THE ART OF MEDICAL COMMUNICATION IN SPEECH

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xongeldiyeva , S., & Umurqulov , B. (2023). THE ART OF MEDICAL COMMUNICATION IN SPEECH. Modern Science and Research, 2(6), 1209–1211. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21592
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides insights into the importance of speech culture in the fields, the specific speech of a physician, and the importance of speech in medicine.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1209

NUTQDA TIBBIY MULOQOT SAN’ATI

Xongeldiyeva Sevara Shuxrat qizi

O’zbek filologiyasi fakulteti

Filologiya va tillarni o’qitish: o’zbek tili ta’limi yo’nalishi

2-bosqich talabasi

Umurqulov Bekpo’lat

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.8077876

Annotatsiya.

Bu maqolada sohalarda nutq madaniyatining muhimligi, shifokorning o’ziga

xos nutqi, tibbiyotda nutqning muhim vosita ekanligi borasidagi fikr-mulohazalar bildirilgan.

Kalit so’zlar:

til, sohalarda nutq madaniyati, tibbiyot nutqi, tibbiyot muloqotining turlari,

shifokor nutqi.

THE ART OF MEDICAL COMMUNICATION IN SPEECH

Abstract.

This article provides insights into the importance of speech culture in the fields,

the specific speech of a physician, and the importance of speech in medicine.

Key words:

language, speech culture in areas, medical speech, types of Medical

Communication, doctor's speech.

ИСКУССТВО МЕДИЦИНСКОГО ОБЩЕНИЯ В РЕЧИ

Аннотация.

В данной статье высказываются мнения о важности речевой

культуры в отраслях, конкретной речи врача, о том, что речь является важным
инструментом в медицине.

Ключевые слова:

язык, культура речи в сферах, медицинская речь, виды

медицинской коммуникации, речь врача.

Inson borki, u qanaqadir xastalikka chalinsa shifokor xuzuriga boradi, undan o’ziga shifo,

najot va tasalli istaydi. Shu onda bemor hayoti va va mamoti shifokor qo’lida bo’lib qoladi. Mana
shu holatda shifokor tibbiy bilimga ega bo’lish qatorida, o’ziga xos muloqot san’atining ham egasi
bo’lmog’i darkor. Bemorga beriladigan birinchi yordamtibbiy ko’nikmalar vositasida amalga
oshirilsa, ikkinchi yordam esa shifokor va bemor o’rtasidagi muloqotdir. Birinchi yordam munosib
ko’rsatilib, keyingisi to’g’ri berilmasa bemor holatida ijobiy o’zgarishlar bo’lishi qiyinlashadi. Bu
fikrimizning isboti sifatida Alisher Navoiyning quyidagi so’zlarini keltirishimiz mumkin:

“Tabib o’z fanining bilimdoni bo’lishi, bemorlarga mehr-shafqat bilan muomala qilishi, asl

tib ilmiga tabiati kelishmog’i, donishmandlarning so’ziga rioya qilib, ularga ergashmog’i,
muloyimso’z va bemor ko’nglini ko’targuvchi va andishali, xushfe’l bo’lmog’i kerak. Tabib o’z
kasbida mohir bo’lsa-yu, ammo o’zi badfe’l, beparvo, qo’polso’z bo’lsa, bemorni har qancha
muolaja qilmasin, baribir uning mijozida o’zgarish paydo qilolmaydi.

Shirin so’zli mohir tabib tan xastaligiga shifodir,
Badfe’l, serjahl va savodsiz tabib esa el joniga balodir”[1,15].
So’z kuchli qudratga ega. Shunday ekan, shifokor va hamshira bemorga eng avvalo so’zi

orqali ta’sir qilish mahoratiga ega bo’lishi kerak, ya’ni bemor bilan suhbatda shirinsuxan, so’zlar
tushunarli, ishonarli, bir so’z bilan aytganda, notiq bo’lishi lozim.

Tibbiyot xodimining ishi faqat katta jismoniy ish bajarish bilan emas, balki katta

emotsional (ruhiy) zo’riqish bilan bog’liqdir. Bunday zo’riqish bemor bilan muomala qilish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1210

chog’ida ularning haddan ziyod ta’sirchanligi, kasallik tufayli injiq bo’lib qolishi, jizzakiligi
natijasida vujudga keladi. Ruhiy zo’riqish, shuningdek, shifokor amaliyotiga xos salbiy holatdir.
Zero, ulardan sabr-matonat, o’z ishiga fidoyilarcha yondashish talab qilinadi. Ayniqsa, hamshira
kasallar orasida ko’proq bo’ladi. Shuning uchun aniq harakatlari va shifokorning ko’rsatmalarini
mahorat bilan bajarishi, bemorga xayrixohlik bilan samimiy munosabatda bo’lishi kasal ruhiyatiga
ijobiy ta’sir etadi, g’amxo’rlik, diqqat-e’tibor hamshira bilan bemor o’rtasidagi aloqaning asosi
hisoblanadi. Bunda so’z, nutq madaniyati katta ahamiyatga ega. Ana shundan kelib chiqqan holda,
tibbiy muloqot turlarini keltirishimiz mumkin. Masalan, surunkali kasalliklar bilan chalungan
bemorlar bilan muloqot qilish juda qiyin. Chunki ular doimiy ravishda shu kasallik bilan
og’riydilar, uzoq vaqt davomida shifoxonalarda yotishadi, ular o’z kasalliklaridan, shifokor
berayotgan tavsiyalardan zerikib qolishadi. Ularning o’zi “shifokor”ga aylanib qoladilar. Shu bilan
birga tez asabiylashadigan, injiq bo’lib qolishadi. Bunday bemorlar bilan ishlaydigan
shifokorlardan katta sabr talab qilinadi.

Yosh bilan bog’liq tibbiy muloqot turlari:
-kichik yoshdagi bolalar bilan tibbiy muloqot;
-o’smir va o’spirinlar bilan tibbiy muloqot;
-o’rta yoshlilar bilan tibbiy muloqot;
-keksa yoshlilar bilan tibbiy muloqot.
Yosh ham bemor shifokor o’rtasidagi muloqotda muhim o’rinda turadi. Masalan, kichik

yoshdagi bolalar bilan muloqot qilish juda nozik bo’lishi kerak. Uning keying tibbiy ko’riklardan
qo’rquvga tushmasligi uchun bu muhim sanaladi. Chunki bu yoshdagi bolalar ruhiyati juda
ta’sirchan bo’lib atrofdagi kayfiyatni o’ziga tezda yuqtiradi. Masalan, hali yurish yoshiga
yetmagan bolalarda suv terapiyasi o’tkazilib turiladi. Bolani suvdan qo’rqmasligi uchun u bilan
tinch, sokin holatda suhbat qurish lozim. Bola bilan doim shirin ohangda gaplashish, uni tinimsiz
erkalatib, olqishlab turish lozim.

“Voy, buncha shirintoy, barakalla!”, “Qaranglar qo’lchalarini

qanday qimirlatyapti”, “Suv iliqqina, yumshoqqina, umboq bolamizni sog’lom, baquvvat qiladi”

va shunga o’xshash so’zlarni kanda qilmaslik kerak. Lekin zinhor qo’pollik yoki baqir-chaqirga
yo’l qo’ymaslik darkor[2,2].

Gender xususiyati bilan bog’liq muloqot turlari:
-ayollar bilan tibbiy muloqot;
-erkaklar bilan tibbiy muloqot[3].
Bemordan uyalgan tabib bo’lolmaydi deyishsa-da, bemor tabibdan uyalishi, o’zida

bo’layotgan holatlarni bemalol aytishga, tavsiyalarini eshitishga hijolat bo’lishi mumkin. Shu
paytda shifokor bemorning jinsini hisobga olgan holda u bilan muloqotga kirishishi maqsadga
muvofiq. Nutqida o’zaro har tomonlama sohaga doir so’zlardan foydalanishi va bemorga to’g’ri
tavsiyalar bera olishi muhimdir.

Yuqoridagilar qatorida ijtimoiy holatni hisobga olish, shifokor uchun ham qo’yiladigan

tashxis uchun ham juda muhim. Buyuk alloma Ibn Sino, Alisher Navoiy o’z asarlarida muloqot
jarayonida tinglovchining qaysi tabaqadan ekanligi inobatga olishi kerakligini aytib o’tganlar.
Tabaqa deyilganda boy-kambag’alligi emas balki kasb-kori nazarda tutilgan. Ya’ni dehqon bilan
dehqonday, hunarmand bilan hunarmandday so’zlashmoq kerak. Ularning tibbiy ko’nikmalarini
ham inobatga olishlari muloqotning yanada tushunarli bo’lishini ta’minlaydi. Xulosa qilib


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1211

aytadigan bo’lsak, shifokorning to’g’ri va o’rinli muloqoti bemor hayoyi uchun hal qiluvchi rol
o’ynaydi.

REFERENCES

1.

Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. –Toshkent: G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot
va san’at nashriyoti, 1983.

2.

2.Yurishdan avval suzish. Hamshira. 2014. 5-son.

3.

www.sciencebox.uz/Shifokorning

tibbiy muloqot san’ati.

References

Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. –Toshkent: G’ofur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.

2.Yurishdan avval suzish. Hamshira. 2014. 5-son.

www.sciencebox.uz/Shifokorning tibbiy muloqot san’ati.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов