Authors

  • Akram Axrorqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42332

Keywords:

marketing in the banking system interest employee banking activity customer support.

Abstract

In this article, the peculiarities of the formation and development of marketing service in the banking system are studied on a large scale. In the article, the purpose and priorities of your banking market are discussed in detail.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

401

BANK TIZIMIDA MARKETING XIZMATINING SHAKLLANISHI VA

RIVOJLANISHINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Axrorqulov Akram Sherali o‘g‘li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti

Bank ishi va auditi yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13852767

Annotatsiya. Mazkur maqolada bank tizimida marketing xizmatining shakllanishi va

rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari keng miqyosda o’rganilgan. Maqola davomida bank
marketingizning maqsadi va ustuvor vazifalariga alohida to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar: bank tizimida marketing, foizlar, xodim, bank faoliyati, mijozlarni qo’llab-

quvvatlash.

FORMATION AND DEVELOPMENT OF MARKETING SERVICE IN THE BANKING

SYSTEM ITS OWN CHARACTERISTICS

Abstract. In this article, the peculiarities of the formation and development of marketing

service in the banking system are studied on a large scale. In the article, the purpose and priorities
of your banking market are discussed in detail.

Keywords: marketing in the banking system, interest, employee, banking activity, customer

support.

ФОРМИРОВАНИЕ И РАЗВИТИЕ МАРКЕТИНГОВОЙ СЛУЖБЫ В

БАНКОВСКОЙ СИСТЕМЕ СВОИ ОСОБЕННОСТИ

Аннотация. В данной статье масштабно изучаются особенности становления и

развития маркетинговой службы в банковской системе. В статье подробно рассмотрены
цели и приоритеты вашего банковского рынка.

Ключевые слова: маркетинг в банковской системе, интерес, сотрудник, банковская

деятельность, поддержка клиентов.


Bank marketingining maqsadi – kapital bozori talablariga moslashish uchun zarur

sharoitlar yaratish, bozorni o‘rganish, raqobatbardoshlikni va foydalilikni oshirish bo‘yicha
tadbirlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.

Bank marketingining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: banklar uchun alohida

qiziqish uyg‘otadigan kapital bozoridagi talablarni va uning alohida segmentlarini o‘rganish;
foizlar siyosatini tahlil qilish; reklama; bank passivlari va aktivlarini kengaytirish; bank faoliyatini
rejalashtirish tizimini ishlab chiqish; xodimlarni boshqarish; mijozlarga xizmat qilishni tashkil
etish. Bank kapital bozorini tahlil qilib, hududdagi ob’ektlarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini
hisobga olish asosida mablag‘lar (qo‘yilmalar, depozitlar) jalb qilish hamda kreditlar va ssudalar
berish bo‘yicha dastur tuzadi. Shu ma’noda bank xizmatalri bozorini egallashning aniq usullarini
belgilab olishi zarur. Bankning barcha bo‘linmalari ana shu strategiyaga asoslanib faoliyat
yuritishi zarur.

Marketingni keng qo‘llash va kapital bozorini tahlil qilish, shuningdek, tegishli

strategiyani ishlab chiqishga misol tariqasida XX asrning 60-yillarda “Bank of America”
bankining siyosatini keltirib o‘tish mumkin. Uning bozordagi strategiyasi shundan iborat ediki,
bu bank o‘z diqqatini boshqa Amerika tijorat banklari rad etgan mayda jamg‘armalarni qabul


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

402

qilish va mayda mablag‘ qo‘yuvchilarni jalb qilishga jamladi. Natijada, “Bank of America”
moliyaviy jihatdan o‘sha vaqtda umumiy soni 14 mingtagacha etgan AQSh tijorat banklari
o‘rtasida etakchi o‘ringa chiqib oldi. Bunday misol shuni ko‘rsatadiki, banklar jamg‘armalarini
ko‘paytirishning har bir imkoniyatini hisobga olishlari kerak, chunki bu o‘z navbatida ularning
kredit potentsiyaalini kengaytiradi.

Bank marketingining boshqa muhim sohasi qarz oluvchilarning kredit fobiliyatini tahlil

qilish hisoblanadi. Bunga kreditlarni shartlaydigan omillarni o‘rganish kiradi. Shuning uchun ham
bank uchun qarz oluvchining kreditini kredit shartnomasidagi shartlarga mos ravishda qaytarish
imkoniyati va shunga tayyorligini o‘rganish juda muhimdir. Bank o‘z zimmasiga oladigan
tavakkal darajasini bilishi, shuningdek, o‘zi bera oladigan kredit hajmini hisobga olishi shart.

Mijozning kredit qobiliyatini tahlil qilish bilan bankning kredit bo‘limi shug‘ullanadi. U

mijozlar to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilish, umumlashtirish va
kelgusi faoliyatini saqlash bilan shug‘ullanadi.

Kredit qobiliyatini o‘rganish chegaralari ssuda hajmi va muddatlari, kredit berilayotgan

kompaniya yoki korxonaning o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati natijalari, shuningdek, bankning
qarz oluvchi bilan o‘zaro munosabatlariga bog‘liq.

G‘arb modeliga ko‘ra mijozning kredit qobiliyati bank va kompaniya o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlarning juda muhim jihati hisoblanadi, ayniqsa, bu personal (shaxsiy) uniyalar yo‘li
orqali banklar va korporatsiyalarni birlashtirish, ishtirokchilik tizimi va uzoq muddatli moliyaviy
aloqalarga asoslangan bo‘lsa. Personal uniya bank xodimlarining kompaniya boshqaruvida
bo‘lishini yoki aksincha kompaniya xodimlarining bank boshqaruvida bo‘lishini nazarda tutadi.

Ishtirokchilik tizimi qimmatli qog‘ozlar, asosan aktsiyalarga birgalikda egalik qilishni

nazarda tutadi. Uzoq muddatli aloqalar kompaniya yoki korxona tomonidan bankdan 15 va undan
ko‘p yillarga kredit olishni anglatadi. Aloqalarning bu turi kredit qobiliyatini barqarorlashtiradi.

Bank marketingi deganda, shuningdek, pul jamg‘armalarini va mablag‘larini

akkumulyatsiya qilish yo‘nalishi bo‘yicha, ham kreditlar berish yo‘nalishi bo‘yicha aniq bank
faoliyatiga bozordagi ma’lum talabni tushunish kerak. Ma’lumki, banklar o‘z faoliyatini asosan
jalb qilingan mablag‘larga (depozitlar va qo‘yilmalar) asoslantiradi. Shuning uchun bank
marketingini ishlab chiqishda iloji boricha ko‘proq pul mablag‘larini jalb qilish muhim jihat
hisoblanadi. Bunda banklar funktsional jihatdan tijorat, jamg‘arma, ipoteka, investitsiya,
ixtisoslashgan banklarga bo‘linishini hisobga olish lozim.

Bankdagi jamg‘armalar bo‘yicha foiz stavkalari darajasi, turli qimmatli qog‘ozlar

bo‘yicha (aktsiyalar bo‘yicha dividendlar va xususiy va davlat obligatsiyalari bo‘yicha foizlar)
olinadigan, shuningdek sug‘urta polislari bo‘yicha to‘lovlar hajmi o‘rtasidagi nisbat katta
ahamiyatga ega. Pullarni jamg‘arishning turli shakllari o‘rtasidagi bu nisbat pulni qayoqqa
qo‘yish maqsadga muvofiqroq ekanligini ko‘rsatadi: jamg‘arma shaklida bankkami, qimmatli
qog‘ozlargami yoki sug‘urta polisigami?

Bank marketingining ikkinchi qismi bir qator omillarga bog‘liq. Avvalambor bu kapital

bozorida turli iqtisodiyot sohalari tomonidan bo‘lgan talabdir. Qoida tariqasida tijorat banklari
qisqa muddatli va o‘rta muddatli qarz berishga ixtisoslashadi. Shuning uchun ham ular uchun
sanoat, transport va savdo korxonalarining kreditga bo‘lgan talabini baholash muhimdir, chunki
bu sohalar iqtisodiyotning umumiy holatini ko‘rsatib turadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

403

Banklar o‘z mablag‘ jamg‘armalarini aktsiyalar, xususiy va davlat obligatsiyalariga

qo‘yib, qimmatli qog‘ozlar bozorida qizg‘in faoliyat ko‘rsatadilar. Qimmatli qog‘ozlar bozorini,
u yoki bu qimmatli qog‘ozga mablag‘ qo‘yish foydaliligini baholash aktiv operatsiyalari
yo‘nalishi bo‘yicha bank marketingining muhim qismi hisoblanadi. Bunda shuni nazarda tutish
kerakki, 1929-1933 yilgi krizisdan keyin g‘arb mamlakatlarining ko‘pchiligida qimmatli
qog‘ozlar bozorida banklarning deyarli barchasining faoliyati cheklangan. Ularga asosan
markaziy va mahalliy hukumat tomonidan chiqarilayotgan davlat qimmatli qog‘ozlariga
qo‘yilmalar qo‘yishga ruxsat beriladi. Shu bilan birga xususiy aktsiyalar va obligatsiyalarga
mablag‘ qo‘yish yo man qilingan (masalan, AQSh, Kanada, Angliyada) yoki cheklangan (g‘arbiy
Evropa mamlakatlari, Yaponiyada) bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, O‘zbekistonda tijorat banklari 1991-1998 yillarda yaratila boshlandi. Yangi

bank tizimining muhim xususiyati shundan iboratki, u asosan tijorat banklaridan iborat. Bunda
ularning asosiy qismini ustav kapitali 100 mln. so‘mdan kam bo‘lgan mayda banklar tashkil
qiladi. Bank marketingi endigini real faoliyat boshlanmoqda, chunki bozor elementi sifatida
tijorat banklari hali bank marketingi yaratilishigachayoq faoliyat ko‘rsata boshlagan edi. Shu
davrda iqtisodiyotda tegishli qonuniy asosga ega bo‘lgan ba’zi bozor elementlari paydo bo‘la
boshlagandi. Jadal ravishda tijorat banklarining o‘zini tuzib, boshqa kreditmoliya institutlarini
yaratish, korxonalarni aktsiyadorlikka aylantirish va xususiylashtirish, narxlarni erkinlashtirish,
korxonalarning mustaqilligini kuchaytirish kabilar shular jumlasidandir.

Banklar hozircha jahon amaliyotida umume’tirof etilgan korxonaning iqtisodiy faoliyatini

baholash bilan bog‘liq marketing usullaridan etarli darajada foydalanmayaptilar. Agar banklar
ko‘rsatilgan marketing usullarini hisobga olsalar va sanoat hamda milliy iqtisodiyotning boshqa
sohalariga kreditlarqo‘yish bilan shug‘ullansalar maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu to‘g‘ridanto‘g‘ri
bank krediti berish orqali ham, qimmatli qog‘ozlar bozori orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Qimmatli qog‘ozlar bozori keng xususiylashtirish mavjud bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari real bank marketingining shakllanishi inflyatsiya darajasini pasaytiradi.
Aholi turli ijtimoiy qatlamlarining daromadlarini baholash, mijozning kredit fobiliyatini

hisobga olish, uning butun iqtisodiy faoliyatining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish (agar u korxona
bo‘lsa) zarur. Shuning uchun bank marketingining asosiy vazifalaridan biri xorijiy bank
marketingi tajribasini o‘rganish va O‘zbekistonning o‘ziga xos sharoitlarini hisobga olgan holda
bu tajribani joriy qilishdir.

O‘zbekistonda banklar faoliyati Konstitutsiya, Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston

Respublikasi Markaziy banki haqida”, “Banklar va banklar faoliyati haqida” qonunlari bilan
tartibga solinadi. Ushbu huquqiy aktlar bizning davlatimiz bank tizimining huquqiy bazasi
hisoblanadi.

O‘zbekistonning milliy pul, bank tizimi va uning marketing shakllanish jarayoni, uni

tartibga solishni shartli ravishda bir necha bosqichlarga ajratish mumkin. Birinchi bosqich 1991
yildan 1994 yilni qamraydi, milliy valyutani kiritish va ikki pog‘onali tizimni shakllantirish uchun
qontsniy va institutsional asoslar qo‘yildi. Qisqa vaqt ichida Markaziy bank ish uslubi va tashkiliy
tuzilmasi qayta qurildi va asosan maxsus tijorat banklari miqdori o‘sdi. Banklarning marketing
rejalari va faoliyati asosan ustav kapitali, mijozlar bazasini shakllantirishga, xizmat bo‘yicha
maxsuslashishiga yo‘naltirildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

404

Ikkinchi bosqichda, 1994 yildan 1996 yilgacha muomalaga milliy valyuta kiritildi hamda

bank tizimining ikki pog‘onali huquqiy asosi tashkil etildi. Banklarning marketingi asosan ustav
kapitalini, mijozlar bazasini kengaytirishga, xizmatlar bo‘yicha maxsuslashishni
takomillashtirishga yo‘naltirildi.

Uchinchi bosqich 1997-2000 yillarga to‘g‘ri keladi, bunda makroiqtisodiy

barqarorlashish sharoitida bank sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish, tijorat banklarida korporativ
boshqarishni amalga oshirish va banklar ustidan nazorat tizimini yanada kuchaytirish bilan
bog‘liq ishlarni rivojlantirish yuz berdi. Banklarning marketingi asosan nafaqat ustav kapitali va
mijozlar bazasini kengaytirishga, balki boshqa xizmatlar bo‘yicha xizmatlarni joriy qilishga,
filiallar tarmog‘ini kengaytirishga yo‘naltirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 mart “Bank tizimini yanada

erkinlashtirish va isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida”gi Farmoni bank tizimi islohotlarini
chuqurlashtirish, tijorat banklari mustaqilligini oshirish va ularni investitsiyaon jarayonlar faol
ishtirokchisiga aylantirishni ko‘zda tutgan edi.

Ushbu hujjatlar qabul qilinishi bilan davlatimiz bank tizimi rivojlanishida to‘rtinchi

bosqich boshlandi. Uning asosiy vazifalari:

Birinchidan – bank faoliyatini yanada erkinlashtirish asosida aholining bank tizimiga

bo‘lgan ishonchini izchil mustahkamlash. Bu aholining vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini bank
qo‘yilmalariga jalb qilish imkonini beradi.

Ikkinchidan – har qanday rivojlangan iqtisodning tuzilmasini tashkil etuvchi kichik va

o‘rta biznes rivojlanishiga imkon yaratish, uni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash tizimini
maksimal soddalashtirish.

Uchinchidan – valyuta munosabatlarini yanada erkinlashtirish bo‘yicha ishlarni

muvofiqlashtirish hisobidan joriy hisobraqamlar bo‘yicha milliy valyutaning erkin
ayirboshlanishini ta’minlash.

Banklarning markteing faoliyati asosan bozordagi ulushini kengaytirishga, yanada

universallashishiga, yangi bank xizmatlarini joriy qilishga, filiallar tarmog‘ini kegaytirishga,
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga yo‘naltiriladi. Marketing xizmati banklarning barcha
tarkibiy bo‘linmalari ishlari asosiga quriladi. Marketingni tijorat banklari boshqaruviga kiritish
faoliyat strategiyasi va taktikasi mezonlari tizimi yuzaga kelishining boshlanishiga hamda bozorni
o‘rganish va rivojlantirish choralarini aniqlashga olib keladi. Marketingni joriy qilish daromad
o‘sishi va bank faoliyati xatari kamayishiga imkoniyat yaratadi. Marketingning zarurligi bozorda
rivojlanayotgan bank faoliyati jarayonlariadekvatligini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi bilan
aniqlanadi.

Aksariyat banklar marketingga vaziyatdan kelib chiqib murojaat qilishadi.
Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

-

sotuv hajmlari pasayishi bank rahbarlarini axtarishga majbur qiladi;

-

sotuv hajmining sekin o‘sishi: bu holda banklar yangi bozorlar axtara boshlashadi.
Aksariyat banklar marketingga murojaat qilib, yangi bozor imkoniyatlarini topishga

yordamberishini tushunishadi;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

405

-

iste’molchi xohishining o‘zgarishi. Aksariyat banklar iste’molchilar talabi tez o‘zgarishini

tavsiflovchi bozorlarda faoliyat ko‘rsatishadi. Bu kabi bozorlarda mavuffaqiyatli faoliyatning
graovi marketing ekanligini anglab etadi;

-

o‘sayotgan raqobat. Katta bo‘lmagan banklar raqobatchilar tomonidan qarshilikka duch

kelishadi;

-

o‘sayotgan marketing harajatlari. Ba’zi bir banklar reklamani ko‘paytirish, marketing

tadqiqoti va mijozlarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari juda katta deb hisoblashadi. Bu holda
rahbariyat marketing auditini o‘tkazish va marketing bo‘limi ishlariga o‘zgartirishlar kiritish
haqida qaror qiladi.

Marketing uslublarini qo‘llash zarurligini O‘zbekiston Xalq banki va Rossiya Jamg‘arma

banki misolida kuzatish mumkin. Ularning ikkalasi ham jismoniy shaxslar bilan ishlashga
mo‘lajallangan Davlat banki vorislari hisoblanadi. Agar Rossiya Jamg‘arma banki markazlashgan
reja tizimi yiqilgandan keyin g‘arbdagi o‘xshash operatsiyalarga talab mavjud bo‘lgan xizmatlarni
ko‘rsatishga o‘z faoliyatini yo‘naltirgan bo‘lsa, u holda O‘zbekiston Xalq banki aktiv
operatsiyalarga kam e’tibor berib dpeozit operatsiyalariga urg‘u berdiki va natijada bu hol Xalq
banki uchun salbiy natijaga olib keldi.

Tijorat banklari faoliyatida marketing XX asrning 70 yillaridan boshlab keng qo‘llanila

boshladi, bu bank faoliyatini universal qilish, boshqa davlat banklari bilan raqobatni kuchaytirish,
nobank muassasalar (sug‘urta, jamg‘arma, trast kompaniyalar, pensiya fondlar) ko‘rinishida
raqobatchilar paydo bo‘lishi, qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishi oqibatida banklardan
jamg‘armalarning kamayib ketishiga sabab bo‘ldi.

Bu banklarni bank xizmatlari bozorini o‘rganish zarurligiga, uning yangi ehtiyojlarini

o‘zgartirish yoki boshqacha aytganda qurollanishiga marketingning yangi kontseptsiya va
uslublarini tadbiq qilishga olib keldi. Dastlab banklarning ishlari amaliyotiga marketingning
alohida elementlari kiritildi. 80 yillarda marketing tijorat banklari tomonidan boshqarishning
ajralmas qismiga aylandi.

Bank rahbariyati marketing bo‘limi oldiga bozorni o‘rganish vazifasini qo‘yadi va uning

asosida o‘z maqsadlarini aniqlaydi. Umumiy holatda marketing masalasi bank faoliyati uchun
alohida muhim bo‘lgan, ustav kapitalni oshirishni rejalashtirishi, faoliyat geografiyasi va uning
miqyosini kengaytirishi bilan bog‘liq qarorlar qilishda o‘rganilishi mumkin.

Marketingning asosiy maqsadi bank muassasidan to so‘nggi iste’molchigacha bank

xizmati barcha yo‘lida qulaylik yaratishni ta’minlash hisoblanadi. Bank xizmatlari xilma-xilligini
ko‘rib chiqib, qayd etish lozimki, ularning keng spektri AQSh, Evropa, Yaponiya va qator boshqa
davlatlar banklari tomonidan taklif etiladi va ushbu xizmatlar ro‘yhati oxirgi yillarda tez
o‘smoqda. Shu munosabat bilan bank marketing ishlari, mazmun va maqsadi so‘nggi yillarda
moliya bozorida kuchayotgan raqobat ta’siri ostida ahamiyatli o‘zgardi. Bank xizmatini
tabaqalashtirish eng samarali uslublaridan biri – raqobatchilar bilan solishtirganda yanada sifatli
servisni doimiy taklif qilishdir. Xizmatlarni iste’mol qilishga maqsadli segment xaridorlarini jalb
qilish – mijozlarning sifatli xizmat olish talabini qanoatlashtirish demakdir. Iste’molchilarning
kutishi, ularning avvalgi tajribasi, suhbatlar va reklama asosida shakllanadi. Xaridorlar ularga
zarur bo‘lgan xizmat qiluvchini tanlashadi va keyin o‘z taassurotlarini va kutganini taqqoslashadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

406

Agar qabul qilish qadri dastlabki taassurotga to‘g‘ri kelmasa xaridor xizmat soutvchisiga

qiziqishini yo‘qotadi. Agar uning kutishlari yuqori darajada qanoatlantirsa, u sifatli xizmat qilgan
bankka yana murojaat qiladi.

Banklarning faoliyat ko‘rsatish tijorat tavsifi marketingi keng qo‘llashni talab etadi. Bank

sohasida marketing xususiyati nafaqat bank ishlarini tijoratlashtirish va pul resurslarini samarali
foydalanishni ta’minlash, balki barcha bank faoliyati ob’ekti bo‘luvchi pul aylanish xususiyatlari
bilan belgilangan bo‘ladi. Shu bilan birga bank marketingi birinchi navbatda xo‘jalikda naqdsiz
hisob-kitoblarni takomillashtirish hisobiga pul aylanishini tezlashtishga mo‘ljallanadi.

Bank sohasida marketing kredit resurslari bozorni o‘rganishga, mijozlar moliyaviy

holatini tahlil qilishga va ushbu bazada banklarga qo‘yilmalarni jalb qilish imkoniyatlarini. Bank
faoliyatidagi o‘zgarishlarni taxmin qilishga erishiladi. Hozir, korxona va tashkilotlarga o‘z hisob
raqamini har qanday bankda o‘sishga ruxsat berilgan, bank ishida raqobat asosi kengaymoqda.

Marketing yangi mijozlarni jalb qilishga, mijozlarni o‘z mablag‘larini ushbu bankka

qo‘yishga qiziqtiruvchi bank xizmatlari sohasini kengaytirishga yo‘naltirilgan.

Bank muhitida nafaqat omonatchilar doirasini kengaytirishga, balki ularga xizmat

ko‘rsatish sifatini doimiy yaxshilashga jalb qilingan marketing afzal bo‘lib qolmoqda. Bank
doirasida marketing xususiyati shundan iboratki, tijorat banklari nafaqat omonatlarni jalb
qilishdan, balki har xil birlashmalarni, korxona va tashkilotlarni, shirkatlar va aholini kreditlash
orqali mablag‘larni faol ishlatishdan manfaatdor. Bu marketingning tijorat banklarining mablag‘
qo‘yuvchilar bilan va korxona, shirkat va aholiga ssuda berish shaklida amalga oshiriladigan
kredit qo‘yilmalari sohasida marketingni majmuali rivojlantirish zarurligini belgilaydi. Ushbu
ikki sohada marketingning maqsadi har xil: birinchi – mijozlarni mablag‘ qo‘yuvchi sifatida
bankka jalb qilish, ikkinchidan – bank kredit resurslarini bank uchun samarali foydalanadigan
korxona va tashkilotlarga yo‘nalitirish.

Banklarda marketing doirasida quyidagi umumiy tamoyillar to‘liq amalga oshishi lozim:

-

aniq bozor maqsadiga erishish uchun barcha bank xodimlarining harakatlar yo‘nalishi;

-

marketing faoliyati jarayoni majmui (rejalashtirish, tahlil, tartibga solish va nazorat);

-

marketingni istiqbolda va joriy rejalashtirish birligi;

-

qabul qilinadigan marketing qarorlarini amalda birlashtirish asosi sifatida nazorat;

-

bank marketingi xodimining ijodiy faolligi va tashabbusini har tomonlama rag‘batlantirish

o‘z malakasini doimiy oshirish manfaatdorligini ta’minlash; - bank jamoasida qulay ruhiy muhitni
yaratish.

Mijozlar bilan muloqotda bo‘lish doirasida bank marketingi aktiv va passivga bo‘linadi.
Aktiv marketingga quyidagilar kiradi: bevosita marketing, ya’ni pochta orqali reklama,

telefon va televidenie; aholi keng guruhini so‘rovi, shu jumladan, ko‘chada so‘rov o‘tkazish;
salohiyatli mijoz bilan shaxsiy muloqot, uning talablarini o‘rganish.

Passiv marketingga – matbuotda bank faoliyati va holati, uning xizmatlaridan mijozlarga

manfaat haqida chop etish kiradi. Bozorda mustahkam joylashib olishni xohlagan bank
marketingning ushbu ikkita uslubidan foydalanishi lozim.

Tijorat banklari o‘z xizmatini bozorga siljitishning yangi uslublarini ishlab chiqmoqdalar.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

407

Sotish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha dasturni o‘tkazish muvaffaqiyatini

baholash qator umumiy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Avvalo, bu bankda bank mustaqil
tarkibini o‘z ichiga oluvchi “daromadlar marrkazlari” mavjudligidir. Har bir bu kabi markaz
sotishni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini ishlab chiqadi.

Banklar, bozorda faoliyat ko‘rsatuvchi boshqa xo‘jalik tashkilotlar kabi kon’yukturani

tebranishga ko‘niktirish mexanizmini ishlab chiqadi. Tijorat banklari tomonidan marketingni
boshqarishga kiritish nafaqat strategiya va axloq taktikasini ishlab chiqish mezonlari yuzaga
kelishiga, balki bozorni o‘rganish va rivojlantirish aniq choralarini ishlab chiqish, bozor
kataklizmasiga tezkor e’tibor berish imkonini beruvchi muqobil va moslanuvchan qarorlar
tayyorlashga asos soldi. Respublikamizda bank faoliyatida marketing, avvalo, yangi mijozlarni
jalb qilish maqsadida reklama faoliyati joriy qilina boshladi. Bank fondlarining shakllanishi yangi
banklar uchun birinchi navbatdagi vazifa hisoblanadi, ularning yaratilishi bizning davlatimizda
davom etmoqda. Marketingning boshqa yo‘nalishi O‘zbekiston sharoitida qo‘llaniluvchi bank
operatsiyalarining yangi turlarini tadqiq qilishga xizmat qiladi (eksport-import to‘lovlari, depozit
sertifikatlari, valyuta operatsiyalari, ipoteka, trast operatsiyalari va boshqalar).

Bank rivojlanishi uzoq muddatli rejasi bank faoliyatini aniqlovchi bosh yo‘nalishni

shakllantirish, asosiy g‘oyalar, maqsadlarni va strategiyani, istiqboldagi faoliyat xarakterini,
mavjud resurslardan yaxshi foydalanishni tanlash va ishlab chiqishni shakllantirishni o‘z ichiga
oladi.

REFERENCES

1.

Qosimova M.S., Ergashxodjaeva Sh.J., Abduhalilova L.T. Muhitdinova

2.

U.S., Yo`ldoshev M.M. Strategik marketing. O`quv qo`llanma. 2004.-161 b.

3.

Jalolov J.J., Fattaxov A.A. Biznes marketingi. Darslik. –T.: Moliya, 2006, -355 b.

4.

Котлер Филипп. Основи маркетинга. Краткий курс.: Пер. с англ.-М.: Издателский
дом. «Вилямс», 2008. -656 с.

5.

Ефименко И.Б., Плотников А.Н. Економика отрасли (строителство): учеб. пособ. –
М.: Вузовский учебник, 2009. – 359 с.

6.

Зотова.Т.А. Поведение потребителей. Теория и практика. - Ростов н ғ Д; Феникс,
2008. - 222 с.

7.

Лукина А.В.Маркетинг товаров и услуг: учеб.пос. - М.:ФОРУМ,2008.-240с.

8.

Мак-Доналд М. Сфера услуг. Полное пошаговое руководство по маркетинговому
планированию. – М.: Ексмо, 2009. – 448 с.

9.

Малий бизнес: Учебное пособие / кол. Авторов; под ред. В.Я.

10.

Горфинкеля.- М.: КНОРУС,2009.- 336 с.

References

Qosimova M.S., Ergashxodjaeva Sh.J., Abduhalilova L.T. Muhitdinova

U.S., Yo`ldoshev M.M. Strategik marketing. O`quv qo`llanma. 2004.-161 b.

Jalolov J.J., Fattaxov A.A. Biznes marketingi. Darslik. –T.: Moliya, 2006, -355 b.

Котлер Филипп. Основи маркетинга. Краткий курс.: Пер. с англ.-М.: Издателский дом. «Вилямс», 2008. -656 с.

Ефименко И.Б., Плотников А.Н. Економика отрасли (строителство): учеб. пособ. – М.: Вузовский учебник, 2009. – 359 с.

Зотова.Т.А. Поведение потребителей. Теория и практика. - Ростов н ғ Д; Феникс, 2008. - 222 с.

Лукина А.В.Маркетинг товаров и услуг: учеб.пос. - М.:ФОРУМ,2008.-240с.

Мак-Доналд М. Сфера услуг. Полное пошаговое руководство по маркетинговому планированию. – М.: Ексмо, 2009. – 448 с.

Малий бизнес: Учебное пособие / кол. Авторов; под ред. В.Я.

Горфинкеля.- М.: КНОРУС,2009.- 336 с.