.11911971
Annotatsiya.
Bu maqolada jadidlarning matnshunoslikka qo’shgan hissasi va bu boradagi
qilgan ishlari haqida fikr-mulohazalar bildirilgan.
Kalit so’zlar:
o’zbek matnshunosligining rivojlanishi, jadidlar faoliyati, Fitrat
matnshunos.
FITRAT AND HIS TEXTUAL STUDIES
Abstract.
In this article, the contribution of Jadids to textual studies and the work done in
this regard are expressed.
Key words:
the development of Uzbek textual studies, the activity of moderns, Fitrat textual
scholar.
ФИТРАТ И ЕГО ТЕКСТОЛОГИЧЕСКИЕ ИССЛЕДОВАНИЯ
Аннотация.
В данной статье высказываются мнения о вкладе джадидов в
текстологию и их работе в этом направлении.
Ключевые слова
: развитие узбекского текстологии, деятельность современников,
текстолог Фитрат.
Matnshunoslikning tarixiy ildizlari eng qadimgi davr yozma yodgorliklari matnini
o’rganishga borib taqaladi. O’zbek (turkiy) matnshunosligi tarixi xususida so’z ochar ekanmiz,
uning ibtidosi sifatida qadimgi manbalar matni bilan bog’liq holda olib borilgan ishlar haqida
gapirish o’rinlidir. O’zbek (turkiy) matnshunosligi shakllanishida qadimgi yodgorliklar,
bitiktoshlar va kitobning ilk namunalari katta ahamiyat kasb etgan.
O’tgan davrda yashab ijod etgan ko’plab mutafakkir adiblarimiz matn tuzish ishlari
qanchalik muhim ekanligiga e’tibor qaratganliklarini alohida ta’kidlash kerak. Masalan, qomusiy
olimlar Abu Rayhon Beruniy, Abu nasr farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg’ariy
faoliyatida buni ko’rish mumkin.
Farobiy “Xattotlik haqida kitob” (“Kitob fi san’at at-kitobat”) asarida aynan yozuv turlari
va xattotlik mahorati masalalariga ahamiyat qaratdi[3].
Undan keying davrlarda ham o’zbek matnshunosligi shakllanishi davom etdi.
Adabiyotshunos olim A.Hayitmetov o’zbek matnshunosligi rivojlanishi xususida so’z
yuritarkan, shularni yozadi: “Bizda matnshunoslikning taraqqiyoti matnshunos olimlar nomi
bilangina bog’liq emas. Birinchi manbalar ustida ilmiy-tadqiqot olib boruvchi ko’pgina
adabiyotshunoslar ham, asosiy kasbiga ko’ra matnshunos bo’lmasa ham, tekstologik tegshirish
ishlari olib borishga majbur bo’lgan va bu sohada muhim vazifalarni amalga oshirib, tekstologiya
rivojiga o’z hissalarini qo’shganlar”.
Adabiyotshunos Vadud Mahmud, Fitrat, munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurahmon
Sa’diy, Sadriddin Ayniy, Hodi Zarif kabilar mumtoz adabiyot vakillari ijodini ilmiy muomalaga
olib chiqish va xalqni madaniy meros bilan tanishtirishda qator vazifalarni bajarishdi.
ISSN:
2181-3906
2024
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 3 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
681
Masalan, Adabiyotshunos, shoir, publitsist Vadud Mahmudni to’la ma’noda matnshunos
deya olmaymiz. Lekin u ilmiy maqolalari, jumladan “Navoiygacha turk adabiyoti”, “Alisher
Navoiy”, “Fuzuliy Bog’dodiy” kabi ishlarida qo’lyozma va toshbosma nusxalardan “misqollab
yiqqan faktlari bilan Alisher Navoiy va Fuzuliy hayoti va ijodini muxtasar yoritib beradi”.
Abdurauf Fitrat o’zbek adabiy tanqidchilik, manbashunoslik va matnshunoslik sohasi
tarixida o’ziga xos mavqeiga ega bo’lgan shaxsdir. Uning ilmiy-tanqidiy maqolalari, nashr ettirgan
kitoblari matnshunoslik ishlari bilan daxldor hisoblanadi. Xususan, Fitrat yozma yodgorliklarning
nashrga tayyorlanishiga printsipial yondashadi.
U bugungi kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelayotgan “Adabiyot qoidalari”, “Eng
eski turk adabiyoti namunalari”, “O’zbek adabiyoti namunalari” kitoblari materiallarini aynan
qo’lyozma manbalar asosida tayyorlagan. Fitrat Navoiyning asarlari manbalarini o’rganishga
alohida e’tibor qaratgan.
Qo’lyozma manbalarni nashrga tayyorlash, xususan, mumtoz shoirlar ijodidan namunalar
jamlab, chop ettirish matnshunoslikka oid izlanishlar olib borganligini ko’rsatadi [1]. Shundan
kelib chiqsak, jadidchilik nafaqat ijtimoiy harakat sifatida, balki ilm va ma’rifatdagi yangilanish
sifatida ham adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga ega[2].
Jumladan, Fitrat “O’zbek adabiyoti namunalari jakmuasida Zahiriddin Muhammad Bobur
ijodiga keng o’rin ajratilgan. Namunalarni taqdim qilar ekan, Turkiyadagi nashrlarni ham e
‘tibordan chetga qoldirmagan. Fitrat “O’zbek adabiyoti namunalari” uchun Bobur g’azallarni
tanlab olayotganda dastlab tayanch manbalar sifatida A.N.Samaylovich tasnififa aoslangan.
Xulosa qilib shuni aytish mukinki, Fitrat o’z davriningi yirik matnshunosi sifatida noyob
qo’yozmalarni ilmi ahli va xalqqa tanishtirishni o’z oldiga maqsad qilib olgan. Va natijada bir
qancha mumtoz asarlarimizning qo’lyozma nusxalari olib qolib qolingan.
REFERENCES
1.
Boltaboyev H. Boburshoh Fitrat talqinida, Mumtoz so’z qadri. –T.: Adolat, 2004.
2.
Fitrat. O’zbek adabiyoti namunalari. 1 jild –T.; Mumtoz so’z.2013
3.
Hamroyeva O. XX asr boshlari matnshunosligi taraqqiyotida Fitrat majmualarining o’rni.
Monografiya. –T. : Akademnashr , 2019.
