DOCTORS SPEECH CULTURE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xongeldiyeva, S., & Umurqulov, B. (2023). DOCTORS SPEECH CULTURE. Modern Science and Research, 2(6), 1212–1214. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21593
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides insights into the importance of speech culture in the fields, the specific speech of a physician, and the importance of speech in medicine.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1212

SHIFOKORLAR NUTQ MADANIYATI

Xongeldiyeva Sevara Shuxrat qizi

O’zbek filologiyasi fakulteti

Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili ta’limi yo’nalishi

2-bosqich talabasi

Umurqulov Bekpo’lat

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.8077906

Annotatsiya.

Bu maqolada sohalarda nutq madaniyatining muhimligi, shifokorning o’ziga

xos nutqi, tibbiyotda nutqning muhim vosita ekanligi borasidagi fikr-mulohazalar bildirilgan.

Kalit so’zlar:

til, sohalarda nutq madaniyati, tibbiyot nutqi, tibbiyot muloqotining turlari,

shifokor nutqi.

DOCTORS SPEECH CULTURE

Abstract.

This article provides insights into the importance of speech culture in the fields,

the specific speech of a physician, and the importance of speech in medicine.

Key words:

language, speech culture in areas, medical speech, types of Medical

Communication, doctor's speech.

КУЛЬТУРА РЕЧИ ВРАЧЕЙ

Аннотация.

В данной статье высказываются мнения о важности речевой

культуры в отраслях, конкретной речи врача, о том, что речь является важным
инструментом в медицине.

Ключевые слова:

язык, культура речи в сферах, медицинская речь, виды

медицинской коммуникации, речь врача.


Til inson aqliy, ruhiy va amaliy faoliyatining asosiy quroli, inson o’zligini namoyon qila

oladigan kuchdir. U birgina kommunikatsiya vositasi bo’lmasdan, insonlarning odob-axloq ziynati
ham hisoblanadi. Abdulla Avloniy aytganidek so’z insonning daraja va kamolini ilm va fazlini
o’lchab ko’rsatadigan tarozisidur[2,2]. Tildan to’g’ri va o’rinli foydalanish, fikrini ravon, go’zal
qilgan holda fikrini bayon qilish har bir kasb egasi uchun birdek muhim. Yildan yilga tilga bo’lgan
e’tiborning ortishi, har bir sohada nutq madaniyatiga bo’lgan e’tiborni kuchyatirish, tildan unumli
foydalanish chora-tadbirlarini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylantirib
qo’ydi. Shular orasida tibbiyot xodimlari nutqiga e’tibor ham muhim ahamiyatga ega. Chunki
shifokor tomonidan ishlatilgan har bir o’rinli so’z bemorga jon ozig’i, uning dardiga malham bo’la
oladigan, kasallikni yengish mumkin bo’lgan eng oddiy, lekin asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Shunday kasalliklar borki ularning birinchi davosi so’z. Qadimdan so’z buyuk shifobaxsh kuch-
qudratga ega bo’lib kelgan. So’z odamzot zabonidagi eng aziz gavhardir. Mashhur yunon hakimi
Buqrot “Inson ruhini davolamay, tanga shifo berib bo’lmaydi”, deb ta’kidlaganida aynan “so’z”
ni nazarda tutgan. Darhaqiqat, turli kasalliklar ruhiyatda u yoki bu o’zgarishlarni vujudga keltiradi,
bu esa bemorlar bilan bo’lgan muloqotda o’z ifodasini topadi. Inson aqliy va fiziologik
faoliyatining mevasi – nutq orqali bu muloqot namoyon bo’ladi. Zamonaviy tibbiyotda shifobaxsh
omil sifatida so’zning ahamiyati yanada ortdi. Turli davrlarda nutq madaniyatiga doimo katta
e’tibor bilan qaralgan. Nutq madaniyatiga, bemor bilan muloqot san’atiga bekamu ko’st, mohirona
amal qilish oson emas. Bu tibbiyot xodimidan yuksak ruhiy manbani, yuqori madaniyatni, o’ta


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1213

nozik darajadagi sezgirlikni, bilimni, matonatni va hatto ba’zida aktyorlik darajasidagi mahoratni
talab qiladi.

Qadimgi hind tabibi sushruta: “So’z muloyim, yoqimli va umidvor qila oladigan, ruhga

taskin berguvchi bo’lmog’i lozim”, deb yozgan edi. Bu fikrlar hozirgi zamonda ham dolzarbdir.
Abu Ali ibn Sinoning zamondoshi Muhammad Zakariyo ar-Roziy “Tibbiyot hikmatlari” asarida
shunday yozadi: “O’zini tib olamiga bag’ishlagan inson eng avvalo, bilimli, kamtarin insonparvar,
haqparvar, mulohazali, fahm-farosatli, istalgan masalaning mohiyatini tushuna oladigan bo’lishi
lozim”. Bu ta’rifga sazovor bo’lish uchun tibbiyot xodimidan katta bilim sohibi bo’lish talab
qilinadi. Buning uchun shifokor va hamshira tib ilmlarini egallabgina qolmay, balki adabiyot,
san’atni bilishi, nutq go’zalligini takomillashtirishi lozim. Nutqning vazminligi, yorqinligi
go’zalligi va hikmatliligidan tashqari, shifokor va hamshira uchun nutqdagi xulq-atvor, uslub,
ohang, dadillik, ma’lum darajada chiroyli talaffuz ham muhimdir. Shifokor va hamshiraning nutqi
dalilga asoslangan, va ishontiruvchan, bemorni o’ziga rom qilib oladigan, aytgan tavsiya va
ko’rsatmalariga, rioya qilishga undaydigan bo’lishi kerak. Shifokorning nutqi va fikri maqsadli,
izchil bo’lishi, bemor uning so’zlaridagi kuchni, asoslanganlikni hamda o’zi haqidagi
g’amxo’rlikni sezishi kerak.

Umuman olganda shifokor nutqiga bo’lgane’tibor juda qadim zamonlardan beri mavjud

bo’lsa-da, hozirgi kundagi ijtimoiy, siyosiy, iqtosodiy o’zgarishlar, fan-texnologiyaning shiddat
bilan rivojlanishi, ulardagi yutuqlar, shu bilan birga tibbiy-biologik, tibbiy-profilaktik, tibbiy-
kimyoviy, tibbiy-texnik tushuncha va atamalar sonining tez sur’atlarda o’sib borishi, ularni xalqqa
to’g’ri yetkaza olish tibbiyot xodimlari nutqiga yanada e’tibor qaratish, ularning nutq boyligini
oshirishni zamon talabiga aylantirib qo’ydi[3,2]. Shifokor bemor bilan muloqotga kirishar ekan
bemorning qanday kasallik bilan chalingani, kasbi ijtimoiy sharaoiti, yoshi, gender xususiyati,
tibbiy bilim darajasi, ruhiyatini kabilarni hisobga olishi, avvalo, muloqot madaniyatining eng
muhim belgisi bo’lgan bemorni tinglay olish qobiliyatiga ega bo’lishi ham darkor. Kasalliklar turli
bo’lgani kabi ana shu kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqot ham turlicha bo’lishi kerak.
Shifokor ruhiy kasallikka chalingan bemor bilan genekologik yoki onkologik kasallikka chalingan
bemorlar bilan muloqot qilganday muloqot qila olmaydi. Turli xastalik bilan og’rigan bemorlar
ruhiyati bir-biridan umuman farq qilib, ba’zilari o’ziga qo’yilgan to’g’ri tashxisni ko’tara olishsa,
ba’zilari ko’tara olishmaydi, ba’zilari savol-javob boshlanishi bilanoq vahimaga tushib qolishadi.
Natijada Ibn Sino aytganidek kasallikdan vahimasi kuchli bo’lib, ularda qo’shimcha kasalliklar
vujudga kela boshlaydi. Bu ilmiy isbotini topgan nazariya bo’lib, bunday bemorlar ko’pincha
yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va asab kasalliklarini orttirib olishlari, ba’zi hollarda
o’lim holatlari kuzatilgan. Yoki yosh bola bilan kattalardek suhbat qurib bo’lmaydi. Ana shundan
kelib chiqqan holda, tibbiy muloqot turlarini quyidagicha keltirishimiz mumkin:

1.Kasallik bilan bog’liq muloqot turlari:
-ruhiy kasallik bilan og’rigan bemorlar bilan muloqot;
-yurak-qon tomir kasalliklari bilan og’rigan bemorlar bilan muloqot;
-yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlar bilan muloqot;
-ginekologik kasalliklar bilan og’rigan bemorlar bilan muloqot;
-onkologik kasalliklar bilan og’rigan bemorlar bilan muloqot;
-surunkali kasalliklar bilan og’rigan bemorlar bilan muloqot.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1214

Hozirgi kunda onkologik kasalliklar aholi orasida biroz keng tarqalayotgan kasalliklardan

biri hisoblanadi. Ko’pchilik bemorlar bu kasallik nomini eshitishlari bilan qo’rquvga tushib
qoladilar. Salomatligidan shikoyat qilib kelgan bemorlar orasida o’sma kasalligiga xos belgilar
kuzatilsa, ularga onkolog ko’rigidan o’tib kelish maslahati beriladi. Bu esa bemorlarda hadik
hissini oshiradi. Shunday paytlar shifokorlar xushmuomalalik bilan

“bu oddiy tekshiruv ekanligi”,

“unda xavfli o’sma yo’qligi”, “kasallikning oldi qancha erta olinsa, u rakka aylanmasligi”,
“tekshiruvlardan o’tmasa to’g’ri tashxis qo’ya olmasligi”

ni shifokor o’z nutqi orqali to’g’ri

tushuntira olsa, bemorlarda hadik hissi yo’qolib, shifokor tavsiyalarini to’g’ri qabul qiladi.
Onkologik kasalliklarda ko’pincha muolaja paytlarida ayollar sochi olib tashlanadi. Bu esa
ayollarga biroz og’irdek tuyuladi, ayollar husniga husn qo’shib turuvchi sochlaridan ayrilgisi
kelmaydi, boshqalar oldida hijolatlik hissi uyg’onadi. Shunda shifokor

“To’g’ri sochlaringiz juda

chiroyli, lekin siz ularsiz ham go’zalsiz. Hozir sizning sog’ligingiz bundanda muhim. Hali oyoqqa
turib ketsangiz, sochlaringiz hozirgidanda go’zal bo’lib o’sadi”[1,10],

deb, bemor ko’nglini

olishi, bu narsa “fojia” emasligini uqtira bilishi kerak. Bu esa shifokorlarning bemorlarga bo’lgan
nutq madaniyati bilan bevosita bog’liq!

Xulosa qilganda, nafaqat tibbiyotda balki boshqa sohalarda va shu soha vakillari uchun

ham nutq madaniyati alohida ahamiyatga ega. Hozirgi kunda barcha sohalarda ijtimoiy aloqa
rivojlanib bormoqda. Bu esa jamiyatdagi har bir inson nutq madaniyatini o’zlashtirgan bo’lishi
kerakligini keltirib chiqaradi. Ayniqsa yuqorida ta’kidlanganidek, insonlar ruhiyatiga psixologik
jihatdan turli kasalliklarni yengish uchun taskin beruvchi, ularni davolovchi shifokorlar nutqi
bemorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi va o’lim yoqasidagi bemorga ham yashash umidini
bag’ishlaydi. So’z va odam nutqi ana shunday qudratli kuchga ega!


REFERENCES

1. Mashaqqatli yo’lda yo’ldoshimiz. Saodat. 2014. 4-son.

2.

www.ziyouz.com.Abdulla

Avloniy.Turkiy guliston yoxud axloq.

3.

www.sciencebox.uz/Shifokorning

tibbiy muloqot san’ati.

References

Mashaqqatli yo’lda yo’ldoshimiz. Saodat. 2014. 4-son.

www.ziyouz.com.Abdulla Avloniy.Turkiy guliston yoxud axloq.

www.sciencebox.uz/Shifokorning tibbiy muloqot san’ati.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов