67
MAMLAKATIMIZDA LOYIHALARNI BOSHQARISHNING ISTIQBOLLARI
Xasanova Shaxnoza Turdibayevna
Bank-moliya akademiyasi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13142009
Annotatsiya.
Ushbu maqolada loyihalar samaradorligini oshirishning nisbiy ustunliklari
va ustuvor yo‘nalishlari aniqlangan, ularni xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari
monitoringini olib borish, ustuvor investitsiya loyihalariga xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy
investorlar mablag‘larini jalb qilishda qo‘llash haqida xususida so‘z boradi:
Kalit so‘zlar:
Investitsiya loyihalari, loyihalarni boshqarish, investorlar mablag‘larini jalb
qilish.
PROSPECTS OF PROJECT MANAGEMENT IN OUR COUNTRY
Abstract.
This article identifies the relative advantages and priority directions for
improving the efficiency of projects, and their use in monitoring investment projects involving
foreign investments, attracting funds from international financial organizations and foreign
investors to priority investment projects:
Keywords:
Investment projects, project management, attraction of investors' funds.
ПЕРСПЕКТИВЫ ПРОЕКТНОГО МЕНЕДЖМЕНТА В НАШЕЙ СТРАНЕ
Аннотация.
В данной статье определены относительные преимущества и
приоритетные направления повышения эффективности проектов, а также их
использование при мониторинге инвестиционных проектов с участием иностранных
инвестиций, привлечении средств международных финансовых организаций и
иностранных инвесторов к приоритетным инвестиционным проектам:
Ключевые слова:
Инвестиционные проекты, проектное управление, привлечение
средств инвесторов.
O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihasini amalga oshirish shartlariga bog‘liq
holda investitsiya loyihasi hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:
a) dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) - moliyalashtirish manbalari va shartlarini
kelishish;
b) dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH) - moliyalashtirish manbalari va
shartlarini kelishish;
v) ishchi loyiha-tanlov hujjatlari.
Investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash bo‘yicha
68
xulosalarni ko‘rib chiqish va tayyorlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi tomonidan - dastlabki
texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash hamda tegishli vazirliklar va loyiha tashabbuskorlari
bo‘lgan idoralarning - Shaharsozlik kodeksi talablariga, normativ hujjatlar talablariga va qabul
qilinayotgan qurilish qiymatining qaror topgan bozor kon’yunkturasi darajasiga muvofiqligi
yuzasidan tarmoq xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda;
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan - dastlabki texnik-iqtisodiy
asoslash yoki hisoblash va "Davarxitektqurilish" qo‘mitasining quyidagilar bo‘yicha xulosasi
taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash bo‘yicha - iqtisodiyotni barqaror, mutanosib
rivojlantirishni ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishni, tarkibiy qayta
o‘zgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini
ro‘yobga chiqarishni, ishlayotgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xom ashyo va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlar bozori kon’yunkturasini ta’minlash nuqtai nazaridan loyihani
amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan;
Dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash bo‘yicha - ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning
alohida tarmoqlarini va "boshqa tarmoqlar"ni rivojlantirish bo‘yicha Hukumat qarorlariga
muvofiqligini ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni
maqbullashtirishni hisobga olgan holda baholash yuzasidan;
v) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi
tomonidan - dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash hamda "Davarxitektqurilish"
qo‘mitasining tavsiya etilayotgan marketing konsepsiyasi, tayyor mahsulotni sotish istiqbollari
asosida jahon bozori kon’yunkturasi, shuningdek tavsiya etilayotgan texnologiyaga muvofiq
asbob-uskunalarning narxlarning cheklangan parametrlari nuqtai nazaridan loyihani amalga
oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan xulosasi taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta
muddatda ko‘rib chiqiladi.
Tashabbuskor tomonidan talab qilinayotgan asbob-uskunalar (texnologik liniya), shu
jumladan yakka tartibda tayyorlanayotganlarining to‘liq va mufassal tavsifini taqdim etish
mumkin bo‘lmagan taqdirda asbob- uskunalarning narxlarining cheklangan parametrlari Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar yoki
hamkorlikni ekpertizadan o‘tkazish jarayonida baholanishi mumkin. Tashqi iqtisodiy aloqalar,
investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi o‘z vakolatlari doirasida
tashabbuskorga investitsiya loyihalarining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblashni
69
ishlab chiqishda prognozlanayotgan uch besh yillik davr uchun ichki va tashqi bozorlar
marketingini ishlab chiqishni tashkil etishda ko‘maklashadilar.
g) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan - dastlabki texnik-iqtisodiy
asoslash yoki hisoblash va "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining quyidagilar bo‘yicha xulosalari taqdim
etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda:
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash bo‘yicha - loyihaning moliya- iqtisodiy
samaradorligini va qoplanuvchanligini baholash, loyihaning maqbul parametrlariga erishishni
ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojni aniqlash, shuningdek loyihani moliyalashtirishning
tavsiya etilayotgan variantlarini baholash yuzasidan;
Dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash bo‘yicha - loyihani amalga oshirishning mumkin
bo‘lgan variantini tanlash, moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sxemasining maqbulligi,
loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini
aniqlash yuzasidan;
d) xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan - dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki
hisoblash va "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining loyihaning iqtisodiy samaradorligi, loyiha
tashabbuskorlarining kredit tarixini o‘rganish, pul oqimlari tahlili, tavakkalchiliklarni baholash
va loyihaning maqbul parametrlariga erishishni ta’minlaydigan moliyalashtirishga ehtiyojini
aniqlash yuzasidan xulosalari taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda.
Moliyalashtirishni byudjet mablag‘lari hisobiga (boshqa manbalardan foydalanmasdan)
amalga oshirish nazarda tutilayotgan ob’ektlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bankning ekspert
xulosasi talab qilinmaydi.
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar,
jalb etilayotgan kreditlarni to‘lash uchun mablag‘lar taqchilligini byudjet mablag‘lari
hisobiga uzishni nazarda tutadigan dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash bo‘yicha
xulosalarida nazarda tutilayotgan byudjet mablag‘larining maqsadga muvofiqligi (muvofiq
emasligi) hamda hajmlari, shu jumladan soliq imtiyozlari berish to‘g‘risidagi xulosalar mavjud
bo‘lishi kerak.
Vakolatli ekspertiza organlari qayta tashkil etilgan taqdirda xulosa huquqiy voris bo‘lgan
tashkilot tomonidan beriladi.
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblashni tasdiqlash to‘g‘risidagi hujjat
loyihaning nomi, uning tashabbuskori, qurilishning cheklangan qiymati (shu jumladan, import
70
texnologik va boshqa asbob- uskunalarni sotib olish xarajatlari), ob’ektning hisoblab chiqilgan
quvvatini (ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi va nomenklaturasini), shuningdek
iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini, shu jumladan eksport hajmi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Loyihaning tasdiqlangan dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash parametrlari,
shu jumladan, xarajatlar turlari bo‘yicha moliyalashtirishning cheklangan limitlari asosida
loyiha tashabbuskori tomonidan, belgilangan tartibda:
a) moliyalashtirish manbalari belgilanadi va kelishiladi;
b) pudratchilarni va loyiha bo‘yicha xarid qilinadigan texnologik - asbob-uskunalarni
yetkazib beruvchilarni aniqlash uchun tanlov hujjatlari ishlab chiqiladi.
Xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari (XMII) - davlatlararo bitimlar asosida tashkil
etilgan, O‘zbekiston Respublikasida investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi (hamkorlikda
moliyalashtiruvchi) institutlardir.
Xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (XHMT) - O‘zbekiston Respublikasida investitsiya
loyihalarini moliyalashtiruvchi (hamkorlikda moliyalashtiruvchi) xorijiy hukumat moliya
tashkilotlaridir.
Xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari va Xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarz
mablag‘lari jalb etilgan holda ro‘yobga chiqariladigan loyihalarni ko‘rib chiqish va tayyorlash
ikki
bosqichda
amalga
oshiriladi:
Birinchi
bosqichda
loyiha
tashabbuskorlari
"Davarxitektqurilish" qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga Xalqaro moliya va iqtisodiyot institutlari yoki
Xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining baholashdan oldingi missiyalari hisobotlari asosida
tayyorlangan, loyiha qiymatining dastlabki bahosini va jalb etiladigan qarz mablag‘lari
miqdorini o‘z ichiga oluvchi loyihani amalga oshirish zarurligi to‘g‘risida takliflar kiritadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga
moliyalashtirishga (hamkorlikda moliyalashtirishga)tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining
dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki hisoblash va Tashqi iqtisodiy aloqalar yoki hamkorlik
ushbu bo‘limda bayon qilingan talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
XMII(XHMT)ning loyihani moliyalashtirish, hamkorlikda moliyalashtirish yuzasidan
roziligi olingan taqdirda ularning baholash komissiyalari hisobotlari asosida O‘zbekiston
Respublikasi bilan XMII(XHMT) o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi memorandum
belgilangan tartibda imzolanadi.
Tabiiyki, sarmoyador o‘z kapitalini kutilayotgan sof foyda me’yorining qarz mablag‘lari
71
uchun to‘lanadigan foiz miqdorlaridan oshirishni ta’minlaydigan loyihalarga yo‘naltiradi.
Shuning uchun kutilayotgan sof foyda me’yori va to‘lanadigan foiz summasi
investitsiyada xarajatlarni belgilovchi ikki asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari
investitsion loyihani qabul qilishda boshqa omillar ham ishtirok etadi, jumladan: investitsiya
turi, investitsion loyiha qiymati, ko‘plab o‘xshash loyihalarning mavjudligi, moliyaviy
resurslarning chegaralanganligi, tavakkalchilik va boshqalar. Shu bois, har qanday ishlab
chiqilayotgan investitsiya loyihalarni baholash talab etiladi.
REFERENCES
1.
Bekmurodov A.Sh., Karrieva Y.K., Nematov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy
investitsiyalar. O’quv qo’llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2010. – 166 b.
2.
Pardaev M. Q., Xoliqulov A.N., Jumaeva G.. Investitsion loyihalar tahlili. O‘quv
qo‘llanma. – T.: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2019. - 234 bet.
3.
Bozorov R.H. O‘zbekistonda investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini
baholashni takomillashtirish. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron
jurnali. № 2, mart-aprel, 2018 y.
