Authors

  • Akram Axrorqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.42331

Keywords:

agriculture preferential lending land ownership mortgage.

Abstract

In this article, scientific studies were conducted about the role of agriculture in the economy of our Republic and the procedure of agricultural lending by commercial banks. In addition, preferential lending for the cultivation of cotton and grain for state needs and the procedure for lending with a pledge of the right to own land were specifically discussed.

background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

394

TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ XO’JALIK SUBYEKTLARINI

KREDITLASH

Axrorqulov Akram Sherali o‘g‘li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti

Bank ishi va auditi yo‘nalishi 4-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13852736

Annotatsiya. Mazkur maqolada Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligining tutgan

o’rni hamda tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligini kreditlash tartibi haqida ilmiy
tadqiqotlar olib borilgan. Bundan tashqari, davlat ehtiyojlari uchun paxta va g’allani
yetishtirishni imtiyozli kreditlash va yerga egalik qilish huquqini garovga olgan holda kreditlash
tartibiga alohida to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar: qishloq xo’jaligi, imtiyozli kreditlash, yerga egalik qilish huquqi, garov.

LENDING TO AGRICULTURAL ENTITIES BY COMMERCIAL BANKS

Abstract. In this article, scientific studies were conducted about the role of agriculture in the

economy of our Republic and the procedure of agricultural lending by commercial banks. In addition,
preferential lending for the cultivation of cotton and grain for state needs and the procedure for
lending with a pledge of the right to own land were specifically discussed.

Key words: agriculture, preferential lending, land ownership, mortgage.

КРЕДИТОВАНИЕ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЙ

КОММЕРЧЕСКИМИ БАНКАМИ

Аннотация. В данной статье проведены научные исследования о роли сельского

хозяйства в экономике нашей Республики и порядке кредитования сельского хозяйства
коммерческими банками. Кроме того, конкретно обсуждались льготное кредитование
выращивания хлопка и зерна для государственных нужд и порядок кредитования под залог
права владения землей.

Ключевые слова: сельское хозяйство, льготное кредитование, земельная

собственность, ипотека.

KIRISH
Respublikamiz iqtisodiyotida qishloq xo’jaligini tutgan o’rni va tijorat banklari

tomonidan qishloq xo’jaligini kreditlash tartibi.

Qishloq xo’jaligi dunyo mamlakatlarining asosiy qismida, shu jumladan, O’zbekiston

Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlaridan biri hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, mo’l hosil asosan qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish,

selektsiya ishlarini yaxshilash, g’o’za va boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini
joriy qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o’zlashtirish evaziga ta’minlandi.

Mamlakatimizda bug’doydan gektaridan o’rtacha 55 tsentner hosil olingani, ayrim

tumanlarda bu ko’rsatkich 60-77 tsentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz, fermerlarimizning
ulkan yutug’idir.”

-deb bejiz ta’kidlamaganlar.

Agrosanoat majmui O’zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog’i hisoblanadi. Sohada olib

borilayotgan islohotlar o’zining bir qator ijobiy natijalarini berdi: ekinlar strukturasi yaxshilandi,
aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash kafolatlandi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

395

Yurtimizda ekin maydonlarini optimallashtirish va qishloq xo’jaligi ekinlarini

rayonlashtirish borasida har tomonlama puxta o’ylangan siyosat olib borilayotgani eng muhim
xomashyo va eksportbop mahsulot bo’lmish paxta etishtirishning nisbatan barqaror hajmini
saqlagan holda, boshqa qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirishni bir necha barobar ko’paytirish
imkonini berdi. Eng muhimi, xalqimizni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’liq ta’minlashga zamin
tug’dirdi, kerak bo’lsa, ularni chet mamlakatlarga eksport qilishga imkon bermoqda. Xususan,
qishloq xo’jaligining meva-sabzavotchilik, bog’dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi
tarmoqlari ham jadal sur’atlarda rivojlandi. O’tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va
kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million
731 ming tonna meva etishtirildi.

Qishloq xo’jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, etishtirilgan mahsulotlarni saqlash

infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O’tgan yili qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800 tonna sig’imga ega bo’lgan 114 ta
yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi. Mamlakatimizda meva-
sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga etkazildi. Bu esa, yil davomida
narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo’l qo’ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo’jaligi
mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ushbu mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish, narx-
navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda.

Shu sababli davlatimiz tomonidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida

qishloq xo’jaligini isloh qilish va uni bozor munosabatlari talablariga mos ravishda rivojlantirish
borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:

-

qishloqda xo’jalik yuritishning yangi shakllarini keng ko’lamda rivojlantirish, dehqonlar

o’zlari ishlayotgan erning, etishtirilayotgan mahsulotning to’la huquqli xo’jayinlari deb aniq xis
qilishlariga imkon beradigan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish;

-

paxtadan va boshqa ekinlardan bo’shatib olinayotgan er maydonlarini fermer (dehqon)

xo’jaliklari tashkil etishga berish, shaxsiy tomorqa erlarini kengaytirish, qishloq mehnatkashlariga
er maydonlarini meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod foydalanishga berib qo’yish yo’lini
izchil olib borish;

-

qayta ishlovchi korxonalarni qishloq xo’jaligi xom-ashyosi etishtiriladigan joyga

mumkin qadar yaqinroq qurish, qishloqda ixcham sanoat korxonalari va tsexlar bunyod etish,
mexnatning klassik shakllarini, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatadigan firmalar
tarmog’ini keng rivojlantirish;

Respublikamizda so’ngi ma’lumotlarga ko’ra 2015 yil boshiga sanoat ishlab chiqarishida,

qurilishda, chakana savdo aylanmasida va aholiga pullik xizmatlarda kichik tadbirkorlikning
barqaror rivojlanishi ta’minlandi.

Hududlar kesimida, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha respublika

ko’rsatkichidan yuqori ko’rsatkichlar namangan (55,9%), Samarqand (45,3%), Jizzax (42,9%)
viloyatlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi (34,6%) hamda Toshkent shahrida (68,9%) qayd etildi.

Javdal

O’zbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarida kichik tadbirkorlikning Ulushi (01.01.2022

y. holatiga)


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

396

1 2 3

4 5

Tarmoqlar

01.01.2021 yil.

01.01.2022 yil.

Xizmatlar

24,8

31,9

Chakana tovarlar aylanmasi

98,2

98,3

Qurilish

71,9

70,3

Qishloq xo’jaligi

46,3

45,4

Sanoat

46,7

48,5


Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bora-sidagi dasturiy

chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi yaxshilanishi
natijasida, qishloq xo’jaligining yalpi hosili 6,9%ga, jumladan dehqonchilik 6,9%, chorvachilik
esa 7%ga o’sdi.

2021 yil boshigaqishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi tuzilmasida xo’jaliklarning toifalari

bo’yicha 65,1% dehqon xo’jaliklariga, 32,9% fermer xo’jaliklariga va 2,0% boshqa qishloq
xo’jaligi korxonalariga to’g’ri keladi. Fermer xo’jaliklarining soni 2022yil oxiriga 73,6 mingni tashkil
etib, ularning 61,8 mingtasi (83,9%) dehqonchilikda, 7,3 mingtasi chorvachilikda (9,9%), 4,6
mingtasi (6,2%) boshqa yo’nalishda ixtisoslashgan.

javdal

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining xo’jalik toifalari bo’yicha

taqsimlanishi


1

Tarmoqlar

Yillar kesimida

01.01.2021 y.

01.01.2022 y.

01.01.2023 y.

Fermer xo’jaliklari

34,4

34,0

32,9

Dehqon xo’jaliklari

63,5

64,0

65,1

Qishloq xo’jalik korxonalari

2,1

2,0

2,0

Jami

100,0

100,0

100,0


Departament davlat xaridi uchun etishtiriladigan paxta va g’alla hosili hisob-kitobini

moliyalashtirishga ajratilgan Jamg’armaning mablag’laridan foydalanishda, shuningdek
zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo’jaligi texnikasini imtiyozli lizing
shartlarida etkazib berishni rag’batlantirish uchun qaytarib berish asosida ajratilgan qarz
mablag’laridan foydalanilishida vakolati bo’lmagan mansabdor shaxslarning barcha aralashuvlari
bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq Jamg’arma kengashiga tegishli axborotlarni kiritadi.

Quyidagilar Jamg’armaning agentlari etib belgilangan:

>

paxta va g’alla etishtirish, xarid qilish, shuningdek, zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish

quvvatiga ega qishloq xo’jaligi texnikasini imtiyozli lizing shartlarida etkazib berishni
moliyalashtirish bo’yicha moliya agenti — «Agrobank» aktsiyadorlik tijorat banki;

>

paxtani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo’yicha tijorat agenti —

«O’zpaxtasanoat» aktsiyadorlik jamiyati va uning hududiy filiallari;

>

g’allani xarid qilish, saqlash, qayta ishlash va sotish bo’yicha tijorat agenti —

«O’zdonmahsulot» aktsiyadorlik kompaniyasi;

>

zamonaviy, yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qishloq xo’jaligi texnikasini imtiyozli

lizing shartlarida etkazib berish bo’yicha tijorat agenti — «O’zagrolizing» aktsiyadorlik jamiyati.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

397

Tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligini kreditlash tartibi.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining hozirgi bosqichida ustuvor

yo’nalishlardan biri, Prezidentimiz ta’kidlaganidek:” ... xomashyoni jahon bozorida talab katta
bo’lgan mahsulotga aylantirish uchun qayta ishlashning 3-4 bosqichli tizimiga o’tishimiz zarur.

Bu tizimning ma’no-mohiyati shundan iboratki, u birinchi bosqichda xomashyoni dastlabki

qayta ishlash, ya’ni yarim fabrikatlar tayyorlash, keyingi bosqichda sanoat asosida ishlab chiqarish
uchun tayyor materiallarga aylantirish, uchinchi, yakuniy bosqichda esa iste’mol uchun tayyor
mahsulot ishlab chiqarishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini va meva-sabzavot

mahsulotlarini chuqur qayta ishlash tashqi va ichki bozorda talab yuqori bo’lgan tayyor, ekologik
toza to’qimachilik va engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030 yilda 5,6 marta, meva-
sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini esa 5,7 karra oshirish imkonini beradi.

Ushbu tuzilmaga ko’ra, fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatini kreditlash tizimi o’z

ichiga - kredit institutlari (kredit resurslari bilan ta’minlovchi muassasalar), kreditdan
foydalanuvchilar va kreditlash mexanizmini qamrab oladi.

Amaldagi tashkiliy tuzilmaga muvofiq, davlat ehtiyojiga mahsulot etishtirish xarajatlarini

qoplash uchun kredit resurslari Moliya vazirligi huzuridagi “Davlat ehtiyoji uchun zarur bo’lgan
qishloq xo’jalik mahsulotlariga hisob-kitob qilish jamg’armasi” tomonidan Respublika Markaziy
banki orqali tijorat banklariga va ularning viloyat, tuman bo’limlari orqali fermer xo’jaliklariga
beriladi.

Bugungi kunda fermer xo’jaliklarini davlat tomonidan moliyaviy qo’llab-quvvatlash bo’yicha

asosiy yo’nalishlar haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Birinchi yo’nalish, bevosita fermer xo’jaliklarini davlat ehtiyojlari uchun mahsulot ishlab

chiqarish bo’yicha asosiy xarajatlarini moliyalashtirish bilan bog’liq. Bunda fermer
xo’jaliklarining mahsulot etishtirish xarajatlarini, xususan, mineral o’g’itlar, yoqilg’i-moylash
materiallari, biologik mahsulotlar, kimyoviy vositalar, texnika xizmatlari, urug’lik, ish haqi va
boshqa xajaratlarni moliyalashtirish nazarda tutiladi.

Fermer xo’jaliklarining hosil etishtirishga ketadigan xarajatlarini moliyalashtirish uchun

Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining hisob-kitob jamg’armasi tomonidan 3 foizli kredit mablag’lari ajratilmoqda.

Shuningdek, davlat ehtiyojlaridan tashqari boshqa mahsulot turlarini, jumladan, meva,

uzum, sabzavot, poliz, kartoshka etishtirish, shuningdek, chorvachilik mahsulotlarini ishlab
chiqarish xarajatlarini moliyalashtirish uchun ham etarli miqdorda kredit resurslari ajratish
bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, fermer xo’jaliklarini zaruriy
aylanma mablag’lar bilan ta’minlash maqsadida qo’shimcha bank kreditlarini jalb qilish yuzasidan
Markaziy bank va tegishli vazirlik hamda idoralar tomonidan qator tartib va nizomlar ishlab
chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

398


Birinchidan, fermer xo’jaliklari agrotexnik tadbirlarni tashkil etishda etarli miqdorda

aylanma mablag’larga ega bo’lishiga yordam berish maqsadida ularga boshlang’ich sarmoyani
shakllantirish uchun imtiyozli kreditlar berishning samarali tizimi joriy etildi. Fermer xo’jaligi
boshlang’ich sarmoyani davlat ro’yxatidan o’tgandan so’ng 6 oy ichida olishi mumkin.

Boshlang’ich sarmoya uchun kredit fermer xo’jaliklariga 3 yilgacha bo’lgan muddatga, eng

kam oylik ish haqining 300 baravari miqdorigacha foiz to’lashni 12 oygacha kechiktirish va asosiy
qarzni kredit olingandan so’ng 18-24 oy o’tgach qaytarishni boshlash shartlarida beriladi.

Ikkinchidan, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan texnika

vositalari bilan ta’minlash maqsadida fermer xo’jaliklariga texnika vositalarini lizing asosida sotib
olish tizimi yaratildi.

Fermer xo’jaliklari texnika vositalarini lizing asosida xarid qilishi uchun texnika

boshlang’ich narxining 15 foizini to’lab, qolgan 85 foizini 7 yil muddat ichida (Qoraqalpog’iston
Respublikasi va Xorazm viloyatlarining fermer xo’jaliklari 10 yil muddatda) to’lashi mumkin.

Bunda fermer texnikaning 85 foiz qiymatiga “O’zagrosug’urta” kompaniyasi bilan

sug’urta shartnomasini tuzadi. Sug’urta mukofotlari hisoblash uchun sug’urta tarif (stavka)
miqdori texnikaning 85 foiz qiymatidan bir yilga 0,5 foizni tashkil qiladi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilari tomonidan lizingga olinadigan texnikalar

soni har yili davlat texnika dasturiga kiritiladi.

Ikkinchi yo’nalish, qishloq xo’jaligi korxonalariga soliq imtiyozlari berilishidir.
Ma’lumki, soliqqa tortishda soliq miqdorini erning sifatiga (ball-boniteti) qarab hisoblash

va bu jarayonga tabaqalashtirilgan ravishda yondashish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega.

Bu xo’jaliklarga bir xil iqtisodiy sharoit yaratib berishni ta’minlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

399

MUHOKAMA VA NATIJA
Davlat ehtiyojlari uchun paxta va g’allani etishtirishni imtiyozli kreditlash.

Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi harid narxlar asos qilib olinadi. Kreditlar paxta

etishtirish uchun ko’pi bilan 18 oy, g’alla etishtirish uchun esa 12 oy muddatga beriladi.

Kreditlarning yillik foiz stavkasi 3 foizni tashkil etadi.
G’alla uchun ushbu miqdorlar quyidagicha taqsimlanadi: 1 yanvarga qadar mahsulot

qiymatiga nisbatan 35% (yoki jami kreditning 58 foizi); 1 aprelga qadar mahsulot qiymatiga
nisbatan 50% (yoki jami kreditning 83 foizi); 1 iyunga qadar mahsulot qiymatiga nisbatan 60%
(yoki jami kreditning 100 foizi)

82

.

Kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun beriladi: ish haqi va unga tegishli ajratmalarni

to’lash uchun; mineral o’g’it va o’simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini sotib
olish uchun; yoqilg’i-moylash materiallari sotib olish uchun; MTPlar, muqobil MTPlar va SFUlar
hizmatlariga to’lovlar uchun; olingan urug’lik materiallari to’lovlari uchun; fermer xo’jaligi
ixtiyoridagi texnika vositalariga ehtiyot qismlar sotib olish uchun; lizingga olingan texnika
vositalarining lizing va sug’urta to’lovlari uchun; foydalanilgan elektr energiyasi to’lovlari uchun;
yagona er solig’i to’lovlariga.

Mazkur hujjatning amaliyotga joriy qilinishi bilan fermer xo’jaliklarida tanlash imkoniyati

vujudga keldi. Endilikda fermer davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etishtirishda hohlasa Moliya
vazirligi qoshidagi Davlat ehtiyojlari uchun harid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining hisob-
kitob jamg’armasi kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olish, hohlasa davlat ehtiyojlari
uchun etishtirilayotgan hosilni garovga qo’yib tijorat bankidan kredit olish yoki har ikkala
manbadan bir vaqtning o’zida kredit olish imkoniga ega bo’ldi.

Nizomga asosan kreditlar faqat davlat ehtiyojlari uchun mahsulot etishtiruvchi fermer

xo’jaliklariga 1,5 yilgacha bo’lgan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.

Beriladigan kredit uchun yillik foizlar bank bilan fermer o’rtasida tuziladigan kredit

shartnomasida ko’rsatiladi. Tijorat banklari tomonidan fermer xo’jaliklariga bo’lg’usi hosilni
garovga olgan holda kredit berish tartibini joriy qilinishi fermer xo’jaliklarini kreditlash sharoitini
yaxshilash uchun qo’yilgan dastlabki qadamlardan biridir. Albatta bu tartib kelgusida
takomillashtirilib borilishi lozim.

Bugungi kunda fermer va dehqon xo’jaliklariga banklarning o’z resurslari hisobidan 2

turdagi ya’ni tijorat va imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.

Fermer va dehqon xo’jaliklariga ajratilayotgan kreditlar yo’naltirilishi bo’yicha quyidagi

turlarga bo’linadi:

-kichik sanoat bo’linmalari va kasanachilikni tashkil etish va rivojlantirish;
-qishloq xo’jaligi tarmog’ini rivojlantirish;
-fermer xo’jaliklarida asosiy va takroriy ekinlar mahsulotlari etishtirishni rivojlantirish;
-noqishloq va qo’shimcha daromad keltiradigan soha sifatida transport, hizmat ko’rsatish,

qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, moddiy-texnik ta’minoti va sotish, maishiy kommunal
hizmat va shunga o’xshash boshqa tarmoqlarni rivojlantirish.

Qishloq xo’jalik korxonalariga banklar tomonidan ajratilayotgan tijorat kreditlari asosan

qisqa muddatli (1-3 yil), ustama foizlari 16 foizdan 32 foizgacha bo’lib, garov miqdori kredit
summasining 120 foizini tashkil etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

400

XULOSA
Yerga egalik qilish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi.

Fermer xo’jaliklarida kreditni garov ta’minotidagi muammolarni hal qilish maqsadida

Markaziy bank boshqaruvining Nizomi ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilindi. Fermer xo’jaliklari
tijorat banklaridan er uchastkasiga bo’lgan ijara huquqini garovga qo’ygan holda kredit olishlari
mumkin. Agar fermerlarning ijara huquqi bahosi so’ralayotgan kredit summasiga etmasa, etmagan
qismini qoplash uchun boshqa garov turlaridan, masalan sug’urta, kafillik va shu kabilardan
foydalanish mumkin. Beriladigan kredit uchun yillik foizlar bank bilan fermer o’rtasida
tuziladigan kredit shartnomasida ko’rsatiladi.

Byudjetdan tashqari jamg’armalar kredit liniyalaridan olingan dastlabki (boshlang’ich)

sarmoya fermer va dehqon xo’jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag’larni
shakllantirishga, investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqishga, asbob-
uskunalar sotib olishga yo’naltirilishi mumkin.

Dastlabki (boshlang’ich) sarmoyani shakllantirish uchun beriladigan kreditlarning yillik

ustama foizi imtiyozli bo’lib, u Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 1/6 qismi miqdorida
belgilangan. Dastlabki (boshlang’ich) sarmoya uchun kredit fermer xo’jaliklariga 3 yilgacha
bo’lgan muddatga, eng kam oylik ish haqining 300 barobari miqdorigacha, foizlar to’lashni 12
oygacha kechiktirish va asosiy qarzni kredit olingandan so’ng 18-24 oy o’tgach qaytarishni
boshlash shartlarida beriladi.

Ushbu tijorat banklarida fermer xo’jaliklariga kreditlar ajratish yo’nalishlari bo’yicha to’liq

qaytarish muddati hamda imtiyozli davri ham turlicha, ya’ni har bir bankning yuritayotgan kredit
siyosatidan kelib chiqqan holda belgilangan.

Xar bir tashkilot mavsumiy xarakterdagi va boshqa turdagi tuzulmalarga kredit berish

jarayonida va ularning hajmlarini belgilashda ya’ni kredit ajratishda ular tomonidan garovga
qo’yiladigan mol-mulk qiymati tijorat banklarida beriladigan kredit miqdoriga nisbatan turlicha
belgilangan.

REFERENCES

1.

Cousin. E. J. Invertment strategy and the monetary a buziness cyeles – NY. Ets: Wiley, 1990.
- R. 301.

2.

Friedman M. The lag in Effect of monetary policy, journal of Political Economy, Oct. 1961.
- R. 237-260.

3.

M.Fridmen. Esli bi zagovorili dengi. Per. s angl. -M.: INFRA-M, 2001.- S. 63.

4.

Rashidov O.Yu. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. Darslik. –T.: Cho’lpon, 2011. -328 bet.

5.

Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2017.

6.

Лаврушин О.И., Афанасьева О.Н., Корниенко С.Л. Банковское дело: современная
система кредитования. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2009. – 264 стр.

7.

Меркулова И.В., Лукьянова А.Ю. Деньги, кредит, банки. Учебное пособие. – М.:
КНОРУС, 2010. – 352 стр.

8.

Toymuhamedov I.R. Bank ishi. Toshkent. 2012 yil.


References

Cousin. E. J. Invertment strategy and the monetary a buziness cyeles – NY. Ets: Wiley, 1990. - R. 301.

Friedman M. The lag in Effect of monetary policy, journal of Political Economy, Oct. 1961. - R. 237-260.

M.Fridmen. Esli bi zagovorili dengi. Per. s angl. -M.: INFRA-M, 2001.- S. 63.

Rashidov O.Yu. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. Darslik. –T.: Cho’lpon, 2011. -328 bet.

Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.: Iqtisod-moliya, 2017.

Лаврушин О.И., Афанасьева О.Н., Корниенко С.Л. Банковское дело: современная система кредитования. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2009. – 264 стр.

Меркулова И.В., Лукьянова А.Ю. Деньги, кредит, банки. Учебное пособие. – М.: КНОРУС, 2010. – 352 стр.

Toymuhamedov I.R. Bank ishi. Toshkent. 2012 yil.